Tabriklar @tabriklar Channel on Telegram

Tabriklar

@tabriklar


https://t.me/joinchat/AAAAADu5vN6CCUoeBg5QdQ

Tabriklar (Uzbek)

Tabriklar kanali - bu milliy bayram, tadbirkorlik yoki shaxsiy hayotdagi muhim tadbirlar uchun eng yaxshi tabriklarni topish uchun mo'ljallangan. Siz uchun eng eng birinchi bo'ladigan chog'liq tabriklar topiladigan joy. Tabriklar kanali, O'zbekistonning barcha viloyatlaridan fuqarolar va ajoyib bayram topganliklari, tadbir va nafaqatlar haqidagi ma'lumotlarni almashish uchun eng yaxshi manzil sifatida kutib qolmoqda. Kanalga a'zo bo'ling va sevimli insoningizga eng so'nggi yangiliklar bilan tabriklar yuboring! Tabriklar kanali - do'stlar va yaqinlarga tabrik yuborishning eng sodda va samarali usuli. Sotilgan mahsulotni tabrik kartasi bilan birgalikda jonkashi sifatida qabul qilish uchun yaxshi variant. Sizning bayram, tug'ilgan kun yoki muhim tadbiringizga do'stlaringizga yaqinlaringizga tabrik yuboring va ularga qadrli va hursand etsinlar. Tabriklar kanaliga a'zo bo'ling va bayramlaringizni jonkashi va chiroyli qilib oling!

Tabriklar

01 Oct, 01:45


1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni!  🎉

Shu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o'qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etaman!

Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin!  Sihat-salomatlik, samimiy hotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Kasb Bayramingiz Muborak Bo‘lsin Xurmatli ustozlar!  👩🏻‍🏫👨🏻‍🏫

Tabriklar

04 Sep, 03:33


Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!


Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.

Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Tabriklar

01 Sep, 05:15


Assalomu alaykum!
Hurmatli kanal a'zolari. Sizlarni va siz orqali yaqinlaringizni yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklaymiz! Barchangizga kuch-quvvat, omad, baxt va farovonlik tilaymiz.

Tabriklar

20 Apr, 19:51


🎊💐🌙РАМАЗОН ҲАЙИТИ ВА САЙЙИДУЛ АЙЙОМ ЖУМА КУНИ МУБОРАК БЎЛСИН!!!💐🌙

Тортиқ бўлсин сизга дуо-саломлар,
Дуода энг гўзал, ширин каломлар.
Илоҳо уйингиз нурларга тўлсин,
Рамазон Ҳайитингиз муборак бўлсин!

Яқинларингизни қилинг зиёрат
Ўқиган намозингиз бўлсин ижобат
Энг яхши ишингиз бўлсин ибодат
Ҳайит айёмингиз бўлсин муборак!

💐ЭНГ ЯҚИН ИНСОНИМ ҲАЙИТ АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК!!!💐

☝️САВОБ УМИДИДА ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!! АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСИН!!!

Tabriklar

17 Apr, 15:41


Қадр кечасининг 7 та аломати.

1. Қадр кечасида сокинлик ҳукм суради. Атроф мусаффо, ёруғ, худди сукунатга ўралган ёғдули ой чарақлаб тургандек бўлади.

2. Осмондаги юлдузлар учмайди, бошқа жисмлар қалтис ҳаракат қилмайди. Касалликлар пайдо бўлмайди.

3. Ҳаво мўътадил бўлади, жуда иссиқ ҳам, жуда совуқ ҳам бўлмайди.

4. Эрталаб қуёш қизариб, тоғарага ўхшаш, ёғдуси жуда заиф бўлиб уфқдан бош кўтаради. Сабаби ўша тун ва кунда кўп фаришталар ерга тушиб-чиқиб туриши оқибатида қуёш нурларини ҳам тўсиб қўяди.

5. Қадр кечасида ёмғир-қор ёғмайди, ёғса ҳам ўта майин ва ёқимли бўлади. Шўр сувлар чучук бўлади.

6. Дарахтлар ўз шохларини ерга эгилтириб туради.

7. Ўша куни шайтонлар чиқишига йўл қўйилмайди.

Дўстларингизга ҳам эслатинг!
Каналга уланиш !👇

Tabriklar

14 Apr, 03:20


Assalomu alaykum va rahmatulloh va barakatuh😊❤️

Muhammad ﷺ sharafiga salovat aytiladigan kunlarning eng yaxshisi Jumadir! 😍❤️

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin.

Tabriklar

26 Mar, 23:39


#Ассалому_алайкум

Рўза тутаман деб сахарликга уйғонганларга, Аллохнинг саломи, Жаннат бўлсин!🤲

Tabriklar

24 Mar, 17:03


Ro'zadorlar haqida

Tabriklar

24 Mar, 06:22


🌸 Ramazon oyidagi birinchi JUMA AYYOMIngiz muborak boʻlsin! 🕋 🌙 🤲

🌹Yaxshi amal jannatga yoʻlak,
🌹Savoblarning sovgʻasi boʻlak,
🌹Chin yurakdan bildiray tilak,
🌹JUMA ayyomingiz boʻlsin muborak!

🍃JUMA MUBORAK!🍃

Tabriklar

22 Mar, 16:22


Рамазон келди, Рамазон!
Рамазонда ҳаммага куч-қувват, сабр-тоқат, мустаҳкам иймон ва қалбларга осойишталик тилаймиз.
Келаётган Рамазон ойи муборак азизлар...

Tabriklar

21 Mar, 08:31


🌸 Наврўз айёмингиз муборак бўлсин!

Сизни гўзал диёримизга қутлуғ қадамлар ила кириб келган фасллар маликаси баҳорнинг янгиланиш ва яшариш, эзгулик ва меҳр оқибат айёми - Наврўзи олам билан самимий муборакбод этамиз!

Баҳорнинг табаррук айёми Сизга, оилангизга ва ҳар бир хонадонга тинчлик, осойишталик, рисқ-насиба, олам-олам севинч ва бахт олиб келсин!

______________________________________
Поздравляю со священным праздником Навруз. От души и сердца желаю мира вашему дому и светлых событий в жизни. Пусть на душе всегда будет и светло, а на сердце радостно и спокойно. И пусть жизнь будет наполнена счастливыми моментами, и каждый день приносит лишь хорошие вести! С праздником!

🌸 Яқинларингизни биринчи бўлиб табриклаш эсдан чиқмасин😊
❇️
#navrozmubarak
#navroz #bahor #happybirthday
#happy #navrozmubarak

Tabriklar

21 Mar, 07:40


Navro'z muborak 🤗🌸💐🌾

Tabriklar

21 Mar, 07:40


Navro'z ayyomi muborak bo'lsin ❤️