SURXONDARYO VSSB (@surxondaryovssb) Kanalının Son Gönderileri

SURXONDARYO VSSB Telegram Gönderileri

SURXONDARYO VSSB
Surxondaryo viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy telegram kanali

murojaat uchun: @Xayinov
Tel raqam 88 225-09-09
murojaat uchun: Sh.Bazanov
90 245-86-86

qisqa raqam 1103
1,584 Abone
4,471 Fotoğraf
1,084 Video
Son Güncelleme 01.03.2025 09:55

SURXONDARYO VSSB tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler


Sariosiyo tumani og‘ir toifaga kiruvchi Ehtirom mahallasi aholisi chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda

https://t.me/surxondaryovssb

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik aholi salomatligi garovi

Mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda bugun Sariosiyo tumani og‘ir toifaga kiruvchi Ehtirom mahallasi aholisi uchun 69-sonli Oilaviy poliklinikada viloyat va tuman Tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.

Jumladan, tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mashinalar mommografiya va ko‘z kasalliklarini aniqlovchi apparatlar hamda malakali mutaxassislar tomonidan fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy maslahatlar berildi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida aniqlangan kasallik turiga qarab shu joyning o‘zida fuqarolarga tuman miqyosida statsionar tartibda bepul davolanishi hamda viloyat miqyosida bepul davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Tibbiy ko‘rik davomida 621 nafar aholi chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Voha 24 | Termiz tumanida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik tashkil etildi

https://t.me/surxondaryovssb

📊Surxondaryoda qancha aholi borligini bilasizmi?

📈Surxondaryo viloyatning doimiy aholisi soni 2025-yil 1-yanvar holatiga 2 mln 945 ming 512 kishini tashkil etmoqda. Viloyat aholisi 2024-yil boshidan 68,4 ming kishiga yoki 2,4 foizga oʻsgan. Ahоli zichligi 1 kv. km ga 146,5 kishiga to‘g‘ri keladi

⤵️Hududlar boʻyicha doimiy aholi soni:
🔸 Denov tumani – 430 453 kishi;
🔸 Qumqoʻrgʻon tumani – 261 617 kishi;
🔸 Jarqoʻrgʻon tumani – 244 010 kishi;
🔸 Shoʻrchi tumani – 234 215 kishi;
🔸 Sariosiyo tumani – 232 904 kishi;
🔸 Sherobod tumani – 214 902 kishi;
🔸 Termiz shahri – 207 326 kishi;
🔸 Oltinsoy tumani – 197 375 kishi;
🔸 Uzun tumani – 192 423 kishi;
🔸 Muzrabot tumani – 156 812 kishi;
🔸 Angor tumani – 147 027 kishi;
🔸 Boysun tumani – 127 078 kishi;
🔸 Qiziriq tumani – 126 904 kishi;
🔸 Termiz tumani – 87 200 kishi;
🔸 Bandixon tumani – 85 266 kishi.

https://t.me/surxondaryovssb

✍🏻Surxondaryo viloyatidagi boshqarma va tashkilotlarning telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

🕊Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati hokimligi kanaliga ulanish
🕊Viloyat prokuraturasi telegram kanaliga ulanish
🕊Adliya boshqarmasi telegram kanaliga ulanish
🕊Milliy gvardiyaning viloyat bo‘yicha boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Bojxona boshqarmas kanaliga ulanish
🕊Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Soliq boshqarmasi kanali ulanish
🕊Statistika boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Transport boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊“Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK kanaliga ulanish
🕊Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyat filiali kanaliga ulanish
🕊“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali kanaliga ulanish
🕊“O‘zsuvta’minot” AJ viloyat bo‘limi kanaliga ulanish
🕊Tabiat resurslari boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Oila va xotin-qizlar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Yuksalish umummilliy harakati viloyat bo‘linmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Termiz davlat universiteti kanaliga ulanish
🕊Termiz agrotexnologiyalar va innovasion rivojlanish instituti kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Ichki ishlar boshqarmasi telegram kanaliga ulanish

🕊Viloyat Davlat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi kanaliga ulanish
🕊Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Termiz davlat Pedagogika instituti kanaliga ulanish
🕊Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali kanaliga ulanish
🕊Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti kanaliga ulanish
🕊Termiz muhandislik-texnologiya instituti kanaliga ulanish
🕊Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi kanaligaulanish
🕊"Termiz xalqaro aeroporti" MCHJ kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi kanaliga ulanish
🕊Adolat sosial-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊Milliy tiklanish demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati kengashi kanaliga ulanish

https://t.me/surxondaryovssb

Ulug‘bek Qosimov: Tadbirkorlik osonmas, uning uchun juda qattiq mehnat kerak, uyqudan voz kechish kerak, kecha-yu-kunduz yugurish kerak. Qo‘limizdan kelsa yordam beraylik, qo‘limizdan kelmasa unga xalaqit qilmaylik!

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi onlayn formatdagi qabulida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarga, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim holatlarga to‘xtalib, yechimi borasida aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Videoni to‘liq formatda quyidagi havola orqali tomosha qiling:
https://youtu.be/r43yB5lZSD4

https://t.me/surxondaryovssb

Sog‘liqni saqlash vazirligi va AOKA ko‘magida, Jurnalistlarni yolg‘iz qayta tayyorlash markazi, «Ibn Sino» jamoat fondi va Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan «Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi tamoyillari» tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Tanlovda Bandixon tumanidagi 44-oilaviy poliklinika Birdamlik filialida faoliyat yurituvchi shifokor, "Butunjahon ijodkorlar uyushmasi" a'zosi Madiyev Jummanazar sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini ilgari surishda, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni shakllantirishda, jamoatchilikni savodli fikrlashga yetaklash ishlarida faol bo‘lganligi uchun taqdirlandi. J.Madiyev tom ma'noda Ibn Sino vorisi sifatida ilmiy merosini targ'ibotchisi deya ta'riflandi.

Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi ushbu yuksak e'tirof bilan J.Madiyevni muborakbod etadi va keyingi ijodlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

https://t.me/surxondaryovssb

ANTIKORRUPSIYA telegram messenjeri orqali eʼlon qilingan "СУРХОНДАРЁ ВИЛОЯТИ ДЕНОВ ТУМАНИДАН МУРОЖААТ ТАҲРИРСИЗ ЭЪЛОН ҚИЛИНМОҚДА" sarlavhali postida keltirilgan murojaatga rasmiy munosabat

Eʼlon qilingan xabardagi holat bo'yicha quyidagilar ma'lum bo'ldi:
1-murojaat. Denov tumani tibbiyot birlashmasida barcha kerakli bo'lgan tibbiy jihozlar ya'ni MRT1.5, MSKT, PSR, Rentgen hamda Angiograf apparatlari bilan to'liq ta'minlangan va tumanning 430,5 ming aholisiga bepul xizmat qilib kelmoqda. Har bir fuqaroni o'z yashash hududida joylashgan oilaviy poliklinikalarda zamonaviy UZI, EKG hamda labarator tekshiruvlar mavjud. Yo'llanma asosida murojaat qilinganda Markaziy kasalxona hududida qo'shimcha tekshiruvlar uchun bepul xizmat ko'rsatiladi.
Shuningdek, Denov tumani tibbiyot birlashmasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan moddiy texnik bazani rivojlantirish uchun pullik xizmat tashkil etilgan. O'z yashash hududiga uchrashmasdan yo'llanmasiz murojaat qilgan va imtiyozga ega bo'lmagan har qanday fuqarolarga qo'shimcha tekshiruvlar uchun pullik xizmat ko'rsatiladi.
2-murojaat. Denov tuman tibbiyot birlashmasida 2024-yil davomida 245 000-250 000 nafar bemor davolandi. Denov tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli qishloq oilaviy punkti, qishloq vrachlik punkti, poliklinikalar hamda markaziy shifoxonaga jami boʼlib, 8,9 mlrd soʼmlik dori darmon va bogʼlov materiallari olib kelinib bemorlarga tarqatilgan. Oʼrtacha har bir bemor soniga 35 450 soʼmdan toʼgʼri keladi.
3-murojaat. Bugungi kunda Tibbiyot birlashmasida 25.01.2025 holatiga 3 793 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-son «Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʼllab-quvvatlash hamda ragʼbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» Farmoni 2-bandida Tibbiyot muassasalarining moddiy ragʼbatlantirish va rivojlantirish jamgʼarmasini shakllantirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʼlar miqdori tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan byudjet mablagʼlarining umumiy hajmiga nisbatan tibbiyot muassasasining faoliyatiga qarab 5 foizdan 10 foizgacha yoʼnaltirish belgilangan. Mazkur farmon ijrosini taʼminlash maqsadida, Denov tumani tibbiyot birlashmasi o'z kasbida fidoyilik ko'rsatgan, namunali faoliyat yuritib kelayotgan bir nechta xodimlariga rag'batlantirish uchun pul mablag'lari berilgan.
4-murojaat. Oʼzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2024-yil 14-apreldagi 03/1-1180-sonli topshiriq xatiga asosan, Denov tumani tibbiyot birlashmasining ish xaqi va ijtimoiy toʼlov yetishmavchiligi sababli, Tibbiyot muassasasi xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish va rivojlantirish jamgʼarmasiga rejalashtirilgan mablagʼlar 1-darajali toʼlovlar uchun yoʼnaltirilgan.

https://t.me/surxondaryovssb

Сув ичишнинг энг яхши вақтлари.

Уйғонгандан кейин 2 стакан:
- Ички органларни фаоллаштиришга ёрдам беради.

Овқатланишдан 30 дақиқа олдин 1 стакан:
- Ҳазм қилишни енгиллаштиради.

Душ қабул қилишдан олдин 1 стакан:
- Қон босимини пасайтиришга ёрдам беради.

Ухлашдан олдин 1 стакан:
- Инсульт ва юрак хуружининг олдини олишда ёрдам беради.

https://t.me/surxondaryovssb
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ

Жорий йилнинг 23 январ куни Қизириқ туман тиббиёт бирлашмаси бошлиғи Расул Абдижапарович хамда 2-сектор маъсул ходимлари иштирокида  туман тиббиёт бирлашмасига қарашли 40-сонли оилавий поликлиникасида бўлиб "Яшил макон" доирасида амалга оширилган ишлар, худудда ободонлаштириш ишлари, кузги-қишқи мавсумда  иситиш тизими аҳволи ўрганиб чиқилди. Хамда поликлиникада фуқароларни чуқурлаштирилган тиббий кўрикдан ўтказишди,  Тиббий курикда 122 нафар фукаро тиббий текширувдан ўтказилди. Текширув натижасида аниқланган 5 нафар беморларга тиббиёт бирлашмасида даволанишида амалий ёрдам кўрсатилиши тайинланди. Шу куннинг узида туман тиббиёт бирлашмаси бошлиғининг сайёр қабули ўтказилиб, 15 нафар фуқаролардан тушган мурожаатлардан 8 таси қабул жараёнида ижобий ҳал этилди, 7 таси ўрганиш учун мутаҳассисларга топшириқлар берилди.

@surxondaryovssb