Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi @surxonbandlik Channel on Telegram

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

@surxonbandlik


Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy Telegram-kanali

https://surxondaryo.mehnat.uz
http://www.youtube.com/@SurxondaryoviloyatiKQVBb-ut7ot
https://t.me/surxonvakansiya

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi (Uzbek)

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Telegram-kanali - bu rasmiy kanal orqali Surxondaryo viloyatining Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan bog'liq eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Kanalda viloyatning xizmatlari, yangi bandlik imkoniyatlari, ish o'rni vakansiyalari va boshqa ma'lumotlar mavjud. Agar siz Surxondaryo viloyatida yashashingiz yoki ish izlagan bo'lsangiz, bu kanal siz uchun ajoyib manba bo'ladi. Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Telegram-kanalida eng so'nggi yangiliklar, ma'lumotlar va vakansiyalar sizni kutmoqda. Kanalga a'zo bo'lib, viloyatda o'z kasbingizni topishda yordam oling! Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Telegram-kanali - eng yangi va foydali ma'lumotlar uchun!

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Jan, 11:02


Hozirgi kunda O‘zbekistonda:

👉mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) – 1 155 000 so‘m;

👉bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 375 000 so‘m;

👉pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

👉yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

👉nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

👉mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

👉zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

👉ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Jan, 10:49


Muzrabot tumani "Mehnatobod" mahallasida oilaviy tadbirkorlik qilib o'z bandligini ta'minlab daromad topayotgan oilalar safi ortib bormoqda. Bunda fuqarolarga mahalla hokim yordamchisi ko'maklashmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Jan, 10:41


#Bandlik_yangiliklari

Bugungi kunda vohamizda ham milliy hunarmandchilik turlarini, ayniqsa kasanachilikni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va shu asosida xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Jan, 10:41


#Амал_қилинг

📣 Ўзбекистон қонунчилик ҳужжатлари талабларини жамоат тартибига ва жамоат хавфсизлигига таҳдид соладиган тарзда бажармасликка ёки бузишга, шу жумладан оммавий ахборот воситаларидан, телекоммуникация тармоқларидан, интернетдан, матнни кўпайтиришнинг босма ёки бошқа усулларидан фойдаланган ҳолда омма олдида даъват қилиш:

▪️ БҲМнинг 60 бараваридан 80 бараваригача миқдорда
(22 млн 500 минг сўмдан 30 млн сўмгача) жарима солишга сабаб бўлади.

‼️Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод қилмайди...

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Jan, 10:41


"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi amalda

Jarqo'rg'on tumani
Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Jan, 05:29


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xalq qabulxonalari orqali viloyat rahbarining qabulini so‘ragan hamda turli masalalarda murojaat qilgan 239 nafar fuqaroning muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi ommaviy onlayn qabulini o‘tkazdi.

Denov tumani hokimligida tashkil etilgan onlayn qabulda Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish, qurish yoki ta’mirlash uchun subsidiya ajratish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, tibbiyot va ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi 279 ta murojaati mas’ullar ishtirokida tinglandi.

Murojaatlar ijrosi muddat belgilanib, mas'ullarga hal etish topshirig'i bilan yo‘naltirildi. Shuningdek, ishga joylashish masalasida murojaat qilgan 60 nafar fuqaro sektor rahbarlariga shaxsan biriktirilib, masalani hal etish vazifasi yuklandi.

Murojaat uchun Telegram guruh havolasi👇
https://t.me/qosimovgamurojaat

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

18 Jan, 08:26


Камбағалликни қисқартириш дастурига киритилган ва уй жой шароитини яхшилашга муҳтож бўлган шахсларга ипотека кредитини (120,0 млн сўмгача) ажратиш тартиби!

Ушбу ипотека кредитини ўртача 13 кунда олишингиз мумкин!

⬇️Кредит ажратиш сехамаси:

2 иш кунида - "Маҳалла еттилиги" аризани ўрганиб фуқарони дастурга киритади.
1 кунда (тахминан) - Фуқаро хужжатларини банкка тақдим қилади.
3 иш кунида - Тижорат банки аризачи ҳужжатларини ўрганиб кредит бериш ёки рад қилиш бўйича жавоб беради.
2 иш кунида -Тижорат банки ариза берувчи билан кредит ажратиш бўйича шартнома имзолайди.
5 иш кунида - Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ипотека кредити бошланғич бадалини тўлаб беради.
Бажарилган (таъмирланишга қараб) ишга қараб - Тижорат банки ажратиладиган кредит суммасини қарз олувчининг банк пластик картасига ёки пудрат ташкилоти хисоб рақамига ўтказиб беради.

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

17 Jan, 17:00


Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ogohlantiradi!

Kiberjinoyat qurboni bo‘lib qolmang.

Shaxsiy ma’lumotlarning himoyasizligi, onlayn firibgarlik, moliyaviy piramidalar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan soxta feyk ma’lumotlardan o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

17 Jan, 11:54


🔴Har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Mehnat kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.

▪️18 yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

17 Jan, 11:52


Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли бандлигини таъминлаш ва янги ёндашувлар асосида камбағалликни қисқартиришга оид чора-тадбирлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией мер по обеспечению занятости населения и сокращению бедности на основе новых подходов.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

17 Jan, 11:52


Kambag‘allikni qisqartirishda yangicha yondashuvlar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va yangi yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.

▪️Bu yil 5 million 200 ming fuqaroning bandligini ta’minlash va 1,5 million aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan. Birinchi marta 60 ta tuman va shahar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi.

▪️Mahalla bankirlari bilan birga 1,5 million aholi doimiy ishga joylashtirilib, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. Shu maqsadda bu yil kichik biznes loyihalariga jami 120 trillion so‘m kredit ajratiladi.

▪️Ilg‘or xorijiy tajriba asosida 32 ta yo‘nalishda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi yondashuvlar yo‘lga qo‘yiladi. Misol uchun, 300 ta og‘ir mahallada umumiy quvvati 107 megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Ularga kambag‘al oilalar a’zolari kooperatsiya asosida ishga olinadi.

▪️123 ta tumanda kambag‘al aholi 20 ming gektar o‘rmon va ko‘chatzor barpo etish hamda dorivor o‘simliklar yetishtirishga jalb etiladi. Ular ekkan har 100 ta daraxt uchun 375 ming so‘m subsidiya to‘lanadi.

▪️Turizm salohiyati bor joylarda mehmon uylari va oshxonalar, muayyan pochta bo‘limlarida elektron tijorat markazlari ochilib, kambag‘al oila vakillari ishga olinadi.

▪️Umuman, joriy yilda 6 ming 472 ta mahallada yangi yondashuvlar asosida loyihalar amalga oshirilib, 210 ming nafar aholi kambag‘allikdan chiqariladi.

👉batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

17 Jan, 08:50


Angor kasbiy ko'nikmalar markazi mutaxassislari Surxondaryo televideniyasidagi "Munavvar tong" musiqiy dam olish dasturida.

Surxondaryo televideniyasidagi "Munavvar tong" musiqiy dam olish dasturida Angor kasbiy ko'nikmalar markazi mutaxassislari qatnashishdi. Dastur davomida tadbirkorlik va biznes loyihalari, santexnik va elektrik yo'nalishlari muhandis ustalari qatnashib, markazdagi mavjud zamonaviy kasblar haqida ma'lumotlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

16 Jan, 13:33


“Tashabbusli budjet” jarayonida ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Qarorga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” doirasida ijtimoiy loyihalarga ko‘proq e’tibor qaratish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni moliyalashtirish maqsadida:

1️⃣ moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining “Tashabbusli budjet” jarayonlaridagi ishtiroki cheklanishi;

2️⃣ “Tashabbusli budjet” doirasida barcha turdagi avtomobillar, rahbar xodimlar uchun mebel jihozlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari va boshqalar)ni xarid qilish taqiqlanishi belgilandi.

Qarorning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

16 Jan, 11:21


"Obyektivka"ni haliyam qo‘lda to‘ldiryapsizmi? my.mehnat.uz da tayyori bor.

👉Saytga OneID orqali kirib, qisqa soniyalarda yuklab olishingiz mumkin.

Bizning rasmiy sahifalarimizda bundan ham foydali ma'lumotlar bor.

Ulanish uchun⬇️
https://t.me/surxonbandlik

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

14 Jan, 17:14


Маҳалла раисларининг ваколат муддати 3 йилдан 5 йилга узайтирилади

Ўзбекистонда фуқаролар йиғини раисининг ваколатлари муддати 3 йилдан 5 йилга узайтирилмоқда. Олий Мажлис Қонунчилик палатаси бу ҳақдаги қонунни 14 январ куни учинчи ўқишда қабул қилди.

Қонунда, шунингдек, фуқаролар йиғини раиси ваколатлари муддатидан илгари тугатилган тақдирда бўшаб қолган ўринларга янги сайлов ўтказиш орқали янги раисни ҳам 5 йилга сайлаш белгиланмоқда.

Олий Мажлис Сенати Кенгаши ва республика комиссиясининг фуқаролар йиғини сайловини ўтказиш билан боғлиқ ваколатлари Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси, халқ депутатлари вилоятлар ва Тошкент шаҳар кенгашлари ҳамда ҳудудий комиссияларга ўтказилади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

14 Jan, 14:59


Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 33-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

14 Jan, 07:00


Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi?

👉soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun;

👉sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun;

👉ish haqi hisobiga berilgan bo‘nakni ushlab qolish, boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan bo‘nakni ushlab qolish uchun;

👉xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan oshmasa;

👉ish beruvchi tomonidan xodimga qo‘llangan jarimani undirish uchun;

👉xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun.

❗️Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

14 Jan, 07:00


#qutlov

Erkakdan omadni ayama falak,
Jonini asragil, etmagil halak.
Omadni qoʼsh-qoʼsh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko'rmasin alam...


🇺🇿Yurtimiz tinch, Vatanimiz obod, sarhadlarimiz mustahkam bo'lsin!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

14 Jan, 07:00


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

🇺🇿 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi

Yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz mustahkamligini taʼminlayotgan, xalqimizning osoyishta hayoti yo‘lida xizmat qilayotgan jasur o‘g‘lonlarimizni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi!

Aziz boshingiz omon, qaddingiz baland, oila qo‘rg‘oningiz mustahkam bo‘lsin, yurtimiz posbonlari!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

14 Jan, 06:16


“Yurtning kuchi — birlikda,
qadri esa — tinch­likdadir!”

Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin! 🇺🇿


«Сила государства — в единстве,
а его ценность — в мирной жизни!»

С Днём защитников Родины! 🇺🇿

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

14 Jan, 04:01


Aziz yurtdoshlar!
Mamlakatimiz va xalqimiz osoyishtaligini asrab, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlayotgan harbiy xizmatchilar, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida faoliyat olib borayotgan Vatanimiz himoyachilari!


Sizlarni “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan muborakbod etaman.

Mardlik va matonat, Vatanga sadoqat timsoli bo’lmish ushbu sanada yurtimiz tinchligini himoya qilayotgan Qurolli Kuchlarimiz posbonlariga kuchli iroda, mustahkam sog'liq, omad va baxt yor bo’lishini tilayman.

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yo’lida qilayotgan mehnatlaringizni biz yuksak qadrlaymiz!

Hurmat bilan,

Odiljon Yaqubov

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

13 Jan, 17:20


Президент Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Абу-Даби шаҳрига келди

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Абу-Даби с официальным визитом

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

13 Jan, 17:02


Harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

Prezident Farmoni bilan, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati uchun harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

Xususan,

🏅"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan:
▪️Xo‘jamqulov Abdivaxid Musayevich - Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i taqdirlandi.

👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

13 Jan, 12:23


2025 йилда аҳоли бандлигини таъминлашга қаратилган “маҳалла лойиҳаси” дастури амалга оширилади. Бунинг учун 1 миллиард доллар кредит ажратилади.

2025-йил 1 февралга қадар туман банклари филиалларида маҳаллабай ишлаш бўлимлари ташкил этилиб, уларга “маҳалла банкирлари” тайинланади.

Шунингдек, ҳар бир маҳаллада улар билан бирга ишлайдиган “ёрдамчи-агентлар” танлаб олинади.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

13 Jan, 12:23


1 февралдан маҳалла банкирлари иш бошлайди

Энди Марказий банк раиси ва унинг ўринбосарлари ҳудудларга чиқиб, жойлардаги банк филиалларининг маҳаллалардаги ишини янгича ёндашув асосида ташкил қилади.

2025 йил 1 февралга қадар туман банклари филиалларида маҳаллабай ишлаш бўлимлари ташкил этилиб, уларга “маҳалла банкирлари” тайинланади. Шунингдек, ҳар бир маҳаллада улар билан бирга ишлайдиган “ёрдамчи-агентлар” танлаб олинади. 

Ҳудудий банклар ҳамда туман ҳокимлари аҳолини тайёр бизнес лойиҳалари билан таништириб боради, уларни амалга ошириш кўникмалари ўргатилади.

“online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” ва “soliq.uz” ахборот тизимлари интеграция қилиниб, масъулларга юклатилган вазифалар ижроси кунлик таҳлил қилиб борилади. Фаолияти қониқарсиз бўлган раҳбарларга чора кўрилади.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

13 Jan, 08:53


🎼 “Аскар мактуби”.
Иқбол Мирзо шеъри.
🎬 Рашод Аъзамов ижросида.

Салом, Она, онажонгинам!
Яна сизга ёзмоқдаман хат.
Саломатми азиз отам ҳам,
Укаларим юргандир хушбахт!

Бошим узра юлдуз чароғон,
Чегарада турибман сергак.
Юрт бўлсин деб тинч ва фаровон,
Доим бедор уради юрак.

Аскар бўлиб улғайдим бугун,
Она Ватан недир, англадим.
Жоним фидо элу юрт учун,
Мард оталар йўлин танладим.

Онажоним, онажонгинам,
Сизга меҳрим тилагимда жам.
Қутлуғ бўлсин, муборак бўлсин
Энг улуғ ва энг азиз байрам!

Хайр Она, хайр онажон,
Доимо тинч бўлсин кўнглингиз
Ва бахтимга бўлинг соғ-омон!
Салом билан аскар ўғлингиз!

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

13 Jan, 08:52


Migratsiya agentligi Rossiyaga hech qanday to‘lovlarsiz, tez fursatda ishga yuboradi!

Rossiya Federatsiyasi Stavropol viloyatida joylashgan "Sopa Grupp" qurilish korxonasi Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi hamyurtlarimizni ishga taklif qilmoqda!

Taklif etilayotgan ish turlari:
▪️beton quyuvchi
▪️montajnik
▪️armaturachi
▪️shtukator
▪️payvandchi

Maosh: 100 000 rubl (bir haftada 15 kishilik brigada 150 kub ish bajarsa).

▪️Taklif etilayotgan jami ish o‘rinlari soni - 150 ta.

Ish jadvali: smena asosidagi javdal (6 kun ish, 1 kun dam olish, 10 soatdan ish vaqti).

Talablar:
▪️18-55 yoshdagi ayol va erkaklar;
▪️rus tilini muloqot darajasida bilish;
▪️1 yillik tajriba talab qilinadi.

Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplab beradi (oylik ish haqidan ushlab qolinmaydi):
▪️aeroportdan yashash manziliga olib boradi;
▪️yashash joyi bilan ta’minlaydi;
▪️ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▪️patent rasmiylashtirish
▪️yashash joyi bo‘yicha migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish (1 oyi ish beruvchi hisobidan);
▪️tibbiy sug‘urta;
▪️transport xarajatlari;
▪️jismoniy shaxsning daromad solig‘i (NDFL 13%);
▪️ko‘niktirish (xodimlarni tayyorlash).

Xodim hisobidan:
▪️aviachipta ish haqidan ushlab qolinadi;
▪️ovqatlanish (birinchi ikki hafta ish beruvchi hisobidan).

❗️Nomzodlar suhbat asosida saralab olinadi.

Suhbat joriy yil 14-, 16-, 17-yanvar kunlari soat 11:00 dan 17:00 gacha Migratsiya agentligining Surxondaryo filiali hamda Termiz shahri va tumanlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarida o‘tkaziladi.

❗️Suhbatga fuqarolar xorijga chiqish pasporti bilan kelishlari so‘raladi.

👉 Viloyatning shahar va tumanlarida o‘tadigan tanlov grafigi

📍Manzil va tanlov o‘tkazuvchi mutasaddilar

Ma’lumot uchun telefonlar:
+99876 222 45 22;
+99888 393 19 64;
+99897 244 90 51;
+99893 222 44 42;
+99890 247 86 63.

https://t.me/surxonvakansiya

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

13 Jan, 04:19


#Madhiya

Bugun, 13-yanvar kuni Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xodimlari ish kunini O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini kuylash bilan boshladi.

Bosh boshqarmaning rasmiy sahifalari
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

12 Jan, 04:18


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni dam olinadimi?

Yo‘q. Ushbu sana ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilanmagan. Shunday ekan, 14-yanvar barcha uchun odatiy ish kuni hisoblanadi.

📆 2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari quyidagicha:

👉1-yanvar – Yangi yil;
👉8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉21-mart – Navro‘z bayrami;
👉9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
👉Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉Qurbon hayit (Iyd al-Adha).

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

11 Jan, 12:37


O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Termiz shahrida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida viloyat kuch tuzilmalari tomonidan orkestr sadolari ostida shahar markaziy ko‘chasi bo‘ylab harbiylar marsh yurishlari tashkil qilindi. Shuningdek, "Iceberg" ko‘ngilochar maskani yonida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda harbiy orkestr tomonidan difele namoyishlari ijro etildi.

Mazkur tadbirlar Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va jangovar shayligini namoyon etish, yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

11 Jan, 12:37


📹 Termiz shahrida O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy marsh o‘tkazildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

08 Jan, 00:07


#Kun_tarixi

🗓 8 yanvar (1992 yil)

Prezident Farmoni bilan O'zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilgan.

Hurmatli soha vakillari barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kanalga ulanish 👉 
https://t.me/surxonbandlik

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

08 Jan, 00:05


8-yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni!

✍️Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi matbuot xizmati

https://t.me/surxonbandlik

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

08 Jan, 00:04


8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

Surxondaryo viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi jamoasi barcha prokuratura organlari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab, xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulanish ➡️
https://t.me/surxonbandlik

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

08 Jan, 00:02


2025-YIL ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL” IQTISODIYOT YILI

https://t.me/surxonbandlik

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

07 Jan, 23:53


Har yilgi mehnat ta’tili (otpusk) haqida gaplashamiz

👉mehnat ta’tilining davomiyligi qancha bo‘lishi kerak?

👉undan yilda 2 marta foydalansa bo‘ladimi?

👉ta’til davrida xodim “bolnichniy”ga chiqishi mumkinmi?

👉ta’tilda xodim ishdan bo‘shay oladimi?

👉yangi ishga kirgan xodim qancha vaqtdan keyin mehnat ta’tiliga chiqa oladi?

👉yillar davomida foydalanilmagan ta’tildan keyinchalik birdaniga foydalanish mumkinmi?

batafsil videorolikda

https://t.me/surxonbandlik

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

07 Jan, 07:57


#Tayinlov

Xudoyqulov Yarash Shamsiddin o’g’li Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Y.Xudoyqulov tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlagan.

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi jamoasi Yarash Shamsiddinovichning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

07 Jan, 06:40


Endilikda Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida ish beruvchilar talabiga asosan tezkor kurslar yo‘lga qo‘yiladi

👉batafsil "Axborot 24" da.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

06 Jan, 15:10


Raddiya: Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar mahalliy byudjet loyihalari ochiq e’lon qilingan

Bugun "bakiroo" telegram kanali orqali Toshkent shahri va viloyatlarda mahalliy byudjetlar ochiqligi ta’minlanmaganligi va 2025-yil uchun tasdiqlangan byudjet loyihalari yopiq holatda qabul qilinganligi haqidagi material e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi talablariga asosan 2025-yil uchun Surxondaryo viloyati, Termiz shahri va tumanlar mahalliy byudjetlari to‘g‘risidagi loyihalar belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "regulation.gov.uz" normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlarining Surxondaryo viloyati, Termiz shahri va tumanlarning 2025 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi tegishli qarorlari "e-qaror" yagona elektron tizimida ochiq holatda e’lon qilingan.

Mazkur qarorlarni "e-qaror" yagona elektron tizimida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
Surxondaryo viloyati;
Termiz shahri;
Oltinsoy tumani;
Boysun tumani;
Muzrabot tumani;
Denov tumani;
Jarqo‘rg‘on tumani;
Qumqo‘rg‘on tumani;
Qiziriq tumani;
Sariosiyo tumani;
Termiz tumani;
Uzun tumani;
Sho‘rchi tumani;
Sherobod tumani;
Angor tumani;
Bandixon tumani.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

06 Jan, 13:43


"Yana bir yolg‘onchi klaster — "SURXON COTTON TEXTILE CLUSTER" ham ishchilar maoshini bermayapti" sarlavhali maqola yuzasidan rasmiy munosabat

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ushbu holat o'rganilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar berilishini ma'lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

06 Jan, 13:25


MAXSUS REPORTAJ.

Aholi bandligi ta'minlanmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

06 Jan, 13:08


"Denovda Fermerlar kengashi raisi fermerlar chaqirilmagan majlisga ertalabgi 6:30 fermerlar kelishini fermerlar gruppasiga E'LON qilyapti" sarlavhali maqola yuzasidan rasmiy munosabat

Denov tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ushbu holat o'rganildi.

Tuman fermerlar kengashida tegishli muassasa mas’ullari ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi. Mazkur yig‘ilishda mehnat qonunchiligi, xodimlarni ish vaqti va mehnatga xaq to'lash to'g'risida, shuningdek, mehnat huquqi buzulgan holatda davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishi yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

06 Jan, 09:05


#Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Surxondaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

🔷 Boysun tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi:
Inkabot mahallasi xotin-qizlar faoli;
Dehibolo mahalla xotin-qizlar faoli;
Duoba mahalla xotin-qizlar faoli;

🔷 Sho‘rchi tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi:
Qoraariq mahalla xotin-qizlar faoli;
Oynako'l mahalla xotin-qizlar faoli;

🔷 Termiz tumani oila va xotin qizlar bo‘limi:
Yangi xayot mahallasi xotin-qizlar faoli;
Soliobod mahallasi xotin-qizlar faoli;

🔷 Qumqo`rg`on tumani hokimligi: oila va xotin-qizlar majmuasi Yetakchi mutaxassisi;

🔷 Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi: Suvdan foydalanish va suv istemolini hamda irrigatsiya tizimi va sug`orish tarmoqkaridan foydalanishni nazorat qilish bo`yicha Bosh inspektori;

🔷 Angor tuman statistika bo‘limi: bosh mutaxassisi;

❗️Arizalar 07.01.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

🔷 Agentlikning Surxondaryo viloyati filiali — 76-223-51-42

🔷 Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

🔷 Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

06 Jan, 08:45


💬 “Сурхондарё вилояти ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси: кеча ва бугун”.

🗞 Мақолада Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигининг Сурхондарё вилояти ҳудудий бошқармаси тарихи, ривожланиш босқичлари ҳамда бугунги кундаги фаолияти ҳақида сўз боради.

📰 Мақолани, албатта, ўқиб чиқинг. У ҳамма учун бирдек қизиқарли ва фойдалидир. Мутолаа севимли машғулотингизга айлансин!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

06 Jan, 08:35


Bugun Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida apparat yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Odiljon Yaqubov, apparat xodimlari va Zoom platformasi orqali tuman shahar bo'limi xodimlari onlayn ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilishda tashkiliy masalar hamda boshqarma tomonidan 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

27 Dec, 12:12


Navbatdagi Siyosiy-ma’rifiy soati

Davlat xizmatchilari uchun muhim bo‘lgan siyosiy-ma’rifiy bilimlarni oshirib borish, O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan xabardor qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Oʼzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ma'lumot beruvchi o'quv soatida Surxondaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Bugungi o‘quv soatida: O‘zbekiston va xorijdagi ahamiyatga molik muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy videolavhalar namoyish etildi.

▶️ Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi orqali hamda youtube tarmog'ining https://youtu.be/JA3lTMaMfus?si=Xmzb_tUwBgGZ6CUK havolasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

26 Dec, 09:27


📆 2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari:

👉1-yanvar – Yangi yil;
👉8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉21-mart – Navro‘z bayrami;
👉31-mart – Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha);
👉1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉8-dekabr – Konstitutsiya kuni.

❗️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayramlarining ko‘rsatilgan kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

26 Dec, 02:56


📆 2025-yilga mo‘ljallangan ish vaqti me’yorlari davomiyligining taqvimi ishlab chiqildi

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

25 Dec, 19:23


🎼 Bayram shou konsertiga marhamat!

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat boshqarmasi va viloyat Qo'g'irchoq teatri hamda “Ishonch” teleradiokompaniyasi hamkorligida 27-dekabr kuni soat 17:00 dan boshlab "Mustaqillik" maydonida o‘rnatilgan Yangi yil archasi yonida "Mega Yangi yil" bayram shou konserti o‘tkaziladi.

🎤 Unda poytaxt Toshkent va viloyatimizning barcha hududlaridan tashrif buyuradigan taniqli xonandalar ishtirok etadi hamda diltortar navolarni sizga taqdim etishadi.

Barchani o‘zgacha kayfiyat, bayram shukuhini ulashuvchi shou konsert dasturiga taklif etamiz!

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

25 Dec, 19:17


🍓 Aholi tomorqalaridan unumli foydalanib, daromad topmoqda!

Boysun tumanidagi “Gaza” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Jasur Suvonov tomorqasidan unumli foydalanib, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Jasur Suvonov tomorqasining 2 sotixiga issiqxona tashkil etib, qulupnay yetishtirmoqda.

Avvallari issiqxonamizda bodring yetishtirardik, - deydi Jasur Suvonov - Bu yil serdaromad qulupnay ko‘chatlarini ham ekdim. Mehnati kam, daromadi ko‘proq bo‘lgan qulupnay ko‘chatini bir marta eksangiz, uch yilgacha hosil olish mumkin. Yangi yil arafasida har kuni hosilni yig‘ib, bozorga olib chiqyapmiz. Daromadimiz ham o‘ziga yarasha.

Qish faslida ko‘rib turganingizdek issiqxonada pishgan qulupnay mahsulotlari xalqimiz dasturxoniga yetkazib berilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

25 Dec, 19:15


👨‍💻 Boysun tumanida Otaliqqa olingan yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

🇺🇿 Boysun tumanida Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va hamkor tashkilotlar ishtirokida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi. Yarmarkada 22 ta korxona va tashkilotlar 195 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdilar.

📝 Ishga joylashmoqchi bo'lgan 15 nafar  yoshlar hamda kasb-hunar o'rganish istagida bo'lgan 12 nafar yoshlarga  Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan ishga joylashish to'g'risida yo'llanmalar berildi.

Shuningdek, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro'yxatiga kiritilgan band bo'lmagan 10 nafar maxsus sertifikatlarni qo'lga kiritgan xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinkalari va tikuv jihozlari berilib, bandligi ta'minlandi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

25 Nov, 06:23


Ishga qabul qilishda kimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?

▪️homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

▪️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

▪️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

▪️18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

▪️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

▪️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar.

👉batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

24 Nov, 19:59


📹 Sherobodda aholi muammolari o‘rganilib, hududda infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

24 Nov, 12:22


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumani Uchyog‘och mahallasida viloyat, tuman sektorlari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etdi.

Unda davlatimiz rahbari huzurida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o‘tkazilgan taqdimotda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, kelgusidagi rejalarni amalga oshirish, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, viloyat rahbari ushbu mahalladagi kam ta’minlangan, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida biriktirilgan oila xonadonida bo‘lib, mavjud muammolarini o‘rgandi. Biriktirilgan mas’ullarga oilaning yashash sharoitini yaxshilash, ishsiz a’zolarini band qilish, farzandining sifatli ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratish vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng, Qorabog‘ mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishildi.

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

23 Nov, 03:10


Вилоятда ноширлик фаолияти ривожланмоқда

Сурхондарё вилояти Ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси, Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Сурхондарё вилоят бўлими,  “Surxon-nashr” нашриёти, “Сурхон тонги” ва “Заря Сурхана” газеталари бирлашган таҳририяти  ҳамкорлигида бугунги кунда вилоятимизда ноширлик фаолияти ва босмахоналар иш жараёнлари билан кенгроқ таништириш мақсадида оммавий ахборот воситалари ходимлари учун медиа-тур ташкил қилинди.

Нашриётда замонавий ускуналар ёрдамида китоб чоп қилиш жараёнлари, босмахонада газета чиқариш жараёнлари батафсил таништирилди.

Бундай ускуналар Самарқанд, Фарғона ва Сурхондарёдагина бор.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

23 Nov, 02:57


Surxondaryoda tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar natijasida bu vohada ham keng imkoniyatlar ochilmoqda. Kelgusi yilda Surxondaryoga 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 425 ming aholini band qilish va eksportni 320 million dollarga yetkazish reja qilingan.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha rejalarni taqdimot qildi.

Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/7724

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

22 Nov, 05:39


Navbatdagi Siyosiy-ma’rifiy soati

Davlat xizmatchilari uchun muhim bo‘lgan siyosiy-ma’rifiy bilimlarni oshirib borish, O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan xabardor qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Oʼzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ma'lumot beruvchi o'quv soatida Surxondaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Davlat xizmatchilari uchun ushbu sonda O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, jadidchilik harakati haqida ma'lumotlar namoyish etildi.

▶️ Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

21 Nov, 16:11


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

21 Nov, 10:03


Меҳнат шартномаси намунаси.

Ҳурматли иш берувчилар, сизларга Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 14 ноябрдаги 758-сонли қарори билан тасдиқланган Меҳнат шартномаси намунасини тақдим этяпмиз.

Бундан буёғига ходимларни ишга қабул қилишда мана шу намунадан фойдаланганингиз маъқул.

(Мавсумий ишларга, масофавий ишларга, ЯТТлар ва уй ишларига жалб қилишга оид меҳнат шартномаси намуналарини алоҳида тақдим этамиз).

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

21 Nov, 10:03


Халқ банки жисмоний шахсларга қуёш панелларини сотиб олиш учун қулай шартларда "Green" истеъмол кредитини тақдим этмоқда.

Кредит шартлари:
◦ муддати – 5 йил;
◦ максимал миқдори – 100 млн. сўм;
◦ имтиёзли давр – 6 ойгача;
◦ йиллик фоиз ставкаси – 19,5%.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

21 Nov, 06:34


Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqlidir.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi kerak.

👉batafsil

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

20 Nov, 16:34


💼 Tayinlov

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisining tegishli farmoyishi bilan Boyqulov Sherpo‘lat Mamarayimovich - Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining kotibiyat mudiri lavozimiga tayinlandi.

Sherpo‘lat Boyqulov 1974-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Termiz davlat universitetini, 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – agroximik-tuproqshunos, iqtisodchi. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati.

Mehnat faoliyati davomida viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari, umumiy bo‘limi mudiri, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbari lavozimlarida mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

20 Nov, 09:13


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilgan Abdulla Aripov nomzodini ko‘rib chiqdilar.

Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.

Deputatlar va fraksiyalar rahbarlari so‘zga chiqib, nomzod va dastur yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

Nomzod va Hukumatning dasturi ko‘rib chiqilgach, Bosh vazir lavozimiga nomzodni ma’qullash masalasi ovoz berishga qo‘yildi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga ma’qulladilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

20 Nov, 09:13


⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilish qatnashchilari ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

20 Nov, 07:32


Президент Янги Ўзбекистонимиз янги парламенти билан бирга ўз тараққиётининг ҳал қилувчи босқичига қадам қўяётганини таъкидлади. Бу янги даврда кечаги талаб ва мезонлар билан, эскича ишлаб бўлмаслиги қайд этилди.

Шу боис Ҳукумат ўз фаолиятини мутлақо янгича асосда ташкил этиши керак, бунинг учун унга кучли раҳбар, яъни, Бош вазир зарур.

Давлатимиз раҳбари бу масалани атрофлича ўйлаб, Ўзбекистон Республикаси Бош вазири лавозимига Абдулла Нигматович Арипов номзодини кўрсатишга қарор қилганини айтди.

Абдулла Арипов катта ташкилотчилик салоҳиятига эга бўлган, ижро ҳокимияти тизимида бой билим ва тажриба орттирган, масъулиятни доимо чуқур ҳис этадиган раҳбар экани таъкидланди.

Ушбу номзод бугун Ҳукумат олдига қўйилган, кўлами ва миқёси бениҳоя катта бўлган муҳим вазифаларни ҳал этишда Вазирлар Маҳкамаси фаолиятини самарали ташкил қилиши, Ҳукумат аъзолари, вазирлик ва идоралар раҳбарларини бирлаштириб, ягона мақсад сари сафарбар эта олишига ишонч билдирилди.

Президентимиз Абдулла Арипов номзодини депутатлар муҳокамасига тақдим этди.

Facebook|Instagram|X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

20 Nov, 06:20


Prezident jahon miqyosida hukm surayotgan bugungi o‘ta keskin va og‘ir sharoitda yurtimizda tinchlik va hamjihatlikni saqlab, iqtisodiyotimizda barqaror o‘sishni ta’minlab, mana shunday marralarga erishish oson bo‘lmaganini ta’kidladi.

Kelgusi 5-yilda aholimiz soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda. Bunday demografik o‘sish, albatta, katta imkoniyat, lekin, shu bilan birga bu holat oldimizga yangi-yangi, o‘tkir vazifalarni qo‘yishi ham shubhasiz.

Ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya, energetika, transport, yo‘l, ichimlik suvi ta’minoti, aholini uy-joy bilan ta’minlash kabi muhim sohalarda xalqimizning talab va ehtiyojlari tobora o‘sib borayotgani ta’kidlandi.

Shunday dolzarb muammolarga samarali yechimlar topib, yangicha faoliyat olib borish Hukumat uchun jiddiy sinov bo‘lishi tabiiy.

Bugun Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod ana shu masalalarning barchasini hisobga olib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

20 Nov, 05:42


Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich - Senatning Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi raisi etib saylandi.

https://t.me/surxonbandlik

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

20 Nov, 05:40


Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг мажлиси бошланди.

Кун тартибидан янгиланган Конституциямизга мувофиқ, илк бор қуйи палатада Бош вазир лавозимига номзод ва Ҳукуматнинг келгуси 5 йилга мўлжалланган ҳаракатлар дастурини кўриб чиқиш масалалари ўрин олган.

Сўзининг аввалида давлатимиз раҳбари мамлакатимиз ўз олдига қўйган стратегик ва жорий вазифаларни амалга оширишда барча бўғиндаги ижро органлари, аввало, Ҳукумат ва унинг раҳбари зиммасидаги масъулият ҳозирги мураккаб замонда ҳар қачонгидан ҳам ортиб бораётганини таъкидлади.

Бугун мутлақо янги ваколат ва вазифаларга эга бўлган Ҳукумат шаклланаётгани қайд этилди.

Буни Конституция даражасида биринчи марта камбағалликни қисқартириш, озиқ-овқат хавфсизлиги, инвестиция, экология каби муҳим йўналишларда Вазирлар Маҳкамасининг мажбуриятлари белгилаб қўйилгани ҳам тасдиқлайди.

Халқимиз бугун ана шундай ҳал қилувчи масалалар бўйича янги Ҳукуматдан аниқ натижаларни кутмоқда.

Facebook|Instagram|X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Nov, 14:23


🥬 | Tomorqa – daromad manbai: Ilg‘orning oziq-ovqat mahsulotlari xorijda ham xaridorgir

Surxondaryo viloyatidagi tomorqalarda yerdan unumli foydalanish natijasida turli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirib, uning mahalliy bozordan ortiq qismini xorijga eksport qilish uchun qulay muhit yaratildi.

Yer egalari yilning to‘rt faslida ham yaxshi daromad topib, obod va farovon yashamoqda.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/658839

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Nov, 10:08


Мажлисда Сенат Раиси ва унинг ўринбосарларини сайлаш тўғрисидаги ташкилий масала кўриб чиқилмоқда.

Конституциянинг 101-моддасига мувофиқ, Президент Олий Мажлис Сенати Раиси лавозимига сенатор Танзила Нарбаева номзодини тақдим этди.

Танзила Нарбаева давлат ва жамоат бошқарувида бой тажрибага эга экани, ўтган даврда шу лавозимдаги самарали фаолияти натижасида мамлакатимизда хотин-қизлар, болалар ҳуқуқларини таъминлаш ва уларнинг қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш бўйича вазият сезиларли равишда яхшилангани таъкидланди.

Шунингдек, Сенат Раисининг биринчи ўринбосари лавозимига сенатор Содиқ Сафоев, Сенат Раисининг ўринбосари лавозимига сенатор Аманбай Оринбаев номзодлари тавсия этилди.

Айни пайтда мажлис давом этмоқда. Сенат фаолиятини ташкил этиш билан боғлиқ масалаларни кўриб чиқиш ҳамда Президентнинг сенаторлар билан мулоқоти бошланди.

Facebook|Instagram|X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Nov, 07:12


Мамлакатимизда камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш борасида катта дастурлар амалга оширилмоқда.

Тўрт йил аввал 23 фоиз аҳолимизнинг даромади камбағаллик чегарасига ҳам етмас эди. Ўтган даврда 3,5 миллион фуқаро учун даромад олиш имконияти яратилиб, камбағалликни 11 фоизга туширишга эришилди. Келгуси уч йилда уни 7 фоизга тушириш режа қилинган.

Камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш мақсадида келгуси йили бюджетдан 500 миллиард сўм йўналтирилади.

Шунингдек, янги йилдан 65 турдаги ижтимоий хизмат ва ёрдамлар, 50 га яқин имтиёзларни ўзида мужассам этадиган ягона “Ижтимоий карта” тизими йўлга қўйилади.

Даромади ва соғлиғини йўқотиб, оғир ижтимоий вазиятга тушиб қолган юртдошларимизни қўллаб-қувватлаш кўлами босқичма-босқич кенгайтирилади. Бунинг учун “Ижтимоий суғурта тўғрисида”ги қонун қабул қилинади.

Facebook|Instagram|X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Nov, 07:11


Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yangi tarkib birinchi majlisida deputatlarni kambagʻallikni qisqartirish masalasida oʻz okruglarida eng faol ishtirokchi va targʻibotchi boʻlishga chaqirdi.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Nov, 07:10


Intizomiy jazosi bor xodimga bayram uchun mukofot bersa bo'ladimi?

Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

Bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi.

❗️Hurmatli ish beruvchilar xodimingizni bayram kunlari taqdirlamoqchi bo’lsangiz, MK 315-moddasi 3-qismiga ko'ra, intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli ekanligingizni eslatib o’tamiz!

Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Nov, 05:43


UZ: Телеграм мессенжерида "Сизга 1 йиллик муддатга Telegram Premium обунаси совға сифатида юборилди" каби ёзувли хабар билан бирга сохта ҳавола келтирилган маълумотлар тарқатилмоқда. Ушбу зарарли ҳаволаларда фойдаланувчи қурилмасидаги барча аккаунтлар ва шахсий маълумотларни қўлга киритиш имконини берувчи вируслар бўлиши мумкин.

Фуқароларни бу каби сохта ҳаволаларга кирмасликка, виртуал фирибгарлардан огоҳ бўлишга чақирамиз.

‼️ Эслатиб ўтамиз, аҳоли ўртасида ёлғон ахборот тарқатганлик учун жавобгарлик мавжуд👆

RU: В мессенджере Telegram массово рассылаются фишинговые сообщения с приглашением перейти по ссылке для получения приза с фразой: «Вам отправили подарок — подписка на Telegram Premium сроком на 1 год». Эти вредоносные ссылки могут содержать вирусы, позволяющие похищать все аккаунты и персональные данные пользователя на его устройстве. Просим граждан не поддаваться на манипуляции мошенников и не переходить по вредоносным ссылкам.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Nov, 05:11


Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис Қонунчилик палатаси мажлисидаги нутқидан энг муҳим иқтибослар

Facebook|Instagram|X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

19 Nov, 05:08


📹Xotin-qizlar bandligi

So‘nggi yillarda vohamizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlashga bo‘lgan e’tibor oshdi, tashabbuslari esa qo‘llab-quvvatlanyapti.

Sho'rchi tumani misolida

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

18 Nov, 18:40


Maxsus reportaj | «Kambag'allikdan farovonlik sari» dasturi amalda

Muztabot tumanida amalga oshirilayotgan ishlar misolida

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

18 Nov, 10:55


Surxondaryoda davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi keng nishonlanmoqda

“Mangu hilpirab tur, Vatan bayrog‘i”

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo'ylab tantanali marosimlar tashkil etilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bayrog‘imizda milliy-tarixiy an’analarimiz, boy madaniyatimiz, poklik beg‘uborlik, go‘zallik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz o‘z ifodasini topgani xususida so‘z yuritildi.

Joylarda sana munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

18 Nov, 10:28


"Keng Makon" dan Keng Taklif!
🏢 Agar siz 18 yoshdan oshgan bo'lsangiz, mebel sohasiga qiziqsangiz yoki 3 yildan oshiq shu sohada ishlagan usta bo'lsangiz, unda biz sizni ishga taklif etamiz!
Asosiy talablar:
▪️ Ishga ma'suliyatli;
▪️ Yangiliklarga ochiq;
▪️ Jamoa bilan ishlay oladigan;
▪️ Halol yigit va qizlar
Bizning takliflar:
🔻 Tashkilot tomonidan 3 mahal ovqat;
🔻 Viloyatlardan kelganlar uchun bepul turarjoy;
🔻 Ish bilmaganlarga ish o'rgatiladi;
🔻 Barqaror oylik maosh: 4 000 000 dan boshlab;
🔻Eng yaxshi hodimlar uchun chet el safarlari;
🔻Proffesional sifatida o'sish imkoniyati
🔻Jamoaviy tadbirlar;
Shuningdek:
▪️ Ish tartibi: 6/1
▪️ Ish vaqti: 08:00-18:00
📍 Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani
❗️ Mo'ljal: Yangi ToshMI
📣 Agarda Siz аhil va professional hodimlar bilan birga ishlash niyatida bo'lsangiz
☎️ +998977774455 qo'ng'iroqlar dushanbadan jumagacha 9-00 dan 18-00 gacha qabul qilinadi.
📝 ma'lumotlaringizni telagram orqali @hrkengmakon usernameiga yuboring

https://t.me/surxonvakansiya

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

17 Nov, 17:37


🙏🙏

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

17 Nov, 17:29


https://uza.uz/uz/posts/kasanachi-tadbirkorlar-uchun-oquv-seminar-otkazildi_657518

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

17 Nov, 13:41


❗️ Ипотека субсидияларини олиш учун аризаларни баҳолаш мезонлари ўзгарди

Вазирлар Маҳкамасининг қарори билан аризаларни кўриб чиқиш энди subsidiya.idm.uz махсус платформасида амалга оширилади. Ягона портал (my.gov.uz) орқали мурожаат қилинганда аризалар автоматик равишда унга йўналтирилади, давлат хизматлари марказлари эса мурожаат қилингандан кейин бир соат ичида уларни тизимга киритиши керак.

Уларни баҳолашда ариза берувчи ва унинг турмуш ўртоғи (эри)нинг даромадлари билан бир қаторда энди кафиллик қилувчиларнинг яқин қариндошлари даромадлари ҳам ҳисобга олинади. Баҳолаш учун 12 ойгача бўлган давр учун ўртача даромаддан фойдаланилади.

☑️ Аризаларни баҳолашда фойдаланиладиган ижтимоий мезонларнинг янги тизими тасдиқланди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

17 Nov, 13:41


Президентнинг Олий Мажлис Сенати аъзоларини тайинлаш тўғрисидаги фармони эълон қилинди

Унга кўра:

Зиё Азамат Ҳамид ўғли – Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Тарих институти директори

Йўлчиева Муножатхон Абдувалиевна – Юнус Ражабий номидаги Ўзбек миллий мусиқа санъати институти профессори

Кўчимов Абдусаид Кўчимович – Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги бош директори

Рафиқов Қудратилла Мирсагатович – Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Кенгаши раиси

Рахманкулов Мир-Акбар Ходжи-Акбарович – Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Қонунчилик ва ҳуқуқий сиёсат институти директори

Сафоев Содиқ Солихович – Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати Раисининг биринчи ўринбосари

Саъдуллаев Алишер Зафар ўғли – Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги директори

Турдиев Содиқжон – Ўзбекистон фахрийларининг ижтимоий фаолиятини қўллаб-қувватлаш «Нуроний» жамғармаси бошқаруви раиси

Худайбергенов Турсинхан Айдарович – Ўзбекистон Республикаси Президенти маслаҳатчиси

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзолари этиб тайинланди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

16 Nov, 18:58


Barchasi inson qadri uchun
Farovon hayot uchun


Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mas’ullari tomonidan Sariosiyo tumanida tanlangan 5 ta og'ir toifadagi mahallalarda, jumladan, Shabnam, Niholzor, Bo'yrapo'sh, Xulkar va Xonjiza mahallalardagi fuqarolar bilan suhbatlar o'tkazilmoqda.

Mazkur suhbatlarda aholi bandligini ta'minlash maqsadida tushuntirish ishlari olib borilib, doimiy daromad manbayiga ega qilish maqsadida "Surxon sifat textil" korxonasiga ishga taklif qilinmoqda.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

16 Nov, 10:00


#Диққат_танлов

⚡️ Совринларнинг умумий қиймати 40 млн сўмлик танлов❗️

🇺🇿 "Ҳуқуқ билимдонлари - Умуммиллий Конституция имтиҳони" ўтказилади

📝 Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 32 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги ва ТДЮУнинг Мақсадли капитал (Endowment fund) жамоат фонди ҳамкорлигида Ҳуқуқ билимдонлари - Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади.

📌 Танлов шартлари билан батафсил бу ерда танишинг.

❗️Танловда иштирок этиш учун @huquqbilimdonibot телеграм ботини ишга туширишингиз лозим.

🔰 Ғолиблар қуйидаги миқдорда рағбатлантирилади:
3️⃣-ўрин 8 млн сўм;
2️⃣-ўрин 12 млн сўм;
1️⃣-ўрин 20 млн сўм.

Имтиҳонда қатнашиб билимингизни синовдан ўтказинг ва ғолиб бўлинг!

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

16 Nov, 09:51


Fakt 24 | Mehnat ortidan 200 million so‘m daromad

Sariosiyo tumani Yoqutlibog' mahallasida limon, uning gibrid navi hamda apelsindan olayotgan daromadlari haqida.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

16 Nov, 03:06


Maxsus reportaj | Sariosiyo tumanida aholi bandligini ta'minlash va xotin-qizlarga berilgan subsidiyalardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

15 Nov, 11:02


Xabar berganimizdek, Angor "Ishga marhamat" monomarkazida "Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo'lgan ayollar uchun moliyaviy savodxonlik" bo'yicha 2 kunlik o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Seminar davomida ayollar o'z bizneslarini boshlashda kerakli bilim ko'nikmalarga ega bo'ldilar. Shuningdek, Uzum marketpleysi haqida ham boshlang'ich bilimni oldilar. Ushbu 2 kunlik seminarni o'qib tugatgan qatnashchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

15 Nov, 06:06


🖋Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining "O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida pedagog xodimlar ish faoliyatining vaqt me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi QARORI

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

15 Nov, 06:00


Navbatdagi Siyosiy-ma’rifiy soati

Davlat xizmatchilari uchun muhim bo‘lgan siyosiy-ma’rifiy bilimlarni oshirib borish, O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan xabardor qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Oʼzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ma'lumot beruvchi o'quv soatida Surxondaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Davlat xizmatchilari uchun ushbu sonda O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, jadidchilik harakati haqida ma'lumotlar namoyish etildi.

▶️ Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

25 Oct, 09:00


#Kambaģallikdan_farovonlik_sari

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tuman Prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi hamkorlikligida tuman Madaniyat bo‘limi binosida otaliqqa olingan, ishsiz yoshlar va fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida byudjet korxonalari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining jami 308 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda 65 nafar ishsiz yoshlar va fuqarolar qatnashib, shundan 2 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 8 nafariga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanma berildi, 15 nafari turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zini-o‘zi band qilindi hamda 30 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

25 Oct, 06:32


КАМБАҒАЛ ОИЛАЛАРГА ИПОТЕКА КРЕДИТЛАРИ АЖРАТИЛАДИ

“Маҳалла еттилиги” тавсияси асосида камбағалликдан чиқариш дастурига киритилган ва уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож бўлган шахсларга ипотека кредитини ажратиш тартиби тўғрисида"ги низомни тасдиқлаш ҳақида"ги (ВМ-691-сонли, 21.10.2024й.) қарори тасдиқланди.

Унга кўра:

- Якка тартибдаги уй-жойни қуриш, реконструкция қилиш ва таъмирлаш мақсадлари учун Марказий банк асосий ставкаси(13,5%)дан тўрт фоиз бандга юқори (17,5%) ставкада 120 млн сўмгача, 20 йилгача муддатда ипотека кредитлари ажратиш;

- Ипотека кредити бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун ажратиладиган кредитнинг 15 фоизи миқдорида ҳамда фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун кредит муддатининг биринчи беш йили давомида 12 фоиздан ошган қисмига субсидия тўлаш;

- Ипотека кредитлари ва улар бўйича субсидияларни расмийлаштириш ҳамда ажратиш тартиблари тасдиқланди.

@mehnatvazirligi

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

25 Oct, 06:19


#33_yil_xalq_xizmatida

Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!

"25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" muborak bo'lsin!

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

25 Oct, 06:15


#Байрам_муборак

25 октябрь - Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар органлари ходимлари куни

Ҳурматли тинчлигимиз посбонлари! Сизларни Ички ишлар идоралари ходимлари куни билан чин қалбдан муборакбод этамиз. Барчангизга мустаҳкам саломатлик, оилавий бахт ва тинчлик тилаймиз!

Байрамингиз муборак бўлсин!

Ҳурмат билан,
Сурхондарё вилояти Камбағалликни қискартириш ва бандлик бош бошқармаси жамоаси

https://t.me/surxonbandlik

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

24 Oct, 10:12


⚡️ DIQQАT E'LON...!!!

🚀 "Buxgalteriya o'rta malakali" kurslariga qabul boshlandi.

Darslar haftada 5 kun boʼlib oʼtadi. (Dushanba - Juma kunlari)

Kursning davomiyligi - 3 oy (Аmaliyot + Nazariya)

1S programmasi + baza BEPUL oʼrnatib beriladi.

📚 Oʼquv qoʼllanmalar beriladi

KURS O'Z ICHIGA OLADI:
✳️ Kurs davomida
✳️ Soliq hisobotlarini joʼnatish
✳️ Elektron hujjat aylanishlari
✳️ Bank-klient
✳️ 1S da ishlash va boshqa amaliy dars oʼtiladi.

🧑🏻‍💻 Darslar Professional buxgalterlar tomonidan olib boriladi.

Shuningdek Kurs davomida Ishga joylashish boʼyicha maslahatlar

🏆 Eng asosiysi kurs bitiruvchilariga SERTIFIKАT beriladi.

☎️Murojaat uchun: +998 94 202 24 24, +998 55 451-80-06

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

24 Oct, 04:33


🖼 Bugun Termizda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshlaydi

Raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, "Airitom free zone", O‘zbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda Uzkimyosanoat uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yil 24-25-oktabr kunlari hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

🧑‍💻 Unda respublikamiz hududlari va vohamiz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishishingiz hamda yangi hamkorlar bilan manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin.

Yarmarka quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
qishloq xo‘jaligi;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash;
kimyo sanoati;
charm-poyabzal va to‘qimachilik;
qurilish materiallari;
oziq-ovqat sanoati.

🟠 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Airitom Free Zone”

📍 Lokatsiya

Qo‘shimchalar ma’lumot uchun telefon:
☎️ +9976-228-01-90 (2026).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

23 Oct, 07:16


Angor tuman "Ishga marhamat" monomarkazida "Kran operatori" kurslarida amaliy jarayon.

Angor tuman "Ishga marhamat" monomarkazdagi kasblarda oʼqib, mutaxassis boʼlish niyatida boʼlgan barcha fuqarolarimizni monomarkazga õqishga taklif etamiz.

Õqish vaqti haftaning dushanbadan jumagacha
soat 9:00 dan 18:00 gacha
(tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha)

🔺 Do'stlarga ulashing: https://t.me/Angormonomarkaz

📍Manzil: Angor tuman, Madaniyat mahallasi
📞 Murojaat uchun telefon:
+998-55-451-80-06, 907464876

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

23 Oct, 05:25


📍 "Saylov uchastkasi manzilini aniqlash" xizmatidan foydalanish tartibi

Mazkur xizmatdan foydalangan holda o‘z saylov uchastkangizni aniqlang va o‘z fuqarolik huquqlaringizdan foydalangan holda joriy yil 27-oktabr kuni o‘tkaziladigan saylovda faol ishtirok eting.

https://t.me/surxonbandlik

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

23 Oct, 03:16


"Договор эмас, шартнома бўлади!"

Ўзбек тилини бир кун эмас, ҳар куни қадрлашимиз керак!
Гаплашаётганимизда, ишлаётганимизда, борингки, ҳар бир мулоқотимизда ўзбек тилининг бор жозибаси, жилоси ва бойлиги акс этиб турсин!

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

22 Oct, 10:21


Бефарқ бўлманг! Ўз келажагингизни ўзингиз танланг!

@mehnatvazirligi

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

21 Oct, 12:47


Халқаро ҳамкорлик ташаббуслари ҳафталиги доирасида "Ижтимоий хизматларнинг камбағалликни қисқартиришдаги ўрни: Барқарор ривожланиш сари йўл" мавзусида халқаро давра суҳбати бўлиб ўтди.

@mehnatvazirligi

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

21 Oct, 11:48


Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

21 Oct, 07:54


🇺🇿21-oktabr O'zbek tili bayrami kuni

Til inson kamolotida muhum o'rin tutadi. Ona tili ezgu fazilatlar, yuksak tuyg'ular manbai. Erkin, mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash davlat siyosati darajasidagi vazifa sifatida e’tirof etilayotgan hozirgi kunda nutq madaniyatining ahamiyati juda katta. O‘zbek tili – o‘zbek xalqining milliy tili. Unda o‘zbek xalqining o‘zligi, tabiati, saviyasi, tafakkur tarzi o‘z mujassamini topar ekan, demak, mazkur tilni asrab-avaylash, uning nufuzini, obro‘-mavqeyini ko‘tarish shu tilda so‘zlovchi har bir shaxsnning insoniy burchi va huquqidir.

Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi. Ushbu qutlu'g sana Surxon vohasida ham ko'tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.
Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu bayram bilan samimiy tabriklayman!


O'zbek tilimizning nufuzi va obro'yi hamisha ortaversin!

Hurmat bilan,
Odiljon Yaqubov

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i


➡️https://t.me/surxonbandlik

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

21 Oct, 05:17


#Live

«Ижтимоий хизматларнинг камбағалликни қисқартиришдаги ўрни: Барқарор ривожланиш сари йўл»


Айни дамда Пойтахтимизда давом этаётган халқаро ҳамкорлик ташаббуслари ҳафталиги доирасида «Ижтимоий хизматларнинг камбағалликни қисқартиришдаги ўрни: Барқарор ривожланиш сари йўл» мавзусида халқаро давра суҳбати бoшланди.

Тадбир Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги, Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги билан биргаликда ташкил этиляпти.

Унда маҳаллий ҳамкор ташкилотлар масъулларидан ташқари 10 дан ортиқ хорижий мамлакатлардан эксперилар мавзуга доир маърузалари ва тақдимотлари билан иштирок этмоқда.

Давра суҳбатида халқаро ташкилотларнинг иқтисодчилари ва экспертлари камбағалликка қарши курашнинг асосий масалаларини муҳокама қилишади. Шунингдек, ушбу соҳасидаги мамлакат тажрибаси ва халқаро амалиётлар билан ўртоқлашишади.

Ушбу давра суҳбатини ташкил этишдан мақсад, хорижий ва миллий экспертлар, таҳлилчилар ўртасида Янги Ўзбекистондаги демократик ислоҳотлар, уларнинг моҳияти, эришилган ютуқлар ва навбатдаги долзарб вазифалар, мамлакатда вужудга келаётган мутлақо янги ижтимоий-иқтисодий, сиёсий-ҳуқуқий ва маънавий-маърифий макон ва муҳит, давлат ташқи ва ички сиёсатининг устувор вазифалари тўғрисида фикр алмашишдан иборат.

Халқаро ҳамжамият Ўзбекистонни камбағалликка қарши самарали кураш олиб бораётганини эътироф этмоқда, бу эса хорижий экспертлар билан ўзаро тажриба алмашиш учун янги замин яратади.Бундан ташқари якунида ишлаб чиқиладиган амалий таклиф ва тавсиялар жаҳон миқёсида камбағалликни камайтиришда янги қадам бўлади.

@mehnatvazirligi