SHURTAN PFC (@shurtanpfc) Kanalının Son Gönderileri

SHURTAN PFC Telegram Gönderileri

SHURTAN PFC
Шўртан ПФК (Ғузор) клубининг Телеграмдаги расмий канал: @shurtanpfc
Сайтимиз: www.fcshurtan.uz
E-mail: [email protected]
2,530 Abone
14,200 Fotoğraf
470 Video
Son Güncelleme 09.03.2025 19:48

SHURTAN PFC tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler

SHURTAN PFC

20 Feb, 16:40

1,526

📢 Doniyor Narzullayev – 🔵 "Sho‘rtan" futbolchisi!

"Oq bo‘rilar" yana bir tajribali futbolchini o‘z safiga qo‘shdi! Yarim himoyachi Doniyor Narzullayev endilikda "Sho‘rtan" sharafini himoya qiladi.

⚽️ Doniyor – jamoamiz bilan bir yillik shartnoma imzoladi va 2025-yilgi mavsumda "Sho‘rtan"ning muhim futbolchilaridan biri bo‘lishiga ishonamiz.

Doniyor avval "Nasaf" safida yorqin o‘yinlari bilan tanilgan va o‘zining tajribasi hamda mahorati bilan jamoamizga katta foyda keltirishiga ishonamiz.

Yangi mavsumda Doniyorga va 🔵"Sho‘rtan" jamoasiga omad tilaymiz! 💙⚽️

#DoniyorNarzullayev #YangiTransfer
SHURTAN PFC

20 Feb, 15:54

1,279

📢 Kamron Saidazimov – "Sho‘rtan" safida!

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan "Sho‘rtan" klubi transfer oynasi yopilgunga qadar seleksiya ishlarini davom ettirmoqda. Bugun jamoamiz yana bir iqtidorli futbolchi bilan shartnoma imzoladi!

⚽️ Kamron Saidazimov – "Sho‘rtan" jamoasida!

Tajribali hujumkor yarim himoyachi Kamron Saidazimov endilikda G‘uzor jamoasi sharafini himoya qiladi. U bungacha "OKMK", "Lokomotiv", "Andijon" va "Surxon" klublarida o‘ynagan va o‘z mahorati bilan futbol muxlislarining e’tiborini qozongan.

Biz Kamronning yangi mavsumda "Sho‘rtan" g‘alabalariga katta hissa qo‘shishiga ishonamiz!

🔵"Sho‘rtan"ga xush kelibsan, Kamron! 💙⚽️

#KamronSaidazimov #YangiTransfer
SHURTAN PFC

20 Feb, 13:33

1,285

🔵“Shoʻrtan” U-21 Muborakdan gʻalaba bilan qaytdi

Muborak tumanida boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida yoshlarimiz 🔵“Mashʼal” U-21 jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ushbu bellashuv yosh futbolchilarimiz uchun muhim tajriba boʻldi.

Oʻyin boshidanoq futbolchilarimiz raqib darvozasi oldida faol harakat qilishdi. Jamoaviy oʻyin, aniq paslar va yuqori temp hisobiga ustunlikni qoʻlga oldik. Natijada oʻyin 5:3 hisobida yakunlandi va 🔵“Shoʻrtan” U-21 jamoamiz ishonchli gʻalabaga erishdi.

✍️"Sho‘rtan" PFK matbuot xizmati.
SHURTAN PFC

20 Feb, 12:09

1,292

🔵“Shoʻrtan” akademiyasi tarbiyalanuvchilari OʻFA birinchiligi musobaqasiga tayyorgarlikni boshladi

“Shoʻrtan” U-13, U-14, U-15 va U-16 jamoalariga seleksiya ishlari qizgʻin davom etmoqda. Bu yosh toifalariga 2009, 2010, 2011 va 2012 yillarda tugʻilgan iqtidorli bolajonlar sinov asosida saralanmoqda. Jamoalarga eng yaxshi oʻyinchilarni jalb qilish maqsadida qatʼiy mezonlar asosida ish olib borilmoqda.

Bugun futbol akademiyamiz murabbiyi Ixtiyor Karimov seleksiya jarayonida faol ishtirok etdi. “Shoʻrtan” U-13 jamoasi “Qamashi” FM jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Uchrashuv juda qiziqarli va keskin bellashuv tarzida oʻtdi. Yosh futbolchilar oʻz mahoratlarini namoyish etishdi va jamoaviy oʻyindagi uygʻunlikni namoyish qilishdi. Yakunda “Shoʻrtan” U-13 5:0 yirik hisobida gʻalabaga erishdi.

Akademiya murabbiylari seleksiya jarayonini davom ettirib, musobaqada ishtirok etadigan eng iqtidorli futbolchilarni saralab olishmoqda. Jamoalar chempionatga jiddiy hozirlik koʻrishmoqda va oldindagi bellashuvlarda ham yuqori natijalar qayd etishni maqsad qilishgan.

✍️ "Sho‘rtan" PFK matbuot xizmati.
SHURTAN PFC

19 Feb, 15:22

1,661

Nazorat uchrashuvi. 🇺🇿“Shoʻrtan” 2:0 "Regar TadAZ"🇹🇯

Bugun jamoamiz Toshkentdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Sevimli jamoamiz bugun qo‘shni Tojikistonning "Regar TadAZ" jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning 34-daqiqasida raqiblar o‘z jarima maydonchalari ichida futbolchimizga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Sirojiddin Qo‘ziyev o‘n bir metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi -1:0. Birinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoamiz a'zolari raqibga nisbatan ustunroq harakat qilishdi va yakuniy hisobga ham ta'sirini ko‘rsatdi. 78-daqiqada Murodxo‘ja Jabborov raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va hisobni o‘zgartirdi - 2:0. "Oq bo‘rilar" poytaxdagi yig‘in doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozonishdi. Toshkentdagi yig‘inimiz davom etadi.

Toshkent
15:00 | 19.02.2025
🇺🇿 “Shoʻrtan” 2:0 "Regar TadAZ" 🇹🇯
Gollar: S. Qo‘ziyev 1:0 P 34', M. Jabborov 2:0 78'

“Shoʻrtan”: Shohruh Eshbo‘tayev, Azizbek Pirmuhammedov, Ulug‘bek Xudoyebrdiyev, Shohjahon Sultonmurodov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Doniyor Narzullayev, Jo‘rabek Mannonov, Daler Sharipov, Shahzod Ne'matjonov, Kamron Saidazimov, Javohir Hasanov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirkomil Abdurazzoqov, Bekzod Suvonov, Asadbek Saidxonov, Sardor Sa'dullayev, Abror Toshqoʻziyev, Shahboz Nuriddinov, Mirjalol Jumayev, Sarvar Mirzayev, Murodxo‘ja Jabborov, Abbos Ergashboyev, Nuriddin Hasanov.
SHURTAN PFC

19 Feb, 09:26

1,514

Bugun 🔵 "SHO‘RTAN" Toshkentdagi yig‘in doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bugungi raqibimiz Tojikistonning "Regar TadAZ" jamoasi bo‘ladi bellashuv 15:00 da "Ahmad Yassaviy" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
SHURTAN PFC

18 Feb, 13:21

1,761

🔵 "Sho‘rtan" U-21 g‘alaba bilan qaytdi

Bugun Qarshi davlat universitetidagi sun’iy qoplamali maydonida "Sho‘rtan" U-21 jamoasi "Lochin" FK jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Qizg‘in va shiddatli kechgan bellashuvda yoshlarimiz 2:1 hisobida zafar qozondilar.

Uchrashuvdagi hisobni "Sho‘rtan" U-21 jamoasi futbolchisi Ganisher Qodirov ochdi. Keyinchalik Jasur Jumanazarov jamoamizning ikkinchi golini kiritdi. "Lochin" FK jamoasi esa Sohib Ergashev tomonidan bitta gol bilan javob qaytardi.

Yoshlarimiz uchun muhim tajriba sifatida o‘tgan ushbu o‘yin jamoaning tayyorgarlik darajasini yanada oshirishga xizmat qildi.

✍️ "Sho‘rtan" PFK matbuot xizmati.
SHURTAN PFC

16 Feb, 13:07

2,309

Nazorat uchrashuvi. 🔵 “Shoʻrtan” 0:1 FARDU 🔷


Bugun jamoamiz Toshkentdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu galgi raqibimiz Proliga ishtirokchisi Fargʻonaning FARDU jamoasi boʻldi.

Gʻuzorliklar poytaxtdagi yigʻin doirasida birinchi nazorat uchrashuvida fargʻonaliklarga minimal 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bahodirjon Abduvaliyevning yagona goli vodiyliklarga gʻalaba keltirdi.

Toshkent
14:00 | 16.02.2025

🔵 “Shoʻrtan” 0:1 FARDU 🔷

Gol: B. Abduvaliyev 18ʼ

“Shoʻrtan”: Sherzod Abduraimov, Shohjahon Sultonmurodov, Mirkomil Abdurazzoqov, Azizbek Pirmuhammedov, Kamronbek Saidazimov, Sirojiddin Qoʻziyev, Doniyor Narzullayev, Bekzod Suvonov, Daler Sharipov, Asadbek Saidxonov. Joʻrabek Mannonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Abbos Ergashboyev, Sardor Sa'dullayev, Abror Toshqoʻziyev, Shohruh Eshboʻtayev, Shahboz Nuriddinov, Shahzod Neʼmatjonov, Ulugʻbek Xudoyberdiyev, Javohir Hasanov, Mirjalol Jumayev, Murod Jabborov.
SHURTAN PFC

05 Dec, 17:12

923

Avvalroq 2025-yilgi mavsum 7-mart sanasida start reja qilingani xabar qilingandi.

10-dekabr kuni esa qishki transfer oynasi ochiladi. 
Reglamentga ko‘ra, klub yilning istalgan davrida MyLeague platformasi orqali yangi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. 2024-yilgi mavsum davomida Liga barcha klublar musobaqalarda to‘liq tarkibda ishtirok etishi uchun sharoit yaratib berdi. Biroq ayrim klublar Liga bilan tuzilgan shartnomalarni o‘z vaqtida bajarmadi. 

Ayni vaqtda OKMK, Surxon, Dinamo, Andijon, Bunyodkor, Qizilqum, Mash’al va Sho‘rtan kabi Superliga klublari uchun MyLeague platformasi ochiq turibdi. Shuningdek, Metallurg, Aral va Do‘stlik Toshkent klublarida ham bu borada muammo mavjud emas. Qolgan har qanday jamoa shartnoma shartlariga amal qilishi talab etiladi.
SHURTAN PFC

05 Dec, 17:11

621

⚽️⚽️ Superliganing 8 ta klubi yangi futbolchini Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin

♻️ Artel | 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | 🔵 BMB | ⚫️ Apex