SHURTAN PFC Telegram Gönderileri

Шўртан ПФК (Ғузор) клубининг Телеграмдаги расмий канал: @shurtanpfc
Сайтимиз: www.fcshurtan.uz
E-mail: [email protected]
Сайтимиз: www.fcshurtan.uz
E-mail: [email protected]
2,530 Abone
14,200 Fotoğraf
470 Video
Son Güncelleme 09.03.2025 19:48
Benzer Kanallar

37,464 Abone

6,435 Abone

2,196 Abone
SHURTAN PFC tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler
"Sho‘rtan" futbol klubi barchangizni ezgulik va barakaga to‘la muborak Ramazon oyi bilan chin dildan muborakbod etadi!
Oila davralaringizda mehr-oqibat va fayzu baraka bardavom bo‘lishini, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Ramazon muborak bo‘lsin!

Germaniyalik futbol mutaxassisi bilan hamkorligi davom etadi
“Shoʻrtan“ futbol klubi oʻz infratuzilmasini rivojlantirish va yosh isteʼdodlarni yuqori saviyada tayyorlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. 2024-yil oxirida Germaniyaning “Gannover 96” klubi mutaxassisi Andrey Vaybert Gʻuzorga tashrif buyurib, murabbiylar uchun Yevropa futboli metodikasini tanishtirgan edi.
Hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida germaniyalik mutaxassisni yana “Shoʻrtan“ futbol klubi taklif qildi. Joriy tashrif doirasida mutaxassis bir yil davomida jamoa va akademiya murabbiylari bilan ish olib boradi. Vaybert zamonaviy futbol metodikasi boʻyicha treninglar oʻtkazib, murabbiylar va yosh futbolchilarga oʻz bilim va tajribasini oʻrgatadi. Shuningdek, futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligiga eʼtibor qaratib, ularning professional rivojlanishiga hissa qoʻshadi.
“Shoʻrtan“ akademiyasi uchun bu tashrif muhim ahamiyat kasb etib, kelajakda jahon standartlariga mos futbolchilarni yetishtirishga zamin yaratadi. Klub rahbariyati ushbu hamkorlikni uzoq muddat davom ettirish niyatida ekanligini maʼlum qildi.
“Shoʻrtan“ PFK matbuot xizmati.

"Sho‘rtan" akademiyasi tarbiyalanuvchilari o‘z mahoratini oshirmoqda
"Sho‘rtan" futbol akademiyasi U-19 chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Akademiya tarbiyalanuvchilari yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatish uchun kunlik mashg‘ulotlarda ishtirok etib, jismoniy va taktik tayyorgarlikni kuchaytirmoqda.
Jamoa navbatdagi nazorat uchrashuvida "Nasaf" FM birinchiligi jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yinda dastlab "Nasaf" FM jamoasi hisobni ochdi, biroq Sho‘rtan akademiyasi tarbiyalanuvchilari tezkor javob qaytarib, Abdullajonov Diyorbekning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
"Sho‘rtan" akademiyasi tarbiyalanuvchilari oldinda turgan musobaqaga katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik olib bormoqda.
"Sho`rtan" PFC matbuot xizmati.

U21 chempionati. Liga o‘z yoshlari kelajagiga befarq klublarga chora ko‘rishni boshladi
20-fevral kuni U21 chempionati haqida material e’lon qilingan bo‘lib, unda Superliga klublari rahbariyatidan reglament talablariga diqqatli bo‘lish so‘ralgandi. Shuningdek, ularga “Superliga va Proliga reglamenti”ning 5.4 hamda 5.5-bandlarini o‘qib chiqish tavsiya etilgandi.
7-mart kuni Superliga yangi mavsumi start oladi. Tabiiyki, asosiy o‘yinlardan bir kun o‘tib U21 jamoalari maydonda ko‘rinish beradi. Zaxira jamoasi maydoni uchun talab aslida katta emas. Uning parvarishi uchun xarajat ko‘payib ketmasligi uchun, U21 jamoasiga ajriq bilan qoplangan stadionda to‘p surishi uchun ruxsat etilgan.
Liganing stadionlar uchun javobgar mutaxassislari o‘tgan vaqt davomida U21 jamoalari to‘p tepishi rejalashtirilgan maydonlarni o‘rganib chiqdi. Nasaf, Bunyodkor va Surxon klublari bu masalaga jiddiy e’tiborda bo‘lib, ularning zaxira maydonlari doimiy parvarishda, sifatli o‘yin uchun sharoit yetarli. Paxtakor va Andijon klublari bu borada ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.
OKMK, Buxoro, Neftchi, Sho‘rtan, So‘g‘diyona, Mash’al kabi klublarning zaxira jamoalari maydonlarini Liga shartli ravishda qabul qildi. Biroq mana shu klublar rahbariyatidan zaxira maydonlariga jiddiy e’tibor qaratish va ularning holatini yaxshilash so‘raladi.
Qo‘qon-1912, Qizilqum, Xorazm, Navbahor, Dinamo klublari U21 jamoasi uchun taqdim etgan maydonlar Liga tomonidan o‘yinlar uchun qabul qilinmadi. Ularda qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar, Liga reglament bandlari bo‘yicha chora ko‘rishda davom etadi. Faqatgina Qo‘qon-1912 klubi belgilangan muddatning so‘nggi kunida Yaypandagi O‘zbekiston stadionini ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurgani uchun, mazkur klubning zaxira jamoasi Turon maydonidan foydalanib turadi. Samarqand, Xorazm, Navoiy shaharlarida esa afsuski U21 jamoasi o‘yinlarini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan boshqa maydon mavjud emas. Navbahor klubi rasmiylarining Liga musobaqalari va talablariga bo‘lgan munosabati alohida mavzu bo‘lib, Liga ularning o‘z vazifasiga professional yondashishini bir necha yildan buyon kutib keladi.
Shundan kelib chiqib, Navbahor U21 — Dinamo U21 o‘yini uchun Liga o‘z rasmiylarini yubormaydi va mezbon klubga texnik mag‘lubiyat yozadi. Har ikki klub o‘zaro kelishgan holda o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Shuningdek, raqib jamoaning zaxira maydonlari talabga javob berganidan kelib chiqib, Qizilqum va Xorazm o‘rinbosarlari o‘z uchrashuvini raqib maydonida o‘tkazadi. Mazkur taklif rad etilsa, ularga ham texnik mag‘lubiyat yoziladi.