📸 Uchrashuvdan fotolar.
SHURTAN PFC Telegram Gönderileri

Шўртан ПФК (Ғузор) клубининг Телеграмдаги расмий канал: @shurtanpfc
Сайтимиз: www.fcshurtan.uz
E-mail: [email protected]
Сайтимиз: www.fcshurtan.uz
E-mail: [email protected]
2,530 Abone
14,200 Fotoğraf
470 Video
Son Güncelleme 09.03.2025 19:48
Benzer Kanallar

9,145 Abone

3,571 Abone

3,226 Abone
SHURTAN PFC tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler
Anvar Berdiyev: ""Xorazm" darvozaboni ishonchli harakat qildi"
Superliga-2025 1-turidan oʻrin olgan "Xorazm" — "Shoʻrtan" (2:0) bahsidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Anvar Berdiyev oʻyindan keyingi tashkil qilingan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Mavsumga tayyorgarlikni asosan G‘uzorda va Toshkentda olib borgan edik. Superligadagi dastlabki uchrashuvni "Xorazm"ga qarshi oʻtkazdik. Bugun durangga erishishimiz ham mumkin edi, ammo raqib posboni ishonchli harakat qilib oʻz jamoasini koʻp marotaba qutqardi. Raqibning golidan so‘ng hujumga zoʻr berdik va qarshi hujumda ikkinchi golni oʻtkazib yubordik" — dedi Anvar Berdiyev bugungi bellashuv haqida.
- "Shoʻrtan" jamoasi yangi mavsum oldidan oʻz tarkibini asosan yosh futbolchilar bilan kuchaytirdi. Yangi mavsumga yigʻilgan tarkibdan qanchalik koʻnglingiz toʻlmoqda? Yangi futbolchilarning bugungi uchrashuvdagi harakatlariga qanday baho berasiz?
- Toʻgʻri, jamoamiz asosan yosh futbolchilarni oʻz safiga jalb etdi. Biz tajribaliroq himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi edik, ammo buning imkoni boʻlmadi. Mavsum hali endi boshlandi, ushbu futbolchilar hali oʻzini koʻrsatishadi. Bugungi bahsni o‘rganib, keyingi oʻyinlarda yaxshiroq natijaga erishishga intilamiz.
- "Shoʻrtan" yomon oʻyin koʻrsatmadi, toʻpni nazorat qildi va vaziyatlarga ega boʻldi. Jamoangiz namoyish etgan oʻyini bilan 0:2 hisobidagi magʻlubiyatga loyiq edimi?
- Jamoa yutqazdimi, demak raqib yaxshiroq oʻynagan boʻladi. Bizda ham imkoniyatlar boʻldi va hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi, lekin "Xorazm" jamoasi posboni bugun juda yaxshi oʻynadi. Biroz omad ham yetishmadi. Futbolchilarim keyingi turlarda yanada yaxshiroq oʻyin namoyish etishiga ishonaman.
- "Shoʻrtan" jamoasi yangi mavsumda oʻz oldiga qanday maqsadlar qoʻydi?
- Maqsadimiz har bir bahsda gʻalaba qozonishga harakat qilish. Oxirigacha kurashamiz. Mavsumni gʻalabasiz boshlash juda qiyin. Bugungi magʻlubiyatni tezroq esdan chiqarib, "Bunyodkor" haqida oʻylashimiz kerak. Gʻuzorga qaytib, bugungi oʻyinni tahlil qilib chiqamiz. Oʻylaymanki, keyingi bahsda jamoam yaxshiroq oʻynaydi va oʻziga kerakli boʻlgan natijaga erishadi.

Nazorat uchrashuvi. ⚪️ "So‘g‘diyona" 2:0 "Sho‘rtan" 🔵
Bugun g‘uzorliklar mavsum startidan avval so‘nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Zomin shahrida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida jizzaxliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi
Nazorat uchrashuvi
Zomin
02.03.2025 | 16:00
⚪️ Soʻgʻdiyona 2:0 Shoʻrtan 🔵
Gollar: Nodir Soyibov 30' (1-0), Samandar Mavlonqulov 64' (2-0)
⚪️ "Soʻgʻdiyona": Muhammadyusuf Sobirov, Zoir Joʻraboyev, Otabek Ahadov, Behruz Jumatov, Xondamir Mustafoqulov, Suxrob Izzatov, Ehsoni Panshanbe, Nodir Soyibov, Javohir Qahramon, Sardor Hoshimov, Umid Sultonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Milan Mitrovich, Samandar Mavlonqulov, Ibrohim Toʻraqulov, Misiraliyev Dilshod, Sahob Rashidov, Abdulloh Omomaliyev, Oybek Nurmatov.
🔵 "Sho‘rtan": Shohruh Eshbo‘tayev, Shohjahon Sultonmurodov, Ulug‘bek Xudoyberdiyev, Aziz Pirmuhammedov, Murodxo‘ja Jabborov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Timur Mamasidiqov, Asadbek Saidxonov, Abbos Ergashboyev, Kamron Saidazimov, Jo‘rabek Mannonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Doniyor Narzullayev, Mirjalol Jumayev, Daler Sharipov, Javohir Hasanov, Nuriddin Hasanov, Sherzod Abduraimov, Anvar Turobov, Abror Toshqo‘ziyev, Og‘abek Asadov.
Maydondan chetlatilganlar: Xondamir Mustafoqulov
Bugun g‘uzorliklar mavsum startidan avval so‘nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Zomin shahrida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida jizzaxliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi
Nazorat uchrashuvi
Zomin
02.03.2025 | 16:00
Gollar: Nodir Soyibov 30' (1-0), Samandar Mavlonqulov 64' (2-0)
Zaxiradan maydonga tushganlar: Milan Mitrovich, Samandar Mavlonqulov, Ibrohim Toʻraqulov, Misiraliyev Dilshod, Sahob Rashidov, Abdulloh Omomaliyev, Oybek Nurmatov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Doniyor Narzullayev, Mirjalol Jumayev, Daler Sharipov, Javohir Hasanov, Nuriddin Hasanov, Sherzod Abduraimov, Anvar Turobov, Abror Toshqo‘ziyev, Og‘abek Asadov.
Maydondan chetlatilganlar: Xondamir Mustafoqulov
Bugun mavsum oldi so‘nggi nazorat uchrashuvida Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi bilan bellashamiz. Uchrashuv 🏟 "Zomin" stadionida soat 16:00 da start oladi.