SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI @sherobod_8bmsm Channel on Telegram

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

@sherobod_8bmsm


SHerobod tumanidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI (Uzbek)

Assalomu alaykum, sevgli musiqa va san'at sevganlar! Bugun sizga Sherobod tumanidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanalini tanitamiz. Bu kanalda sizga bolalarimizning payg'ambarlik darajalarini ko'zlab turishingiz mumkin. Sherobod tumanida faoliyat yuritadigan 8-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi, bolalar uchun o'zlashtirilgan, oliy malakali o'qituvchilar tomonidan o'rgatiladigan namunaviy ta'limni taklif etadi. Kanalda siz bolalarimizning qiziqarli musiqa dasturlarida ishtirok etishini ko'rasiz, ularning san'atda o'zlarini namoyish etish joylariga a'zo bo'lishingiz mumkin. Bu kanal orqali sizning bolalaringizga yaxshi ta'lim berib, ularning yeteneklarini rivojlantirish uchun ko'rsatiladigan imkoniyatlarni tajribalashingiz mumkin. Sherobod tumanidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali bilan bog'liq yangiliklardan xabardor bo'lish uchun ushbu kanalga obuna bo'ling va bolalaringizning eng yaxshi sifatda ta'lim olishini ta'minlang!

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

20 Nov, 13:29


💚💚💚 Musiqa asboblarini sifatli asrash va ularning uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlash uchun quyidagi amallarga amal qilish muhim:

1. To'g'ri saqlash sharoitlari:
Musiqa asboblarini quruq va salqin joyda saqlang, haddan tashqari issiq yoki nam muhitdan saqlaning.

Musiqa asboblarni changdan va zararli ta'sirlardan himoya qilish uchun maxsus g'ilof yoki qutilarda saqlang.

2. Gigienaga rioya qilish:
Har bir foydalanishdan so'ng musiqa asbobni artib, toza holda saqlang.

Musiqa asbobning metall qismlarini zanglashdan himoya qilish uchun maxsus vositalardan foydalaning.

3. Doimiy texnik xizmat:
Strunalashtirilgan musiqa asboblar uchun simlarni vaqtida almashtirishni unutmang.

Klaviatura va boshqa harakatlanuvchi qismlarni muntazam tekshirib turing.

4. Maxsus himoya vositalari:
Yog'ochdan yasalgan musiqa asboblarni qurishdan saqlash uchun namlagichlardan foydalaning.

Musiqa asboblarga lak yoki himoya qoplamalari surtilgan bo'lsa, ularni yangilab turing.

5. Tashish qoidalari:
Musiqa asbobni tashishda uni zarbalardan himoya qiluvchi maxsus g'ilof yoki sumkadan foydalaning.

Og'ir musiqa asboblarni tashishda xavfsiz joylashuv va ushlab turishni ta'minlang.

6. Mutaxassisga murojaat qilish:
Musiqa asbobda muammo yoki nosozlik bo'lsa, o'zingiz tuzatishga urinmang, tajribali mutaxassisga murojaat qiling.

Bu tavsiyalar musiqiy asboblarning sifatli ishlashini va uzoq muddat saqlanishini ta'minlaydi.

📝https://t.me/madaniyat_talim

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

20 Nov, 10:33


Diqqat e'lon!!!

📣 Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Normurodov hamda boshliq o‘rinbosarlari bilan joriy yilning 21-noyabr kuni  soat 17:00dan 18:00gacha madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan "Onlayn qabul" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu qabulda barcha soha vakillari o‘zlarining murojaat, taklif va shikoyatlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

📲 Murojaat va savollaringizni boshqarmaning ushbu rasmiy aloqa boti orqali yozib qoldiring: https://t.me/SurxonMadaniyatga_murojaat_bot

📞 +998997380116, +998915814724

Telegram | Instagram | Facebook

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

18 Nov, 14:58


#Xushxabar

⚡️ Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zbekistonlik san'atkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Har ikki ijrochi o‘zbek va rus madaniyatini yaqinlashtirish va boyitishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Ma'lumot o'rnida, “Do‘stlik” ordeni 1994-yil bahorida ta’sis etilgan bo'lib, u Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

18 Nov, 11:22


💟💟💟#Mahorat_darsi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professori, "Do‘stlik" ordeni va "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni sohibasi, O‘zbekiston Bastakorlari uyushmasi a'zosi kompozitor Xurshida Xasanova bilan video konferens aloqa orqali ijodiy uchrashuv va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
 
Jarayondan video lavhalar..


📹📹🎥 😃📝 Jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarimizda bizni kuzating:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

18 Nov, 07:02


💟💟💟#Mahorat_darsi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professori, "Do‘stlik" ordeni va "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni sohibasi, O‘zbekiston Bastakorlari uyushmasi a'zosi kompozitor Xurshida Xasanova bilan video konferens aloqa orqali ijodiy uchrashuv va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida kompozitor tomonidan o‘quvchi yoshlarimizga musiqa sohasiga oid tavsiya va maslahatlar berib o‘tildi.



📹📹🎥 😃📝 Jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarimizda bizni kuzating:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

16 Nov, 12:44


XALQARO BAG‘RIKENGLIK KUNI NISHONLANDI.

➡️Mustaqil O‘zbekistonda millatlar va konfessiyalararo totuvlik va o‘zaro bir-birini tushunish, yosh avlodni bag‘rikenglik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
 
Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari, millati, tili va dinidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani muhrlab qo‘yilgan. Ularga o‘z madaniyati, an’ana va urf-odatlarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
 
BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. 2019-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu sana O‘zbekistonda haftalik doirasida keng nishonlanib kelinadi. Bu yil ham ushbu an’anani davom ettirib, 11-16-noyabr kunlari yurtimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda. 7 kun davomida haftalik doirasida turli madaniy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Sherobod tumanidagi 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quvchilari ham tadbirda faol ishtirok etishdi.

Telegram manzilimiz:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

16 Nov, 09:50


#Xushxabar

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Qahramoni, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori Munojot Yo‘lchiyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

16 Nov, 09:43


🇺🇿#Millat_bayrog‘i

Millat bayrog‘i. U jondek aziz, nondek mo‘tabar!

«O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi oliy kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab turibdi, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi. 
Ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash'aladir.
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. 
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi. 
Shuni aytishimiz lozimki, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar. 
Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 45-son bayonomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanidagi 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida "Millat bayrog‘i" shiori ostida konsert dasturi va tasviriy san'at bo‘limi o‘quvchilari o‘rtasida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📹📹🎥 😃📝 Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzating:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

15 Nov, 08:42


💟💟💟

18.11.2024 Surxondaryo viloyati Sherobod tuman 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida

📹📹🎥😃📝📝 Jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarimizda bizni kuzating:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

15 Nov, 08:38


https://youtu.be/4XwGm9nRPNM?si=iqb52MS9byf4lfjL

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

15 Nov, 08:30


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professori, "Do‘stlik" ordeni va "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni sohibasi, O‘zbekiston Bastakorlari uyushmasi a'zosi kompozitor

XURSHIDA XASANOVA BILAN IJODIY UCHRASHUV VA MAHORAT DARSI

18.11.2024 Surxondaryo viloyati Sherobod tuman 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida.

📹📹🎥 😃📝 Jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarimizda bizni kuzating:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

13 Nov, 06:29


#Ilmiy_maqola🎵
💛💛💛

⤵️Respublika "Ta'lim fidoyilari" ilmiy jurnalida Sherobod tuman 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o‘qituvchisi Xolmat Mamarasulovning ingliz tilida ilmiy maqolasi chop etildi.

📣📝Telegram manzilimiz:
📌
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

13 Nov, 06:14


#Ilmiy_maqola
💛💛💛

⤵️Respublika "Ta'lim fidoyilari" ilmiy jurnalida Sherobod tuman 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o‘qituvchisi Bekzod Rahmatovning ingliz tilida ilmiy maqolasi chop etildi.

Telegram manzilimiz:
📌https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

10 Nov, 08:20


⚡️Maktablarda musiqa fanini o‘qitishga qaratilgan qaror loyihasi yuzasidan onlayn yigʻilish oʻtkazildi

☑️ Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/27013

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

09 Nov, 09:52


⚡️ O‘zbekiston xalq baxshilarining ijodiy-ma’rifiy kechasi o‘tkazildi

Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/26990

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

09 Nov, 09:38


🦅#Hayotimga_hamrohdir_cholg‘u

📍 Sherobod tumanidagi 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi konsert zalida o‘quvchilar 1 chorak davomida o‘rgangan asarlarini "Hayotimga hamrohdir cholg‘u" nomli konsert dasturida ijro qilib berishdi.
Kuzgi ta'tilning so‘ngi kuni esda qolarli ta'surotlarga boy bo‘ldi.


Telegram manzilimiz:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

25 Oct, 01:30


#OAV_biz_haqimizda
#Forum

⚡️ Bugun poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusidagi xalqaro forumi bo’lib o’tdi.

Bizni kuzatib boring, forum haqida xabardor etib boramiz!

🇺🇿 Press-reliz
🇬🇧 Press release
🇷🇺 Пресс-релиз

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

24 Oct, 01:18


🎶 Musiqaning Bola Rivojlanishiga Ta'siri

Bilarmidingiz, musiqa tinglash bolalarning aqliy rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi?

Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, musiqa bolalarning matematik va til o‘rganish qobiliyatlarini oshiradi, ijodkorlikni rivojlantiradi va xotirani yaxshilaydi. Pianino chalish esa diqqatni jamlash va intizomni mustahkamlaydi. Shuning uchun musiqiy mashg‘ulotlar nafaqat qiziqarli, balki foydalidir!

📝https://t.me/madaniyat_talim

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

23 Oct, 12:53


#Taqdimot

⚡️ Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vazirlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazining taqdimoti bilan tanishdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/25210

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

23 Oct, 05:40


#OAV_biz_haqimizda
#Xalqaro_hamkorlik
#Turkiya

⚡️ Turkiya mezbonlik qilgan bu yilgi ABUning Bosh Assambleyasi doirasidagi "Televizion qo’shiqlar festivali"da O’zbekiston jamoasi ishtirok etdi

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Oct, 10:54


O‘zbek milliy cholg‘u asboblaridan "Zarbli cholg‘ularning kelib chiqishi" mavzusida Xalq cholg‘ulari bo‘limi boshlig‘i Shermamat Bobomurodovning ma'ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Zarbli cholg‘ular tarixi, kelib chiqishi haqidagi ma'lumotlar taqdimot orqali namoyish etildi.

Telegram manzilimiz:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Oct, 08:34


Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu sana O‘zbek tili bayrami kuni sifatida Qonun bilan belgilab qo‘yildi. Ushbu sana munosabati bilan Sherobod tuman 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida ham konsert dasturi namoyish etildi.

Telegram manzilimiz:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

20 Oct, 15:07


⚡️ “Men O‘zbekman” mavzusidagi tanlovning film va videoroliklari saralandi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/24772

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

15 Oct, 15:48


🔸O‘zbekistonda kulolchilik san'ati

Kulolchilik – Oʼzbekiston xalq amaliy sanʼatining eng qadimiy, gʼoyat qiziqarli turlaridan biri. Mamlakatimiz hududida kulolchiliknig koʼplab asosiy maktab va markazlari mavjud. Bunga misol tariqasida Rishton, Buxoro, Gʼurumsaroy, Toshkent, Xorazm, Samarqand va Qashqadaryo kulolchilik maktablarini sanash kifoya. Ushbu kulolchilik maktablari bir biridan yaratilgan mahsulotlarni tayyorlanish uslubi, naqsh-gullari, rangi va pardozi bilan farqlanadi.

🫖 Kulolchilik xalq amaliy sanʼati turlaridan boʼlib, hunarmandchilikning loydan, gildan turli buyumlar, idishlar, qurilish materiallari tayyorlaydigan sohasiga kiradi. Kulolchilikda asosiy xom ashyo tabiiy tuproq boʼlib, loy qancha koʼp pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi boʼladi. Kulolchilikning bezak sanʼati boʼlgan koshinkorlik sanʼati Markaziy Osiyoning meʼmorchiligida keng rivojlangan.

🇺🇿 O‘zbekiston kulolchilik san’atining eng boy merosini saqlab qolgan maskan hisoblanadi. Samarqandda kulolchilik neolit davridan buyon mavjud boʼlsa-da, uning eng rivojlangan davrlari eramizning IX–XII asrlarga toʼgʼri keladi. Sanoat rivojlangan davrga kelib bu soha ancha susaydi, soʼnggi oʼn yilliklarda uning ayrim koʼrinishlari hatto yoʼqolib ketish xavfi ostida qolmoqda...

🏛 Kulolchilik san'ati 2023-yilda YUNESKO tomonidan "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi" sifatida Reprezentativ ro‘yxatga kiritilgan.

🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

14 Oct, 14:56


💦Musiqa tarixi va san'atiga oid bir necha qiziqarli ma'lumotlar:

1. Musiqa odamlarni davolashi mumkin: Qadimdan turli xalqlarda musiqa terapiya sifatida ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonlar musiqa orqali ruhiy va jismoniy kasalliklarni davolashga harakat qilishgan.

2. Eng uzoq davom etgan qo‘shiq: AQShda joylashgan Orfield laboratoriyasida eng uzoq davom etgan qo‘shiq “As Slow as Possible” (Julius Eastman) bo‘lib, u 639 yil davom etadigan tarzda ijro etilmoqda. 2001-yilda boshlangan ijro 2640-yilda yakunlanadi!

3. Notalar tizimi: Notalar tizimini ilk bor qadimgi yunon matematik-filosofi Pifagor yaratgan. Uning o‘rganishlariga ko‘ra, musiqadagi tovushlar matematik munosabatlarga asoslanadi.

4. Mozart va bolalar IQ'si: Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, Wolfgang Amadeus Mozartning musiqalarini tinglash bolaning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Buni “Mozart effekti” deb atashadi.

5. Eng qadimiy musiqa asbobi: Eng qadimiy musiqa asbobi – Neandertal odamlari tomonidan yasalgan suyak fleyta bo‘lib, u taxminan 40 ming yil avval paydo bo‘lgan.

6. Ko‘rlar va musiqaga sezgirlik: Ko‘zi ojiz odamlar odatda musiqa tovushlariga yanada sezgir bo‘ladi va ko‘rganlarga nisbatan kuchliroq eshitish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli ko‘r musiqachilar orasida juda ko‘plab yetuk iste'dodlar mavjud.

7. Frekvensiyalar va hissiyotlar: Turli frekvensiyadagi tovushlar odamning ruhiyatiga ta’sir qiladi. Masalan, yuqori notalar ko‘pincha quvonch va energiya hisini uyg‘otsa, past notalar ko‘proq qayg‘u yoki xotirjamlikni aks ettiradi.

📝https://t.me/madaniyat_talim

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

14 Oct, 14:09


⚡️ “Oxunjon Madaliyev qo‘shiqlari el qalbida yashaydi" xalqaro festival - tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/24312

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

14 Oct, 07:01


#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz

Telegram manzilimiz:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

14 Oct, 06:11


#giyohvandlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF–5618-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil
19-yanvardagi PQ–2733-son qaroriga asosan aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan.
Sherobod tumanidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Tasviriy san'at bo‘limi o‘quvchilari o‘rtasida ushbu mavzu bo‘yicha rasmlar tanlovi ham tashkil etildi.

Telegram manzilimiz:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

13 Oct, 13:20


#Fotoreportaj

🇺🇿 🇶🇦 “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi”

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt