HAR YON LOLAZOR
💐💐💐💐💐💐
Yana keldi gulbahor,
Qir-adirlar lolazor.
Ko'kda vizillar varrak,
Entikib ketar yurak.
Buvimga ko'mak berdim,
Sumalakka tosh terdim.
Tiladim yaxshi tilak,
So'ng tovlandi kamalak.
GULCHAMBAR TAQIB...
💐💐💐💐💐💐💐
Kirib kelgach ko'klamoy,
Tabiat ochdi chiroy.
Har yon gul-u lolalar,
Quvonishar bolalar.
Dugonajon kelaqol,
Gulchambarlar taqamiz.
Qo'lingni ber qo'limga
Yur, qirlarga chiqamiz.
KO'KLAM QUVONCHI
💐💐💐💐💐💐💐
Qaldirg'och qanotida
Orzu ko'kka bo'y cho'zdi.
Bog'imda nargis gullar
Quyoshga qarab o'sdi.
Sochga tolbargak taqib,
Yalpiz terdik bir etak.
Ko'k somsalar yopamiz,
Nasibamiz mo'l, demak
QUYOSH
💐💐💐💐💐💐💐💐
Quyosh bizdan ko'p yiroq,
Udir olamga chiroq.
Yog'du oladi qaydan,
Yoki olarmi oydan.
U termulib yiroqdan,
Nur olar har yurakdan.
Boychechak
💐💐💐💐💐💐💐💐
Boychechagim boylandi,
Qozon to’la ayrondi.
Ayroningdan bermasang
Qozon-tovog’ing vayrondi.
Naqarot:
Qattiq erdan qatrab chiqqan boychechak.
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Boychechagim xilloli,
Hamyon-hamyon tilloli,
Hamma bozor bir bozor,
Atroflari lolazor.
Naqarot:
Boychechakni tutdilar,
Sim yog’ochga osdilar.
Qilich bilan chopdilar
Baxmal bilan yopdilar.
Naqarot:
Qattiq erdan qatrab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Bola-bola, bola-bola, bola-bola, bola-bola boychechak, boychechak
💐💐💐💐💐💐💐💐💐
Yomg’ir yog’aloq
Yomg’ir yog’aloq
Yam-yashil o’tloq.
Endi ekinlar
Chiqarar quloq.
Naqarot:
Yashnasin dala,
Ochilsin lola.
Tog’lar qo’ynida misli,
Shalola.
Bahor kelganda
Ochilar gullar.
Qo’ylar, qo’zilar
O’tlashga chiqar.
Naqarot:
Bog’da arilar
Gullarga qo’nar,
Ochilgan gullardan
Bollarni yig’ar.
Naqarot:
Yashnasin dala,
Ochilsin lola.
Tog’lar qo’ynida misli,
Shalola.
KO'KLAM QO'SHIG'I
💐💐💐💐💐💐💐
Yomg'ir yog'ar shitirlab,
Ko'klam qo'shig'in kuylab.
Bahorga peshvoz chiqib
Gullar beradi o'ynab.
Bahor yaqin
💐💐💐💐💐💐💐💐
O’tib ketdi qishning sovuq
Ham bo’ronli kunlari.
Ortda qoldi oy, yulduzsiz,
Tim qorong’i tunlari.
Endi quyosh ko’proq boqar,
Dalalarga, bog’larga.
Quchoq-quchoq yog’du sochar,
Adirlarga, tog’larga.
Bezanishar dala-qirlar,
Chechak taqar o’tloqlar.
Bahor yaqin, bahor yaqin,
Bahor yaqin, o’rtoqlar.
Ko’nglim yana tog’day o’sar,
Ko’rkam bahor kelganda.
Quvongayman dasta-dasta
Gul-chechaklar terganda…
©Zafar Diyor
Bahor keldi
💐💐💐💐💐💐💐
Keldi bahor, gul bahor
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.
Suvlar oqar shildirab,
Yulduz boqar mildirab,
Chumolilar yayrashar,
Sho‘h bulbullar sayrashar.
Endi ilk sof navbahor,
Chunki bizda gulbahor.
Bog‘da qizil lolalar
Terib oling bolalar.
Tog‘ bag‘rida qo‘zilar,
Ma’rab o‘tga cho‘zilar.
Tolbargak taqib qizlar
Chuchmomalarni izlar.
Quyosh nurlarin sochdi,
Atirgul g‘uncha ochdi.
Yuring chiqaylik, bog‘lar
Bizni kutar o‘rtoqlar.
Shukur Sa’dulla (1912-1972)
BINAFSHA
💐💐💐💐💐💐💐💐
Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli.
Bog'imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergani.
Men ham terdim bir dasta
Onamizga bergani.
💐💐💐💐💐💐💐
BINAFSHANI SOG'INDIM
Binafshaning isini
Sog'indim qish kunida.
Uning inja husnini
Sog'indim qish kunida.
Tezroq bahor kelsaydi,
Binafshani ko'rsaydim...
Tezroq bahor kelsaydi,
Binafshani tersaydim...
Biroq bahor ko'pincha
Kelar sekin, imillab.
Biroq bahor kelguncha,
Yer qolar sal qimirlab.
Chunki uning bag'rida
Nafas olar binafsha.
Hademay qish qa'ridan
Chiqib qolar binafsha.
(Qo‘shiq)
💐💐💐💐💐💐💐
Bog‘da gul chaman-chaman,
Men gullarni quchaman.
Zavq-la ochib qulochim,
Sho‘x qush kabi uchaman.
Bahor menga o‘xshaydi,
Ochilib gul yashnaydi.
Ketmaydi u yil bo‘yi,
Men-la birga yashnaydi.
Yoshlik ham bir gulbahor,
Unda bahor husni bor.
Quyosh uni erkalar,
Kulib boqar har nahor.
Har go‘zallik o‘rtog‘im,
Ochiq unga quchog‘im.
Hech narsaga bermayman
Bu shirin yoshlik chog‘im.
Qaldirg‘och qaytib uchar
Qanotin yoyib uchar
Navro‘zda qozon to‘lsa
Elimizni baxt quchar
Ketgan qushlar uzoqdan
Yana bizga qaytadi
Kertak ochgan shoxlarda
Sayrab qo‘shiq aytadi.
💐💐💐💐💐💐💐
https://t.me/sher_maqol