Sharipov Abror @sharipovabror Channel on Telegram

Sharipov Abror

@sharipovabror


ТТА Термиз филиали ҳаётига боғлиқ янгиликлар билан ўртоқлашамиз

ТТА Термиз филиали ҳаётига боғлиқ янгиликлар билан ўртоқлашамиз (Uzbek)

ТТА Термиз филиали ҳаётига боғлиқ янгиликлар билан ўртоқлашамиз канали - бу ўзбек тилида янгиликлар ва маълумотлар билан тўлдирилган бошқаларармонли канал. Сиз ушбу канал ёрға алоқа ва ҳамкорлик бўйича янги янгиликлар ҳақида маълумотларни топишингиз мумкин. ТТА Термиз филиали ҳаётига боғлиқ янгиликлар билан ўртоқлашамиз каналига обуна бўлиб, сиз умумий янгиликлар, маълумотлар, жамоат муаммолари ва бошқа кўпчилик мавзулар бўйича кўп тилда ахборот олишингиз мумкин. Шарипов Аброр томонидан яратилган ушбу канал, сизни ташвишлантиришга ёрдам беради ва сизнинг энг сўнгги янгиликлар билан энгил бўлмаслик мақсадида янгиликларни таклиф этади. Ушбу каналга обуна бўлиб, сиз жамоатда кўп соҳибига эга бўласиз ва янгиликларга тезкор ишлаш имкониятинггиз кўпаёди.

Sharipov Abror

23 Nov, 06:45


🔠🔠🔠🔠🔠🔠

📢 Bugun Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori bo'lim boshlig'i Danayev Baxtiyor Farxatovichning tavallud ayyomlari!🎉

🎁 Shu munosabat bilan, Baxtiyor Farxatovichni filial jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ishlariga muvafaqqiyatlar tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

22 Nov, 11:53


⚡️TALABALAR UCHUN QISQA MUDDATLI TA'LIM VA AMALIY KURS

25-yanvardan 2-fevralgacha Moskva shahrining top 500 talikka kirgan RUDN universitetida "Ambulatent kardiologiya: diagnoz va davolashning amaliy jihatlari" mavzusida amaliy kurs bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Kurslar kardiologiya sohasi bo'yicha yuqori malakali professor-o'qituvchilar va vrachlar tomonidan olib boriladi

🔵Kurs davomiyligi 7 kun

🎚 Davolash ishi va tibbiy profilaktika yo'nalishining 3-6-kurs talabalari ishtirok etishlari mumkin

‼️Muhim: Harajatlar talabaning o'zining hisobidan qoplanadi

📝 Arizalar 10-dekabrgacha qabul qilinadi

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz so'raladi:
@ttatf_karimova

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

19 Nov, 11:59


#natijalar

🔘 "Yil talabasi-2024" ko'rik tanlovining Filial bosqichi natijalari bilan tanishing!

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

19 Nov, 06:57


‼️Qayta o'qish qish faslida ham qo'yib beriladi!

Yaqindagi postdan keyin ko'pchilikni qishda ham malakaviy amaliyot bo'ladimi degan savol qiziqtirgan bo'lsa ajabmas. 4-kurs xalq tabobati yo'nalishidan tashqari boshqa talabalarga qishda malakaviy amaliyot bo'lmaydi. Buning o'rniga kredit modulda oq'iydigan talabalarga yozgi o'qish bilan bir qatorda qishda ham qayta o'qish haftaliklari qo'yib beriladi.

Qishki qayta o'qish muddatlari:
1-kurslar: 27.01.2025-08.02.2025
2 va 3-kurslar: 20.01.2025-08.02.2025
4-kurslar:
1️⃣Davolash ishi - 20.01.2025-08.02.2025
2️⃣Pediatriya ishi - 03.02.2025-08.02.2025
3️⃣Xalq tabobati - 13.01.2025-25.01.2025


📌Ma'lumki GPA bali 2.6 dan past bo'lganlar kursdan-kursga o'ta olmaydi, shu sababli ular qayta o'qishlari kerak bo'ladi. Shuningdek imtihonlardan yiqilganlar ham qayta o'qishlari kerak. Qayta o'qish pullik asosda amalga oshiriladi. Keyingi postlarimizda qayta o'qishga kimlar qolishi, o'qish uchun ariza berish tartibi va h.k. haqida so'z yuritamiz.

Ma'lumot uchun: Agar siz qishda qayta o'qimaydigan bo'lsangiz, yoki 5-6 kurs talabalari bo'lsangiz, bahorgi semestrning 10.02.2025 sanada boshlanishini hisobga olgan holda, semestr boshlanguncha mustaqil o'qishingiz, dam olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

19 Nov, 06:31


‼️Tayanch doktorantura (PhD) imtihon kunlari aniq bo'ldi!

✏️Xabaringiz bor, 8 ta quyidagi mutaxassislik bo'yicha TTA Termiz filialida tayanch doktoranturaga qabul e'lon qilingan edi:
-14.00.35-Bolalar xirurgiyasi
-14.05.05.-Ichki kasalliklar
-14.00.01-Akusherlik va ginekologiya
-14.03.13-Nevrologiya
-14.00.09-Pediatriya
-14.00.22-Travmatologiya va Ortopediya
-14.00.27-Xirurgiya
-14.00.30-Epidemiologiya

Imtihonlar joriy yilning 29-noyabr kuni suhbat asosida o'tkazilishi ma'lum qilindi. Shu munosabat bilan barcha hujjat topshirganlarni o'z vaqtida pasportlari bilan kelishlari so'raladi.


Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

15 Nov, 11:52


2024/2025 o'quv yilida malakaviy amaliyot qachon bo'ladi?

E'tiboringizga malakaviy amaliyot o'tkazilishi rejalangan vaqtlarni havola etamiz. Reja bo'yicha bu yil ham malakaviy amaliyot imtihonlarini avgustning birinchi o'n kunligida o'tkazish ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga asosan, talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

15 Nov, 09:26


#ta'ziya

TTA Termiz filiali jamoasi Patologik anatomiya, sud tibbiyot, tibbiyot huquqi kafedradi dotsenti Nuritov Nurpulla Rajapovich bevaqt vafot etganliklari munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi. Marhumning oxiratlari obod bo'lsin va yaqinlariga sabr bersin.

Janoza ertaga ertalab Buxoro shahri G'ijduvon tumanida o'qiladi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

15 Nov, 07:10


🥰🥰😇🥰🥰😇

⚡️ Bugun o'quv ishlari bo'yicha dekan o‘rinbosari Berdiyev Abdusamad Xudoyqulovichning tavallud ayyomlari!🎉

💐Shu munosabat bilan, Abdusamad Xudoyqulovichni filial jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz va kelgusidagi ishlariga muvafaqqiyatlar tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

14 Nov, 12:19




Talabalar kuni munosabati bilan 16-noyabr kuni o'tkaziladigan sport tadbirlari dasturi bilan tanishing!


Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

08 Nov, 14:59


Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

08 Nov, 14:59


2024-2025 o'quv yilidan boshlab o'qish ko'rsatkichiga qarab grant/kontrakt o'qish shakli o'zgarishi belgilanganidan xabaringiz bormi?

Ma'lumki shu yildan o'qish ko'rsatkichiga qarab grantlar qayta taqsimlanishi belgilangan. Hali uning qay tartibda hisoblanishi haqida aniq yo'riqnoma mavjud emas. Shunday bo'lsada e'tiboringizga davolash ishi yo'nalishi bo'yicha yil boshidan boshlab o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichlari (JN bahosi) bo'yicha talabalar reytingini tuzib chiqdik. Joriy yilda 136 ta grant o'rni ajratilgan bo'lib, jadvalda taxminan birinchi 136 talik talabalar ichida to'lov-shartnoma asosida o'qiydiganlar bo'lsa, ularni yashil rangga grantga da'vogarlar qatoriga qo'shdik.

🎈Barchani o'qishlariga omadlar tilab qolamiz!!!

Izoh: yana bir bor qaytaraman, bu bor yo'g'i JN o'rtachasi bilan olib borilgan hisob-kitoblar bo'lib, taqsimlanish bo'yicha yo'riqnoma chiqmaguncha aniq bir xulosa qilib bo'lmaydi. Ustiga-ustak bu ko'rsatkichlar joriy baholardan kelib chiqqan bo'lib, hali yil oxirigacha bahoingizni ko'tarish imkoniyatingiz bor. Jadvalda rasm sifatida kuchli 20 talikni keltirib o'tdik. To'liq ro'yxat bilan faylda tanishishingiz mumkin!

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

08 Nov, 14:00


Qishki ta'til qachon boshlanishini bilasizmi?

TTA Termiz filiali mas'ullari barcha kurs talabalariga qishki ta'til 23.12.2024-04.01.2025 oralig'ida belgilashni reja qilishgan. Ammo xabaringiz bor har yili an'anaviy tarzda Prezident tomonidan qishki ta'til sanalari e'lon qilinadi. Agarda ushbu sanalarda ta'tilning davomiyligi 04.01.2025 dan ko'proq etib belgilansa u holda yuqoridagi jadval asosida o'qish sanalari ham semestrdan keyin cho'zilishi mumkin.

Masalan, ta'til 12 yanvargacha etib belgilansa, 1-kurs davolash ishi yo'nalishidagi talaba mos ravishda o'qish boshlangandan boshlab yuqoridagi jadvalga asosan 1 hafta o'qiydi (ya'ni 13.01.2025-18.01.2025).

- - -

The officials of the Termez branch of TTA have planned to schedule the winter break for all course students from December 23, 2024, to January 4, 2025. However, as you know, the winter break dates are traditionally announced by the President each year. If these dates extend beyond January 4, 2025, then, according to the schedule above, the academic dates may also be extended after the semester.

For example, if the break is set to last until January 12, a first-year student in the General medicine program will study for one week based on the schedule above after classes resume (i.e., from January 13, 2025, to January 18, 2025).

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

04 Nov, 10:07


my.hemis.uz platformasi ishga tushirildi❗️

Hurmatli talabalar, endilikda joriy baholaringiz, kontrakt qarzdorligingiz, dars jadvalingiz va boshqa ko'plab ma'lumotlarni my.hemis.uz platformasi orqali bilishingiz mumkin.

Eslatma: login va parollar shaxsiy sahifangizga kiradigan platforma ma'lumotlari bilan bir xil

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror

Sharipov Abror

28 Oct, 15:58


❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:

🔹 qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;

🔹 tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Sharipov Abror

28 Oct, 07:52


😂Filialimizda tahsil oluvchi 16 yosh vа undan katta bo'lgan ko'ngilli talabalar, professor-o'qituvchi va xodimlarni “Talaba – уugur” sport musobaqasiga ishtirok etishga chorlab qolamiz.

🗒Ro‘yxatdan (yugur.uz) elektron platformasi orqali o‘tiladi. 

🙋Filial talabalari orasidan bosqich (kurs)lar kesimida 1-3 o'rinni egallagan o'g'il va qizbola bo'yicha alohida-alohida filial direktorining qo‘shimcha stipendiyalari va  hаr bir mavsumda "yugur" platformasida qayd etilgan natijalarga asosan har bir hududdan 1-3 o'rinlarni olgan (o'g'il va qiz bolalar bo'yicha alohida-alohida) talabalar Oliy ta'lim, fan vа innovatsiyalar vazirining bir martalik moddiy rag' batlantirish to'lovi bilan taqdirlanadi:
1-o'rin uchun 5 000 000 so'm miqdorida,
2-о'rin uchun 3 000 000 so'm miqdorida,
3-o‘rin uchun 2 000 000 so'm miqdorida taqdirlab boriladi.

👥Musobaqada ishtirok etgan professor-o'qituvchi va xodimlar bo'yicha "Yugur" platformasida qayd etilgan natijalarga asosan hаr bir oliy ta'lim muassasasi kesimida 1-3 o'rinlarni egallagan (erkak va ауоllаr bo'yicha alohida-alohida) xodimlarga lavozim maoshiga 10 foiz miqdorda 3 oylik qo'shimcha ustamalar belgilash va to'lash tavsiya etiladi.  

➡️Batafsil ma'lumot uchun ushbu havolani bosing https://t.me/ttatf_yoshlar_ittifoqi/6876

🎓Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari:

Telegram 🌐Instagram Facebook 📹YouTube

Sharipov Abror

28 Oct, 06:49


ERASMUS + dasturi haqida eshtganmisiz

Erasmus+ dasturi — bu Yevropa Ittifoqi aʼzo davlatlaridagi universitetlar o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi uchun mo‘ljallangan Yevropa dasturidir.

Ushbu dastur davlat va ayrim xususiy oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun 1-2 semestr davomida Yevropaning yoki hatto dunyoning boshqa universitetida o‘qish imkonini beradi.

Talaba almashinuvi ishtirokchisiga mutlaqo hamma narsa to‘lanadi: o‘qish, yashash, aviachiptalar va tibbiy sug‘urta. Bunga qo‘shimcha ravishda, talabaga oziq-ovqat va dam olish uchun qolgan barcha xarajatlarni qoplaydigan oylik nafaqa beriladi. Stipendiya va uning miqdori odatda talaba yo‘l oladigan mamlakatga bog‘liq.

Erasmus+ talaba almashinuvida ishtirok etish uchun ariza berishdan oldin, barcha nomzodlarga, tanlangan universitet va mamlakatdan qat’i nazar, umumiy qoidalarning bir nechtasi bilan tanishish lozim.

1. Tibbiyot talabalari uchun ingliz tili yoki qabul qiluvchi davlatning milliy tilini bilish darajasi kamida B2, tibbiyot uchun esa C1 darajasida bo‘lishi kerak.

2. Loyihada faqat o‘zi yashayotgan davlatidagi universitetida kamida 2 yil o‘qigan talabalar qatnashishi mumkin.

3. Talaba yuqori o‘rtacha ballga ega bo‘lishi kerak. Bu kelajakdagi ishtirokchilarni tanlashda eng muhim mezonlardan biridir.

Erasmus + dasturida ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar quyidagi raqamga murojaat qilishlari mumkin:
+998 93 076 67 76

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror