Latest Posts from sc.medical (@sc_medical) on Telegram

sc.medical Telegram Posts

sc.medical
📚 🌍Вдохновляем (med)студентов осуществлять свои глобальные мечты
|Наука и технологии
|Онлайн консультации
|Поступление в лучшие вузы мира

Instagram: http://instagram.com/sc.medical
1,349 Subscribers
496 Photos
94 Videos
Last Updated 01.03.2025 18:02

The latest content shared by sc.medical on Telegram


Do'stlar, agar dam olish kunlari uyni tozalash yoki boshqa biror ish bilan band bo‘lsangiz, podkastimizni yoqib tinglab ko‘ring.

Bu safar onko-gematolog do‘stim bilan CAR-T terapiyasini muhokama qildik: terapiyaning qanday ishlashi, tarixi va klinik sinovlar haqida gaplashdik. Shuningdek, ilmiy maqolalarni qanday tushunish kerakligi haqida ham foydali ma’lumotlar berdik.

🔗 Tinglash uchun: https://youtu.be/bC8u17FpCSE?si=afNyT7VWyM8lT-5s

Semizlik tushunchasini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldimi? BMI yetarli emasmi?

Yaqinda The Lancet semizlikni aniqlash bo‘yicha yangi diagnostik mezonlarni taklif qildi. BMI (Body Mass Index) hali ham semizlikni tashxislashda keng qo‘llaniladi, ammo uning cheklovlari bor: u organizmdagi yog‘ miqdorini bevosita o‘lchamaydi va yog‘ning organizmdagi taqsimlanishini ko‘rsatmaydi. Bu esa ortiqcha tana yog‘ining sog‘liq uchun qanchalik xavfli ekanligini tushunishda murakkablik tug‘diradi.

Masalan, BMI 25–29,9 bo‘lgan odamlar (ortiqcha vazn deb qaraladigan) metabolik jihatdan sog‘lom bo‘lishi mumkin, BMI 30 dan yuqori bo‘lgan (semizlik deb tasniflanadigan) odamlar esa hech qanday salbiy sog‘liq belgilari ko‘rsatmasligi mumkin. Bundan tashqari, sportchilar yoki mushak massasiga boy insonlar BMI bo‘yicha noto‘g‘ri tashxis olishi mumkin, shu bilan birga, BMI 30 dan past bo‘lgan, ammo organizmida yog‘ miqdori yuqori va sog‘liq xavfi mavjud bo‘lgan odamlar aniqlanmay qoladi. Bu misollar BMIni semizlikni aniqlash uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi.

Demak, semizlikni aniq tashxislash uchun kengroq yondashuv talab qilinadi. Bu yondashuv yog‘ miqdori, yog‘ning taqsimlanishi, metabolik salomatlik va boshqa omillarni inobatga olishi kerak. BMIning cheklovlarini hisobga olib, yangi diagnostik mezonlarni joriy qilish, semizlikni sog‘liq bilan bog‘liq xavflar doirasida yaxshiroq baholashga yordam beradi.

Kanal: @studentmedik_upd

FT596: CAR-T terapiyasiga yangi alternativa?

Yaqinda chop etilgan maqola gen-modifikatsiyalangan, induksiyalangan plyuripotent o'zak hujayralaridan (iPSC)"olingan" tabiiy killer (NK) hujayralar yordamida saratonni davolashning yangi usulini taqdim etdi. FT596 nomli ushbu terapiya uchta asosiy antitumor elementlariga ega: saraton hujayralarini yo‘q qiluvchi maxsus retseptor (CD19 CAR), immun javobini "kuchaytiruvchi elementlar" (CD16 reseptor), va immun tizimini qo‘llab-quvvatlovchi molekulalar (interleykin-15).

Bu nima degani? FT596 shunchaki "bir martalik davolash" emas, balki saratonga qarshi ishlaydigan mukammal texnologiyaga aylanib ketish potensialiga ega. Tadqiqot davomida FT596 monoterapiya sifatida ham, saraton davolashda keng qo‘llaniladigan rituximab bilan birgalikda ham sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, u chuqur va uzoq muddatli javoblarni ta’minlaydi, ya’ni saraton hujayralarini samarali ravishda yo‘q qiladi.

Shu bilan birga, FT596 CAR-T terapiyasining muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan: bu ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish, narxni pasaytirish va bemorlar uchun kengroq imkoniyatlar yaratishni o‘z ichiga oladi.

Agar siz hali bizning CAR-T terapiyalari haqida Farhod bilan birga tayyorlagan video-podkastimizni ko‘rmagan bo‘lsangiz, bugun uni albatta tomosha qiling! Ushbu yangi ma’lumotlar sizga mavzuni yaxshiroq tushunishda yordam beradi. Postni ulashing va fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing 📢💡

Ushbu epizodda CAR-T hujayra terapiyasini batafsil muhokama qildik — terapiyaning qanday ishlashi, uning tarixi va hozirgi rivojlanish bosqichlari haqida so‘z yuritdik. Shuningdek, klinik sinovlar qanday o‘tkazilishi, dalillarga asoslangan tibbiyot nima ekanligi va ilmiy maqolalarni qanday o‘qish kerakligi haqida gaplashdik. Shu bilan birga, muqobil tibbiyot mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdik. Tibbiyotni yaxshiroq tushunishni istaganlar uchun foydali va qiziqarli suhbat bo‘ldi.

https://youtu.be/bC8u17FpCSE?si=afNyT7VWyM8lT-5s

Привет, студент! 🎉

Готов к самой жаркой тусовке осени?🔥 У нас отличные новости – стартует продажа билетов на Students Party!💥

🎟 Цена – 90k, но чем ближе к вечеринке, тем дороже💸 Так что не откладывай – лови свой билет прямо сейчас и экономь!

Для покупки – просто напиши нам в Телеграм 👉
@studentsparty2024

🎶💃 Не пропусти ночь драйва, музыки и крутых воспоминаний! Мы тебя ждём, будет эпично! 🚀

Tibbiyotni bitirgandan keyin nima qilish kerak/mumkin?

Diplomni qo'lga kiritgandan keyin qo'yilishi lozim bo'lgan ilk qadam - ish topish yoki keyingi darajadagi o'qishga hujjat topshirishdir.

Ish topish haqida gap ketganda, ko'pincha poliklinikada oilaviy yoki umumiy shifokor bo'lib ishlash, yoki tez yordam xizmatida shifokor bo'lib ishlash nazarda tutiladi. Ammo, tibbiyot diplomi qo'lga kiritilgandan keyin, noan'anaviy joylarda ham ishlash imkoniyati mavjud. Masalan, ilmiy-tadqiqot institutlarida. Bu haqda keyinchalik batafsil gaplashamiz.

Keyingi darajadagi o'qishga, ya'ni amaliy tayyorgarlik yoki tor mutaxassislik bo'yicha o'qishga topshirishda, bitiruvchi bir muhim farqqa e'tibor qaratishi lozim: Yosh shifokor bemorlar bilan bevosita ishlashni xohlaydimi yoki ularga bilvosita xizmat ko'rsatish niyatida bo'ladimi? Bu savolga berilgan javob ikki xil karyera yo'lini belgilaydi. Ushbu matn aynan shu karyera yo'llari haqida aniqroq tasavvurga ega bo'lish uchun yozilgan.

1-ssenariy: Yosh shifokor bemorlar bilan bevosita ishlamoqchi.

Bu yo'lda sizning tanlovingiz ordinatura yoki rezidentura bo'lishi kerak. Ushbu dasturlar orqali siz tor mutaxassislikka ega bo'lasiz. O'zbekistonda odatda ordinatura 2 yil davom etadi, lekin ba'zi istisnolar mavjud, masalan, neyroxirurgiya yo'nalishi. Eng qiziq tomoni shundaki, hozirda xususiy klinikalarda ham ordinatura yoki rezidenturani o'tash mumkin. Bu, menimcha, eng optimal yo'l bo'lib, sizga kelajakdagi ish beruvchingiz kim bo'lishini va ular sizdan nimalarni kutishini aniq tushunish imkonini beradi. Bu boradagi fikrlarimni alohida o'qib chiqishingiz mumkin.

Bundan tashqari, hozirda ko'plab qo'shma dasturlar tashkil etilgan. Ko'pincha Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan dasturlar O'zbekistonda bir yil va Rossiyada bir yil davom etadi. Shuningdek, kam hollarda respublika yoki milliy ilmiy-amaliy markazlar bitiruvchilarni aniqlab, ularni hamkor davlatlarga o'qishga yuborishi mumkin - bu kamdan-kam hollarda yuz beradi, ammo amalda mavjud.

Yana bir yo'l - bizning tushunchamizdagi rezidentura yoki ordinaturani boshqa davlatda o'tash. Hozirda eng "moda" joylar AQSh va Germaniya hisoblanadi. Bu haqida yuzlab bloglar mavjud. Asosiy talab - siz ushbu davlatlarda mavjud bo'lgan litsenziyalash jarayonlaridan o'tishingiz kerak bo'ladi. Albatta, bu haqida ham alohida post qilaman.

Davomi - https://t.me/studentmedik_upd/491

Xalqaro yoshlar kunini qanday nishonlashni bilmayapsizmi? 🤔

🎉 “Kelajak uchun raqamli ko‘nikmalar” UNFPA tadbirida ishtirok eting! 🎓

💡 “Kelajak uchun raqamli ko‘nikmalar” tadbiri yoshlar uchun raqamli texnologiyalar olami bilan tanishish va kelajakda ularga yordam beradigan bilimlarga ega bo‘lish uchun imkoniyatdir. 🚀🌐
📚 Ishtirokchilar katta muvaffaqiyatlarga erishgan yosh mutaxassislarning fikrlari bilan tanishadilar, zamonaviy raqamli texnologiyalar yoshlar hayotida qanday rol o‘ynashi haqida ma’lumot oladilar va shuningdek, yosh hamfikrlari bilan uchrashadilar. 🤝👩‍💻👨‍💻
📲 Tadbirda ishtirok etish uchun ilova orqarili ro'yxatdan o'ting.

https://unf.pa/4dchItG

Toshkent, Kushbegi, 8

*

Не знаешь, как отметить Международный день молодежи? 🤔

🎉 Примите участие в мероприятии от UNFPA "Цифровые навыки для будущего"! 🎓

💡 "Цифровые навыки для будущего" — это уникальная возможность для молодых людей окунуться в мир цифровых технологий и получить знания, которые помогут им в будущем. 🚀🌐
📚 Участники смогут познакомиться с историями молодых специалистов, достигших больших успехов, узнать, какую роль играют современные цифровые технологии в жизни молодежи, а также познакомиться с единомышленниками. 🤝👩‍💻👨‍💻
📲 Пройдите регистрацию по ссылке.

https://unf.pa/4dchItG

Тошкент шахри, Кушбеги кучаси, 8 уй

Tanqidiy fikrlash bo'yicha mashq — orada inglizcha tibbiy atamalarni ham o‘rganamiz.

Barcha chop etilgan klinik yoki eksperimental tadqiqotlarni o‘qib, ulardagi natijalarga ko‘r-ko‘rona ishonish kerakmi? PubMed ro‘yxatida bo‘lsa-chi? Scopusda bo‘lsa-chi? Chop etilgan maqolalarga ishonch darajasi qanday bo‘lishi kerak? Ushbu savollarga bir maqola misolida javob berishga harakat qilamiz. (Agar o‘qishga vaqtingiz bo‘lmasa, Instagramda video post qilganmiz, 2 daqiqa vaqt ajratib ko‘rib chiqing.)

Tahlil qilinadigan maqola nafaqat nufuzli jurnalda chop etilgan, balki tibbiyot faniga doir katta adabiyot xazinasi sifatida tanilgan PubMed’da ro‘yxatga olingan. Ustiga-ustak, ClinicalTrials.gov’da ham qayd qilingan — ya’ni ma’lum bir darajadagi mavqega ega. Demak, boshladik.

"Raisins compared with other snack effects on glycemia and blood pressure: a randomized, controlled trial" — ya’ni mualliflar tadqiqot ishtirokchilaridan tasodifiy tanlangan guruhga mayiz berishgan, qolganlarga esa boshqa "sneklar" (inglizcha, snack — mayda-chuda ovqat, gazaklar) iste’mol qilishni tavsiya etishgan. Ishtirokchilar 12 hafta davomida nazorat qilingan va tadqiqotning boshida, oxirida hamda 4- va 8-haftalarda qondagi shakar miqdori va qon bosimi o‘lchangan. Xulosa qilib aytganda, tadqiqotning asosiy "messaji" (inglizcha, message) — mayizni muntazam iste’mol qilish glikemiya va yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillarini, shu jumladan qon bosimi darajasini kamaytirishi mumkin.

Birinchi savol: haqiqatdan ham ushbu mo‘jizaviy klinik ta’sirni qo‘zg‘atuvchi omil mayizlarmi? Yoki ikkinchi guruhdagi "sneklar" zararli bo‘lib, glikemiya va qon bosimi darajalarining "yomonlashishiga" olib kelganmi? Bu savolga tadqiqot matnidan javob topish qiyin. Nega? Chunki uchinchi, ya’ni hech narsa iste’mol qilmagan, "toza nazorat" guruhi yo‘q. Ammo biz ushbu "sneklar" ro‘yxatini topib ko‘rishimiz mumkin. Bu ma’lumot ClinicalTrials.gov’da berilgan. E’tibor bilan qarasangiz, tadqiqotchilar tomonidan ishtirokchilarga taklif qilingan "sneklar" ro‘yxati quyidagicha: Keebler® Cheez-It® Crackers, Fudge Shoppe® Grasshopper® Cookies, Fudge Shoppe® Mini Fudge Stripes Cookies, Nabisco Chips Ahoy! Baked Chocolate Chip Snacks, Honey Maid Cinnamon Roll Thin Crisps, Lorna Doone Baked Shortbread Cookie Crisps, Oreo Baked Chocolate Wafer Snacks, Pepperidge Farm® Goldfish® Baked Snack Crackers. Axir, bu "sneklar"ning barchasi zararli-ku ("junk food")? Demak, bizning birinchi xulosamiz shuki, tadqiqot dizayniga e’tibor bersak, u tadqiqot natijalarini "yaxshilashga" qaratib tuzilganligini sezish mumkin.

Ikkinchi nuqta: g'alati dizaynga ega bo'lgan tadqiqotda, manfaatlar to'qnashuvi bor bo'lishi mumkinmi? Yana o‘sha ClinicalTrials.gov’ning "Collaborators and Investigators" (Hamkorlar va tadqiqotchilar) degan joyida, ushbu tadqiqotning hamkori sifatida "California Raisin Marketing Board", ya’ni Kaliforniya mayiz marketing kengashi ko‘rsatilgan. Bu bizning xulosamizni yanada jiddiylashtiruvchi omil. Tadqiqot kuchli manfaatlar to‘qnashuviga ega.

Qizig‘i shundaki, aynan shu maqolaga asoslanib, ko‘plab tibbiy blogerlar kontent yaratmoqda... Undan tashqari, bunaqa tadqiqotlar tiqilib yotibdi. Chunki, hozirgi kunda "tibbiy tasdiqlangan" degan tamg‘a katta kuchga ega, ovqatlarning marketing jozibasini oshirishga xizmat qiladi.

Ho'sh, bu tadqiqot qanchalik to‘g‘ri dizaynlangan? (inglizcha, research/experiment/study design — tadqiqot maqsadiga erishish uchun oldindan rejalashtirilgan va qat’iy nazorat qilinadigan usullar va protseduralarni o‘z ichiga olgan tartibot). Shu savolga doir fikrlaringiz bilan bo‘lishing.

Endi klinik ordinaturani (rezidentura) xususiy klinikalarda* o'tash mumkin.

Shunday xabarni yaqinda SSV e'lon qilgan edi. Bu tibbiy kadrlarni tayyorlashda oldinga qo'yilgan jiddiy va muhim qadam deb hisoblayman.

Shaxsiy kuzatuvlarimga tayansam, aksariyat ordinator/magistr va tibbiyot talabalari o'zi shundog'am xususiy klinikalarga borib ishlab yurishar edi. Va oxir-oqibat, xususiy klinikalarda ordinaturani boshlab yuborishga yo'l berishadi deb o'ylagandim. Balki, bunday qaror xususiy klinikalarga bog'liq xususiy tibbiyot OTMlarining birinchi bitiruvchilari chiqib "ordinatura bozorida" keskin talab paydo bo'lganligidan ham bo'lishi mumkin. Nima bo'lganda ham, bu qaror tibbiyot sohasidagi kadrlarni bozorga yetkazib berishda katta foyda keltiradi.

Endi, xususiy klinikalar va davlat markazlari orasida katta raqobat boshlanadi, birinchidan, albatta oddiy talabaning xususiy klinikaga "kirvolishga" qiziqishi ko'proq bo'ladi. Chunki, endi ordinaturani bitirib, bozorda ish qidirib topolmay yurish o'rniga katta ehtimol bilan bitiruvchi o'sha xususiy klinikada qoladi.

Ikkinchidan, xususiy klinikalar endi o'ziga "kerak" bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashi mumkin. Eng muhimi, klinika huzuridagi texnika bilan yaxshi ishlaydigan vrachlar paydo bo'la boshlaydi. Ya'ni, ordinaturadan keyin ish boshlaydigan vrach qo'shimcha o'qish va "supervision"ga muhtoj bo'lmaydi.

Tanganing narigi tomoni shundaki, ordinatorlar tor-profilli xususiy klinikaga kelib qolsalar, u yerda o'rganish mumkin bo'lgan kasalliklar soni, tabiiyki, kamayishi mumkin.

Endi ordinatorlarni jalb qilish qiyinroq bo'lishi mumkin. Va, bozorda raqobatbardosh bo'lish uchun, menimcha, davlat markazlari kuchli ilmiy tadqiqotlar, ilmiy loyihalar (balki bio-tibbiyot start-uplar orqali) va kuchli ilmiy tarkib kabi narsalar bilan yosh ordinatorlarni o'zlariga jalb qilishlari kerak.

O'zim bitiruvchi bo'lganimda, xususiy klinikaga topshirgan bo'lar edim.

*Ordinatura/rezidentura dasturlari faqatgina maxsus komissiya hulosasiga ko'ra yuqori imkoniyatlarga ega xususiy shifoxonalarda o'tkazilishi mumkin.

Tanqidiy fikrlash bo'yicha mashq.

8 soatga cheklangan ovqatlanish, yoki "8 soatlik vaqt bilan cheklangan ovqatlanish" yurak-qon-tomir-kasalliklari bilan bog'liq o'lim xavfini oshirib yuborar ekan-mish. Shunday xabarlar birdaniga ko'payib ketgan edi, shu yilning bahorida. Masalan:
- Manba
- Manbaa
- Manbaaa

Qanaqasiga, ahir biz yillar davomida shunday tarzda hayot kechirganmiz-ku, deb o'ylashingiz mumkin (masalan, ro'za tutish davrida, maxsus davrlarga bo'lingan ochlik dietalari ("intermittent fasting") va boshqa paytlarda). O'zi bu gapga qanchalik ishonish mumkin? Yoki hammamizda o'lim xavfi yuqorimi endi? Masalan, O'zbekistonda yurak-qon-tomir kasalliklaridan o'lim ko'rsatkichlari oshib bormoqda. Shu tendentsiyani sababi chegaralangan ovqatlanish rejimi bo'lsachi?

Bunday xulosa qilishga shoshish kerak emas. Keling, o'zi eeeeng birinchi manbani topishga harakat qilamiz. Manbaning boshi Circulation jurnalining (Amerika yurak uyushmasining jurnaliga) tezislar to'plami ekan, va bu to'plam "American Heart Association's Epidemiology and Prevention/Lifestyle and Cardiometabolic Health 2024 Scientific Sessions" konferensiyasidagi poster va ma'ruza taqdimotlaridan tayyorlangan.

Ushbu konferensiya doirasida Shanxaylik olimlar ovqatlanish oynasini kuniga sakkiz soatdan kamroq vaqt bilan cheklagan odamlarda yurak va qon aylanish tizimi kasalliklaridan o'lish xavfi 12 dan 16 soatgacha bo'lgan odamlarga nisbatan 91 foizga (deyarli ikki baravar) ko'paygan'ini ko'rsatishgan.

Endi bu ishni bittalab o'rganamiz.

Tadqiqotning eng katta afzalligi bu "viborka", ya'ni qamro'v juda katta - 20.000 ishtirokchi. Ishtirokchilardan faqat ikki kun davomida nima iste'mol qilganlari haqida so'ralgan.

Sakkiz soatlik yoki undan kamroq vaqt oralig'ida ovqatlanishni cheklaganligi haqida xabar berganlar, tadqiqotning to'liq davrida shunday ovqatlanish rejimi davom ettirganmilar yoki yo'qligini bilmaymiz. Ustiga-ustak, so'rovnomalar o'ta subyektiv ilmiy uslub bo'lganligi sabab, ishtirokchilar bergan javoblarga ishonchimiz pastroq bo'ladi. Undan tashqari tadqiqot dizayni "observational study", ya'ni ishtirokchilar faqat kuzatilgan. Kuzatuvga asoslangan tadqiqotlarga tayanib, kasallik va boshqa jarayon o'rtasida bog'liqlik bor deb ayta olamiz, ammo bu bizga sabab-oqibatni ko'rsatmaydi. Ya'ni, ikki omil o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadi xolos.

Undan tashqari, bu tadqiqot haliveri taqrizdan ("peer-review") o'tmagan - ya'ni, shu yo'nalish ekspertlari tomonidan tanqidiy baholanmagan. Odatda, konferensiya tezislari xech qachon "peer-review" jarayonidan o'tmaydi.

Qisqa verdikt shu-ki, ushbu tadqiqot natijalar nafaqat ko'p "teshik"larga ega, balki hozirgi kunda yaxshi shakillanib qolgan bilimlarga qarshi chiqyapti. Masalan, shu paytgacha chop etilgan tadqiqotlar analizi shuni ko'rsatadiki, vaqt bilan chegaralangan ovqatlanish organizmga foydali bo'lishi mumkin, aniqrog'i bir nechta foydali taraflari bor.


Bittada xulosa qilib olishdan saqlaning, tanqidiy firklang. Albatta, bu uzoq vaqt talab etadigan og'riqli mashq, ammo sizga katta yordam beradi.

Shu joygacha o'qigan bo'lsangiz, fikrlaringiz bilan ulashing.