Sotuv bu har bir inson bilishi shart bo'lgan ko'nikma.
Hayotimiz sotuvdan iborat, o'z fikrlarimizni sota olsak ergashtira olamiz.
Ergashtira olsak kattaroq ishlar qila olamiz.
Hattoki o'zimiz istagan mo'ljallagan inson bilan oila qurmoqchi bo'lsak ham unga uni kelajakda "Baxtli qila olishimizni" sota olishimiz kerak.
Umuman olganda hayotimizda har kuni biz sotuvga duch kelamiz, agar biz sotuv ko'nikmasini yaxshi bilsak bu faqat katta "plus"ga ishlaydi.
Ko'p cho'zmoqchi emasman, aynan bizning sotuv jamoamizda ikki kishi uchun ish o'rni ochilyapti.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod metro yaqinida.
Tajribasi yo'q bo'lganlarga ishni o'zimiz o'rgatamiz (Lekin men emas, men ofisda kam bo'laman sotuv jamoamiz a'zolari va rahbari o'rgatadi)
Sotuv bo'limimizga faqat zapuskni o'rganish uchun kelish tavsiya qilinmaydi.
Haqiqatdan sotuvda uzoq muddat ishlab o'smoqchi bo'lganlarni kutamiz.
Imkoniyatlar
1. Sotuvni bepul o'rganish
2. Yaxshi daromad 4-14 mln so'mgacha
3. Jamoaviylikni o'rganish va soft skillarni rivojlantirish
4. Turli xil kitoblar va qo'shimcha kurslar
5. Boshqa lavozimlarga ko'tarilish
6. Sayohatlar va bayramlarda o'tirishlar(vaqti vaqti bilan)
Xavflar
- Jamoa judayam quvnoq va ahil agar siz juda tortinchoq va kam gap bo'lsangiz ham jamoaga qo'shilib ketishingizga to'g'ri keladi
Suhbatdan o'tish uchun, HR'imizga yozing: @Naima_Mirobidova
O'zingiz haqingizda batafsil ma'lumot va nega sotuvda ishlamoqchi ekanligingiz, maqsadingizni yozib murojaat qilsangiz yaxshi.
Biz sizni kutyapmiz.