Buxorodagi buz-buzlar videolarini ko'rib xo'rliging keladi. Shuncha gap, tanqid, noroziliklarga qaramay, UNESCOdan rozilik olinmay shahar markazini vayron qilib "Boqiy shahar" qurishmoqchi. Bu vandalizmdan boshqa narsa emas. Hukumat va rahbariyat loyihani to'xtatmadi, faollar dod-voyiga quloq tutmayapti.
Bundan 104 yil avval Buxoro bosqinchi qizil askarlar tomonidan bombardimon qilinib, vayron qilingandi. Buxoroni havodan bombardimon qilishda faollik koʻrsatgan uchuvchi N. Fausek o'z esdaliklarida shunday yozgan: esdaliklariga murojaat qilamiz: “Biz Buxoroni bombardimon qildik. Qadimiy amirlikni vayron etib tashladik. Xususan, mashhur “Ajal minorasi”ga (Minorai Kalon) tushgan bomba, garchi mohiyatan bu minoraning moʻljalga olinishi biz uchun mutlaqo foydasiz boʻlsa-da, bizga alohida zavq-shavq bagʻishladi... Uchib borar ekanman, pastda bir masjidni koʻrib qoldim, men goʻyoki gumbazni qoʻporib tashladim, deb maqtandi bir uchuvchi. Biz miriqib kuldik. Shu-shu, uchuvchining laqabi “Gumbaz” boʻlib qoldi”.
Ular bosqinchi edi, maqsadi yurtni talash, shaharni yer bilan bitta qilish. Ular nomi tarixda qora nom bilan qoldi, la'nat bilan eslanadi. Lekin bugun shaharni vayron qilib, changga botirayotganlar, ular tepasida turganlar o'z qorako'zlarimiz-ku. Dodimizni kimga aytamiz, tarixda qanday eslaymiz?
Bugun, Oyina.uz'da 2 yil avval e'lon qilingan maqolamizni qayta ulashdik. Sarlavhasi: “Benzin va bomba tugagunga qadar” shaharni vayron qilishga buyruq berilgan – Buxoroning bombardimon qilinishi
Maqola linki: https://oyina.uz/uz/article/976
@pozitsiya