Последние посты Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали. (@peshkuhokimiyat) в Telegram

Посты канала Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.
Peshku.uz Бухоро вилояти Пешку тумани ҳокимлигининг телеграмдаги расмий канали.

Мурожаатлар учун: @peshkumurojaatbot
9,776 подписчиков
66,738 фото
6,415 видео
Последнее обновление 06.03.2025 09:27

Похожие каналы

Buxoro tumani hokimligi
6,126 подписчиков
Дилдора Ниёзова
1,977 подписчиков

Последний контент, опубликованный в Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали. на Telegram

Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

01 Feb, 10:09

3,702

Diyor yangiliklari 01.02.2025.
Пешку туманида сайёр кабул ўтказилди.
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

01 Feb, 09:08

3,410

PESHKU TUMANI HOKIMI BUNYODKORLIK ISHLARI BILAN YAQINDAN TANISHDI

Bugun 1-fevral sanasida Peshku tumani hokimi Hayot Davlatov  Yangibozor mahallasida yangi qurilayotgan ko'p qavatli uylarning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tuman hokimi ushbu tuman markazida qurilish boshlagan  quruvchi rahbarlarga qurilishda sifatli xom-ashyolardan foydalanish kerakligini, ko'p qavatli uylar barcha standartlarga asoslanib qurilishi lozimligini, qurilishda ishchi kuchini oshirib qisqa fursatda aholiga foydalanishga topshirish kerakligini hamda qurilish jarayonini sifatli va barcha standartlar asosida qurilishini nazorat qilib borilishini hamda obodonlashtirish, Yashil makon umummilliy loyihasida ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilishini ta'kidladi.

♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

Telegram| Facebook| 📹Youtube
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

31 Jan, 03:36

1,212

#Kun_hikmati

Insonning boyligi ilmi va odobi bilan o‘lchanadi.

Rasmiy sahifamiz👇
https://t.me/peshkumanaviyat
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

30 Jan, 11:49

3,385

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi amalda

Bugun, 30-yanvar kuni Peshku tumani hokimining maslahatchisi Q.Deqonov hamda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tumandagi "O‘g‘lon" va "Navbahor" mahallalari hududidagi markaziy ko‘chalar bo‘yida  "Davlat tili haqida" gi va "Reklama to‘g‘risida"gi  Qonunlar talablariga zid holda, ruxsat berilmagan joylarda o‘rnatilgan va eskirgan tashqi targ‘ibot vositalarini oldirish ishlarini davom ettirdi. Shu kunning o‘zida qonun me’yorlariga mos bo‘lmagan 20 ta targ‘ibot vositalari oldirildi.

Muhtaram tadbirkorlar, reklama tarqatuvchi tumandoshlar! O‘z faoliyatingiz haqidagi har qanday tashqi reklama, e’lon, peshlavhalaringiz matnini eng avvalo "Davlat tili haqida"gi Qonun talablari asosida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozib, uni  "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunda ta’kidlanganidek ruxsat berilgan joyda o‘rnatishingizni tavsiya qilamiz.
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

30 Jan, 05:57

3,202

📣DIQQAT! DIQQAT! TANLOV!

RMMM Peshku tuman bo'linmasi, Axborot-kutubxona markazi hamda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda 9-fevral g'azal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan "NAVOIY BILIMDONI" tanlovini e'lon qiladi.
TANLOV SHARTLARI:

Tanlov ishtirokchisi A.Navoiyning hayoti va ijodi haqida 1 daqiqa ichida ma'lumot;
Alisher Navoiyning ijodiga doir ruboiy, g'azal, qit'alardan (bir misra) aytish;
Video hajmi 50 MB oshmasligi zarur!

Tanlovdagi videolar quyidagicha baholanadi:
–Videoning mazmundorligi (Ma'lumot ko'pligi);
–Ijodiy ishning sifati;
– likelar soniga qarab aniqlanadi.

Tanlovga video materiallar 30-yanvardan 7-fevralgacha qabul qilinadi. Shartlarga javob beradigan video materiallar telegram kanliga joylashtirib boriladi.(Shartlarga javob bermaydigan videolar kanalda e'lon qilinmaydi.)
(Videolar https://t.me/Ijodtarannumipeshku manziliga yuboriladi.)

❗️Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/peshkumanaviyat
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

30 Jan, 05:57

3,457

📣DIQQAT! DIQQAT! TANLOV!

RMMM Peshku tuman bo'linmasi, Axborot-kutubxona markazi hamda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda 14-fevral shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan "BOBUR BILIMDONI" tanlovi e'lon qilinadi.
TANLOV SHARTLARI:

Tanlov ishtirokchisi Boburning hayoti va ijodi haqida 1 daqiqa ichida ma'lumot;
Boburning ijodiga doir ruboiy, g'azal, qit'alardan (bir misra) aytish;
Video hajmi 50 MB oshmasligi zarur!

Tanlovdagi videolar quyidagicha baholanadi:
–Videoning mazmundorligi (Ma'lumot ko'pligi);
–Ijodiy ishning sifati;
– likelar soniga qarab aniqlanadi.

Tanlovga video materiallar 30-yanvardan 12-fevralgacha qabul qilinadi. Shartlarga javob beradigan video materiallar telegram kanliga joylashtirib boriladi.(Shartlarga javob bermaydigan videolar kanalda e'lon qilinmaydi.)
(Videolar https://t.me/Ijodtarannumipeshku manziliga yuboriladi.)

❗️Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/peshkumanaviyat
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

30 Jan, 04:33

3,274

Куйдирги касаллиги ва унинг профилактикаси


Куйдирги-(Сибир яраси, антракс), инсон ва ҳайвонларга хос бўлган ўткир юқумли касаллик бўлиб, тери ва тери ости тўқималарида серозли ва геморагик шишлар пайдо бўлиши билан характерланади.
Куйдирги касаллигининг қўзғатувчиси (Bacillus antrax) аэроб, ҳаракатсиз тайёқча бўлиб, узунлиги 5-10 микрон, эни 1-1,5 микронни ташкил этади, ташқи шароитга қараб таёқчали яъни вегататив ва спора шаклида бўлади. Куйдирги микробини вирулентлиги шундаки, ташқи қобиғида ва ҳайвон организимида, специфик капсула ҳосил қилиб, ўзидан кучли заҳар (токсин) ишлаб чиқаради, шу билан бирга спора шаклида кислород етишмаган ва қуруқ тупроқларда 100 йилгача яшаш хусусиятига эга.
Куйдирги касаллигига асосан қорамоллар, қўй ва эчкилар, от, эшак ҳамда туялар мойил ҳисобланади. Ит, мушук ва ёввойи йиртқич ҳайвонлар касалликка камроқ чалинади. Совуқ қонли ҳайвонлар ва паррандалар касалликка чалинмайди. Шу билан бирга ёввоий ҳайвонлар ва йиртқич паррандалар (қарға, қузғун ва бошқа) касалланган ҳайвон гўштини ёки жасадини егандан сўнг узоқ муддат давомида куйдирги спорасини ахлати ва сийдиги ёрдамида касаллик қузғатувчисини ташқи муҳитга тарқатади.
Касаллик одамларга касал хайвонларни парваришлаганда, касалланган хайвонлардан олинган тери, жунга ишлов берганда, касалланган хайвонлардан олинган сут ва гўштни истеъмол қилган холларда, ветеринария мутахассиси рухсатисиз ҳайвонларни сўйиш, ветеринария кўригидан ўтмаган чорвачилик маҳсулотларини истеъмол қилиш оқибатида юқади.
Куйдирги касаллигининг олдини олиш учун хайвонларни ўз вақтида рўйхатга олиб бориш ва ушбу касалликка қарши эмлаш, ветеринария санитария тадбирларини, яъни дезинфекция, дезинсекция, дератизация ишларини ўз вақтида ўтказиб туриш, айниқса хайвонларни ветеринария мутахассилари назорати остида бўлиши, молларни белгиланган жойларда-махсус қушхона ва сўйиш майдончаларида сўйилиши мухим аҳамият касб этади. Гушт, сут махсулотлари ветеринария санитария талабларига қатъий риоя килган холда истеъмолга чиқарилиши лозим.

М. ПУЛАТОВ,
Пешку туман Ветеринария ва чорвачилик ривожлантириш булими эпизоотолиги
А. ТОХИРОВ , Афшона вет участкаси врачи
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

30 Jan, 04:31

3,209

⚡️Qadrli tadbirkorlar sizga hamkorlikda ishlash imkoniyatini taqdim qilamiz!

Siz tadbirkor, ishbilarmonsiz, rejalaringiz ko‘p, ammo, uni amalga oshirishga qulay manzil qidiryapsizmi? Unda bu imkoniyat aynan Siz uchun!

Yurtimizda qishki sport turlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining PQ 4583-sonli qarori ham imzolangan.

Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida respublikamiz bo'ylab yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlarni qurish hamda ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash ishlari boshlangan.

Shu qatorda viloyatimizda ham shunday maydonlar qurilishi rejalashtirilgan bo'lib, mazkur mas'uliyatli ishda tajribali tadbirkorlarimizni hamkorlikka chaqiramiz.

Taklifimiz Sizni qiziqtirgan bo’lsa, hoziroq bizga qo’ng’iroq qiling.

Murojaat uchun telefonlar:
+998(65)221-02-58, +99897-300-41-11

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

30 Jan, 03:54

3,795

Эртага Бухоро шаҳри ва Пешку туманида сайёр қабул ўтказилади

30 январ куни соат 15:00 дан бошлаб Пешку туман тиббиёт бирлашмасида ҳудуд аҳолиси ва тизим ходимлари учун Бухоро вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Элёр Олтиев томонидан сайёр қабул ўтказилади.

Қабулда фуқароларнинг муаммо ва мурожаатлари ўрганилади.
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

30 Jan, 02:56

3,226

#Kun_hikmati

O‘z to‘ningga solsang agar yuz yamoq,
O‘zga to‘nin so‘ragandan yaxshiroq.

✍🏻Sheroziy

Rasmiy sahifamiz👇
https://t.me/peshkumanaviyat