Joriy yilning 28-fevral kuni Peshku tumani hokimi Hayot Davlatov tomonidan Urumchi Tashqi savdo palatasi vakillari ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyasi kutib olindi. Delegatsiya Peshku tumaniga biznes tadqiqotlari va tajriba almashish uchun tashrif buyurdi.
Tumanga tashrif buyurgan ishbilarmon doira vakillariga mavjud resurslar va tadbirkorlik uchun yaratilgan resurslar to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi.
Shuningdek, qurilish materiallari, ko‘chmas mulk, energetika, qishloq xo‘jaligi texnikasi, xalqaro savdo kabi turli yo‘nalishlarda hamkorlikning asosiy masalalarini har tomonlama muhokama qilindi.
Tashrif davomida Urumchi tashqi savdo palatasi delegatsiya a’zolari uchun uchrashuv va o’zaro fikr almashish tashkil etildi.
♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring
✅Telegram| ✅Facebook| 📹Youtube