IIV Farg'ona akademik litseyi @ozr_iiv_fargona_akademik_litseyi Channel on Telegram

IIV Farg'ona akademik litseyi

@ozr_iiv_fargona_akademik_litseyi


IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI
RASMIY KANALI

IIV Farg'ona akademik litseyi (Uzbek)

IIV Farg'ona akademik litseyi Telegram kanali haqida yangiliklar! IIV Farg'ona akademik litseyi kanali O'zbekistonning Farg'ona shahridagi akademik litseyni tark etadi. Kanal orqali siz litseyning so'nggi xabarlari, tadbirlari va yangiliklari haqida ma'lumotlar olasiz. Bu rasmiy kanalda o'quv jarayonida qatnashuvchilarning muvaffaqiyatlari, o'quv uslubiy qo'llab-quvvatlash usullari, litseyni yo'qotgan talabalar haqida ma'lumotlar va ko'p boshqa foydali ma'lumotlar o'rin oladi. Siz ham IIV Farg'ona akademik litseyi Telegram kanaliga obuna bo'ling va litseyni yanada yaqinroq tanishib, yangiliklardan xabardor bo'ling! Obuna bo'lish uchun quyidagi havolaga o'ting: [https://www.youtube.com/@OzR_IIV_fargona_al/videos](https://www.youtube.com/@OzR_IIV_fargona_al/videos)

IIV Farg'ona akademik litseyi

14 Feb, 09:40


#BUGUN

14-fevral – Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni
munosabati bilan IIV Farg‘ona akademik litseyida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

14 Feb, 09:13


Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

14 Feb, 09:09


BUGUN!

14 FEVRAL - ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING TAVALLUD TOPGAN KUN

Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi. Boburning ilmiy mehnatlari orasida “Aruz haqida risola” (1523-25) alohida o‘rin egallaydi, unda sharqiy aruz vazni ko‘rib o‘tiladi.
Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda tavallud topgan, Farg‘ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning evarasi. Bobur 1494 yil Farg‘ona hokimi bo‘ladi, 1526 yil Hindistonda markazlashgan boburiylar davlatiga (jahon tarixiga “buyuk mo‘g‘ullar saltanati” bo‘lib kirgan) asos solib, Hindiston inglizlar tomonidan bosib olinishiga qadar (1848) mavjud bo‘lgan. Agra shahrida 1530 yil 26 dekabr kuni vafot etgan.
Bobur sheʼriyatida, insonning axloqi va diniy mukammalligi masalalari ko‘tarilgan. Shoir insonni yuqorilarga ko‘tarib, unga ulkan hurmat ila munosabatda bo‘ladi, inson qadr-qimmatini baland qo‘yadi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

12 Feb, 11:15


📢 IIV Farg‘ona Akademik Litseyi O‘quvchilarining Ma’naviy Sayohati 🎭

Bugun IIV Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchilari Marg‘ilon shahridagi Musiqali maqom teatriga tashrif buyurishdi. Ushbu madaniy sayohat davomida ular buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan spektaklni tomosha qilishdi.

Spektakl davomida o‘quvchilar Boburning mashaqqatli hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi dono qarorlari hamda she’riyatdagi beqiyos iste’dodi haqida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

Ushbu tadbir o‘quvchilarga milliy tariximiz va madaniyatimizni yanada yaxshiroq anglashga xizmat qildi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

#MadaniySayohat #Bobur #MusiqaliMaqomTeatri

IIV Farg'ona akademik litseyi

11 Feb, 12:29


IIV Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Farg‘ona shahridagi "Temurbeklar maktabi" harbiy litseyiga tashrif buyrishdi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

09 Feb, 07:47


Huquqni muxofaza qilish akademiyasiga ro'yxatdan o'tish havolasi 👇

www.uzbmb.uz

IIV Farg'ona akademik litseyi

08 Feb, 13:09


Joriy yilning 7-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyida Buyuk mutafakkir, hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy – buyuk mutaffakkir va shoir” mavzuyidagi tadbir oʻtkazildi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

08 Feb, 11:18


Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyida Buyuk mutafakkir, hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan litseyimiz o‘quvchilari tomonidan g‘azallardan na'munalar o‘qidilar.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

08 Feb, 04:55


Farg‘ona 24

Respublika Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mutasaddilari ishtirokida bilim dargohlarida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

27 Jan, 07:47


JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA FARG‘ONA SHAHAR SUDIGA TASHRIF

Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyi 1/24 guruh o‘quvchilari huquqiy bilimlarini oshirish va sud tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif davomida o‘quvchilar sud jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

24 Jan, 11:04


Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi

Oltiariqlik 17 yoshli Azizbek Zaylobiddinov hozir Toshkent xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi.

IELTS'dan 8, SAT imtihonidan 1520 ball olgan. 2024-yilda dunyoning nufuzli oliygohlaridan biri Harvard universitetiga 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi.

📺 Videoni to'liq ushbu havola orqali tomosha qiling.

Fergana.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

IIV Farg'ona akademik litseyi

24 Jan, 11:00


Ички ишлар вазирлиги Академиясига 2025 йил учун қабуллар бошланди

Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати

Каналга
уланиш  👉 fviib.uz

🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram

IIV Farg'ona akademik litseyi

20 Jan, 09:54


OAV Biz haqimizda

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

17 Jan, 13:23


MOZIYGA SAYOHAT

IIV Farg'ona akademik litseyi o‘quvhilari 2025-yil 17-yanvar kuni vaqtlarini mazmunli va kitobxonlik madaniyatini hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida.
Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov muzeyiga sayohatga bordilar.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

16 Jan, 07:37


‼️ Диққат, абитуриентлар! Ўзбекистон Республикаси Жамоат хавфсизлиги университетига ўқишга кириш истагини билдирган номзодлар учун қабул жараёни бошланди.

Мурожаат учун телефон рақамлари:
71 230-32-80
71 230-32-71

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-site

IIV Farg'ona akademik litseyi

15 Jan, 08:31


O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Farg'ona akademik litseyida "Biz yurt posbonlarimiz" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir so'nggida o'quvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni muborak bo'lsin...

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

15 Jan, 08:15


“Yangi Fargʻona” gazetasining 2025-yil 11-yanvar kungi 3-sonida IIV Farg'ona akademik litseyi haqidi quyidagi sarlavha ostida so'z yuritilgan Boʻlajak yurt posbonlari kamolga yetayotgan maskan;

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

14 Jan, 15:35


SPORT MUSOBAQASI

O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan IIV Farg'ona akademik litseyida sport musobaqalari tashkil etildi.
Liyseyning "BARS" jamoasining chiqishlari musobaqaga jangavorlik baxsh etdi.

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni muborak bo'lsin...

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

01 Jan, 14:33


Фарғоналиклар Янги йилни катта хурсандчилик билан кутиб олди

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

01 Jan, 14:27


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IIV Farg'ona akademik litseyi

31 Dec, 10:59


🎄❄️IIV Fargʻona akademik litseyi barcha yurtdoshlarimizni "Yangi yil" bilan samimiy muborakbod etadi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

25 Dec, 11:36


TARIXIY XOTIRASIZ - KELAJAK YO’Q!
Yurtimizda iqtidorli yoshlar bilan ishlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish hamda TARIX fanini o‘rganishni ommalashtirish yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Farg’ona akademik litseyida tarix fanini o‘rgatishga alohida e‘tibor berilib, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tarixni bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlar qo‘lga kiritilmoqda.

IIV Farg’ona akademik litseyi.

2025-YIL NOMZODLAR UCHUN GURUHIMIZ https://t.me/iivfarlit_2025

t.me/OzR_iiv_fargona_akademik_litseyi

IIV Farg'ona akademik litseyi

22 Dec, 18:56


GERAKLNING 12 - JASORATI

IIV Farg'ona akademik litseyi

20 Dec, 06:22


2025-2026 O'QUV YILI UCHUN O'QUVCHILARNI IIV AKADEMIK LITSEYLARIGA TAYYORLOV KURSLARI START OLMOQDA!!!!

IIV Farg'ona akademik litseyi

20 Dec, 06:22


- Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʼida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida.
Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida IIV akademik litseyiga qabul qilishda o‘rinlar maxsus-professional tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Аjratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus-professional tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashgan maktab-internatining dastlabki tanlov natijalariga javob beradigan bitiruvchilari doimiy yashash manzili bo‘yicha maxsus-professional tanlov va test sinovlarisiz imtiyoz asosida qabul qilinadi.

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarini bitirgan o‘quvchilarga beriladigan imtiyozlar

O’zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar vazirligi akademiyasiga va O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirishda idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari uchun ularning test sinovlari davomida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar nazarda tutiladi.
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar vazirligi akademiyasi yoki O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kira olmagan idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlik asosida ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi.

IIV Farg'ona akademik litseyi

20 Dec, 06:22


Izoh: Yuqoridagi har bir bosqich “5” ballik tizimda baholanadi. Maxsus-professional tanlov bosqichlarining natijalarini qo`shib hisoblaganda nomzodning to`plagan ballari “9” balldan kam bo’lgan taqdirda, u Maxsus-professional tanlovdan o’tmagan hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Maxsus-professional tanlovning bosqichlari qabul yilining 1-iyunidan 25-iyuniga qadar o‘tkaziladi.
Maxsus-professional tanlov natijalariga ko‘ra nomzodni test sinovlarini topshirishga qo‘yish masalasi hal etiladi.
Test sinovlari belgilangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan umumtaʼlim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodlar test sinovlarini o‘zlarining tanlovi bo‘yicha uchta: davlat tili, rus tili va qoraqalpoq tilining birida topshiradilar.

Test sinovlari quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:

1. Tarix
2. Chet tili
3. Ona tili va adabiyot

Izoh: Fanlarga beriladigan ballar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilandi.

Test sinovlari natijalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli IIV akademik litseyi qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari o‘tkazilmaydi.

Mandat test natijalariga asosan eʼlon qilinadi. Maxsus-professional tanlov natijalari test natijalariga qo‘shilmaydi.

Izoh: Davlat test sinovlari natijasiga ko‘ra bir necha nomzodlarning o‘tish ballari teng bo‘lgan hollarda, ularning barchasi IIVning akademik litseylariga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.
Akademik litseyga qizlar belgilangan kvotaning 10% miqdorida qabul qilinadi.
IIV akademik litseyiga O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, dastlabki va maxsus-professional tanlov natijalariga javob beradigan quyidagi nomzodlar imtiyoz asosida qabul qilinadi:

- Tegishli ixtisoslik fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar va fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar va musobaqalarda gʼolib bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining belgilangan namunadagi guvohnomasiga ega bo‘lganlar;
- O‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari.

IIV Farg'ona akademik litseyi

20 Dec, 06:22


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI FARG‘ONA AKADEMIK LITSEYI


Manzil: Farg’ona shahar Farg’ona ko’chasi 20a-uy
Telefon raqamlar: 73-244-16-10
73-244-16-35

Akademik litsey haqidagi to`liq ma`lumotni https://t.me/OzR_iiv_fargona_akademik_litseyi rasmiy telegram kanalidan olish mumkin.

Q A B U L - 2025


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 16-avgustdagi PQ 3216–son “Ichki ishlar organlarining xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora–tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Farg'ona akademik litseyi tashkil etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26- sentabrdagi 767-son “O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o'quvchilarni qabul qilish amalga oshiriladi.
2021-yil 28-iyuldagi 466-son qaroriga asosan IIV akademik litseylarida o‘qish muddati ikki yil etib belgilangan.
IIV akademik litseylariga umumtaʼlim muassasalarining 9-sinfini tamomlaganligi to'g'risida shahodatnomaga ega bo‘lgan, sog'ligi jihatidan o‘qishga yaroqli deb topilgan, dastlabki, maxsus–professional tanlov va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar o‘qishga qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Dastlabki tanlov;
Maxsus-professional tanlov;
Test sinovi.

Dastlabki tanlov IIV akademik litseylariga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni o‘rganishni, tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazishni, nomzodning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganishni, yakka tartibdagi dastlabki suhbat o‘tkazishni, dastlabki tanlov yakuni bo‘yicha nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʼma jildini va tanlov natijalarini o‘rganish hamda ularni maxsus-professional tanlovga qo‘yish masalasini hal etishni o‘z ichiga oladi.
IIV akademik litseylariga o‘qishga kirish uchun murojaat qilgan nomzodlarning kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat olib borishi uchun sog‘ligi va ruhiy mosligi, barqaror ichki eʼtiqodi, intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatini aniqlash dastlabki tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Dastlabki tanlovda quyidagilar amalga oshiriladi:

1. IIV akademik litseylariga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish;
2. Yakka tartibda dastlabki suhbat o‘tkazish;
3.Nomzodlarning individual-psixologik xususiyat -larini o‘rganish;
4. Tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish.

Аrizalar 2025-yilning 1-fevralidan 15-apreliga qadar qabul qilinadi (15-apreldan so‘ng arizalar qabul qilinmaydi).
2025-yilning 15-aprelidan 15-mayiga qadar nomzodlarning individual-psixologik ususiyatlarini o‘rganilishi va tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazilishi tashkil etiladi.
Dastlabki tanlov yakuni bo‘yicha nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʼma jildini va tanlov natijalarini o‘rganish hamda ularni maxsus-professional tanlovga qo‘yish masalasini hal etiladi.

Maxsus-professional tanlov nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini, umumjismoniy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha sinov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish hamda ularni test sinovlariga qo‘yish masalasini hal etishni o‘z ichiga oladi.
Nomzodlar bilan yakuniy suhbat o‘zbek, qoraqalpoq va rus tilida yakka tartibda o‘tkaziladi.

Maxsus-professional tanlov quyidagilardan iborat:

1. Nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov o‘tkazish (diktant);
2. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov o‘tkazish;
3. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish.

IIV Farg'ona akademik litseyi

20 Dec, 06:22


HURMATLI GURUHIMIZ A'ZOLARI BU YI OLDINGI YILDAGIDAN HAM YAXSHIROQ JAMOA BILAN KURSLARNI TASHKILLADIK!!!

IIV Farg'ona akademik litseyi

26 Nov, 09:54


Farg'ona viloyati OITS markazidan shifokor Shukur Saykalivich va Tolanov Iskandar, IIB tibbiyot Bo'limi epidemiolagik shifokori Nematov Farruhbek IIV Farg'ona akademik litseyiga tashrif buyrishib o'quvchilarga seminar trening o'tkazishdi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

26 Nov, 03:39


Diqqat Fargʻonada “Dolzarb 10 kunlik” eʼlon qilindi!

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

17 Nov, 08:51


Rekord kattalikdagi Oʻzbekiston Respublikasining 100 metrlik Davlat bayrogʻi Xorazmdan dovonlar osha Qoʻqon shahriga yetib keldi!

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

14 Nov, 12:29


#SAYYOR_SUD

IIV Farg'ona akademik litseyi o'quvchilari Farg'ona shahrida Sayyor Sud jarayonida huquq fanidan olgan nazariy bilimlarini bevosita amaliyotda mustahkamlashdi.

IIV Farg'ona akademik litseyi

12 Nov, 15:47


“Voleybol” boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining mintaqaviy bosqichiga start berildi

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

12 Nov, 11:06


IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari Farg‘ona viloyatida otaliqqa olingan maktablarda yoshlar bilan muloqot qildi
———
ИИВ Академияси профессор-ўқитувчилари Фарғона вилоятида оталиққа олинган мактабларда ёшлар билан мулоқот қилди

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

IIV Farg'ona akademik litseyi

09 Nov, 12:00


#SAYYOR_SUD

IIV Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchilari Quvasoy shahrida sayyor sud jarayonida bevosita ishtirok etishdi. Bunda nazariy olgan bilimlarini amalyotda mustahkamlashdi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

06 Nov, 04:09


#muzey #moziyga_sayyoxat

O‘zbekiston Respublikasi IIVning Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchi-yoshlarining maʼnaviy-maʼrifiy salohiyati, umumiy dunyoqarashi, maʼnaviyatini yuksaltirish, o‘z xalqining ma’naviy va tarixiy qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilning 5-noyabr kuni IIV Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchilari Farg‘ona davlat universitetidagi Muzeyga sayyoxat olib borildi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

02 Nov, 09:30


MAKTABLARGA TASHRIF...

Joriy yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarini biriktirish to‘g‘risida” 2024-yil 25-iyundagi 345-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan IIVning Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan akademik litseyga biriktirilgan Farg‘ona va Oltiariq tumanida maktab o‘quvchilar ishtirokida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi. Litseyni “BARS” jamoalari chiqishlari namoyish etildi.
Bunday uchrashuvlar o‘quvchilar orasida vatanparvarlik, vatanga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini va sportga qiziqtirishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

01 Nov, 18:53


MAKTABLARGA TASHRIF...

Joriy yilning 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarini biriktirish to‘g‘risida” 2024-yil 25-iyundagi 345-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan IIVning Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan akademik litseyga biriktirilgan Toshloq va Qo‘shtepa tumanida maktab o‘quvchilar ishtirokida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi. Litseyni “BARS” jamoalari chiqishlari namoyish etildi.
Bunday uchrashuvlar o‘quvchilar orasida vatanparvarlik, vatanga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini va sportga qiziqtirishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish  👉 IIV FARG'ONA AKADEMIK LITSEYI

IIV Farg'ona akademik litseyi

23 Oct, 03:30


O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 23-yanvardagi 2/2-197-sonli ko‘rsatmasiga asosan, o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular ongida adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalarini singdirish va islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirish maqsadida.

IIV Farg‘ona akademik litseyida 2024-yil 22-oktabr kuni Farg‘ona shahar IIB tergov bo‘limi katta tergovchisi Sayfiddinov Umidjon ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini keng muhokama qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish maqsadida ko‘plab chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilganligini, o‘quvchi-yoshlar bugungi kunda zamonaviy bilimga ega bo‘lishlari uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishlari, shuningdek, so‘nggi yillarda huquqiy sohaga oid qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/OzR_iiv_fargona_akademik_litseyi

IIV Farg'ona akademik litseyi

22 Oct, 14:57


VATANPARVARLAR BO‘G‘IGA IIV AKADEMIK LITSEY TALABALARI SAYYOXAT QILISHDI

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 26-yanvardagi 2/2-215-sonli ko‘rsatmasiga asosan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlariga hamda qurolli kuchlarimizga va ularning moddiy texnik bazasiga qiziqtirish, hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Ichki ishlar vazirligining Farg’ona akademik litseyi talabalarini Farg‘ona shahridagi Vatanparvarlar bog‘iga sayyoxat amalga oshirildi. Kelgusida bunday sayyoxatlarimiz davom etadi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/OzR_iiv_fargona_akademik_litseyi

IIV Farg'ona akademik litseyi

21 Oct, 13:30


IIV Farg'ona akademik litseyi

Saylov barchamiz uchun muhim!

Kanalga obuna bo‘ling 👉 https://t.me/OzR_iiv_fargona_akademik_litseyi

IIV Farg'ona akademik litseyi

21 Oct, 06:25


Bugun – Oʻzbek tili bayrami kuni

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 10-aprel kuni imzolangan “Oʻzbek tili kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunga binoan, 21-oktyabr Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Xalqimiz uchun qadrli va ulugʻ ushbu kun munosabati bilan oʻzbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning Fargʻona shahridagi haykali yonida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimligi, viloyat boshqarma va tashkilotlari, IIV Akademik litseyi oʻquvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdilar.

Kanalga obuna bo‘ling 👉 https://t.me/OzR_iiv_fargona_akademik_litseyi

IIV Farg'ona akademik litseyi

21 Oct, 03:19


"21 oktabr - Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"
----
«21 октябрь - Ўзбек тилига давлат  тили мақоми берилган кун»

Каналга
уланиш  👉 https://t.me/OzR_iiv_fargona_akademik_litseyi