O'qituvchi @oqituvchioficcial Channel on Telegram

O'qituvchi

@oqituvchioficcial


Xalq ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi pedagog-hodimlar, o‘qituvchi va murabbiylar kanali.



Dars ishlanmalar va maqolalarni joylash bepul!

Yakshanba - dam olish kuni

O'qituvchi (Uzbek)

O'qituvchi kanali - bu xalq ta'limi sohasida faoliyat yurituvchi pedagog-hodimlar, o'qituvchilar va murabbiylar uchun maxsus kanal. Kanalda dars ishlanmalari va maqolalar bepul tarzda joylashadi, bu bilan birga ta'lim sohasida yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Har bir yakshanba kuni kanalda dam olish kuni bo'lib, ayni paytda yangi maqolalar va materiallar joylashadi. Agar siz o'qituvchi yoki ta'lim sohasida faol bo'lsangiz, ushbu kanal sizning professional rivojlanishingizga va o'z bilim va ko'nikmalarizni oshirishga yordam beradi. Ayni paytda, o'qituvchi va murabbiylar o'rtasida fikrlashish va tajribalar almashish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Sizni ham o'qituvchi kanaliga a'zo bo'lishga chaqiramiz, yangi bilimlar oldini olishingizga yordam beramiz!

O'qituvchi

19 Sep, 17:33


⚡️ Emaktab.uz да ўқувчиларни давомат қилиш бўйича эслатма

S – сабабсиз дарсда қатнашмади;
DQ – узрли сабаб билан дарсда қатнашмади;
K – бетоблиги сабабли дарсда қатнашмади;
KQ – дарсга кечикикиб келди;
M - сурункали дарс қолдириш

Фан ўқитувчилар томонидан қўйиладиган таълаблар!
S – сабабсиз дарсда қатнашмади;
KQ – дарсга кечикикиб келди;

🧠 Эслаб қолиш осон бўлиши учун қуйидагиларни тавсия қиламиз:

N - номаълум;
DQ - дарс қолдирди;
K - касал;
KQ - кечга қолди;

«Oʻqituvchi» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

19 Sep, 13:07


⚡️O‘QITUVCHILARNING FORMASI BO‘YICHA QUYIDAGI TALABLAR MAVJUD.

- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari

- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi

erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi

ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi (Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)

- umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi talab etiladi.

Xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:

- tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi

ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi talab etiladi.

«Oʻqituvchi» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

18 Sep, 11:26


Yangi baholash tizimiga o‘tgan maktablarga 40% gacha ustama berish tartibi bo‘yicha nizom

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori

«Oʻqituvchi» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

18 Sep, 03:37


⚡️KUNDALIK COMDA (E MAKTABDA) HISOBOTLARNI BARCHA BO‘LIMINI 100% QILISHNING ODDIY USULI.

Kundalik comda hisobotingizning barcha bo‘limi 100% bo‘lmayaptimi? Buning uchun quyidagi ishni qiling. Google browzerdan kundalik comga kiring.

1-jurnalga kirib mavzuni yozing (agar, avvaldan mavzuni yuklamagan bo‘lsangiz. Agar mavzuni yuklagan bo‘lsangiz mavzuga tegmang)

2-o‘quvchilarga baho qo‘ying.

3-uy vazifasini yozing. Agar, avvaldan uy vazifasi yuklangan bo‘lsangiz, uni o‘zgartiring, yoki qo‘shimcha qo‘shing (hech bo‘lmasa bitta nuqta qo‘ying)


Diqqat! Shu 3 ta ishni o‘z vaqtida qiling, hisobotingizning barcha bo‘limi 100% bo‘lmasa men kafil.

👉 https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

17 Sep, 13:54


❗️«Контракт»дан 12% даромад солиғини қайтариб олиш бўйича видеоқўлланма

Талабалар контракти учун қилинган тўловлардан 12%ини қайтариб олиш мақсадида солиқ органларига бориш шарт эмас. Бунинг учун my3.soliq.uz орқали шартнома ва тўлов ҳужжатларини бириктирган ҳолда декларация юбориш мумкин.

«Солиқ декларацияларини юбориш» электрон хизматининг янги версиясида фойдаланувчининг иш ҳақи ва бошқа даромадлари тўғрисидаги маълумотлар автоматик шаклланади.

Жисмоний шахсларнинг қуйидагилар учун йўналтирилган даромадларидан 12% миқдорида даромад солиғини масофадан қайтариб олиш мумкин:

— контракт;
— нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари;
— ипотека кредитлари.

❗️Декларация электрон рақамли имзодан фойдаланган ҳолда юборилади.

Сақлаб қўйинг ва яқинларингизга ҳам юборинг!

Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

16 Sep, 16:55


🪐 Koinotning oʻlchamlari haqida tasavvuringizga sigʻmaydigan raqamlar. Yaqinlarga ulashing

"Oʻqituvchi" kanali manzili - https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1‌‌

O'qituvchi

16 Sep, 16:45


Olimpiada 1-bosqich maktab bosqichi uchun test savollardan namunalar

❗️O'qituvchilarga tarqatamiz

https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

16 Sep, 16:43


Barcha fanlardan taqvim-mavzu rejalar bitta faylda.

Bizning kanal 👉 https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

15 Dec, 15:45


❗️Ushbu videoni ota-onalar koʻrishi kerak!

Ota-onaning bolaga taʼlim-tarbiya berish borasidagi majburiyatlarini bajarmasligi
669 ming soʻmgacha maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

© Asos: (Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, 47-modda)

Batafsil ushbu rolik orqali tanishing 00:00

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

O'qituvchi

20 Jan, 16:47


​​#Тезкор_хабар

МАКТАБЛАР БИР ОЙГА ОНЛАЙН ТАЪЛИМГА ЎТКАЗИЛДИ

Халқ таълими вазирлиги 24 январдан бошлаб мактаблар бир ой давомида “Онлайн” фаолият олиб боришини маълум қилди.

«Коронавирус инфекциясининг янги штамми болалар ва ёшлар ўртасида тарқалиш хавфини олдини олиш ҳамда Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳамда Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизматининг таклифларидан келиб чиқиб 24 январдан бошлаб мактаблардаги таълим жараёни бир ой муддат давомида “онлайн” шаклда олиб борилади.» - дейилади вазирликнинг берган расмий баёнотида.

Бизнинг канал
👇👇👇
https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

20 Jan, 15:30


⚡️Расмий манбаларимиздан олинган маълумотга кўра, Республика махсус комиссиясига дарсларни бир ой муддатга онлайнга ўтказиш таклифи билдирилган. Шунингдек, яқин кунларда Республика махсус комиссиясининг қарори чиқиши кутилмоқда ва унда мазкур таклиф маъқулланиш эҳтимоли юқорилиги маълум қилинди.

Manba : @pressuzb

https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

19 Sep, 13:57


#Soʻragan_edingiz

OʻQITUVCHI METODIK KUNIDA MAKTABGA KELISHI SHARTMI?

#Savol
Assalomu alaykum! Bizni maktab direktori metodik kunlarda ham maktabga kelishimz kerakligini aytyapti. Fan oʻqituvchilari metodik kunlarda maktabga kelishi shartmi?

#Javob
Fan oʻqituvchilari metodik kunlarda maktabga kelishi shartmi? Bu savolga javob berish uchun sizni aynan nima uchun metodik kuningizda maktabga kelmaslik sababingizni aniq bilishimiz kerak.

Metodik kunlar fan oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlashlari va oʻz bilimini muntazam boyitib borishlari, axborot informatsion texnologiyalardan unumli foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.

Fan oʻqituvchilari metodik kunlarda oʻz fani boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar toʻplaydi, faniga doir turli seminarlarda ishtirok etadi, boshqa fan oʻqituvchilarining darslarini kuzatadi.

Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, oʻqituvchi oʻzining shaxsiy uy yumushlari va boshqa ishlarni bajarish uchun aynan metodik kundan foydalanib ish joyiga bormasligi mumkin emas. Oʻqutuvchi faqatgina oʻz faniga doir turli seminarlarda ishtirok etayotganda, hududiy xalq taʼlimi boʻlimi metodistlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarida qatnashish uchungina ish joyiga bormasligi mumkin.

Bizning kanal
👇👇👇
https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

14 Jul, 16:11


"Кечирасиз, жаноб Бош вазир, лекин мен ўқитувчининг ҳурматини, ҳатто, Сиз билан ҳам тенглаштира олмайман..."

Японияда ўқитувчиларнинг ҳурмати императорникига тенглаштирилган. У ерда ўқитувчиларга кўча тозалаттирилмайди, пахта тердирилмайди, хуллас мардикордек ишлатилмайди. Мана шунинг учун дунёдаги энг тараққий этган давлатлардан бири ҳисобланади.

Ўқитувчига мардикордек муносабатда бўладиган баъзи давлатларда эса халқи ҳам мардикор. Демак, ўқитувчининг жамиятдаги мавқеи қай даражада бўлса, халқининг турмуш тарзи ҳам шунга мос бўлади!!!

Ўқитувчиларга юборамиз!

https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

28 Feb, 21:58


Bugun xalqimizning buyuk farzandi, shoira, o'zbek ayoli timsoli Zulfiyaxonim tavalludlariga 106 yil to'ldi

https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

28 Feb, 21:58


🎧 "Tong" she'ri - Zulfiya

O'qituvchi kanali

https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

28 Feb, 21:58


Bugun 1- mart - O'zbekiston qaxramoni, buyuk yozuvchi, olim, buyuk matonat egasi Ozod Sharofiddinov tavallud topgan kun !

https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

28 Feb, 21:58


Salqin saharlarda, bodom gulida,

Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…


Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,

O‘rik gullarining eding maftuni.

Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi

Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.


Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,

Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.

Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,

Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.


Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,

Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.

Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,

Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.


O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,

Jarliklarga olib ketdi boshini.

Farhod tog‘laridan daraging izlab,

Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.


Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan

Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.

Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,

Horib-charchab keldi, toqatlari toq…


So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,

Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.

Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga

Sekin xabar berdi menga o‘zidan.


Lekin yotog‘imda seni topolmay,

Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.

Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,

Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:


"Qani men kelganda kulib qarshilab,

Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?

"Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab”

Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?


O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,

Elda hilpiratib jingala sochin?

Nega men keltirgan sho‘x nashidaga

Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?


Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,

Kamol toptirardi keng xayolimni.

Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida

Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.


Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?

Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.

Nechun qora libos, sochlaringda oq,

Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?”


Qanday javob aytay, loldir tillarim,

Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.

U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,

Boqib turolmayin qabring toshiga.


Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,

Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.

Sening yoding bilan yelib beqaror,

Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.


Gul-u rayhonlarning taraldi atri,

Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.

Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,

Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.


Bahorga burkangan sen sevgan elda,

Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.

O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,

Men ham hali sensiz olmadim nafas.


Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,

Hayotni kuylayman, chekinar alam.

Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

📖 O'qituvchi kanali 📖

https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1

O'qituvchi

28 Feb, 21:53


​​1-mart — Zulfiyaning tavallud sanasi

1-mart O‘zbekistonda nafaqat bahor faslining kirib kelishi sanasi sifatida ardoqlanadi. Aynan shu kuni bir qator san’at arboblarining tavallud sanalari ham nishonlanadi.

Taniqli o‘zbek shoirasi va tarjimoni Zulfiya tug‘ilganiga 106 yil to‘ldi. Uning she’riyati o‘z vaqtida nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham katta shuhrat qozondi. Zulfiya yorqin san’atkor, inson qalbi bilag‘oni va ayollar huquqlari kurashchisi sifatida tanildi.


@OqituvchiOficcial kanali

O'qituvchi

16 Feb, 01:36


Moliya maktablarni tekshirsa konspekt yozmagan oʻqituvchiga jarima solishga haqqi bormi?

Xalq taʼlimi vazirining moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Temur Komilov javob berdi

📖 O‘qituvchi kanaliga qo‘shiling

👉 https://t.me/joinchat/U20wmvvJ231nftI1