Последние посты O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT (@ona_tili_va_adabiyot_bmba) в Telegram

Посты канала O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT
📖 MILLIY SERTIFIKAT UCHUN MUKAMMAL TAYYORLOV.
📄 ATTESTATSIYA VA OLIMPIADA UCHUN ENG KUCHLI MATERIALLAR.
📑 O'QITUVCHI VA ABITURIYENTLAR UCHUN BBA YANGILIKLARI VA MUHIM MATERIALLAR.

Ustozlar: A.Boymirzayev, S.Nazirov

☎️ +998900748464
@boymirzayevustoz1
12,340 подписчиков
831 фото
111 видео
Последнее обновление 11.03.2025 07:40

Похожие каналы

ONA TILI VA ADABIYOT_AKBAR OTABOYEV
9,364 подписчиков
Davron Akbar - anomal fikrlar
3,843 подписчиков

Последний контент, опубликованный в O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT на Telegram

O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

25 Feb, 05:11

1,278

Muallif: Elmurod Qorjovov

Eng kuchli shogirdlarimizdan biri. Ko'plab testlari bilan butun respublikada tanilib ulgurgan. Yaqin kunlarda yangi kitoblari ham nashr etiladi.

👆Testni ishlab ko'ramiz!

https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/2304
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

25 Feb, 03:07

3,058

Yiqildingmi?...
Ko‘zlaringda
Buncha alam,
Buncha alam!
Ustu boshi chang ko‘rmagan,
Dard ko‘rmagan
Erka bolam!

Shiddatingning shamoliga
Hushing bir zum
Shaydo bo‘ldi...
Sening ravon yo‘llaringda
Bu tosh qaydan
Paydo bo‘ldi?

Yoki aqling yetganmidi,
Endi toshlar
Qolmagan deb?
La’natlading, bolam meni
Yo‘ldan toshni
Olmagan deb..

Erka bolam, kechir meni,
Oqsuyagim,
Muruvvat qil!
Toshli-toshli bu dunyoda
Maysaday xor
Yashadim, bil.

Toshlar bilan kurash tushdim
Kurash bekor
Ketmagandir,
Qolgan bo‘lsa biror zil tosh,
Bolam, kuchim
Yetmagandir...

Usmon Azim
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

24 Feb, 14:41

2,015

KUTUBXONAMIZDA JAMLANGAN JONLI DARSLAR.
Ustozlar: A.Boymirzayev, S.Nazirov, R.Davlatova


GRAMMATIKA YUZASIDAN DARSLAR:


1. Sintaktik tahlil: milliy sertifikat testlari misolida.
2. Grammatik bog'lanishlar.
3. Gap bo'laklari.
4. Ajratilgan bo'lak.
5. Qo'shma gaplar.
6. Tinish belgilari. Eng muhim nuqtalar-1.
7. Tinish belgilari. Eng muhim nuqtalar-2.

ADABIYOT NAZARIYASI DARSLARI:

1. Ma'naviy san'atlar bo'yicha dars.
2. Lafziy san'atlar bo'yicha dars.
3. G'azal tahlili namunasi.
4. Aruz sari 10 qadam.

ESSE MASHG'ULOTLARI:

1. Esse haqida muhim masalalar.
2. Esse haqida muhim masalalar.
3. Esse yuzasidan amaliy dars.
4. Esse yuzasidan amaliy dars.

TEST TAHLILI DARSLARI:

1. Namunaviy test.
2. Namunaviy test tahlili.
3. BMBA testi - 30.
4. BMBA testi - 30 tahlili.
5. Namunaviy test-30. Super-2024.
6. Namunaviy test tahlili.

BADIIY ASARLAR TESTI:

Badiiy asarlar yuzasidan 50 ta savol. Oktyabr.
Badiiy asarlar yuzasidan 50 ta savol. Mart.

SIZNI YANA QANDAY MAVZULAR QIZIQTIRADI? IZOHLARDA YOZIB QOLDIRING. KO'PCHILIKNING TALABI INOBATGA OLINADI.

https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

23 Feb, 06:09

7,330

⚡️Сурхондарёлик ўқувчи муддатидан аввал кириш имтиҳонларида максимал 189 бални йиғиб бўлди

Сурхондарё вилояти Термиз тумани 16-сонли АФЧЎУМнинг 11-синф ўқувчиси Рустамов Жавохир 5 та фан: кимё фанидан А+, биология фанидан А+, математика фанидан С+, ўзбек тили ва адабиёт фанидан Б+, тарих фанидан Б даражали миллий сертификат олиб, кириш имтиҳонларида максимал 189 балл тўплаш имкониятига эга бўлди.

Энди у мутахассислик фани сифатида биология ва кимё фанларини танласа имтиҳон топширмайди.

Расмий каналимиз:
👉@Yurist_Xizmati
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

23 Feb, 01:59

7,043

Assalomu alaykum! Qadrli do'stlar!

✳️ Kanalda har imtihon oldidan BEPUL MARAFON darslari tashkil qilinishi an'anaga aylanib ulgurgan. Inshaa Alloh, MART oyida yaxshi yangiliklar qilmoqchimiz. Bu safar kengroq qamrovda darslar tashkil etiladi. Chunki bahorda bittagina MS imtihoni bo'ladi. Jon-jahdi bilan harakat qilayotgan ustozlar, talabalar va abituriyentlar juda ko'p. Ko'pchilikka manfaatli mashg'ulotlar qilamiz.

Darslar YOPIQ GURUHDA o'tiladi. Shartlari va joyi, vaqti kelsa, e'lon qilinadi. Bexabar qolmaslik uchun
kanalimiz va guruhimiz faoliyatini kuzatib boring.

📱Shuningdek, mana bu darslar bilan ham (
https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/2051) tanishib qo'ying. Ayniqsa, FE'L DARSI muhim.


SINTAKSIS VA PUNKTUATSIYA BO'YICHA USHBU DARSLAR REJALASHTIRILMOQDA:
1. Grammatik bog'lanishlar darsi.
2. So'z birikmasi tahlili darsi.
3. Gap bo'laklari darsi.
4. Gap tasnifi darsi (egali/egasiz; to'liq/to'liqsiz; inversiya; yig'iq/yoyiq).
5. Kirish / kiritma; ajratilgan bo'lak; uyushiq bo'lak, undalma.
6. Qo'shma gap darsi.
7. Ko'chirma gap va o'zlashtirma gap darsi.
8. Tinish belgilari darsi.

YANA QUYIDAGI MAVZULARDAGI DARSLAR HAM QO'YILADI:
ESSE DARSI
MATN TAHLILI DARSLARI
BADIIY ASAR TAHLILI

Dars kim tomonidan o'tiladi?
👉🏿 Akbarali Boymirzayev, Salimbek Nazirov, Sherzod Abduxalimov va Rushana Davlatova tomonidan.

Kanal: https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA
Guruh: https://t.me/nazirov_sertifikat
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

21 Feb, 17:31

2,163

⚡️AJOYIB IMKONIYAT

Hamma testlar, yozib olingan darslar xuddi onlayn kurslardagidek tashlab boriladigan APREL BANKI kanalini ochmoqchimiz.

11-fevral kursi rejasi bilan bir xil.
Yozib olingan grammatika darslari tartib bilan tashlab boriladi.
Grammatika, ilmiy va g'azal matni bo'yicha testlar va ularning videotahlillari tartib bilan tashlab boriladi.
Esse bo'yicha eng sifatli darslar tashlab boriladi.
Milliy sertifikat uchun eng kerakli manbalar tashlab beriladi.
Badiiy asarlar bo'yicha Sherzod Abduxalimov tomonidan tuzilgan eng sifatli testlar va uning tahlili.
Akbarali Boymirzayev, Salimbek Nazirov, Sherzod Abduxalimov va Rushana Davlatovalar bilan bog'lanib, maslahatlar, tavsiyalar olish imkoniyati.

Darslar jonli chatda bo'lmaydi, yozib olingani tashlanadi, xolos.
Esse darslari tashlanadi, lekin essengiz tekshirilmaydi.

⚡️Bu kurs kimlar uchun?

Mustaqil tarzda, qunt bilan o'qib natija qilishiga ishonadiganlar uchun
Darajasi bor, lekin shaxsiy rivojlanishni xohlovchilar uchun
Eng sifatli testlar va tahlillarga ega bo'lmoqchilar uchun

❗️Bunaqa kanalni birinchi marta ochyapmiz, chunki kurslarimizdan qolib ketgan va shunday kanal ochishimizni so'rab murojaat qilganlar juda ko'p bo'ldi.

⚡️Ishoning, agar qunt bilan o'rgansangiz, testlardan, darslardagi ma'lumotlardan o'zingizga kerakli juda ko'plab bilimlarni olasiz. Shoshilish kerak.

Testlar, videodarslar, muhim manbalarni o'z ichigan olgan 40 ta darsga mo'ljallangan kursga juda qulay narx belgilangan.

Narxi: 550 emas, 300 ming so'm.

QANDAY TO'LOV QILINADI?

9860030346313288

Salimbek Nazirov nomida.

❗️Reja bilan tanishgan va ma'qul kelgan bo'lsa, kartaga 40 ta darslik maxsus kanal uchun oldindan 300 ming so'm o'tkazib, chek yoki screenshotini
@Salimbek_Nazirov lichkasiga tashlaysiz.

Reja bilan tanishish uchun quyidagi havolani bosing 👇
https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/2252?single

NAMUNA DARSLAR👇
https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/2051

❗️Faqat to'lov qilganlarnigina maxsus kanalga qo'shamiz.

❗️To'lov chekini tashlab qo'ying, shunda ro'yxatdan o'tgan hisoblanasiz. Kech bo'lsa ham, javob qaytariladi. Iltimos, qallobga chiqarib qo'ymang.
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

21 Feb, 05:37

5,312

Baytda qanday she'riy san'at qo'llangan?

Kishi o'zlukni qo'ymay oni topmas,
Tengiz kezmay duri yaktoni topmas.


Mushohada vaqti!
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

20 Feb, 15:57

6,381

⚡️BANK kanaliga darslar, manbalar tashlab borilmoqda.
Juda ko'plab MS uchun kerakli manbalar, videodarslar
Imlo bo'yicha videodars, qo'llanmalar.
Imlo bo'yicha MS tipidagi testlar va uning tahlili
G'azal va ilmiy matn bo'yicha MS tipidagi testlar, ularning tahlili
Esse bo'yicha muhim qo'llanma, darslar.
O'qishga berilgan hikoyalar, bir nechta doston va qissalar bo'yicha 200 ga yaqin eng sifatli testlar.

Bu o'tgan bir hafta davomida tashlangan darslar, manbalar edi, qolgan tashlanadigan darslar, qo'llanma va testlar quyidagi reja asosida bo'ladi👇

https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/2195?single

BU KANALAG QANDAY QO'SHILISH MUMKIN? JAVOB👇

https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/2288

@nazirov_sertifikat
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

20 Feb, 15:55


O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT pinned «⚡️AJOYIB IMKONIYAT Hamma testlar, yozib olingan darslar xuddi onlayn kurslardagidek tashlab boriladigan APREL BANKI kanalini ochmoqchimiz. 11-fevral kursi rejasi bilan bir xil. Yozib olingan grammatika darslari tartib bilan tashlab boriladi. Grammatika…»
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT

20 Feb, 14:35

3,803

Mana bu guruhda ishlar boshlangan: https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/2288
Qabul esa davom etmoqda.