OLOT.UZ | Rasmiy kanal @olottumani Channel on Telegram

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

@olottumani


https://t.me/Olotmurojaatbot

Olotmurojaat bot - OLOT.UZ | Rasmiy kanal (Uzbek)

Olotmurojaat bot - OLOT.UZ | Rasmiy kanal Telegram kanali O'zbek tilida ajoyibi va ma'lumoti bo'lgan virtual bot imkoniyatlari bilan sizga xizmat qiladi. Kanalda siz Olot.Uz platformasidan yangiliklarga ega bo'lib, o'z fikrlaringizni boshqalar bilan baham ko'rasiz. Olot.Uz - bu O'zbekiston hududidagi eng katta ijtimoiy sayt. Siz Olotmurojaat bot orqali Olot.Uz statistikasiga ega bo'ladi va adraslar va muxim omonatlarga ega bo'lasiz. Kanal aniq va tozalanadi, siz uchun eng zamonaviy yangiliklarni taqdim etadi. Agar siz O'zbekistonning so'nggi yangiliklariga e'tibor qaratgan bo'lsangiz, Olot.Uz rasmiy kanalidan olingan ma'lumotlar siz uchun yoqimli bo'ladi. O'zbek tilining zamonaviy tarzida yangi fikrlarni o'rganish va ulashish uchun 'Olotmurojaat bot - OLOT.UZ | Rasmiy kanal'ga obuna bo'ling va yangiliklardan bir necha tamoyil oling. Olotmurojaat bot - OLOT.UZ | Rasmiy kanal sizga O'zbekiston hududidagi eng oxirgi yangiliklarni taqdim etadi va sizning fikrlaringizga ega bo'ladi. Obuna bo'ling va mening Olot.Uz - rasmiy kanalimiz bilan yangiliklardan xabardor bo'ling!

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

06 Feb, 04:23


Ko'chma savdo joylari "E-auksion" elektron savdo platformasida 36 oy muddatga sotiladi.

🔘 Kogon shahrida 364 tа
▪️ Buxoro tumanida 175 tа
🔘 Kogon tumanida 48 tа
▪️ Vobkent tumanida 86 та
🔘 Romitan tumanida 311 tа
▪️ Gʻijduvon tumanida 386 tа
🔘 Jondor tumanida 80 tа
▪️ Qorovulbozor tumanida 100 tа
🔘 Qorako‘l tumanida 188 tа
▪️ Olot tumanida 90 tа
🔘 Peshku tumanida 80 tа
▪️ Shofirkon tumanida 109 tа

Eslatma!
Savdolarda jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydilar. Har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirok etishlari mumkin.

Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish)
+998992072604 +998992073604
______________________________________________
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
Telegram | Instagram | Facebook |Youtube

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

06 Feb, 02:42


#kun_iqtibosi

Muvaffaqqiyat harakat bilan bogʻliq. Omadli odamlar harakat qilishda davom etishadi. Ular xato qiladilar, ammo toʻxtamaydilar.

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

05 Feb, 15:32


Xalq roziligi – islohotlarning asosiy maqsadi.

Odamlarni rozi qilish, ertangi kun bugungidan yaxshiroq boʻlishiga ishontirish uchun fuqarolar rahbarlarning faoliyatidan rozi boʻlishi, mutasaddi tashkilotlar xodimlari xalq dardiga quloq solishi, muammolarini hal qilishi kerak. Shundagina fuqarolarning davlatga, kelajakka ishonchi ortadi, jamiyatimizda oʻzgarish, rivojlanish boʻladi.

Bugun tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamshid Tangriyev tomonidan "Arabxona" mahallasida oʻtkazilgan sayyor qabul ham fuqarolarning muammolarini yechilishiga ayni muddao boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Sayyor qabulda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Aksariyati moddiy yordam, ijtimoiy nafaqa, ishga joylashtirish, sogʻligini tiklash va boshqalar yuzasidan 20 ga yaqin fuqarolarning murojaati birma-bir muhokama qilindi.

Murojaatlarning koʻpi joyida hal qilindi. Yechimi maʼlum vaqt talab etadigan murojaatlar boʻyicha bir haftalik muddat bilan tegishli masʼullar biriktirilib, ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek uchrashuvda hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanish, hududning obodonlashtirish ishlarini tashkillashtirish, jinoyatchilikning oldini olish, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish boʻyicha targʻibot ishlari olib borilmoqda.

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

05 Feb, 14:41


"BLOGER" qanday faoliyat yuritishi lozim?!

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

29 Nov, 12:27


Muqaddam sudlangan hamda probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan uchrashuv tadbiri doirasida ularning ijtimoiy masalalari oʻrganildi
Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Nargiza Nematova boshchiligida sektor rahbarlari hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida Olot tumanida muqaddam sudlangan va probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning muammolarini oʻrganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Probatsiya xizmati hisobida turuvchi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, qayta tarbiyalash va muqaddam sudlangan shaxslar takroran jinoyat sodir etishlarining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar doirasida ular bilan mutasaddilar ishtirokida davra suhbatlari oʻtkazildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, nazorat ostidagi shaxslarni huquqiy ongini oshirish va qonunga itoatkorlik hissini oshirishdan iborat. Har qanday inson xatoga yoʻl qoʻyishi mumkin, muhimi uni oʻz vaqtida anglay bilishi, hayotni yangitdan boshlash, huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik zarur. Shu sababli rahbarlar tomonidan nazorat ostidagi shaxslarni qiynayotgan masalalari tinglanib tushunchalar berildi.

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

29 Nov, 12:12


Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятида қўшимча имкониятларни юзага чиқариш, инвестиция ва иш ўринларини кўпайтириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное выявлению дополнительных возможностей, увеличению инвестиций и рабочих мест в Бухарской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Buxoro #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

29 Nov, 11:44


#oy_kitobxoni

📚📚📚Yoshlarni kitob oʻqishga qiziqtirish, kitobga boʻlgan mehrini oshirish maqsadida "Usmonshayx" mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan 3-maktab maʼmuriyati hamkorligida "Oy kitobxoni" tanlovi tashkil qilindi.

Maʼlumot uchun, har oyda oʻqiladigan kitob nomi oyning boshida eʼlon qilinib, oyning oxirida ushbu kitob asosida tuzilgan 30 ta testni yechish orqali "Oy kitobxoni" aniqlanadi.

Eng yuqori ballni olgan kitobxonlar "Usmonshayx" mahallasi yoshlar yetakchisi Sevindikov Uchqun tomonidan diplom va kitoblar bilan taqdirlandi.

Ushbu tanlovni barcha mahallada targʻib qilinsa kitobsevar yoshlar koʻpayadi

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

24 Nov, 02:25


#yashil_makon
#Оlot_tuman
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Yoshlar markazi binosida tozakorlik ishlari olib borilib, mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

@olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

22 Nov, 23:04


#ҳудудлар_ҳаёти
#Олот_тумани
#Қирлишон_маҳалла
Олот туманидаги “Қирлишон”маҳалла фуқаролар йиғинидаги ўрганишларда ҳам ассоий эътибор аҳолининг томорқадан қайдаражада унумли фойдаланиб келинаётганлиги, уй жойлар ва ноқонуний эгаллаб олинган ерларни расмийлаштириш бўйича акция, аҳолининг бандлигини таъминлаш, қуёш панелларини аҳоли хонадонларига ўрнатиш, "яшил макон" лойиҳаси доирасида кўчат экишга қаратилди. “Қирлишон” маҳалла фуқаролар йиғинида маҳаллабай тизими йўналишида бажарилаётган ишлар кенг таҳлил қилинди. Маҳалладаги еттилик: ҳоким ёрдамчиси, ёшлар етакчиси, хотин-қизлар фаоли, ижтимоий ходим, солиқ вакили ҳамда профилактика инспекторининг билан мулоқот қилинди. Таҳлил ва танқид руҳида ўтган юзма-юз мулоқотда ютуқлар эътироф қилиниб, амалга оширилиши зарур бўлган муҳим ва устувор вазифалар сарҳисоб этилди. Маҳалладаги еттилик фаолиятини янада яхшилаш мақсадида жараёндаги бурч ва масъулият туйғусини ошириш бўйича аниқ вазифалар белгиланди. Шундан сўнг аҳолини қийнаб келаётган муаммолар туман раҳбари томонидан эшитилиб, уларга биргаликда ечим изланди.

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

17 Nov, 03:30


🌟 Ҳар бир давлат хизматчисининг кундалик ҳаётда коррупцияга қарши курашда бажариши лозим бўлган ҳатти-ҳаракатлар нималардан иборат?

1. ❗️Аввало коррупцияга муросасиз бўлинг. Коррупцион ҳолатни кўрсангиз бефарқ бўлманг. Уни олдини олувчи бўлинг.
2. 💥Ҳеч қачон пора берманг ва (ёки) олманг, ҳамда воситачилик ҳам қилманг; (Жиноят кодексининг 210, 211 ва 212-моддалари билан оғир жазо борлигини унутманг)
3. ✍🏽Aгар коррупция билан боғлиқ ҳолатга ёки у ҳақда маълумотларга дуч келсангиз ҳуқуқ-тартибот органига хабар беринг, ариза йўлланг;
4. 🌿Ота-онангиз, оилангиз ва дўстларингиз, умуман танишларингизга коррупцияга қарши кураш юртимиз равнақи, халқ фаровонлиги учун муҳимлигини, у тараққиётга ғовлигини турли йиғинларда, тўй-маъракаларда ҳамма дастурхон атрофига йиғилган пайтда қатйа-қайта таъкидлаш яхши натижа беради.

🔍Veb sayt| 🌐Telegram | 📱Instagram| 🛜Facebook| 🎥YouTube

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

17 Nov, 03:29


#КУН_ҲИКМАТИ

Ўтган кун ҳақидаги: «Мен уни қандай ўтказдим, нималар қилдим-у, нималарга улгуролмадим?» —деган саволларга жавоб топилмагунча кўзларинг уйқуга кетмасин.

✍️Пифагор

Олот туман ҳокимлиги матбуот хизмати
https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

16 Nov, 19:13


#ҲОКИМ_ҚАБУЛИ. Олот ҳокими Наргиза Нематова туман ҳокимлиги кичик мажлислар залида жисмоний ва юридик шахслар учун қабул ўтказди. Деярли 3 соат давом этган қабулда ҳоким ва тегишли масъуллар томонидан 15 нафардан ортиқ фуқаронинг 20 тага яқин муаммоси ўрганилди. Қабул жараёнида аҳоли томонидан келиб тушган мурожаатлар тегишли соҳа вакиллари иштирокида кўриб чиқилиб, қонуний ечим топиш чоралари белгиланди. Қабулда фуқароларнинг
йўлларни таъмирлаш, коммунал соҳада камчиликларни бартараф этиш, тиббий хизмат кўрсатиш, тадбиркорликни ривожлантириш ва ишга жойлаштириш каби мурожаатлар кўриб чиқилди. https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

16 Nov, 18:46


#Tuman_hokimi_hududlarda. Davlatimiz Rahbari tomonidan 2O24yil 31 oktyabr-l поуаbr kunlari Navoiy
viloyatiga tashrifi davomida viloyat hokimliklari va sektor rаhbаrlаri bilan birgalikda
bаrсhа mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar o'tkazib, joriy yil yakuni va kelgusi yilgi
vazifalar to'g'risida axborot berish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Mazkur vazifalar ijrosini tumanda o'z vaqtida va samarali ta'minlash maqsadida tuman hokimi Nargiza Nematova bir qator chora-tadbirlarni belgilab oldi. Bugun tuman rahbari Chovdur mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tuman rahbari tomonidan mahaIla aholisiga
- mahalla infratuzilmasini yaxshilash (yo'I, gaz, elektr, ichimlik suvi);
- ishsizlik va migratsiyani kamaytirish;
- kambag'allikni qisqartirish va kambag'al oilalar bilan ishlash;
- jinoyatchilik va oilaviy аjrimпi oldini olish;
- murojaatlar bilan ishlash va muammolarni mahaIlaning o'zida hal qilish kabi masalalar yuzasidan axborot berdi. Mazkur uchrashuvda mahalla aholisi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor qilindi. Uchrashuv rasmiylikdan holi, davra suhbati shaklida o‘tdi, deydi yig‘ilishga kelganlar. https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

14 Nov, 04:21


Олотда “Яшил макон” умуммиллий лойиҳасининг кузги мавсумига старт берилди

Олот туманида “Яшил макон” умуммиллий лойиҳасининг кузги мавсумига кенг жамоатчилик вакиллари иштирокида старт берилди. Ушбу тадбирда секторлар раҳбарлари, туман ҳокими ўринбосарлари, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар хоримлари, қишлоқ хўжалиги бўлими ходимлари, соҳага дахлдор ташкилотлар, нуроний отахонлар, фахрий кексалар вакиллари иштирок этишди.

“Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси қатнашган туман ҳокими Наргиза Нематова кўчат экиш шунчаки номига эмас, балки ўзимизнинг ҳаётимиз, жамиятимиз, саломатлигимиз учун зарурлигини таъкидлади. Барчани астойдил бел боғлаб, ушбу хайрли ишларга ўзларининг муносиб ҳиссаларини қўшишга чақирди.

Бундан ташқари мутахассисларнинг тавсиясига кўра, иқлим шароитига мос келадиган каталпа, элдор қарағай, япон тути ва чинор дарахтлари турлари танланиб, кўчатлар 3х4 схемада экиш тавсияси берилди.

Бугунги кунда туманда экин ер майдонининг дала четлари, ариқ ва зовурлар атрофларига 135 мингдан ортиқ мевали ва манзарали дарахт кўчатлари ўтқазилди.
Олот тумани ҳокимлиги матбуот хизмати: 📲 https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

14 Nov, 03:48


Бугун 14 ноябрь-ушбу кунда рўй берган муҳим воқеалар билан танишинг!

#байрамлар
🇺🇳БМТ – Бутунжаҳон диабетга қарши кураш куни.
🌏Халқаро етимлар куни.
🌏Халқаро логопедлар куни.
🇮🇷Эрон – Китоблар куни.
🇷🇺Россия – Социологлар куни.

#муҳим_воқеалар
🔹1888 – Парижда Пастер институти очилди.
🔹1889 – журналист Неллй Блй Жюл Верн қаҳрамони билан мусобақалашиб, дунё бўйлаб саёҳатга чиқди.
🔹1922 – BBC радиостанцияси эшиттиришлари эфирга узатила бошлади.
🔹1960 – ОПEК – нефтни экспорт қилувчи давлатлар ташкилотига асос солинди.
🔹1994 – Париж ва Лондон ўртасида Ла-Манш бўғози остидаги туннел орқали ҳаракат очилди.

#таваллудлар
🔹1765 – Роберт Фултон – америкалик ихтирочи, биринчи буғли кема яратувчиси.
🔹1840 – Клод Моне – француз рассоми, импрессионизм асосчиларидан бири.
🔹1889–Жавоҳарлал Неру – ҳинд сиёсатчиси, Ҳиндистоннинг биринчи Бош вазири.
🔹1891 – Фредерик Бантинг – Канада физиологи, инсулинни кашф қилган, Нобел мукофоти совриндори.
Олот туман ҳокимлиги матбуот хизмати: 📲https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

13 Nov, 17:36


🇺🇿 Buxoroning eng chekka hududlaridan biri Olot tumanida "Aholiga ko'mak — oliy qadriyat" shiori ostida kouching bo'lib o'tdi.

☺️ "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun yig'ilgan 100 nafardan ziyod fuqarolarda o'zgacha taassurot qoldirgan mazkur kouchingning eng yorqin lahzalari va ishtirokchilarning fikrlari bilan ushbu videolavhada tanishing.

🎬 Batafsil videoda...

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

13 Nov, 15:01


⚡️E-auksion.uz savdo platformasida sotilayotgan Davlat aktivlari bilan tanishing!

🔘 Buxoro shaharida 2 ta
🔘 Kogon shaharida 3 ta
🔘 Buxoro tumanida 3 ta
🔘 Kogon tumanida 6 ta
🔘 Vobkent tumanida 3 ta
🔘 Jondor tumanida 4 tа
🔘 Olot tumanida 5 tа
🔘 Qorako‘l tumanida 4 tа
🔘 Romitan tumanida 3 tа
🔘 Gʻijduvon tumanida 3 tа
🔘 Shofirkon tumanida 2 tа
🔘 Qorovulbozor tumanida 9 tа

✔️ Davlat aktivini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.
✔️ 1 oy mobaynida 100% to‘lov qilinsa, yillik qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdorda chegirma beriladi!
✔️ Kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirganda, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi beriladi.

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (кўриш)

Ma'lumot uchun
+998992072604 +998992073604
___
Bizni
ng ijtimoiy tarmoqlar
Telegram | Instagram | Facebook |Youtube

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

13 Nov, 15:00


🏆 Ўзбекистон туризм соҳасида “Энг яхши ривожланаётган йўналиш” мукофотига сазовор бўлди

Лондонда бўлиб ўтган тантанали тадбирда Ўзбекистон нуфузли “Wanderlust Reader Travel Awards 2024” мукофотининг “Энг яхши ривожланаётган йўналиш” номинациясида ғолиб бўлди.

Тақдирлаш маросими машҳур “Tate Modern” замонавий санъат галереясида бўлиб ўтди.

Маълумот учун: “Wanderlust Reader Travel Awards” мукофоти Wanderlust журнали томонидан ўтказиладиган йўналишлар ва туроператорлар учун нуфузли танлов.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

13 Nov, 11:38


Бухоро вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Элёр Олтиев Олот туманида сайёр қабул ўтказди.
Бухоро вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Элёр Олтиев фуқароларнинг тиббий маданиятини ошириш, уларнинг муаммо ва таклифларини тинглаш, соҳадаги камчиликларни бартараф этиш мақсадида Олот туман тиббиёт бирлашмасида туман аҳолиси ва тиббиёт ходимлари учун сайёр қабул ўтказди.
Унда туман ҳокими ўринбосари Жамил Аллаков, бошқарма ходимлари, халқ қабулхонаси вакиллари, бирлашма бошлиғи ва бошқа соҳага оид мутасаддилар иштирок этишди.
Сайёр қабулда фуқаролардан 30га яқин мурожаат қабул қилинди. Аксарият қисмини фуқаролар соғлиғи билан боғлиқ муаммолар ташкил этди.
Ҳар бир фуқаро мурожаатига мутахассис ва мутасаддилар билан маслаҳатлашиб, зарурий ёрдам кўрсатилди.
Саломатлигини тиклаш бўйича туман тиббиёт бирлашмасида 10 нафар, вилоят муассасаларда 6 нафар, Республика даволаш муассасаларида эса 3 нафарига бепул даволаниш учун ордерлар тақдим этиладиган бўлди. Таъкидлаш жоизки, икки нафар буйрак етишмовчилигидан азият чекаётган беморга донор топиб, буйрак кўчириб ўтказиш жарроҳлик амалиёти режалаштирилди.
Мурожаатларнинг 5таси жойида ҳал бўлган бўлса, бирлашмага ишга жойлашишни мақсад қилиб келганларнинг масаласи тегишлилик юзасидан ўрганилиб, жавоб қайтариладиган бўлди. 📲 https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

12 Nov, 06:21


Бошқарма бошлиғи Олот туманида сайёр қабул ўтказади

13 ноябрь куни соат 10:00дан бошлаб Олот тумани аҳолиси ва туман тиббиёт бирлашмаси ходимлари учун Бухоро вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Элёр Олтиев томонидан сайёр қабул ўтказилади.

Қабулда фуқароларнинг тизимда ўз ечимини кутаётган муаммо ва мурожаатлари ўрганилади.

Манзил: Олот туман тиббиёт бирлашмаси
https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

12 Nov, 06:17


⚡️ Тadbirkorlik uchun yer uchastkalarini E-auksion.uz savdolaridan sotib oling!!!

Buxoro viloyatida yer uchastkalari
8300 ga yaqin yer uchastkalari savdolarida sotilmoqda..

🔹 Master-rejaga asosida — 20 ta ✔️
🔷 Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun — 7888 ta✔️
🔹 Yakka tartibda uy-joy uchun yerlar 21 ta✔️
🔷 Ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 5 ta ✔️
🔹
Kichik sanoat zonalari — 20 ta ✔️
🔹 Yoshlar sanoat zonalari — 7 ta ✔️
🔷 Erkin iqtisodiy zonalari — 86 ta ✔️
🔹 Mikromarkazlar uchun17 ta ✔️
🔷
Turistik zona uchun 4 ta ✔️
🔹 Yangi O'zbekiston (ko'p qavatli uy joy) — 101 ta✔️
🔷 Xalqaro yo'l bo'yida xizmat ko'rsatish — 53 ta ✔️
🔹 Nodavlat umumta’lim va MTM uchun — 14 ta ✔️
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi — 19 ta ✔️

🛍 Shuningdek, 1500 dan ziyod mol-mulklar E-auksionshop.uz portalida sotilmoqda!

Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish)

Ma'lumot uchun
+998992072604 +998992073604
____
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
Telegram | Instagram | Facebook |Youtube

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

12 Nov, 06:17


#intervyu

⚡️O‘gʻlim bilan faxrlanaman!

Matematika fani bo‘yicha bir nechta xalqaro olimpiadalar g‘olibi, "Mard o‘g‘lon" mukofoti sohibi Nurmuhammad Otamurodov haqida uning onasi Shaxnoza Murodova faxr bilan so‘zlab berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

11 Nov, 14:31


Buxoro viloyatida 14 300 dan ziyod mol-mulklar E-auksion.uz savdolarida sotilmoqda!

🔶
Davlat aktivlari 46 tа
🔹 Davlat mulki ijarasi 217 ta
🔶
"Ugam River" turistik majmuasi 274 ta
🔹 Ko'chmas mulk 241 ta
🔶 Yer uchastkalari 8263 ta
🔹 Avtotransport 178 ta
🔶 Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 2772 ta
🔹 Qishloq xo‘jaligiga
yuritish uchun 85 ta
🔶 Ko'chma savdo
joylari 2037 ta
🔹 Maxsus texnika 23 ta
🔶 Bankrot korxona mulklari 86 ta
🔹"O'zagrokimyohimoya" AJ mulklari 278 ta
🔶 "O`zagroservis" AJ mulklari 98 ta
🔹 Boshqa mulklar 112 ta

Shuningdek, 2000 ga yaqin mol-mulklar E-auksionshop.uz portalida sotilmoqda!

Ma'lumot uchun
+998992072604 +998992073604
_______________________________________________
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
Telegram | Instagram | Facebook |Youtube

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

11 Nov, 13:14


​​#TEZKOR
#TARQATING

⚡️Buxorolik tadbirkor va tashabbuskorlar diqqatiga!

So‘nggi kunlarda viloyat hokimi Botir Zaripovning viloyatdagi turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari, dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor fuqarolar bilan yangicha formatda o‘tkazayotgan online muloqoti o‘zining nishona samaralarini bera boshladi. Chunonchi, bunday muloqotlarda ko‘tarilayotgan masalalarning aksariyati qisqa fursatda o‘z yechimini topmoqda.

Shuni inobatga olib, viloyat rahbari bugun, 11-noyabr kuni soat 19.00 dan boshlab navbatdagi ana shunday formatdagi muloqotini o‘tkazadi. Unda shaxsan Botir Zaripov har bir tadbirkor va tashabbuskor bilan birma-bir gaplashib, ularning muammolarini o‘rganadi.

Maqsad yagona – hududlarning sanoat ishlab chiqarishni quvvatlarini kengaytirish orqali aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish.

Qadrli buxoroliklar!

Biznesingizni rivojlantirishda to‘siqlar bormi? Yoki ishbilarmonlik loyihalaringizni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi?

Unda 19.00dan boshlab zoom ilovasi bilan https://us06web.zoom.us/j/9409126623?pwd=AHmBt31DZpAOaC0FH2DkmbGhrYYu3O.1 havolasi orqali bog‘laning!

Sizga ko‘makchi bo‘lishdan mamnunmiz!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

11 Nov, 09:28


Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
🔹Olot tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan Vazirlar Mahkamasining "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hamda 2020 yil 31 dekabrdagi 820-sonli qarorlariga asosan "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida mashgʻulotlarni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom asosida yosh kelin-kuyovlar uchun oʻquvlar tashkil etildi.
🔹 Oʻquvda yosh kelin-kuyovlarni hayotga tayyorlash boʻyicha maslahatlar, oilaviy munosabatlar, oila iqtisodi, qadriyatlar toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

11 Nov, 09:04


#ПАХТА_2024
#ЭЪТИБОР_ЭЪТИРОФ_ВА_РАҒБАТ

🟢Олот туманида пахта йиғим-терими уюшқоқлик ва жадал суръатлар билан давом этмоқда

Миллий бойлигимиз бўлган оқ олтинни қуёшли кунларда йиғиштириб олиш учун бугунги кунда ҳар бир киши ўзини пахта майдонида бўлиши кераклигини чуқур англаган ҳолда машаққатлар эвазига етиштирилган ҳосилни йиғиб-териб олишда яқиндан ёрдам бермоқда. Қалб амри билан пахта даласига чиққан теримчилар ҳам оиласи, ҳам шу юрт учун ўзларининг улкан ҳиссаларини қўшишмоқда.

Ана шундай фаол теримчилар сифатли саноат хомашёсини давлатимизга топширмоқда. Уларнинг ҳар бири пахтани теришиб, терим суръатини оширишда ўзларининг муносиб ҳиссаларини қўшишмоқда. Туман раҳбари Наргиза Нематова эса бундай жонкуяр теримчиларни ҳар куни рағбатлантириб бормоқда. https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

11 Nov, 08:57


#OLOT_TUMANI
#16_maktab
#chellenj
18-noyabr  O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan Olot tumanidagi 16-maktabda  “Bayrog’imiz – g'ururimiz, orimiz!” mavzusida chellenj o'tkazildi.

Siz ham chellenjda faol ishtirok eting! https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

03 Nov, 13:41


#ПАХТА_2024
#ЭЪТИБОР_ЭЪТИРОФ_ВА_РАҒБАТ

🟢Олот туманида пахта йиғим-терими уюшқоқлик ва жадал суръатлар билан давом этмоқда

Миллий бойлигимиз бўлган оқ олтинни қуёшли кунларда йиғиштириб олиш учун бугунги кунда ҳар бир киши ўзини пахта майдонида бўлиши кераклигини чуқур англаган ҳолда машаққатлар эвазига етиштирилган ҳосилни йиғиб-териб олишда яқиндан ёрдам бермоқда. Қалб амри билан пахта даласига чиққан теримчилар ҳам оиласи, ҳам шу юрт учун ўзларининг улкан ҳиссаларини қўшишмоқда.

Ана шундай фаол теримчилар сифатли саноат хомашёсини давлатимизга топширмоқда. Уларнинг ҳар бири кунига 70-80 килограммдан пахта теришиб, терим суръатини оширишда ўзларининг муносиб ҳиссаларини қўшишмоқда.

Далаларда жасорат кўрсатиб, давлатимиз хирмонининг юксалишида ўзларининг муносиб улушларини қўшаётган ҳашарчилар ҳолидан хабар олиш, энг чевар теримчиларни муносиб тақдирлаш мақсадида бугун, 3 ноябрь куни Олот туман ҳокими Наргиза Нематова “Козим Камрон замини” фермер хўжалигидаги теримчилар билан учрашди.

Туман раҳбари теримчиларга куч-ғайрат тилаб, пахтани нес-нобуд қилмасдан йиғиштириб олишда жонбозлик кўрсатаётган фермер хўжалиги аъзолари ва отряд раҳбарлари ҳамда теримчиларга ўз миннатдорчилигини билдирди. Шундан сўнг энг илғор теримчиларга ҳар хил турдаги эсдалик совғалар ва 1 килограмм дан ёғ топширди.

Пахта йиғим-теримига иштирок этаётган теримчилар учун иссиқ овқат, тоза ичимлик суви, пахтани ўлчаш учун эса барча шароитлар яратилган. Ҳафта якуни билан илғор теримчилар аниқланиб рағбатлантириб борилаётгани билан бир қаторда 1 килограмм пахта учун 2500 сўм терим пулларини ўз вақтида етказиб берилаётганлигидан ҳашарчилар ўзларининг мамнунликларини билдиришди.

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

03 Nov, 11:48


⚡️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Facebook dagi sahifasiga a'zo bo'ling!

👉 http://fb.com/zaripovrasmiy

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

03 Nov, 06:30


❗️❗️❗️Diqqat eʼlon

💡Olot tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr uzatish tarmoqlarida taʼmirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan bugun, 3-noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar tumanning "Xalifa", "Eski olot", "Navroʻz", "Boʻston" , "Arabxona" "Jayxunobod", "Solаqorovul", "Maʼrifat", "Bunyodkor", "Xalqobod", "Oq oltin", "Yosh botir", "Chovdur", "Koʻl chovdur", "Qirtay", "Oʻzbekiston", "Kesakli", "Shayxlar", "Bayot", "Katta bayot", "Muxtor", "Xosaboʻyi", MFY hududlarida elektr energiya taʼminotida uzilish kuzatiladi.

⚡️Olot tumani elektr tarmoqlari korxonasi taʼmirlash ishlari tufayli sodir boʻlgan ushbu vaqtinchalik uzilishlar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.



https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

03 Nov, 05:57


⚡️Buxoroda sogʻliqni saqlash boshqarmasi va Bolalar milliy tibbiyot markazi oʻrtasida kelishuv memorandumi imzoladi

Kuni kecha Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida SSV ga qarashli Bolalar milliy tibbiyot markazi va boshqarma o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuni alohida taʼkidlash lozim-ki, O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan mazkur Bolalar milliy tibbiyot markazi — mamlakatimizning eng ilg‘or tibbiyot muassasalaridan biri sanaladi. Markaz davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Kelishuvga ko‘ra, endilikda viloyatda tug‘ma yurak nuqsoni va boshqa og‘ir turdagi kasalliklar bilan kasallangan bolalarga zarur jarrohlik amaliyotlarini bajarish, shifokor mutaxassislar malakasini oshirish va o‘zaro ilmiy aloqalarni kuchaytirish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlik qilinadi.

Bundan tashqari markaz va viloyat SSB bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda murakkab jarrohlik amaliyotlari va yuqori texnologik muolajalarni tashkil etish, tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish kabi muhim vazifalar bajariladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

03 Nov, 04:42


#diyor_yangiliklari
Olot tumanida yashil makon uchun urugʻ zaxirasi yaratilmoqda.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

03 Nov, 01:34


#Kun_hikmati

Nimanidir oʻrganishga boʻlgan kuchli istak bu allaqachon 50 foiz muvaffaqiyatdir.

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

02 Nov, 16:23


❗️❗️❗️Diqqat eʼlon

💡Olot tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr uzatish tarmoqlarida taʼmirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan bugun, 3-noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar tumanning "Xalifa", "Eski olot", "Navroʻz", "Boʻston" , "Arabxona" "Jayxunobod", "Solаqorovul", "Maʼrifat", "Bunyodkor", "Xalqobod", "Oq oltin", "Yosh botir" MFY hududlarida elektr energiya taʼminotida uzilish kuzatiladi.

⚡️Olot tumani elektr tarmoqlari korxonasi taʼmirlash ishlari tufayli sodir boʻlgan ushbu vaqtinchalik uzilishlar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.



https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

02 Nov, 14:34


⚠️ UNUTMANG! MOL-MULKINGIZDAN AYRILISH UCHUN 💥BITTA UCHQUN 💥YETARLI:

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sizni ogohlantiradi:

🔥quruq o‘t-xashaklarni yoqmang;
🔥o‘chmagan sigaret qoldig‘i va gugurtni o‘chirmasdan tashlamang;
🔥olovni qarovsiz qoldirmang;
🔥olov to'liq o'chmaguncha dam olish joyini tark etmang;
🔥axlat va maishiy chiqindilarni ochiq joylarda yoqmang;
🔥bolalarni qarovsiz qoldirmang.

⭕️Qoidabuzarlik o‘zingizga zarar keltirishini unutmang!

𝑩𝒖𝒙𝒐𝒓𝒐 𝒗𝒊𝒍𝒐𝒚𝒂𝒕𝒊 𝑭𝑽𝑩
𝑨𝑿𝑩𝑶𝑹𝑶𝑻 𝑿𝑰𝒁𝑴𝑨𝑻𝑰

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

02 Nov, 14:00


Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan huquqiy uchrashuv tadbiri doirasida ularning ijtimoiy masalalari o‘rganildi.

2- noyabr kuni 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i J.O.Tangriyev Olot tumanida probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning muammolarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, nazorat ostidagi shaxslarni huquqiy ongini oshirish va qonunga itoatkorlik hisini oshirishdan iborat.

Olot tuman hokimligi axborot xizmati

📲https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

02 Nov, 12:46


#ҳоким_ҳудудларда

Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар бугун юксак самара бермоқда.

Айни кунларда юртимиз бўйлаб пахта йиғим-терим мавсуми авж паллада давом этмоқда. Машаққат билан етиштирилган ҳосилни нест-нобуд қилмай йиғиб олиш мақсадида теримчилар, кўнгилли ҳашарчилар астойдил бел боғлаб меҳнат қилишмоқда.

Бугун туман ҳокими Наргиза Нематова ҳамда туман Ички ишлар бўлими бошчилигида пахта йиғим-теримини уюшқоқлик билан ташкил этиш борасида "Шарқ Юлдузи", "Гулистон", "Денов", "Навоий", “Чорбоғ” ҳудудларида учрашувлар бўлиб ўтди.

Унда сектор раҳбарлари, туман ҳокимининг ўринбосарлари, шунингдек, ҳудуд раҳбарлари, фермер хўжаликлари раҳбарлари, тегишли масъул идораларнинг раҳбарлари ва маҳаллалардаги еттиликлари иштирок этишди.

Жорий йилги пахта йиғим-терими мавсумини уюшқоқлик билан олиб бориш, етиштирилган ҳосилни нест-нобуд қилмасдан ўз вақтида ва сифатли йиғиб-териб олиш, шунингдек транспорт ва тракторларни ишлашини ташкил этиш каби вазифалар кўриб чиқилиб тегишли масъулларга кўрсатмалар берилди.

Шу ўринда теримчиларни жалб қилиш камдаромад оилалрни даромадга етаклаш, уларга зарурий шароитларни яратиб бериш, теримчиларнинг хавфсизлигини таъминлаш, ёш болаларни йиғимга жалб қилмаслик, даладаги теримчилар отряд раҳбарлари ва фермер хўжалик раҳбарларининг доимо эътиборида бўлишлари, теримчилар сонини кўпайтириш, пахта йиғим теримини жадаллаштириш борасида вазифалар белгилаб олинди.

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

24 Oct, 13:58


Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlovchi va ogohlantiruvchi yangi yoʻl belgilari oʻrnatilmoqda.

Bugungi kunda aholi zich joylashgan va transport vositalarining oqimi yuqori boʻlgan Olot tumani hududidagi yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, piyodalar va, ayniqsa, voyaga yetmagan shaxslar ishtirokida sodir boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, haydovchilarning hushyorligini oshirish maqsadida yangi yoʻl belgilari oʻrnatilmoqda.

Jumladan, mahallalardan oʻtuvchi ichki va davlat ahamiyatiga ega yoʻllarga Olot tuman yoʻllardan foydalanish davlat korxonasi xodimlari va ishchi xizmatchilari hamkorligida 60 dan ortiq harakatni tartibga soluvchi, ogohlantiruvchi, imtiyozli, taqiqlovchi va buyuruvchi hamda mahallalarning nomlanish belgilari oʻrnatildi.

Oʻrganishlar davomida belgilangan tartib-qoidalarga asosan oʻrnatilmagan, avtotransport vositalarining harakatlanishiga xalaqit beruvchi turli reklama bannerlari va boshqa jihozlar olib tashlandi.

Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan yoʻllarda harakatlanganda yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini soʻrab qolamiz.

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

24 Oct, 13:54


Terimchilar holidan muntazam ravishda xabar olinmoqda

Olot tumani paxta dalalarida yigʻim-terim mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Paxta dalalarida barcha agrotexnik tadbirlar tizimli amalga oshirilib, gʻoʻzaning serhosil, ertapishar, turli kasallik va zararkunandalarga chidamli va yangi istiqbolli navli gʻoʻza nihollari parvarishlandi.

Yurtimiz xirmoniga 7 ming 652 tonnadan ortiq "oq oltin" yetkazib berish yoʻlida tashkil etilgan terim otryadi aʼzolari tomonidan yigʻim-terim qizgʻin olib borilmoqda.

Bu borada, ixtiyoriy ravishda qoʻshimcha daromad topish maqsadidagi ish bilan band boʻlmagan mehnatga layoqatli aholi, koʻngilli terimchilar hamda fermer xoʻjaliklarining ishchilari paxta hosilini terib olishda faol ishtirok etmoqdalar.

Tuman rahbari ham muntazam ravishda terim jarayonlarining borishi bilan tanishib bormoqda.

Bugun tuman hokimi Nargiza Nematova ana shu maqsadda "Oʻzbekiston", "Guliston" hamda "Qirlishon" hududlaridagi dala maydonlarida boʻlib paxta terimi va terimchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ular bilan samimiy muloqot qildi.

Tuman hokimi dala maydonidagi ilgʻor terimchilar bilan suhbatda boʻlib ularga minnatdorchilik bildirib, ishlariga unum va baraka tiladi.

Oʻz oʻrnida, terim otryadlari masʼullari, fermer xoʻjaliklari masʼullari bilan boʻlgan suhbatda terimchilar uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlarni yaratish, xususan, terim pullarini oʻz muddatida toʻlanishini taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Rasmiy kanal

24 Oct, 11:23


⚡️Is gazidan ogoh bo‘ling!
Is gazi — hidsiz, ta’msiz va rangsiz. Xonadoningizdagi gaz jihozlari sozligiga va dudburonlar ishchi holatda ekaniga e’tiborli bo‘ling.
https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Расмий канал

20 Oct, 14:59


#пахта_2024
Туманимизнинг қай бир пахтазорларига қиё боқманг пахта йиғим-терми авж палласида.
Теримчилар холидан хабар олиш, уларни мунтазам рағбатлантириш ишлари ҳар бир ҳудудлар кесимида давом этмоқда.
"Бувижонлар мактаби" аъзолари ҳам пахта йиғим-теримида фаол иштирок этишмоқда. "Буржоқ" ҳамда "Дилкор" маҳалласининг бир гуруҳ теримчилари Муборак Қаландарова бошчилигида совға-саломлар билан рағбатлантирилди.
Шунингдек теримчилар билан дилдан суҳбат қурилиб, ишларига қут-барака тилаб дуога қўл очилди.
https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Расмий канал

20 Oct, 10:17


#пахта_2024

"Бунёдкор" маҳалласининг 45 нафардан ортиқ бир гуруҳ теримчилари "Қирлишон" ҳудудида пахта йиғим теримида фаол иштирок этишмоқда.

Орузигул Авлиёқулова: Пахтамиз оқ, кўнглимиз оқ, далалар кенг пахта бойлигимиз!

https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Расмий канал

20 Oct, 09:14


#пахта_2024
Мамлакатимизнинг барча ҳудудларида бўлгани сингари Олот туманида ҳам пахта йиғим-терими авж палласида.
Бугун туман раҳбари Наргиза Нематова "Баҳористон" ҳамда "Зарафшон" ҳудудларидаги "Ўлмасбек Махсудов" ва "Зиёдулло Лутфулло" фермер хўжаликларида бўлиб, теримчилар ҳолидан хабар олиб уларга совғалар улашди.
Пахта ҳосили вақтида ва тоза терилса, сифати юқори, олинадиган даромад салмоқли бўлиши аниқ. Бугун юрт равнақи, ҳосил тақдирига бефарқ бўлмаган ҳар бир фуқаро фермер хўжаликларига ҳар томонлама кўмаклашиш, ҳашарчилар иссиқ-совуғидан хабардор бўлиш керак, дея таъкидлайди туман раҳбари Наргиза Нематова.
Туман миқёсида пахтанинг ҳар бир ҳовучини исроф қилмасдан йиғиб олишда теримчилар меҳнати беқиёслиги таъкидланди.
Теримчилар билан суҳбат давомида баракали хирмон учун ҳисса қўшаётган ҳар бир теримчининг меҳнати алоҳида эътироф ва эътиборга муносиб эканини алоҳида тилга олди.
https://t.me/olottumani

OLOT.UZ | Расмий канал

20 Oct, 08:57


🌱 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda anor mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic  #export  #anor

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

OLOT.UZ | Расмий канал

20 Oct, 08:57


Saida Mirziyoyeva UZINFOCOMda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdi

@daryo_live

OLOT.UZ | Расмий канал

20 Oct, 08:41


#Saylov_2024