– Shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy rivojlanish. – Biznesga doir faktlar. – Eng yangi va sara video premyeralarini berib boruvchi professional kanal. http://Instagram.com/nurlimedia
The latest content shared by Nurli Media on Telegram
Nurli Media
13 Nov, 06:48
5,322
Hayotda yuqori darajalarga chiqish uchun ko‘p odam bilan kurashishingiz shart emas.
U yerda raqobat oz, chunki aksar odamlar oddiy hayot kechirishni tanlashadi.
@Nurlimedia
Nurli Media
09 Nov, 15:28
6,755
Nega va qanday qilib "nodon" odamlar yuqori va nufuzli lavozimlarga erishishadi?
Oldin bunday lavozimlarga erishishni tabaqaviy va kastali tizim belgilagan bo'lsa, hozir esa prestijli oliygohlar diplomiga ega bo'lganlar yuqori lavozimlarga ega bo'lishadi, hatto ularning haqiqiy bilim va ko‘nikmalari yetishmayotgan bo‘lsa ham.
Ana o‘sha "nodonlar" xarizma va notiqlik mahoratiga ega bo‘lib, o‘zlarini malakali ko‘rsatib, bilimliroq odamlardan ham osonlik bilan o‘tib ketishadi.
— Aql va ayyorlik. Shunday qilib rahbar bo‘lishadi, shekilli.
@Nurlimedia
Nurli Media
14 Oct, 12:26
7,676
🔹 Umid qilmang 🔹
E’tibor berganmisiz, umid qilgan sayin, kutganingiz ro‘yobga chiqmasa, o‘zingizni juda yomon his qilasiz?
Umid qilmaslikka harakat qiling, shunda hech qachon hafsalangiz pir bo‘lmaydi.
Bu, albatta, hamma narsaga jim qarab turish degani emas. Realist bo‘ling va o‘zingizning ustun taraflaringizga e’tibor qarating.
Birovlarning yordamiga umid qilib, ish boshlamang. 🌟
@Nurlimedia
#Hayot #Umid #Realizm
Nurli Media
10 Sep, 12:11
8,434
😩O'zingni yomon his qilgan vaqtingda mana bu Coca-Cola haqidagi faktni esla.
Hech qachon taslim bo‘lma!
Coca-Cola dastlabki yilda atigi 25 ta shisha sotilgan.
Hozir esa Coca-Cola dunyodagi eng mashhur brendga aylangan, 7.5 milliard kishi bu nomni biladi, ya’ni yer aholisining 94 foizi.
Ma’no shundaki, orzular sari yo‘l oddiy emas. Ba'zida hammasini tashlab ketging kelishi mumkin, lekin bilgin, agar taslim bo‘lmasang, o‘zinga bo‘lgan ishonching va intizomingni mustahkamlasang, albatta muvaffaqiyatga erishasan!
#HechQachonTaslimBolma #Ishon
@Nurlimedia
Nurli Media
27 Aug, 07:40
7,656
Qanday qilib shrift jinoyatni fosh qildi?
2016-yilda Mossack Fonseca huquqiy firmasi orqali tarqalgan "Panama hujjatlari" butun dunyo bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu hujjatlar ko‘plab siyosatchilar, jumladan, Pokiston bosh vaziri Navoz Sharifni ham noqonuniy moliyaviy faoliyatlarda ayblashga olib keldi.
O‘sha hujjatlarda Sharifning oilasi Londonning markazida bir nechta qimmatbaho uylarga va offshor hisob raqamlariga ega ekani ko‘rsatilgan edi.
Bosh vazirning qizi o‘z oilasining bu ishga aloqasi yo‘qligini isbotlash uchun 2006-yilga oid hujjatlar taqdim etdi. Ammo bu hujjatlar orasida bir kichik, ammo juda muhim detali bor edi: hujjatlar Calibri shriftida yozilgan edi, bu shrift esa odatiy kompyuter foydalanuvchilari uchun faqat 2007-yilda mavjud bo‘lgan.
Shu tarzda, oddiygina shrift siyosiy arbobning firibgarlikka aloqadorligini fosh qildi.
🖇 Tafsilotlarni payqash va ularni to‘g‘ri talqin qilishni o‘rganing.
@Nurlimedia
Nurli Media
18 Aug, 09:59
7,449
Asalomu aleykum, biz bilan qolganinigiz uchun katta rahmat.
Nasib qilsa, bundan buyog‘iga siz, jamiyatimiz hamda odamlarning rivojlanishiga oid video, audio hamda matn ko‘rinishida turli materilalar berib boramiz.
Bugungi videomiz “Kryuger effekti” deb nomlanadi.
Ushbu videoni ko‘rib, xulosalarni izohlarda yozishingiz mumkin.
A’zo bo‘ling: @Nurlimedia
Nurli Media
18 Aug, 09:55
6,635
Biz qaytmoqdamiz...
Nurli Media
09 Apr, 00:09
13,775
🔎 O'lchash va boshqarish
Insonning xatosi sub'ektiv tajribaga tayanishidir. Hissiyotlar aldamchi. Siz biroz oldinga siljib ketyapman deb o'ylashingiz mumkin, lekin aslida vaqt sizdan tez o'tib ketmoqda.
Iqtisodchi va menejment nazariyotchisi Piter Druker "siz o'lchay olmaydigan narsani boshqara olmaysiz",-degan edi.
Nimani boshqarmoqchisiz? Moliya, martaba, sog'liq? Ma'lumotlar barcha muhim sohalarda to'planishi mumkin. Va bu ma'lumotlar tufayli zaif tomonlarni tahlil qilish, xatolarni tuzatish va traektoriyani sozlash mumkin bo'ladi.
Faqat hayotingizni nazorat qilish sizga kerakli natijani beradi, tartibsizlik hech qachon yaxshi narsalarga olib kelmagan.
Agar sizni qiziqtirgan bo'lsa "👍" qo'ying.
@Nurlimedia
Nurli Media
06 Apr, 13:45
10,797
Parkinson qonuni
Agar bir ishni qilish uchun bir yil muddat berishsa, buning uchun butun bir yil yoki hattoki bir umr ketishi mumkin. Ushbu qonunning xulosasi shuki, biror narsani bajarish uchun sizda vaqt qanchalik ko’p bo'lsa, uni tugatish uchun shuncha vaqt sarflaysiz.
Shuning uchun nima qilish kerak? Ushbu videoda, albatta, savollaringizga javob topasiz. Hoziroq tomosha qiling.
To‘liq video: https://youtu.be/gbNkkM93_Vg
Nurli Media
29 Mar, 10:52
11,400
Nihoyat, Nurli Mediada yangi video chiqdi!!!
Ushbu video sizga kun tartibingizni qanday qilib tashkil qilishni o‘rgatadi.