📣 2022-yil 18-dekabr kuni o‘tkazilgan fizika va kimyo fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube