🌺@No_Noshka🌺 @no_noshka Channel on Telegram

🌺@No_Noshka🌺

@no_noshka


Honadoningizdan hamisha gullar ifori taralib tursin!!!
Hurmat bilan “Nonoshka” kanalining Admini🌹🌹🌹

🌺@No_Noshka🌺 (Uzbek)

Honadoningizdan hamisha gullar ifori taralib tursin! Hurmat bilan “Nonoshka” kanalining Admini gullar bag‘ridagi eng yangi yangiliklarni sizga taqdim etadi. Bu kanal siz uchun gulli rasmlarni, qiziqarli faktlarini va gullar haqida eng so‘nggi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan joydir. Agar siz gullarni sevib, ular haqida yangi narsalarni o'rganishni istasangiz, “Nonoshka” kanali siz uchun eng maqbul manzil bo‘ladi. Qiziqarli faktlar, o‘ylab ko‘rish uchun gulli suratlarni ko‘rish, va ko'plab gulli yangiliklar uchun @No_Noshka kanaliga obuna bo‘ling va gullar bilan qiziqarli dunyo bo‘yicha yengil fikrlashni boshlang!

🌺@No_Noshka🌺

29 Dec, 15:13


Ўрис бўлдик русдан зиёда,
Муслим бўлдик арабдан ортиқ.
Бирни топсак ёруғ дунёда,
Ўн каррани қилганмиз тортиқ.

Ичдик, чекдик, шўро юртида
Ўздик барча оғалардан ҳам.
Юзсизликдан ошмасак бўлди
Европалик тоғалардан ҳам.

Эркин ВОҲИДОВ

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

27 Dec, 15:52


Assalomu alaykum Nonoshka kanalining hurmatli a'zolari 🌹

Uchta darslikni qayta-qayta o'qib chiqing! Chunki, hona gullarining asosiy parvarishlashning bir qismiga aynan ozuqa va dorilash kiradi, buningsiz iloji yo'q! Ayniqsa, hozirgi bizga kirib kelayotgan "chet el xo'rozqandlari"ni bunga ehtiyoji bor.
Balki, kimdadir norizolik paydo bo'lar: "Ilgari xona gullari shundoq ham o'sardi, bundoq ham o'sardi"- degan, lekin ilgari bunchalik gibrid, noyob va chetdan keltirilgan gullar bo'lmagan, bundan tashqari ekologiyani ham hisobga oling!!!
O'zimizni jaydari gullar bilan privaznoy gullarning talabida farq juda ham katta, tuproq tarkibidan tortib, ozuqasigacha!
Xullas, "tushuntira oldim"-deb umid qilaman!

Allohim hayrli va manfaatli qilsin 🤲

Hurmat bilan Admin 🌹

🌺@No_Noshka🌺

27 Dec, 15:52


Hona gullari uchun mo'ljallangan ozuqa va dorining farqi nimada⁉️
1-qism!

Ozuqa‼️

Gullarni jadal, sog'lom va chiroyli o'sishida eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kimyoviy ozuqaning asosi:
N-azot (bargi uchun)
P-fosfor (guli uchun)
K-kaliy (immunitet uchun)
Bundan tashqari: temir, magniy, kalsiy, bor, med, marganes, sink kabi qo'shimcha minerallar majvud.

Ozuqalar gulning turiga qarab taqsimlanadi. Gullaydigan gullar uchun P(fosfor) foizi ko'pidan ishlatilsa, Dekorativ bargli gullar uchun N(azot) foizi ko'pidan ishlatiladi. K(kaliy) esa immunitet uchun hizmat qiladi va hamma gullarga beriladi. Ozuqalar o'sish davrida ikki haftada bir berilib, uyqu davrida berilmaydi, kuchli uyqu davri kuzatilmaganda, oyda bir marta berilishi kerak bo'ladi.
Mineral qo'shimchalar esa birgalikda beriladi. Shunday kompleks ozuqalar bor-ki, hammasi bittada jamlangan bo'ladi. Masalan: Kristalon, Kemera lyuks, NPK, Agrikola, bu ozuqalarni gul do'konlardan va vet aptekadan topsangiz bo'ladi‼️

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

27 Dec, 15:52


Hona gullari uchun mo'ljallangan ozuqa va dorining farqi nimada⁉️
2-qism!

Dori‼️

Davolovchi ta'sirga ega bo'lib, gullar ildizdan va bargdan kasallanganda, zararlanganda hamda hasharotlarga qarshi kurashish uchun foydalaniladi.
Dorilar asosan ikki turga bo'linadi:
Fungidsid- zamburug'ga qarshi preparat bo'lib, buning ham turlari ko'p. Asosan ildiz chirishida, fitoftaroz, antraknoz, xloroz, bargdagi jigarrang dog'lar, zang kasalligida ishlatiladi. Nomlari har-xil bo'lgani bilan, asosi "Fungidsid"-deyiladi. Masalan: Fundazol, Fitosporin, Topaz, Sporagin va hokazo.

Hona gullariga mo'ljallangan dorilarni gul do'konlardan va vet aptekadan topsangiz bo'ladi‼️

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

27 Dec, 15:52


Hona gullari uchun mo'ljallangan ozuqa va dorining farqi nimada⁉️
3-qism!

Dori‼️

Insektoakarasid- Sistemali dori vositasi bo'lib, barcha parazitlar, hasharotlar, barg kasalliklarida ishlatiladi. Jumladan: Tlya (shira kasalligi), tripsi, klesh (паутинный клещ), har-xil uchar hasharotlar, cho'molilar, tuproqdagi qurt-qumursqalarga qarshi kurashadi. Masalan: Nurrel, Vertimek, Fitoverm va hokazo. Shu joyda ahamiyatli bo'ling!!! Aynan sistemali doridan oling, chunki odatda, insektisid alohida, akarasid alohida tarkibda bo'ladi. Bu dorilarni bir qismi tripsiga qarshi ko'rashsa, kleshga kuchi yetmaydi yoki aksincha bo'ladi. Shuning uchun aynan "insektoakarasid" harid qiling!!!

Hona gullariga mo'ljallangan dorilarni gul do'konlardan va vet aptekadan topsangiz bo'ladi‼️

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

26 Dec, 06:30


Nimani sindirsang ham, ko'ngilni sindirma!
Chunki, inson uchun eng og'iri, o'z siniqlarini o'zi terib olishidir...

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Dec, 16:56


"Operatsiya muolajasi" darsligi📝

Tuproq asosi:
Koko torf,
Verxovoy torf,
Perlit,
Vermakulit.
Drenaj qismida: keramzit, ugol, mix.

Margansovkada 15daqiqa tursa yetadi‼️
Stressga tushish, ildizda nekroz, chirish kabi muammolar boshlangan gulga odatda "operatsiya" muolajasini tavsiya qilar edim. Mana sizga o'sha muolajani video varianti. Allohim hayrli qilsin🥰🤲

P/s: "Skidaka"dagi Aglaonema guli bilan "kelishib ketish" nasib qilsin😅

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Dec, 12:54


Hona gulining ildiz chirishiga asosiy sabab nima⁉️

Ildiz bilan bog‘liq muammolar “noto‘g‘ri va noo‘rin sug‘orish” sabab yuzaga keladi. Ya’ni:

Tuproq nam bo‘lsa ham, ustma-ust sug‘orish. Bunda namlik uzoq muddat saqlanib qolish oqibatida ildiz sistemasida zamburug‘ (грибок) rivojlanadi va bu asta-sekin chirishga sabab bo‘ladi.

Noto'g'ri sug'orish, ya'ni ko'p hollarda "chiritib qo'may"- degan hadik ostida, yarim piyola suv beradigan Gulsevarlarimiz bor, natijada, ildizning yarmi siv ichib, yarim qirish hisobiga nekrozga uchraydi va shu joyidan ildiz ishdan chiqadi, natijada "quruq chirish" boshlanadi.
Davosi:
Suv berishda tartibli bo‘ling, tuproq qurigach, to'yintirib sug'oring va suv harorati iliq, mu’tadil bo‘lsin. Kasallik rivojlanib bo‘lgan bo‘lsa, fungidsid preparati haftada bir marta beriladi. Taxminan 2-3marta. Agar chirish o‘tib ketgan bo‘lsa, ildiz ochilib, oqar suvda yuvilib, operatsiya muolajasi qilinadi va o‘ta yorug‘ joyga qo‘yiladi‼️

Hurmat bilan Admin🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Dec, 04:17


Amallar asling qandayligini tasdiqlaydi,
so'zlarda esa hamma "Faylasuf"dir.

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

24 Dec, 16:36


Hona guli parvarishidagi “Oltin besh qoida”📝

🔗Hamisha yorug‘lik ta’minlansin! Gul sizga yoqadigan joyda emas, balki o‘ziga yoqadigan joyda turishi kerak‼️

🔗Suvni tuproq qurishiga qarab, to‘yintirib sug‘oriladi. Tuvakdagi butun tuproq to‘liq namlanganiga ishonch hosil qiling. Bu holat ildiz o‘zaklari namlikni yetarlicha singib oladi va muammosiz o‘sishini ta’minlaydi‼️

🔗Har qanday hona guli ozuqaga muhtoj, lekin saviyali ozuqa esa uni yanada chiroyli rivojlanishiga zamin yaratadi. Gulning kelib chiqishi, qaysi oilaga mansubligi va tuproq tarkibining ishqoriy darajasiga qarab  ozuqa tanlanadi‼️

🔗Tuproq eng asosiy omil hisoblanadi. Imkon qadar sifatli, uqalanuvchan, unumdor tuproq tanlanadi. Ishlatilgan tuproqlar, ya’ni eski biror gulning tuprog‘i boshqa bir gulga ishlatilmaydi, sababi, bu tuproqda hech qanday unumdorlik qolmaydi‼️

🔗Tuvak!
Hech qachon kichik gullar juda katta tuvakka ekilmaydi‼️

Hurmat bilan “Nonoshka” kanalining Admini🌹🌹🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

24 Dec, 16:36


Hona guli parvarishidagi “Oltin besh qoida”‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

23 Dec, 15:36


Инсон ёлғиз туғилади. Ёлғиз ўлади. Ёлғиз қарийди. Ёлғиз касал бўлади. Ёлғиз ғам-алам чекади. Ташвишларни ёлғиз кўтаради. Аллоҳга ёлғиз ўзи йўлиқади.

Бир-биримизга йўлни енгиллатишдан бошқасига ярамаймиз..

Доктор Мустафо Маҳмуд

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

22 Dec, 17:19


Filodendron Billietii❤️

Kolleksion sortlardan, bargini qalinligi va ajoyib shakli bilan ajralib turadigan Filodendron turlaridan biri.
Bu gul bilan ancha hayot uchun kurashganmiz, qo'limga ikta bargi bilan, nochor ahvolda kelgan. Lekin, Allohga shukr, juda hayotni sevadigan hona gullaridan ekan, bosqichma-bosqich tuzalib, odatiy hayotga qaytdi🥰

P/s: "Xuuuush... Endi biroz maqtansam?!
"Механизация, цивилизация, вулканизация"- degandek, Men ham vanihoyat Hona gullarim uchun mo'ljallangan "аксессуар"lardan olib, avvalo o'zimni, keyin gullarimni xursand qildim, Alhamdulillah!
Qizig'i bilasizmi nima?! Shuuuncha yil gullarni parvarishlab, hech shunaqa narsalarga jiddiy ahamiyat bermagan ekanman. Ishoning, rossa mazza qildim. Yetkazganiga, loyiq ko'rganiga, risqlantirganiga shukr🥰"
Endi mazzzzza qilib, to'kib-sochib gullarni ekaversam bo'ladi, ayniqsa, videolarim endi "эстетично" chiqadi degan umidim yo'q emas😂‼️

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

22 Dec, 13:33


Hona gullari uchun Margansovka (марганцовка) muolajasi📝

Kuz-qish mavsumida ayni muddao bo‘lib, hona gullari uchun nihoyatda ajoyib “ichimlik”, chanqoq bostiga😉😅
“Margansofka muolajasi”ni profilaktika uchun oyda bir marta tavsiya etiladi. Bu bilan:
✔️Tuproqdagi qurt-qumursqa, zamburug‘-chirish, nematoda kabi ildiz muammolari bartaraf etiladi;
✔️Tuproq steril holatiga keltiriladi;
✔️Ildiz uchlari aktivlashadi va oqibatda ozuqalarni o‘ziga singdirib olishi kuchayadi;
✔️ Ildiz chirishini, shamollashini oldini oladi;

P/s: “Margansovkaning rangiga ahamiyat bering!!! Juda ham to‘qlashib ketmasin, bu xavfli! Kuyish oqibatlariga olib kelishi va gulni nobud qilishi mumkin. Rangi har doim och pushti bo‘lsin. Sug‘oriladigan gulning tuprog‘i esa nisbattan quruqroq bo‘lishi lozim, ya’ni juda chanqab qolgan ham va juda nam holatda ham emas. Bu muhim jarayon”‼️

Hurmat bilan Admin🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

22 Dec, 13:32


Xlorofillipt 1%li spirt eritmasini gullaringizga qo‘llab ko‘rganmisiz⁉️

Bu eritma ajoyib antiseptik vosita, ayniqsa, kuz-qish mavsumida turli tuman bakteriya-parazitlarga qarshi kurashadi. Profilaktika uchun haftada bir marta gullaringizga sprey sifatida qo‘llab turing. Asosiysi atrofdagi yaqinlarigizga ham zararsizdir!

Xullas, tavsiya qilaman...!

Hurmat bilan Admin🌹🌹🌹

Ps: 1osh qoshiq xlorifillipt+ 0,5litr suv‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

20 Dec, 03:45


Qiz bolani makoni bo'lmas ekan.

Qizlik chog'i "otasinikida"...
Turmush qurgach, "erinikida"...
Ona bo'lsa, "farzandinikida"...!

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

19 Dec, 14:35


Nima uchun Hona gulini boshqa tuvakka o‘tkazgandan keyin “ochiq dush” qilinadi⁉️

Yangi tuvakka ekilganidan keyin gulning ildiz sistemasida havo qolib ketishi mumkin, bu esa ildiz sistemasini tuproq bilan “chiqisholmay qolishiga” olib keladi. Oqibatda, ba’zi gullarda so‘lib qolishiga, stressga tushishiga, yangi tuvakka moslashib ketmasligi sabab bo‘ladi.
Yangi ekilgan gulni “ochiq dush” qilganimizda, tuproqdagi ortiqcha havolar chiqib, ildiz va tuproq o‘zaro zichlanib olishadi.
Xullas... “Gullar boshqa tuvakka ekilganidan keyin bitta cho‘miltirib qo‘ying ‼️

Hurmat bilan Admin🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

19 Dec, 14:35


Nima uchun Hona gulini boshqa tuvakka o‘tkazgandan keyin “ochiq dush” qilinadi⁉️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

19 Dec, 06:01


Yaproqsiz qoldim, deb tanangni kestirma. Zero, oldinda bahor bor.

© Mavlono Jaloliddin Rumiy


@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

18 Dec, 09:45


Juda ko'pchilik Gulsevarlarimiz orasida berilgan savol⁉️
"Malochay Mila gullaringiz gullab tursa ham ochiq dush qilaverasizmi va bu guliga sa'lbiy ta'sir o'tkazmaydimi"

Javob:
"Malochay Mila gullarim gullash davrida bo'lsa-bo'lmasa, baribir ochiq dush qilaveraman va bu guliga mening nazarimda shu kungacha yomon ta'sir o'tkazmagan. Ikki haftada bir marta cho'miltirib turaman. Suv harorati 40-45°C atrofida bo'lishi kerak‼️"

Hurmat bilan Admin🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

17 Dec, 14:18


Men sukut saqlaganimdan hech qachon afsuslanmadim, lekin gapirib qo'yib, ko'p marta afsuslandim...

Umar ibn Hattob r.a.

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

28 Nov, 05:03


Unutma, inson dunyolarga hokim bo‘lar, lekin har doim kichkinagina qalbga asirdir...

©Jaloliddin Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Nov, 09:15


Uy sharoitida gullashi noyob hodisadir‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Nov, 09:15


Honadoningizdan hamisha gullar ifori taralib tursin!!!

Hurmat bilan “Nonoshka” kanalining Admini🌹🌹🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Nov, 09:15


Antraknoz (zamburug‘) kasalligi👆
Bunday holatda faqat fungidsid yordam beradi‼️
Lekin ba’zi holatda tabiiy ravishda barg to‘kadi, ya’ni joyi o‘zgarsa, qishda yorug‘lik yetarli bo‘lmasa, bu u qadar qo‘rqinchli emas‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Nov, 09:15


🍀Psevdoerantemum🍀

Kasallik va Davolash💊

Psevdoerantemum o'ziga xos gullar sarasiga kiradi, ya'ni tez o'sishini hisobga olgan holda, tez-tez ustki shoxlarini kesish tavsiya etiladi. Bu muolaja gulni har tarafdan shoxlab, go'zal bo'lishini ta'minlasa, yana bir ijobiy tarafi, kasallikka chalinishini oldini oladi. Bu gul barglarida kuzatiladigan kasalliklar, noto'g'ri parvarishdan, gulning immun tizimining tushib ketganidan, yorug'likning yetishmaganidan, haroratning o‘zgarib turishi va kerakli ozuqalarning yetarlicha berilmaganidan kelib chiqadi. Kasalliklarni turi juda ko‘p, lekin davolash va muolajalari deyarli bir xil. AKARISID va INSEKTISID yordamida davolaniladi. Ildizda esa deyarli muammo kuzatilmaydi‼️

@No_NoshKa

🍀Psevdoerantemum🍀

KO'PAYTIRISH🎋
Erta bahor oyida ustki shoxlaridan kesilib, suvda yoki teplichkada ildiz ortirsa bo'ladi. Psevdoerantemum tez ildiz otadigan gullar qatoriga kiradi.

1-usul: Suvda ildiz ortirish uchun ustki shoxidan 10sm kesilib, ildizlatish uchun maxsus tayyorlangan suvga solinadi, ya'ni 1stakan qaynatib sovutilgan suv + 1ta ugol tabletka + 1gr kornevin poroshogi. Suv xiralashishi va aynishiga qarab, yangilaniladi.

2-usul: Teplichka usulida ildiz ortirish uchun, kesilgan shoxi kornevin poroshogiga botirib olinadi va nam holdagi torf + vermikulit aralashmasiga ekiladi. Ustidan banka, baklashka, paket yopiladi yoki konteynerga joylanadi.
Ildiz otish jarayoni yangi barg chiqarguncha davom etadi.‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Nov, 09:15


Psevdoerantemum tez kunda ildiz chiqarishi taqsinga sazovordir‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Nov, 09:15


🍀Psevdoerantemum🍀

YORUG'LIK va HARORAT☀️
Qish kunlari soat 11:00gacha quyosh va yorug' joy kerak. Kunlar isishni boshlaganda esa ochiq havoga chiqariladi va to'g'ridan-to'g'ri quyoshdan himoya qilish zarur.
Psevdoerantemum havo harorati va namligiga o'ta talabchan emas. Qish kunlari 16-25°Cda yaxshi o'sadi. 10°Cdan past haroratga tushmasin. Yozda ochiq havo va yelvizaksiz joyda yaxshi o'sadi‼️

@No_NoshKa

🍀Psevdoerantemum🍀

SUG'ORILISH💧
Bu gul suvsevar gullardan hisoblaniladi, lekin har narsada me’yor bo‘lganidek, tarelkasida ortiqcha suv to‘planmasin! Asosan qish kunlari tuproq ustki qavati quruq bo'lsagina suv beriladi. Bahor va yoz oylarida esa qattiq chanqatishga yo'l qo‘yilmaydi. Berilayotgan suv iliq va mayin bo'lsin, bu ildiz kasallanishini oldini olib, zamburug’ va xlorozdan profilaktika bo‘ladi‼️

@No_NoshKa

Psevdoerantemum🍀

SPREY (suv purkash)🚿
Namlikni sevadigan gullardan hisoblaniladi. Bahor-Yoz oylarida har kuni tong saxarda va kechki salqin tushganda sprey qilish tavsiya etiladi.
Uyga olib kirilganda, xona haroratiga qarab, sprey qilinadi. Agar salqin bo'lsa, suvni uzoqdan, shunchaki havoni namlantirish uchun purkalsa, isituvchi batareyalar yoqilganda esa odatdagidek sprey qilinadi‼️

@No_NoshKa

🍀Psevdoerantemum🍀

OZIQLANTIRISH🍌
Bahor, yoz va kuz fasllarida haftada 1marta Azoti va fosfori teng miqdorida ozuqa berilib, qishgi mavsumida oziqlantirilmaydi.
Bargiga Kemera lyuks bilan sprey qilish foydali. Pivo yoki banan bilan bargi artilsa, nihoyatda yaltirab, sog'lom ko'rinishga ega bo'ladi.‼️

@No_NoshKa

🍀Psevdoerantemum🍀

DAM OLDIRISH (Pakoy)🍃
Pakoy davri deyarli kuzatilmaydi, faqatgina noyabrdan fevral oyigacha rivojanlishi salgina pasayadi, shuning uchun suv kamaytirib beriladi. Eng katta talab qilinadigan narsa bu, ertalabki quyosh va yorug'likni ta'minlashda. Shunda barg to'kishi nisbattan kamroq yuzaga keladi. Erta bahorda esa uyg'onish davri hisoblanib, tuvakka o'tqazish va ko'paytish kabi ishlarni bajarish mumkin. To‘g‘ri parvarish qilinsa gullaydi, lekin uy sharoitida gullashi noyob hisoblaniladi‼️

@No_NoshKa

🍀Psevdoerantemum🍀

TUVAKKA O'TQAZISH (peresadka)🎍
O'sishiga qarab, har yili o'zini tuvagidan 2sm kattarog'iga o'tqaziladi.
Agarda yangi tuvakka o'tqazishga hojat bo'lmasa, albatta tuproq ustki qatlamini 3smga yangilash zarur.
Iloji boricha ildiz butunligini buzmang‼️

@No_NoshKa

🍀Psevdoerantemum🍀

Tuproq tarkibi:
1. Qum 10%
2. Biogomus 35%
3. Aplika yoki sholi puchog'i 10%
4. Xazon yoki torf 35%
5. Sifatli yer tuproq 10%
QO'SHIMCHALAR:
Vermikulit
Perlit
Kul

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Nov, 09:15


Psevdoerantemum‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

24 Nov, 06:27


Shu gapni yozmasam, ichimdan toshib ketadi-eeey😂

Baraka topgur shu uchta "shaxs"ga murojaatim bor:

-Nonoshka kanalida sizga na biror bir mavzu, na biror bir natija qiziq bo'lmasa, unda shu kanalda nima bor sizga yoki Manga o'xshab "tozzza bekorchimisizlar"-aaa🧐⁉️

Hurmat bilan Admin 🌹

🌺@No_Noshka🌺

24 Nov, 06:16


Онам, "сулиб бораяпман"- деманг, адо буламан...

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

22 Nov, 14:28


Monstera Adansonii Variegated ♥️

Natija📝

Shu qadar tez natija bo'lishini rosti kutmagan edim, sababi, bu gul bilan tajriba qilishim ilk marotaba edi. Aslida, hammasi O'ziga tavakkal qilingan holda bajarilgan edi.
Alhamdulillah, natija 100%!!!.
Hatto-ki, eng kichkina bo'g'imchasi ham nish chiqarib, o'sish davriga o'tgani haqiqiy mo'jiza bo'ldi.
Alloh "bo'l...!"- desa bo'ladi, qolgan gumonlar esa bekor🥰

P/s: "Shu o'rinda bir gap:
"Endi chet ellik floristlarning ijod mahsulini ko'rib, hayratlanishga unchalik hojat yo'q, sababi, bizda ham mana shunday natijalar bora-bora ko'paymoqda Allohga shukr!
Bir so'z bilan aytadigan bo'lsam, "Floristika masalasida aaaancha o'sdik. Aytgancha, bizda bor ba'zi bir Hona guli turlari, hali uncha-muncha chet elliklarda bo'lmasa kerag-oooov😂"
Oshirib yuborgan bo'lsam uzr, biroz hazillashgim keldi xolos🥰‼️"

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

20 Nov, 11:41


Ikkovi uchun ham osmon bitta, ammo zog‘ning dunyosi boshqa, burgutniki boshqa.

©Jaloliddin Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

19 Nov, 15:06


Mening tajribamda Shefflera📝‼️

🌺@No_Noshka🌺

19 Nov, 15:06


Mening tajribamda “Shefflera”📝

Bu safar bitta o‘q bilan ikki quyonni mo‘ljalga olamiz, ya’ni, biri Shefflerani parvarishi bo‘lsa, biri bir nechta gulni bitta tuvakka ekib, o‘ralishi (косичка) haqida bo‘ladi.

Tuvakda o‘stiriladigan, barglarining shakli ajoyib, to’g‘ri sharoit yaratilsa, o‘ta beozor bo‘lgan honaki gullardan biri bu Shefflera gulidir.
Bugungi so‘zlab bermoqchi bo‘lgan Shefflera gulimga ikki yil bo‘lgan. To‘g‘rirog‘i Sheffleralar... Bitta tuvakda uch xil turdagi Shefflera bo‘lib, bitta oddiy va ikta oq dog‘li (пёстрый) turlari ekilgan. Ulardan bittasini o‘zim teplichka yordamida ildizlatgan bo‘lsam, qolgan iktasini kichiklidan (детка) olganman.
Xullas, bu “uch og‘a-ini botirlar”ni bitta tuvakka ekdim. Bo‘yiga o‘sgani sari, bir-biriga o‘rab (косичка), kapron mato yordamida bog‘lab chiqqanman. Yaqinda bog‘langan joyini yangiladim, ya’ni yana ham teparoqdan bog‘ladim. Sheffleralarning pastki qismi o‘sha bergan formaga qarab o‘sgani va shu shaklida qotgani uchun kapronga hojat qolmadi. Endi navbat yanada yuqoridagi shoxlarni bog‘lashga...😉
Ishonsangiz agar, shu ikki yil davomida umuman Shefflera bilan muammoga uchramadim.
Shefflerada asosiy to‘rtta qoida mavjud. Agar shularga to‘liq amal qilsangiz, marra sizniki. Hech qiyinchiliksiz chiroyli va ko‘rkam honaki gulga ega bo‘lasiz. Ya’ni:

✔️Albatta ertalabki tikka quyosh ko‘rsin va hamisha yorug‘ deraza tokchasida tursin! (Aks holda, barglarini orasi siyrak, nimjon va kasalliklarga chalinuvchan Sheffleraning egasi bo‘lib qolaverasiz);

✔️Suv berishni tartibga soling! Tuproq usti to‘liq qurigach sug‘oriladi. Uzoq muddatga tuproqdagi namlik ketmasa, ildizi chirib, barglariga jigarrang va qora dog‘ tushadi. Agar ildiz asosi chirib tushsa, afsuski Shefflerani hayotga qaytarib bo‘lmaydi. (Reanimatsiyani ham foydasi yo‘q);

✔️Ozuqa! Haftada bir marta!
Shefflera kimyoviy ozuqalardan ko‘ra, organikani yaxshi hazm qiladi. “O‘zimizni jaydari gulimiz”- desak ham bo‘laveradi. Ya’ni go‘ng sharbati (oyda bir marta) yoki o‘sha chirigan go‘ngni har 3oyda tuproq ustiga oz miqdorda solib, yumshatib qo‘yiladi. Banan va tuxum nastoykasi, kompotlar, qo‘shimcha tabiiy ozuqalar hammasi Shefflera uchun koni foydadir. (Ammo, asalni ham ozi shirin! Yodingizda bo‘lsin!);

✔️Tuproq! Tuprog‘i unumdor bo‘lishi kerak. Asosini:
Biogomus;
Qum;
Yer tuproq;
Hazon chirindisi;
Apilka yoki sholi po‘stlog‘i
Ozgina torf
tashkil qilishi kerak. Tuproq biroz zichroq bo‘lishi bilan bir qatorda, uqalanuvchan ham bo‘lsin;

Qo‘shimchasiga albatta barglarini toza tuting, cho‘miltirib turing.
Ana shu qoidalarga to‘liq amal qilinsa, Shefflerada umuman kasalliklar yoki o‘sishda to‘xtab qolishlar kuzatilmaydi‼️

Honadoningizdan hamisha gullar ifori taralib tursin!!!

Hurmat bilan “Nonoshka” kanalining Admini🌹🌹🌹

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ

🌺@No_Noshka🌺

19 Nov, 15:06


Barglarining orasi zichligiga ahamiyat bering👆
Bilingki, buni barchasi ertalabki quyosh va yorug‘likning karomatidir‼️

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ

🌺@No_Noshka🌺

19 Nov, 15:06


Mana o‘sha “uch og‘a-ini botirlar”😅
Agar sizda ham kosichka qilish fikri bo‘lsa, imkon qadar bir xil o‘lchamdagi gullarni oling va eng asosiysi ular anchagina kichik yoshda bo‘lsin. Shunda, bir-biriga moslashib ketadi. Bundan tashqari, yosh novdani o‘rash ham osonroqdir, chunki, ular ancha egiluvchan bo‘lishadi‼️

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ

🌺@No_Noshka🌺

19 Nov, 15:06


Honadoningizdan hamisha gullar ifori taralib tursin!!!

Hurmat bilan “Nonoshka” kanalining Admini🌹🌹🌹

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ

🌺@No_Noshka🌺

18 Nov, 14:20


Ko'rinishim va amalimga qarab, daraja bermang, axir siz Menga Robbim qanday qadar bitganini va o'rtamizdagi "munosabat" qandayligini bilmaysiz-ku!

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

18 Nov, 05:45


Bugenvilliya📝

Vaqt bilan sinalgan usul va natija!

Tuproq qismi:
Koko torf, perlit, verxovoy torf.
Tikka quyosh tushadigan derazada turdi‼️

Hurmat bilan Admin🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

18 Nov, 05:38


Shaxsiy tajriba📝

Bugenvilliya gulini boshqa tuvakka o‘tkazish va forma berish jarayoni👌
Universal tuproq.
Drenaj qismida:
banam po‘stlog‘i;
mix;
ugol tabletka‼️

P/s: “Bugenvilliyani ekilganidan keyin ochiq dush qildim. Bu tuproqdagi ortiqcha havo chiqib ketishini ta’minlab, ildiz bilan tuproqning birikib ketishiga yordam beradi va gulda stress holatini oldini oladi”!

Hurmat bilan Admin🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

18 Nov, 05:38


Bugenvilliya gulini qanday qilib, ham gulini, ham bargini bir vaqtda rivojlantirish mumkin.
Odatda, gullasa bargsiz qoladi yoki bargi bo‘lsa, gullamay qo‘yadi. Nima qilay

Javob:

Bugenvilliya asosan tikka quyosh nuri hisobiga gullab, jadal o‘sadi. Bu masalada ozuqani ham o‘z o‘rni bor. Shaxsan o‘zim organik ozuqalardan tashqari, “Xelat jeleza” oyda bir, “Kemera lyuks” kimyoviy ozuqasidan ikki haftada bir beraman. Bu ozuqa tarkibida azot (bargiga), Fosfor (guliga), Kaliy (immunittetiga) yetarli miqdorda. Oqibatda, bargi va guli o‘ziga xos tarzda rivojlanadi‼️

Hurmat bilan “Nonoshka” kanalining Admini🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

18 Nov, 05:35


Нима учун Бугенвиллия гуллашни бошласа, барги сарғайиб тўкилади

Жавоб:
Бугенвиллия гуллаганида барг тўкади, бу табиий жараён. Чунки, кучи гулига кетиб, баргига етмай қолади. Кўпроқ озиқлантириб туринг (кемера люкс ва органик озуқалар 10кунда бир), шунда кучи баргига ҳам, гулига ҳам етади. Жуда чанқатиб қўйманг ва устма-уст ҳам суғорманг, бу муҳим‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

18 Nov, 05:34


Бугенвиллия ҳақида қисқача гаплашамиз...

Бугенвиллияга торф шарт эмас (агар уйда ортиқчаси бўлса, шунчаки тупроқ майин ва енгил бўлиши учун қўшсангиз бўлади), чунки щелочной (ишқорий) баланси юқори бўлган грунтни яхши кўради. Биогомус, ҳазон чириндиси ёки верховой торфдан фойдалансангиз бўлади.
Бугенвиллияни гуллатишдаги асосий шарт бу тикка қуёш нуридир, жуда қуёшсевар ҳисобланади. Озуқада органикани ҳар қанақасига иштаҳаси зўр👍‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

17 Nov, 05:04


Onajonim...
Bugun sizni sog'indim, bag'rimga bosib, to'yib-to'yib yig'lagim keldi, chunki sizdan Otamning hidi keladi...

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

16 Nov, 05:43


Meni eeeng yaxshi ko'rgan video roliklarimdan biri❤️

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

16 Nov, 05:40


“Shaxsiy tajriba📝

Kraton parvarishida meni qiynagan narsa bu faqat va faqat barg kasalligi (паутинный клещ) bo‘ldi. Salgina e’tiborsiz bo‘lsam, darrov barg orqalarini egallab olgan bo‘ladi. Hozirgacha shu yoqimsiz holat bilan kurashaman.

Shu vaqt oralig‘ida Kraton parvarishida ma’lum bir qoidaga amal qilishni o‘rgandim, ya’ni:

✔️Quyosh ko‘rsin, o‘ta-o‘ta yorug‘ derazada tursin;

✔️Suvni kun sanab emas, barmoq bilan tekshirib keyin berilsin, chanqatmang;

✔️Jadal o‘sayotgan bo‘lsa, ozuqani berishda davom etish kerak;

✔️Sovuq havo va yelvizak Kraton uchun emas;

✔️Tozalikni juda-juda xush ko‘radi;

✔️Barglarning orqa qismiga katta e’tibor berish kerak, oyda bir marta insektoakarasid bilan sprey qilinadi. (parazitlar Kratonsiz yashamaydi nazarimda😐);

✔️Agar Kratoningiz issiq va juda yorug‘ joyda tursa, 40°li suv bilan tez-tez “ochiq dush” qilish kerak;

HAR DOIM ILIQ SUV BILAN SUG‘ORING‼️‼️‼️

Honadoningizdan hamisha gullar ifori taralib tursin!!!

Hurmat bilan “Nonoshka” kanalining Admini🌹🌹🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

15 Nov, 14:22


«Ўзимиздан»

Ер шарида бор эмиш,
Ажабтовур, кенг ўрмон.
Ниҳол ўнар беташвиш,
Ям-яшил, жаннатмакон!

Бир ёни кенг дарахтзор,
Гул яшнар бир ёнида.
Унда гўзаллик, бахт бор,
Ҳар вақт тинчлик измида.

Қуёш нурин сочарди,
Бор бўйича керилиб.
Сув беминнат оқарди,
Ҳар илдизга жон бериб.

Бир куни келди бало,
Бор қаҳрини аямай.
Бир қотил бўлиб пайдо,
Чопар дарахтни тинмай.

Ниҳоллар жони сарак,
Дарахтлар бўлди қурбон.
«Энди не қилмоқ керак?»
Савол чарх урар ғужғон!

Қари Эман умиди,
Эди ўрмон аҳлининг.
Эман аста сўради-
«Исми не ул разилнинг?»

Бир овозда дедилар:
«Болта эмиш, забардаст!
Темир тишлари чопар,
Барчани тенг қасдма-қасд»

Эман обдон сўради:
«Ҳайрон бўлманг сўзимдан.
Дастаси-чи, дастаси?»
Дедилар: «Ўзимиздан!»

«Ҳаёт ўзи савдогар,
Бордир оқ-у қораси.
«Ўзимиздан» бўлса гар,
Йўқдир бунинг чораси...»

"Тохир Малик" хикояси асосида.

Эльмира Вахобова.


@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

15 Nov, 05:28


Natija shuki, olam bir toqqa o‘xshaydi. Yaxshi yoki yomon so‘zingning aksi o‘zingga, faqat o‘zingga qaytadi. Men yaxshi gap aytgan edim, tog‘ yomon javob qaytardi deya olmaysan. Bu - imkonsiz. Chunki tog‘da bulbul sayrasa, aks-sado bo‘lib hech qachon eshak yoki qarg‘aning ovozi qaytmaydi. Aks-sado eshak ovozi esa, demak, bilgilki, bu yoqda hangragan ham eshakdir.

©Jaloliddin Rumiy


@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

14 Nov, 16:07


Mana bu darslikda esa Zamiokulkas gulining ildizida chirish kuzatilganda, "birinchi yordam" muolajasi yozilgan👆‼️

🌺@No_Noshka🌺

14 Nov, 16:04


Zamiokulkas❤️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

14 Nov, 16:04


🍀Zamiokulkas🍀
Har qanday sharoitga moslashadigan, beozor honaki gul hisoblanilanadigan, yorug' joyda o'sadigan (ertalabki birovga quyosh ko‘rsa, yomon bo‘lmas edi), ortiqcha parvarish talab qilmaydigan honaki guldir‼️
Qishda 12-25°Cda yaxshi o'sadi. 10°C dan pastga tushmasin. Issiq kunlarda, ochiq havoga chiqarish tavsiya etiladi, faqat elvizakdan pana qiling‼️
Suv chanqatibroq beriladi, ortiqcha suv nihoyatda xavfli. Kartoshkasini chiritib yuborishi mumkin. Sprey mumkin (lekin o‘ta zaruriy muolaja emas) yoki barglarini har kuni changdan tozalash va namlab tursa bo‘ladi.‼️
Barigidan, shoxidan va kartoshkasini ajratish yo'li bilan ko‘payadi‼️
Kasalliklarga o‘ta moyil emas, lekin barg kasalligi kuzatilsa, insektisid yordamga keladi. Ildiziga esa fungidsid‼️
Tuvakdan tuvakka o'tkazilganda, ildiz butunligi buzilmagan holda, eski tuvagidan 2sm kattarog‘iga o‘tqaziladi. Zamiokulkas tor tuvaklarni yaxshi ko‘radi‼️
Bahor, yoz va kuzda 2 haftada 1marta azotli ozuqa beriladi. Qishda berilmaydi‼️
Tuproq tarkibi:
Qum 10%
Biogomus 20%
Hazon 30%
Torf 20%
Unumdor yer tuproq 10%
Vermikulit va perlit 10%‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

14 Nov, 16:04


Ba’zida eski barglarida, sarg‘ayish kuzatiladi. Agar shu holatda, tuproq qismidan yangi nish urayotgan bo‘lsa, demak eski bargining sarg‘ayishi tabiiy holat hisoblaniladi‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

14 Nov, 16:04


Zamiokulkasning bargini sarg‘ayib, dog‘ tushishining 3ta sababi mavjud:
✔️Tuproqda namlik oshishi;
✔️Bargidagi “shitovka”;
✔️Quyoshdan kuyishi;
@No_NoshKa

✔️Namlik oshganda- ertalabki quyosh va issiqroq joyga olinadi va tuprog’i chanqatiladi. Tegi qurigach fungidsid beriladi‼️

✔️ Bargidagi shitovka- kir sovunda bargi yuvilib, Insektisid bilan obrabotka qilinadi‼️

✔️ Quyoshdan kuyish- bu holatda oftobdan pana qilinib, epin bilan sprey qilinadi‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

14 Nov, 16:04


Ildiz muammosi!
Sababi, yonidagi barg ham o‘zini sog‘lom ko‘rinishini yo‘qotib, bargi egilishni boshlamoqda‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

14 Nov, 16:04


Nima uchun ba’zida Zamiokulkas gulining ba’zi barglari ildiz otish uchun ekilganda, chirib ketadi⁉️

Ildizlash uchun mo‘ljallangan bargning to‘liq yetilganiga ishonch hosil qiling, yetilmagan bargda aktiv kurtaklar (почка) bo‘lmaydi, oqibatda esa kartoshka tuga olmay, chirib tushadi.
Yuqoridagi rasmga ahamiyat bersangiz, bargning tana bilan tutashgan qismida chiziqlar mavjud, bu esa aktiv kurtaklar borligidan darak beradi‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

13 Nov, 14:40


O'ylamasinlar bizni yiqildi, yoki cho'kdi deb! Boshqa bir bahor uchun barg to'kdik xolos...

©Jaloliddin Rumiy


@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

12 Nov, 14:45


Hona gullari uchun Anor mevasining po‘stlog‘i‼️

Bu ko‘pchilik uchun tanish ozuqalardan bo‘lsa, sira ajablanmayman. Sababi, anor po‘stlog‘idan tayyorlanadigan nastoyka Gulsevarlar orasida anchagina mashhur. Mayli, shunday bo‘lsa-da, yana bir bor eslatishni lozim topdim...

Xullas, bir nechta anor po‘stlog‘ini (2-3dona) 3litrli shisha idishga solib, ustidan qaynoq suv solinadi va bir kun davomida tindiriladi. Gullarning tuvak o‘lchamiga qarab, sug‘oriladi.
Bu nastoyka da’volovchi, oziqlantiruvchi va turli chuvlachang-parazitlardan xalos etuvchi hususiyatga ega, Ikki oyda bir tavsiya etiladi‼️

Honadoningizda hamisha gullari ifori taralib tursin!!!

Hurmat bilan Admin🌹🌹🌹

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ

🌺@No_Noshka🌺

12 Nov, 14:45


Soda! (Ozuqa sodasi)

Honaki gullar uchun yana bir ajoyib topilma bo‘lib, ko‘pgina kasalliklarni oldini olishda qo‘llaniladi. Jumladan, zamburug‘ kasalliklari: muchnistaya rasa, seraya gnil, fitoftaroz hamda tuproqdagi va bargdagi hasharotlarga qarshi antiqa vositadir.
Bundan tashqari, tuproqdagi shelochnoy balansni tiklaydi, ya’ni qattiq suv bilan sug‘orish oqibatida tuproq tarkibi xlor va zararli tuz ta’sirida kisliylik darajasi oshib ketadi. Oqibatda shelochnoy balans buzilib, gullarga katta zarar keltiradi!

Qo‘llanilishi:
5gr soda+ 5litr iliq suvda eritilib, nam tuproqqa quyiladi. Sprey qilinsa ham maqsadga muvofiqdir.
Oyda bir marta tavsiya etiladi!

Eslatma:
Soda ishqoriy hususiyatga ega ekanligini hisobga oling. Bu modda plastik hamda metall ta’sirida ishqorlanishi kuchayib ketadi. Shuning uchun sodali aralashmani shisha idishda tayyorlagan ma’quldir‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

11 Nov, 15:24


Sevgi tahorat kabidir.
Shubhalansang buziladi.

©Jaloliddin Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

10 Nov, 08:33


Menga ko‘p aytishadi:

-Sizda birorta gul nobud bo‘lmasa kerak, cho‘p tiqsangiz ko‘karadi-yaaa?!

Bilasizmi javobim nima:

-“Qirol Sher” multfilmida fillar qabristoni bor, xuddi shunday meni bisotimda “Gullar qabristoni” bor!
Biz xato va kamchiliklar, yo‘qotishlar sabab o‘samiz. Bir gulingiz nobud bo‘ldimi, biling-ki, bu sizga katta tajriba tashlab ketadi.  Unutmang, aynan xatolar bizni o‘stiradi.
“Yiqilmagan donishmand emas, yiqilib qayta turgan inson donishmandir”
Ketganga esa achinmang! Bu Allohga xush kelmasligi mumkin‼️

Hurmat bilan Admin🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

10 Nov, 08:17


Bir gunoh qilganingda darhol tavba qil!
Inson suvga tushgani uchun emas, suvdan chiqmagani uchun cho'kadi.

©Jaloliddin Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

10 Nov, 05:15


Shaxsiy tajribamdan “bir maslahat”📝

Ko‘rinishidan juda sog‘lom va ko‘rkam Aglаonema! Lekin...?! Birgina bargiga ahamiyat bering, orqaga buralishni boshlagan?!
Aglаonemani ba’zi turlariga xos bo‘lgan o‘ta yoqimsiz holat, ya’ni shira kasalligining ilk belgilaridan biri aynan shudir👆 (ko‘pchilikda kuzatilayotgan holat bo‘lsa, aslo ajablanmayman). Kuz-qish mavsumida va yopiq joyda Agleonemalar shiraga o‘ta moyil bo‘lib qolishadi. Videoni oxirigacha ko‘ring va bu muolajani oyda bir marta qilib turing. Ancha muammolarni oldini olgan bo‘lasiz.
“Aglаonemaga o‘zgacha mexr beradiganlar uchun foydali ma’lumot bo‘ldi”- deb, umid qilaman‼️

Hurmat bilan Admin🌹

Ps:Tabletka bo‘lagi yarim litr suvga solinib, to‘liq erib ketishi kerak!
Dori sifatida aynan "Искра"dorisini ushlatish shart emas, har qanday insektoaкarasiddan foydakansangiz bo'ladi. Paxtali diskka sepilgan suyuqlik esa oddiy antiseptik"‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

08 Nov, 14:39


Robbingga qarab:
-"Mening buyuk dardim bor" - dema!

Dardingga qarab: 
- "Mening buyuk Robbim bor" - degin...

©Jaloliddin Rumiy


@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

08 Nov, 06:16


Kuni kecha hamma hona gullarimning tuproq ustki qismini yangiladim, ba'zilarini boshqa tuvakka o'tkazdim, ba'zilarini esa yoshartirdim. Xullas, bu hafta ancha unumli bo'ldi Alhamdulillah🥰.

Biz qishga tayyormiz!

Bu muolaja gullar uchun juda foydali:
✔️Hona gullarini imkon qadar bir yilda 1-2marta tuproq ustki qismini yangilash zarur, sababi, yil davomida tuproq ishqoriy balansi buziladi, tuproq unumdorligini va kuchini yo'qotib boradi. Natijada bu gulga sa'lbiy ta'sirini o'tkazadi;
✔️Tuproq ustini ora-orada yumshatib turing, bu tuproqda havo yaxshi aylanishiga yordam beradi;
✔️Orada gullarni quyosh tomonga aylantirib turishni va yoshartirishni ham unutmaslik kerak;
Gullarga ham ko'pincha "Go'zallik saloni"ga borib turishiga ruxsat bering. Axir dunyoni go'zallik qutqaradi😅‼️

P/s: "Rostini aytsam, farzandlarimni maktab ta'tili paytidan foydalanib olmasam, boshqa payt kuchim yetmasdi😅🙈"

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

07 Nov, 16:33


«Амаллар- ниятга боғлиқдир»!!!

Қабристонда бугун одамлар гавжум,
Кўнглида минг ҳаёл эди ҳамманинг.
Ҳар ким ўз ҳолича қиларди ажрим,
Жанозаси эди, икки банданинг.

Биринчи тобутни қўйдилар аста,
Жаноза вақтида сўради Имом:
«Қандай банда эди ҳаётлигида,
Ҳалол яшаганми, бутмиди иймон?»

Биродари деди: «пана юрарди,
Лек, бахти бор экан пешонасида.
Жаннатий экан-ку, жони чиқибди,
Аллоҳ уйи масжид остонасида»!

«Эй воҳ»- деди ҳамма ҳайратга тушиб,
«Қандай яшаганин билмасак-да биз.
Аллоҳ бандасини мукаррам қилиб,
Жонин олибдирмиш қилибон азиз».

Иккинчи кафанга ўқиб жаноза,
Ҳалойиқдан яна сўради Имом:
«Буниси-чи, қандай бўлган овоза,
Нопокмиди ёхуд ҳалол батамом?»

Яқин биродари аранг сўз қотди:
«Иймонли, инсофли эди ошнамиз.
Қаранг, ишратхонада чиқибди жони,
Эҳ, қуриб кетсин бу пешонамиз».

Бир сасда дедилар: «Астағфурилло!!!»
Бу қандайин банда, кимнинг боласи?
Шайтон маконидан жон чиқса, илло,
Энди дўзахлардан келгай ноласи».

Қаранг, қозичилик қандайин осон,
Ҳар ким ўз ҳолича ҳаёл сурганди.
Шу фикрда ортга қайтди оламон,
Аслида ҳақиқат шундай бўлганди...

Худонинг уйида бехос ўлганнинг,
Пойабзал ўғирлаш эди шум мақсад.
Майишатхонада жони чиққаннинг,
Асли пок нияти эди насиҳат!

Кимнидир «жаннатий-дўзахий»- деманг,
Биз эмас, ҳаётнинг ўзи торози.
Банда тақдирига ҳукм ясаманг,
Аллоҳдан ўзгаси эмасдир қози!!!

Эльмира Вахобова!

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

07 Nov, 05:51


Boshiga musibat tushib, og‘ir kunlarni kechirayotgan insonga hadeb nasihat qilavermang.
Koyiyvermang, sabrsizlikda ayblamang...

Undan bir og‘iz “Qalbing nimani his qildi”, “Qalbingni holi qanday”,
deb so‘rang...?!

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

01 Nov, 05:47


Monstera Adansonii Variegated❤️

Bu gul mana shunday stress holatida qo'limga tasodifan (aslida hayotda tasodiflar bo'lmaydi😅) kelib qoldi. Noyob va "коллекционный" sort bo'lishiga qaramay, mendek "qo'li yugurgilab ketib qoladigan inson"ga bu shunaqa "shirin o'lja-ki"😂🙈... Rosti, mazza qildim👌👍.

Allohim hayrli va manfaatli qilib, yuzimni yorug' qilsin. Buyog'iga faqat kuzatamiz va kutamiz 🥰

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

31 Oct, 15:54


⁉️⁉️⁉️

🌺@No_Noshka🌺

31 Oct, 15:46


⁉️⁉️⁉️

🌺@No_Noshka🌺

31 Oct, 15:37


⁉️⁉️⁉️

🌺@No_Noshka🌺

31 Oct, 06:25


Allohim menga qalbim xohlaganini bermagin, u yolg‘ondir. Sen O‘zing yaxshi ko‘rganingni qalbimga joylashtir. Eng to‘g‘risi shudir.

©Mavlono Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

31 Oct, 05:33


“Qishgi mavsumda hona gullarini parvarishlash”.

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

31 Oct, 05:33


Qish mavsumida hona gullarini parvarishlash📝

✔️Sug‘oriladigan suv har doim iliq bo‘lsin;

✔️Gullarga suvni ertalab bering;

✔️Qishda gullar biroz chanqatibroq sug‘oriladi;

✔️Yorug‘lik o‘ta yuqori darajada bo‘lsin;

✔️Uyning haroratiga qarab, sprey qiling;

✔️Ozuqa cheklanadi (qishda gullaydigan va jadal o‘sadigan gullar bundan mustasno);

✔️Barg parazitlariga juda ahamiyatli bo‘ling, uy sharoiti ularga qulay muhit yaratadi;

✔️Zaruriyat bo‘lmasa, tuvakdan tuvakka o‘tkazish, shoxlash, kattaroq tuvakka olish kabi muolajalar o‘tkazilmasin;

✔️Shunchaki, gullarga dam bering va o‘zingiz ham bu muolajalardan dam oling‼️

Hurmat bilan Admin🌹🌹🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

30 Oct, 06:26


Qaygʻu chekma, ey jon!
Koʻra olganing, yura olganing, ushlay olganing, nafas ololganing naqadar baxt!

©Mavlono Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

29 Oct, 17:57


Singonium Vendlanda❤️

Nihoyatda nafis, bargi o'zgacha jiloga ega hona gullaridan biri. Rosti, shunchaki havasga, tomoshaga o'stirsa bo'ladi. Bu darajada antiqa bargni uncha-muncha hona gullarida uchratish qiyin, sababi, bargini tovlanishi bir dunyo😍
Yana bir bor qaytaraman: "Hayot Aglaonemadan iborat emas"😅

✔️Singonium teplichka holatida ildiz chiqargunicha turadi;
✔️O'ta yorug' va sovuqdan himoyalangan muhitda saqlanadi;
✔️Shu turishida boshqa sug'orilmaydi;

Allohim hayrli va manfaatli qilsin ☺️🤲

P/s: "Viderolikda Singoniumni bargiga yaxshilab ahamiyat bersangiz, uning noyob tuslanishini ko'rish mumkin"‼️

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

28 Oct, 17:18


Men hech qachon orzu qilmadim, doim duo qildim. "Umrim umringga nasib bo‘lsin"- deya..!

©Jaloliddin Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

28 Oct, 17:11


Zamiokulkas Zenzi❤️

"Ildiz qismi chirib qolgan Zamiokulkas guliga qanday muolaja qilishim mumkin⁉️"

✔️Oqar suvda ildiz sistemasi to'liq yuviladi, chirigan qismlari tozalanib, qoraygan joylari kesib tashlanadi;

✔️3%li Peroksid 50ml + 500ml suv aralashmasida bir hafta davomida saqlanadi. Suvi eskirishiga qarab, har kuni yoki kun ora yangilab turiladi;

✔️Bir haftadan keyin oddiy suvga solinadi;

✔️Turgan joyi juda ham yorug' bo'lishi, ertalab quyosh ko'rishi zaruriyatdir;

✔️Ora-orada suvi yangilab turish kerak;

✔️Chirish davri tugab, o'sish davrida kartoshga chiqarib, ildiz otganidan keyin doimiy tuproqqa ekiladi;

Eslatma:
"Saqlanadigan idish shishasimon (прозрачный) bo'lib, plastmas idish bo'lsin. Bu juda muhim hisoblanadi, sababi, plastmassa sovuq tortmaydi va gulda suv sovimaydi, oqibatda, shamollash yuzaga kelmaydi, natijada, aktiv pochkalar tezroq uyg'onadi.

Ildizi chirigan Zamiokulkasni qaytib tuproqqa ekmang, chirish yanada kuchayib, gulni nobud qilishi mumkin"‼️

Hurmat bilan Admin 🌹
@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

27 Oct, 11:37


O‘zing kichik sanagan har qanday yaxshilikni qilgin. Chunki qaysi yaxshilik seni jannatga kirgizadi bilmaysan!..

©Mavlono Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

27 Oct, 11:04


2024-yil, 15-yanvarda shoxlagan ekanman.
Sizni bilmadimku-ya, shaxsan o'zimga biror bir tajribani natijasi har doim qiziq bo'lgan. Bu ayniqsa, Hind filmlariga o'xshab, yakuni ijobiy bo'lsa😅👌👍‼️

🌺@No_Noshka🌺

27 Oct, 11:01


Malochay Euforbiya❤️

Ajoyib va antiqa hona gullaridan, ajoyibligi to'rt faslda ham gullaydi, antiqaligi esa bargining yaltiroq tusga egaligida🥰

Malochay gulini yanvar oyida "jinim qo'zib" shoxlab, yoshartirib tashlagan edim😅.
Allohimning marhamati bilan esa aprel oxirlarida ildiz otdi. Orada o'zim bilan o'zim ovora bo'lib qolganim uchun sentyabrgacha suvda turaverdi, orada anchaginа ildiz otgan-otmagan shoxlar chirib qoldi. Keyin bir xavsala qilib, har birini tuvakka ekib konteynerga joyladim. Hozir ham tikka quyosh tushadigan derazada turishibdi. Allohga shukr, adaptatsiya davri bosqichma-bosqich o'tmoqda, orada yana baribir 1-2ta yo'qotishlar bor. Gul suvda ildiz otgani bilan, uni yana tuproqqa birikib ketishi ham katta mehnat va e'tibor talab qiladi.
Xullas, hali yana "KUTAMIZ"👌‼️

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

25 Oct, 05:37


Mazlum bo‘lsang bo‘lgin, zolim bo‘lmagin,
Uzilsang uzilgin, uzgan bo‘lmagin.
Mahsharda hisobi juda ham og‘ir,
Ezilsang ezilgin, ezgan bo‘lmagin.

©Jaloliddin Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

24 Oct, 16:11


Scindapsus (Сциндапсус)📝

✔️Yorug‘lik nihoyatda zarur, bundan barglari zichlashib, bargidagi tabiiy pigment dog‘i yanada ko‘rkamlashadi;

✔️Suvni o‘sish davrida me’yorda beriladi, biroz o‘sishdan to‘xtab, dam olayotganida esa suv ham chanqatiladi, bu jarayon odatda qish oylariga to‘g‘ri keladi;

✔️Sprey o‘ta-o‘ta muhim emas-kuya, lekin orada suv purkalib turilsa, qarshilik ko‘rsatmaydi. Har doimgidek ikki haftada bir ochiq dush (bu bizda an’anaga aylanib bo‘lgan);

✔️Ozuqa masalasida injiq emas, organik tabiiy ozuqalarga qarashi o‘zgacha, bu borada tanlab o‘tirmaydi. O‘sish davrida 10-14 kunda bir beriladi. Ora-chora kimyoviy ozuqani ham zarari yo‘q;

✔️Tuprog‘i unumdor, yengil, uqalanuvchan bo‘lsin (biogomus, hazon chirindisi, qum, perlit, ozroq torfdan xursand bo‘ladi);

✔️Tozalikka o‘ta talabchan, bargiga chang to‘planmasin, aks holda arazlab, bor chiroyini ko‘rsatmay qo‘yishi mumkin;

Hurmat bilan Admin🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

24 Oct, 16:11


Сциндапсус гулининг парвариши‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

24 Oct, 09:14


Ваҳима тарқалди, қандайдир вирус,
«Ўлим»- деганлари эмас хотима,
Туғилмоқ бор экан, ўлим ҳам ворис,
Охиратдан қилмоқ керак ваҳима!

Динимиз пешладик, ҳар сўзга қўшиб,
Ҳар аҳён тарқалди «фитна» ташувчи.
«Кофир сенлар»- дея, ҳукм чиқариб,
Кўпайди ҳукмингга аралашгувчи.

«Селфи» маконига айланди Макка,
Амал чиройли-ю, бузилди ният.
Кибрга берилиб, дедик: «мен якка
Барига қодирман, ўзим ҳокимият»!

Урушга кўмилди, ҳокисор замин,
Чарчатдик, кемирдик ер куррасини.
Энди-чи уйдамиз, ўтирибмиз жим,
Чорасин тополмай, кичик «зарра»ни...

Аслида лашкаринг, тортишибди саф,
Ажал тўнин кийган Азроил зоҳир.
Ким истиғфор айтар, кимга бермас наф,
Аллоҳим, ҳар нега ўзингсан қодир.

Қалбан покланишга берилди имкон,
Не бошларни кўрди бу саждаларинг.
Синовингда бордир, ҳикмат бегумон,
Аллоҳим кечиргин, биз бандаларинг...

Эльмира Вахобова.
13-апрель, 2020йил!

🌺@No_Noshka🌺

23 Oct, 15:21


Tuproqqa yiqilsang, yangitdan gul bo‘lib bosh ko‘tarishingni kut.
O‘tmishda necha bor tuproq bo‘lganingni emas, necha bor gul bo‘lib unganingni xotirla!

©Mavlono Jaloliddin Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

23 Oct, 04:49


Aglaonema❤️

"Suvda ildiz ortirib, tuvakka ekish" darsligi📝

✔️Kesilgan Aglaonema shoxlari oddiy suvga solinib, paket kiydiriladi;
✔️Orada suvi tez-tez yangilanib turiladi, bu steril muhitni saqlab qolish uchun. Natijada, chirish xavfi kamayib, ildiz otish samarasi oshadi;
✔️Ildizlar chiqa boshlagach, stakanchikka ekiladi (shaxsan o'zimda shu Aglo 3-4oyda ildiz chiqardi. Ba'zi Aglolar esa 1 oyda ildiz otishi mumkin. Bu ko'proq aktiv pochkaga bog'liq)
"Nega aynan stakanchikka?! Doimiy tuvakka emas⁉️"
Sababi, "ildiz bilan tuproqni birikib ketishi"- degan bosqichdan o'tishi kerak. Stakanchikda bu jarayonni kuzatish oson bo'ladi;
✔️Asosi koko torf bo'lgan tuproqqa ekiladi;
✔️Ochiq dush qilinadi;
✔️Konteynerga joylanadi;
✔️Juda yorug' va ora-chora quyosh tushadigan deraza tokchasiga joylanadi;
✔️ Buyog'iga kuzatamiz va kutamiz. O'ziga tavakkal‼️

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

22 Oct, 13:17


Ey nafsim, Sabr qil!
Alloh sabr qiluvchilarni sevadi.
Zero Alloh sevgan bandasiga eng yaxshisini beradi... Sabr qil!

Salih

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

22 Oct, 08:05


Bir yilda ancha bo'y cho'zib qo'yibdi. Maa sha Alloh🥰

"Bo'ylaringdan!!!"😅‼️

🌺@No_Noshka🌺

22 Oct, 08:04


Hoya Karnoza❤️

Gohida "hayot faqat Aglaonemadan iborat emas-ku"- degim keladi😅

Boshqacha ta'rif topa olmadim, sababi, Hoya vaqt o'tgani sari, aksincha, yosharib, go'zallashib boradigan ajoyib hona guli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildim🥰‼️

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

21 Oct, 04:51


Soxta — tashqi chiroyga uchadigan odam ayni shunga mos soxta, tashqi sevgiga yetishadi.

©Mavlono Jaloliddin Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

21 Oct, 03:48


Aglaonema Pinkat ❤️

Vaqt emas, aslida, umr o'tmoqda... Kechagina shu gulimiz chiroyli, navqiron edi. Bugun esa qarilikni "bo'yniga olish"ga majbur, lekin biz ham chekinmaysiz, sababi, oxiri bor narsaning, albatta, qayta boshlanishi bo'ladi, bu hayotning azaliy qonunidir!

Buyog'iga kuzatamiz va kutamiz. Robbim hayrli va manfaatli qilsin va yana ijobiy natijasi bilan bo'lishishlik nasib bo'lsin 🥰🤲

P/s: "Tuproq qismi nisbattan nam bo'lgani uchun, ortiqcha ko'p suv berganim yo'q, faqat birozgina namlab qo'ydim, sababi, teplichka holatida namlik ancha yuqori bo'ladi‼️"

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

20 Oct, 17:03


Assalomu alaykum🌹

Xuuuush... Shu videorolikni bir qayta tomosha qilib turing, ertaga esa bu gulni keyingi taqdirini videorolik orqali ko'rsatmoqchiman.

Diqqat‼️
Asabi bo'shlarga, yuragi nimjonlarga ertangi videorolikni ko'rish tavsiya etilmaydi. Qaltis kadrlar bor😅

Bilasizmi nima...?! Bu dunyoda hech narsa abadiy emas, ayniqsa yoshlik va go'zallik! Hammmmasi o'tadi‼️

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

20 Oct, 08:03


Ko‘zamiz kichik bo‘lsa, daryoni ayblashga haqqimiz yo‘q.

©Rumiy

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

19 Oct, 14:57


Savol:
"Bargi baxmal, ya'ni bargi tukli gullarni sprey qilsa bo'ladimi⁉️"

Javob:
"Bunday turdagi gullarga sprey qat'iyan taqiqlaniladi, sababi, gul bargining tuklariga suv yig'ilib qolishi natijasida, shu qismida chirish kabi muammo yuzaga keladi va shu qismida "дефект" paydo bo'ladi. Bunday gullarni changdan tozalash uchun oyda 1-2marta cho'miltirib turish kifoya qiladi. Faqat muolaja so'ngida, barglarini quruq salfetka yordamida ortiqcha suv qoldiqlarini shimdirib olish kerakligini unutmang‼️"

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

19 Oct, 02:28


Бир зоҳиддан сўрашди: Юзингиз доим ёришиб, хурсанд юришингизнинг сири нимада?
У зот жавоб берди: Бор ишим Аллоҳнинг қўлида бўлгани ҳолда маҳзун юришдан ҳаё қиламан!

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

19 Oct, 02:10


Singonium❤️

Qaysidir ma'noda "beozor xona guli"- deymiz-u, lekin kimdadir o'sadi, kimdadir yo'q. Shuning uchun shaxsan o'zim Singoniumni "neytral xona guli"- degan bo'lar edim, sababi, joyi topilmasa bosh o'g'rig'i, joyi topilsa marra bizniki😅👌

Qisqacha parvarishi haqida:

✔️Tikka quyosh mumkin emas, lekin o'ta yorug' joyga muhtoj;

✔️Suv berishda me'yorni saqlagan ma'qul, usti qurisa, to'yintirib sug'oriladi;

✔️Sprey zarur, sababi, havo namligiga talabchan. Orada albatta ochiq dush;

✔️Ozuqalardan azot % (N) ko'p kimyoviy ozuqa, organika va qo'shimcha vitamin- minerallar ikki haftada bir beriladi, qishda oyda bir;

✔️Tuproq asosi:
Biogomus;
Verxovoy torf;
Perlit;
Qum;
Vermakulit;
Ozroq yer tuproq;
Ma'lum miqdorda koko torf qo'shsa bo'ladi;

✔️Tanlangan tuvak enli bo'lgani ma'qul, Singonium chuqur tuvakka eklimaydi, sababi, ildiz sistemasi eniga qarab rivojlanadi;

Hurmat bilan Admin 🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

17 Oct, 08:32


"Onajon gapimni tushunmayapsiz?!..."
Farzand xitob qildi, onaga bir dam.
Onaizor aytdi: "Tushunganman-ku,
Xatto, gapirmagan paytlaringda ham..."

©Hayrulla Hamidov

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

17 Oct, 06:32


Савол:
Ҳона гулларининг ҳар қанақа касалликларига тўғри келадиган ягона дори борми

Жавоб:
Эслаб қолинг «ҲЕЧ ҚАЧОН УНИВЕРСАЛ ДОРИ БЎЛМАЙДИ»!!! Чунки, дорилар маълум гуруҳларга бўлинади: инсектицид, акарацид ва фунгидцидга. Замбуруғ билан касалланган гулни, инсектицид даволай олмайди ва худди шундай паразит босган гулни фунгидцид билан даволаб бўлмайди‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

17 Oct, 06:10


Кратон ҳақида қисқача суҳбат‼️

Кратон!
Усишига караб, шохлаб туриш керак. Дераза ёнида тургани билан, ёруғлик керакли даражада етмаса, оқибатда баргларида пигментация (доғлар) уқадар шаклланмай қолади. Кратон эса рангларга бой гул ҳисобланилади. Тахминан кун давомида ўта ёруғликдан ташқари, 3-4соат қуёш ҳам кўриши керак. Бундан ташқари, клещдан эҳтиёт бўлинг, у ҳам баргларини зарарлаб, тўкилиб кетишига сабаб бўлади, шунинг учун бир ойда бир марта инсектоакарациддан фойдаланинг, икки ҳафтада бир очиқ душ қилиб туринг, озуқани чекламанг, жуда ҳам яхши кўради‼️

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

15 Oct, 10:02


Ақл ва қалб!

Анча узоқ ўлкада,
Яшарди икки гадо.
Тирикчилик дардида,
Душмандек эди гўё.

Нафрат инин қуради,
Рақобат мавжуд жойда.
Ахир шундай бўлади,
Аҳил бўлиш бефойда.

Бир гадойнинг кўзи кўр,
Лек, оёқлар «мардона».
Зулматдан олиб ҳузур,
Яшарди, кўр-кўрона.

Иккинчи гадойнинг ҳам,
Дарди эди ошкора.
Кўзлар кўрарди равшан,
Бироқ оёқ «бечора».

Шу маромда бир муддат,
Душманлик этди давом.
Кучаярди рақобат,
Умид сўнган батамом.

Кутилмаганда бирдан,
Беаёв ёнғин кетди.
Иккала гадой турган,
Жойга ҳам етиб келди.

Қилар одамлар: «дод вой»,
Қочдилар жонин сақлаб.
Фақат шу икки гадой,
Турар эди довдираб...

Бири «қочаман»- деса,
Оёғи берарди панд.
Қўшни гадойнинг эса,
Кўзлари қилмас писанд.

Оёқсиз гадой бехос,
Кўр гадойга нур бўлди.
Кўр гадой қилиб ихлос,
Оёқсизга жўр бўлди.

Ҳамфикрлик туйғуси,
Эди ягона чора.
Узоқлаша бошлашди,
Алангадан тобора.

Кўзлар қалб бўлса магар,
Оёқ ақл измида.
Иккиси бирлашса гар,
Бахт бўлади жисмда.

Руҳ қалбимиз ошнаси,
Онг танага жавобгар.
Руҳ ва онг бирлашмаси,
Етукликка даъвогар!!!

(Тез-тез қалбимизга оёқлар бериб турайлик...)

Эльмира Вахобова.
01.09.2020йил.

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

14 Oct, 06:24


Шайх Саъдий айтади:
"Мен кечалари доим зикрда, ибодатда бўлар эдим. Қуръонга кўп машғул эдим. Кечалари ибодат қилмай ухлаб ётган одамларни кўриб, отамга:
- "Эй отажон, булар ухлаб ётавермай ибодатга машғул бўлсалар яхши бўлар эди" - дедим.
Шунда отам:
- "Эй болам, сен ҳам буларни ғийбат қилгандан кўра ухлаганинг яхши эди", - дедилар".

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

14 Oct, 02:15


Ajoyib Xoya gullari🌹

Rosti, Xoya gullariga unchalik katta qiziqishim bo‘lmagan. Bu gulga mehrim tushganiga, hali bir yil bo‘lgani yo‘q, lekin hozirgi kunda, bu turdagi gullarga qarashim o‘zgacha, mexr uyg‘ota olgan Robbimga shukrona bo‘lsin🥰
Honadonimga kelishganida, hali juda kichkina edi.
Parvarishi:
Tushdan so‘ng, tikka quyosh tushadi, chunki mendagi Xoyalar tikka quyosh nuriga kichikligidan moslashgan. Odatda, Xoya tikka quyosh nuridan barglari aziyat chekadi, sababi, moslashmagan bo‘lishi mumkin.
Suvni biroz chanqatib beraman, sprey kunda qilaman. Ikki haftada bir ochiq dush. 10kunda bir esa ba’zan kimyoviy, ba’zan organik ozuqalardan siylab turaman. Qishda berilmaydi. Tuprog‘i:
Torf;
Biogomus;
Apilka;
Qum;
Hazon chirindisi;
Xoya tozalikni yaxshi ko‘radi, barglardagi chang kasallik chaqirishini, o‘smay qolishiga sabab bo‘lishini unutmang!
Xoya uchun tirgak muhim hisoblanadi, sababi, gulning osilib emas, o‘rmalab o‘sishiga sharoit bo‘lsa, gullashi oson bo‘ladi‼️

Hurmat bilan Admin🌹

@No_NoshKa

🌺@No_Noshka🌺

14 Oct, 02:15


“Shaxsiy tajriba! Xoya guli” darsligi📝‼️

@No_NoshKa

1,293

subscribers

3,653

photos

362

videos