NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT @namsiflbt Channel on Telegram

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

@namsiflbt


🏛 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat chet tillari instituti boshlang'ich tashkiloti | Rasmiy telegram kanali

☆YANGILIKLAR
☆XABARLAR
☆YOSHLAR UCHUN IMKONIYATLAR

🖐 Barchasiga birdamlikda erishamiz!

☎️ Murojaat uchun:@s_allaberganova

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT (Uzbek)

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT kanali, joylashgan barcha o'quvchilar uchun mo'ljallangan Telegram kanalidir. Bu kanal o'quvchilar uchun turli mavzularda ma'lumot beradi va ularga foydali bo'lishlari uchun yordam beradi. NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT kanalida matematika, fizika, kimyo va boshqa fanlar bo'yicha maslahatlar, testlar va darsliklar mavjud.

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT kanalida eng yangi yangiliklar va ma'lumotlar o'quvchilar uchun taqdim etiladi. Bu kanal orqali o'quvchilar o'zlarini rivojlantirishlari va yangi bilimlarni o'rganishlari mumkin.

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT kanali, o'quvchilar uchun jonli muhit yaratadi va o'quv jarayonlarini yanada qiziqarli qiladi. Shuningdek, bu kanalda o'quvchilar o'z savollarini berishi va bir-biriga yordam bermasi mumkin. NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT kanali sizga o'qish va o'rganishda yordam beradigan eng yangi ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Siz ham NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT kanaliga a'zo bo'ling va o'z bilimlaringizni oshiring!

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

09 Feb, 17:52


#vorislar

Qadrli startap g‘oyalarga ega hamda innovatsion loyihalarga qiziquvchi talaba-yoshlar! Ajoyib imkoniyat !

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan talabalarni Prezident va nomli davlat stipendiyalari, "Mirzo Ulug‘bek vorislari" tanlovi hamda "Bo‘lajak olim" tanlovi doirasidagi "Istiqbolli loyihalar" dasturlari bo‘yicha seminar-trening tashkil etilmoqda.

🤩Dastur mehmoni Zarina Ro‘zimurodova

🏆Islom Karimov nomli davlat stipendianti

🏆"Mirzo Ulug‘bek vorislari" tanlovi respublika bosqichi g‘olibi

🏆6 ta ilmiy , badiiy, tarjima kitoblar

🏆50 dan ortiq ilmiy-publitsistik maqolalar muallifi

🏆"LinguaTestPro" test markazi rahbari

❗️Suhbat davomida o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga ma’lumot olishingiz mumkin.

📍Yangi bino faollar zali

🗓11- fevral, 2025

⏱️ 13:00

Barchangizni kutib qolamiz va kuzatishda davom eting

🌐 https://t.me/NamSIFl_gifted_students

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

09 Feb, 17:50


Live stream finished (2 hours)

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

09 Feb, 15:32


Live stream started

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

09 Feb, 15:30


Live stream scheduled for

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

07 Feb, 16:48


Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan chellenj!

🏢Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Kechki taʼlim dekan oʻrinbosari B.Shonazarov va institut Yoshlar ittifoqi BT "Talaba-qizlar" yoʻnalishi koordinatori M.Abduraximova tashabbusi bilan kechki taʼlim taʼlabalari buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan chellenjni davom ettirdi.

📚 Navoiy merosi – millat faxri, ma’naviyat manbai!

𝘽𝙞𝙯𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙣𝙯𝙞𝙡:
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

07 Feb, 14:26


📖 Navoiyxonlik kechasi: Kechki ta’lim talabalari badiiy muhitda!

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida adabiyot va she’riyatga bo‘lgan mehrni oshirish maqsadida "Navoiyxonlik kechasi" tashkil etildi. Tadbir institut Kechki ta’lim dekan o‘rinbosari B.Shonazarov va institut Yoshlar ittifoqi BT koordinatorlari hamkorligida kechki ta’lim talabalari uchun uyushtirildi.

📌 Bugun talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosi bilan yanada yaqindan tanishtirish maqsadida Navoiyxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Ushbu tadbir kechki ta’lim talabalari orasida ijodiy muhitni rivojlantirish, adabiyotga bo‘lgan mehrni oshirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi.

💥Bu kabi tadbirlar talabalarimizning adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirish, ularga milliy qadriyatlarni singdirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

📚 Navoiy merosi – millat faxri, ma’naviyat manbai!

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

07 Feb, 11:07


#chellenge

📚 Oliygohimga kitob sovg'a qilaman 🎁

Institutimiz BT yetakchisi tomonidan kutubxonamizga kitoblar sovg‘a qilindi. Ushbu tuhfa talaba va o‘qituvchilarimiz uchun bilim manbai bo‘lib, ilmiy izlanishlar hamda o‘qish jarayonida qo‘l keladi.

Kitob – eng yaxshi do‘st! Barchani kutubxonamizga tashrif buyurib, ushbu yangi adabiyotlardan foydalanishga chorlab qolamiz.

Siz ham ushbu chellenjda faol ishtirok eting!

📖 Kitob o‘qing, ilm oling!

🌐Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

07 Feb, 07:27


Milliy libos – o‘zlik va ajdodlar merosi!

🏛Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti!

🌐Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

07 Feb, 05:10


#Til_va_tarjima_fakulteti
#Ibrat_X

😩Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti "Ibrat-X" yoshlar harakati tashabbusi bilan milliy liboslar targ'ibotiga qaratilgan "Juma - milliy liboslar kuni" aksiyasi bo'lib o'tdi!

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

18 Jan, 06:54


To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat bo‘limi
Shodlik madaniyat markazi taqdim etadi!

Aziz yoshlar barchangizni 18-yanvar soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan "SHOU-KONSERTI" ga taklif etamiz!

Zamonaviy kuy-qo‘shiqlardan iborat, yuqori kayfiyat ulashuvchi dasturimizda sizlarni kutib qolamiz.

KONSERTGA KIRISH BEPUL!

Manzil: 43-son Shodlik madaniyat markazi
"Humo" to‘yxonasi ro‘parasida.

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

17 Jan, 10:23


Diqqat❗️
Yanvar oyi ijara pullari plastik kartalarga tushirildi.

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

15 Jan, 10:56


To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat bo‘limi
Shodlik madaniyat markazi taqdim etadi!

Aziz yoshlar barchangizni 18-yanvar soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan "SHOU-KONSERTI" ga taklif etamiz!

Zamonaviy kuy-qo‘shiqlardan iborat, yuqori kayfiyat ulashuvchi dasturimizda sizlarni kutib qolamiz.

KONSERTGA KIRISH BEPUL!

Manzil: 43-son Shodlik madaniyat markazi
"Humo" to‘yxonasi ro‘parasida.

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

14 Jan, 15:46


Namangan viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari “Qalqon” jamoalari aʼzolari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti tashabbusi bilan Davlatobod tumanidagi yoshlar ziyo maskanida ilk bor tashkillangan va Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan musobaqada 9 ta oliy oʻquv yurtining 14 ta jamoasi ishtirok etdi.

Institut rektori Sharifjon Ergashev, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi boʻlim mudiri Marjona Axralova ishtirokchilarni qutlab, ularga muvaffaqiyat tiladi.

Ikki soat davom etgan va turli mavzulardagi 20 dan ortiq savollar berilgan intellektual oʻyinda birinchi oʻrinni University of Business and Science, ikkinchi oʻrinni Namangan davlat universiteti, uchinchi oʻrinni esa Namangan muhandislik-qurilish instituti jamoalari egalladi.

Ularga diplomlar va NamMQI kasaba uyushmasi qoʻmitasining qimmatbaho sovgʻalari taqdim etildi.

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

12 Jan, 14:33


#tanlov
#mirzo_ulugbek_vorislari
  ❗️ Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari diqqatiga "Mirzo Ulug'bek" Respublika tanloviga start berildi

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbusini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko'nikma va malakasini oshirish, innovatsion g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida 2025-yilning 11-yanvaridan "Mirzo Ulug'bek" Respublika tanlovi uchun hujjat qabul qilish boshlanganini ma'lum qilamiz.

Tanlov  uch bosqichda (tuman(shahar), viloyat, respublika)) tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan, tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan yoshlardan
https://vorislar.uz/ elektron sayti orqali ro'yxatdan o'tishlarini so'raymiz!

Batafsil maʼlumot va murojaat uchun 👉
📥@M_Burkhoniddinovich
📲+998998688799

Bizni kuzatishda davom eting 🌐
https://t.me/NamSIFl_gifted_students

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

12 Jan, 10:40


#Natijalar
#Yoshlar_Ittifoqi

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi va koordinatorlari tomonidan "Bilimdonlar Viktorinasi" oʻtkazildi.

⭐️Bizning bilimdonlarimiz koʻrsatgan natijalar bilan tanishing:👇

🥇 Karimov Jasur Abdubanno o'g'li
KXTA- BU-23
🥈Omonboyeva Zarina ENG-EU-23
🥉Abdullajonova Akifa Shuhratjon qizi
ENG-CU-24

🏆 Tanlov g'oliblari maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

𝘽𝙞𝙯𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙣𝙯𝙞𝙡:
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

10 Jan, 08:18


👏👏👏👏👏

🤵‍♂️ Zakovat intellektual oʻyinlari muxlislarining diqqatiga!!!

😎 Namangan muhandislik-qurilish instituti Kasaba uyushmalari qo‘mitasi sovrini uchun 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o'tkaziladi.

⭕️Zakovat intellektual o‘yinida qatnashuvchi jamoalar o‘yinga formada, (6 ta asosiy, 1 ta zaxira o‘yinchisi bilan) 13-yanvar kuni soat 13:30 ga qadar Davlatobod tumanidagi Yangi O'zbekiston yoshlar ziyo maskaniga yetib kelishlari so‘raladi.

🏆Musobaqa g'oliblari Namangan muhandislik-qurilish instituti rektorining darajali diplomlari, institut Kasaba uyushmasi qo'mitasidan qimmatbaho esdalik sovg'alari va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi kubogi bilan taqdirlanadilar.

Bizni sahifalarimiz:
🕊Telegram|📱Facebook
📱Instagram|📺YouTube

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

10 Jan, 05:19


#Yoshlar_Ittifoqi
#Viktorina
⚡️⚡️⚡️⚡️ Diqqat Eʼlon⚡️⚡️⚡️⚡️

🎗Aziz talabalar! Biz vaqtimizni samarali va foydali oʻtkazish maqsadida "Bilimdonlar viktorinasi"ga
Start bergan edik!

📌Navbatdagi Viktorinaning savollari Mahmudxoʻja Behbudiyning hayoti va ijodi yuzasidan boʻlib oʻtadi.

🏆Viktorinada faol qatnashing va gʻoliblikni qoʻlga kiriting!

📢Viktorina 11-yanvar shanba kuni soat 20:30 @NamsiflBT da boʻlib oʻtadi.




𝘽𝙞𝙯𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙣𝙯𝙞𝙡:
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

06 Jan, 08:48


#tanlov
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari o‘rtasida qishki taʼtil davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida bugun

📚Rus tili fanidan onlayn olimpiada tashkil qilinmoqda.

Olimpiada
20:00 da o'tkaziladi.

Talabgorlar quyidagi test linki orqali olimpiada boshlanadi👉

https://onlinetestpad.com/x6zywmd74yuwm

🏆Tanlov g'oliblari diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi
📖 Fan olimpiadalarimizda barchangizni kutib qolamiz😉
📚 Ilm yo‘lida izlanishdan aslo charchamang!

👇Bizni kuzatishni davom eting va do‘stlaringizni ham taklif eting:
https://t.me/NamSIFl_gifted_students

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

05 Jan, 13:50


#Natijalar
#Yoshlar_Ittifoqi

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi va koordinatorlari tomonidan "Bilimdonlar Viktorinasi" oʻtkazildi.

⭐️Bizning bilimdonlarimiz koʻrsatgan natijalar bilan tanishing:👇

🥇 Karimov Jasur Abdubanno o'g'li
KXTA-BU-23
🥈Abdulhayeva Shahzoda Otabek qizi
Eng-Cu-24
🥉Rasulova Maftuna Xurshidjon qizi
GID-AU-23
🥉Mahamadaliyeva Feruza Muhammadamin qizi
Eng BU-24

🏆 Tanlov g'oliblari maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

𝘽𝙞𝙯𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙣𝙯𝙞𝙡:
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

05 Jan, 12:57


❄️❄️ Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti  Filologiya fakulteti Eng_Gu_23 guruh talabasi Salaydinova Dildora  ''Men ta'tilni maroqli o'tkazyapman" shiori ostida o'tkazilayotgan tanlov uchun
tayyorlagan videoroligi.

👇Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

05 Jan, 09:42


☃️  Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti Xta_BU_24 guruh  Zuhritdinova Munisaning ''Men ta'tilni maroqli o'tkazyapman" shiori ostida o'tkazilayotgan tanlov uchun tayorlagan videoroligi.

👇Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

04 Jan, 15:36


Quiz testga tayyormisiz?🤩🥳

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

04 Jan, 15:05


#firibgar

Diqqat, firibgarlar!

Sizga hech kim sovg’a yuborgani yo’q. “Faollashtirish” so’zining ustiga bossangiz, firibgarlar o’zi yaratgan soxta saytga kirib qolasiz. Natijada Telegram profilingiz firibgarlar qo’liga o’tib ketadi va sizning nomingizdan kontaktingizdagi hamma odamga virusli xabar tarqatishni boshlaydi.

Agar sizga yaqin insoningizdan shunaqa xabar kelsa ham, ishonmang, hech narsani bosmang, chunki o’sha inson ham firibgarlar tuzog’iga ilingan bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

04 Jan, 14:41


☃️  Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti RUA_AR_23-guruh To'lqinboyeva Rayhonaning ''Men ta'tilni maroqli o'tkazyapman" shiori ostida o'tkazilayotgan tanlov uchun tayorlagan videoroligi.

👇Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

04 Jan, 12:55


❄️❄️ Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti  Til va tarjima fakulteti RUA_AR_23 guruh talabalarining "Men ta'tilni maroqli o'tkazyapman'' shiori ostida o'tkazilayotgan tanlov uchun
tayyorlagan videoroligi.

👇Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

04 Jan, 12:54


#tanlov
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari o‘rtasida qishki taʼtil davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida bugun

📚Ona tili va adabiyoti fanidan onlayn olimpiada tashkil qilinmoqda.

Olimpiada
20:00 da o'tkaziladi.

Talabgorlar quyidagi test linki orqali olimpiada boshlanadi👉

https://onlinetestpad.com/w4hiqrpqtrfgy

🏆Tanlov g'oliblari diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi
📖 Fan olimpiadalarimizda barchangizni kutib qolamiz😉
📚 Ilm yo‘lida izlanishdan aslo charchamang!

👇Bizni kuzatishni davom eting va do‘stlaringizni ham taklif eting:
https://t.me/NamSIFl_gifted_students

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

04 Jan, 10:38


#HuquqiyAxborot

🗣 "Yoshlar daftari"ga necha yoshdan kirish mumkin?

🇺🇿 Qonunchilikka ko‘ra, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to‘lmagan) O‘zbekiston fuqarosi "Yoshlar daftari"ga kirishi va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qo‘llab-quvvatlanishi mumkin.

➡️ Batafsil: https://lex.uz/docs/6051791#6054345

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

04 Jan, 07:49


#tanlov

❄️❄️❄️ Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakultetining ENG-DU-23-guruh talabasi Adhamjanova Rayhonaning "Men ta'tilni maroqli o'tkazyapman" shiori ostida o'tkazilayotgan tanlov uchun tayorlagan videoroligi.

👇Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

03 Jan, 17:08


#tanlov
📢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari o‘rtasida qishki taʼtil davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida ''Men ta'tilni maroqli o'tkazyapman" shiori ostida
videoroliklar tanloviga  start beradi!

Tanlov shartlari: Qishki ta'til mobaynida bo'sh vaqtlaringizni qanday o'tkazayotganingiz haqida qisqa videorolik tayyorlaysiz va bizga yuborasiz.
Videoroliklar 05.01.2025-sana,
soat 15 : 00 ga qadar qabul qilinadi.

🧑‍💻 Talabgorlar o'z vedioroliklarini quyidagi profilga yuborishlari mumkin 👉 @Muxlisa_08_05

🏆Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

😉Barchangizni tanlovimizda ishtirokingizni  kutib qolamiz.

👇Bizni kuzatishni davom eting va do‘stlaringizni ham taklif eting:
https://t.me/NamSIFl_gifted_students

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

03 Jan, 14:45


⚡️⚡️⚡️ Diqqat Eʼlon⚡️⚡️⚡️

🗣Aziz talabalar taʼtilda zerikmadingizmi?

💥Biz vaqtimizni samarali va foydali oʻtkazish maqsadida "Bilimdonlar viktorinasi"ga
Start beramiz!
Yaʼni adiblarning hayoti va ijodlari yuzasidan savollarni Quiz test tarzida tayyorladik! Viktorinaning savollari Isʼhoqxon Toʻra Ibratning hayoti va ijodi yuzasidan boʻlib oʻtadi.

⭐️Viktorinada faol qatnashing va gʻoliblikni qoʻlga kiriting!

📢Viktorina 4-yanvar shanba kuni soat 20:30 @NamsiflBT da boʻlib oʻtadi.




𝘽𝙞𝙯𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙣𝙯𝙞𝙡:
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

03 Jan, 09:57


#Obunachilar #RasmiySahifa

🗣 Biz Instagramda 19 mingta bo‘ldik!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi kuzatuvchilari soni 19 mingtaga yetdi. Bugungi kunga qadar sahifamiz orqali ulashgan postlarimiz esa 3 000 tadan oshdi.

🙋 Yoshlar hayotiga oid so‘ngi va foydali yangiliklarni sevimli ijtimoiy tarmog‘ingizdagi sahifamiz orqali kuzatib boring.

📱Instagramda kuzatish - instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

02 Jan, 11:22


#tanlov
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari o‘rtasida qishki taʼtil davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida bugun

📚Ingliz tili
(02.01.2025)fanidan onlayn olimpiada tashkil qilinmoqda.

Olimpiada
20:00 da o'tkaziladi.

Talabgorlar quyidagi test linki orqali olimpiada boshlanadi👉

https://onlinetestpad.com/nq3ixv2esy6j4

🏆Tanlov g'oliblari diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi
📖 Fan olimpiadalarimizda barchangizni kutib qolamiz😉
📚 Ilm yo‘lida izlanishdan aslo charchamang!

👇Bizni kuzatishni davom eting va do‘stlaringizni ham taklif eting:
https://t.me/NamSIFl_gifted_students

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

31 Dec, 12:24


Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sevinchoy Allaberganova talabalarga Yangi yil tabrigi!

Hurmatli talabalar!

Mana, yana bir yildan o‘tayapmiz va yangi 2025-yilni quvonch bilan qarshi olish arafasidamiz. O‘tib borayotgan yil har birimiz uchun katta maqsadlar, yutuqlar va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Yangi yilda barchangizga mustahkam sog‘lik, o‘qishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralarni zabt etishingizni tilayman!

2025-yil har biringiz uchun ezgu orzularingiz ro‘yobga chiqadigan, ilm-fan va bilim sohasida yangi g‘alabalarga erishadigan yil bo‘lsin. Oila va yaqinlaringizga tinchlik va farovonlik tilab qolaman.

Yangi yil barchamizga omad va baxt olib kelsin!

Yangi yil muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Sevinchoy Allaberganova,
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi.

👇Bizni kuzatishni davom eting.

🌐@namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

31 Dec, 11:10


. ❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
❄️❄️❄️❄️🎉🎉🎉🎉❄️❄️❄️❄️

  Kirib kelayotgan 2025-yilingiz muborak bo'lsin aziz professor-o'qituvchilar, talabalar!

🎄Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati
🎅🎅
🎅🎅Stay tuned for updates

🔹Telegram | 🌐Instagram | 🔹Facebook | 🌐Web-sayt | 🔹YouTube

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

31 Dec, 08:42


#Yangi_yil_tilaklari💥💥💥

    🧑‍🎄Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining TM-AU-24-guruh talabasi Yorqinjon Jakbaraliyev
    

    🎄🧑‍🎄 2025-yilda sizga sogʻlik, baxt, muvaffaqiyat hamroh bo'lsin. Yangi yil bizga yangi orzularni amalga oshirishda ilhom bersin. Keling , birgalikda yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishaylik !

🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊


👇Bizni kuzatishni davom eting.

🌐@namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

30 Dec, 19:02


#tabrik
#tavallud_kuni

🎉Bugun Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotida samarli faoliyat yuritib kelayotgan, tashabbuskor va ilg'or yoshlarimizning yo'l boshchisi, instituti yoshlar yetakchisi Allaberganova Sevinchoyning tavallud  kunlari!

Ushbu kun munosabati bilan institutimiz talaba-yoshlari jamoasi nomidan Sevinchoyga uzoq-umr, sihat-salomatlik va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

👇Bizni kuzatishni davom eting.

🌐@namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

28 Dec, 10:22


#Yangi_yil_tilaklari💥💥💥

    🧑‍🎄Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining XTA-GU-24 guruh talabasi hamda "Tadbirkorlik va Innovatsion loyihalar" koordinatori Jamoliddinova Madina
    

    🎄🧑‍🎄Yangi yilda barcha talabalarga omad va yuksak zafarlar tilab qolamiz. Eng muhimi, qalbingizni samimiylik va bir olam quvonch tark etmasin.

🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊


👇Bizni kuzatishni davom eting.

🌐@namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

27 Dec, 13:52


#tanlov
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari o‘rtasida qishki taʼtil davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida bugun

📚O'zbekiston tarixi (27.12.2024)fanidan onlayn olimpiada tashkil qilinmoqda.

Olimpiada
20:00 da o'tkaziladi.


Talabgorlar quyidagi test linki orqali olimpiada boshlanadi👉

https://onlinetestpad.com/7tnomt7765sn2

🏆Tanlov g'oliblari diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi
📖 Fan olimpiadalarimizda barchangizni kutib qolamiz😉
📚 Ilm yo‘lida izlanishdan aslo charchamang!

👇Bizni kuzatishni davom eting va do‘stlaringizni ham taklif eting:
NamDCHTI Iqtidorli talabalari

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

20 Nov, 08:09


#Til_va_tarjima_fakulteti
#Yoshlar_ittifoqi

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti yoshlar ittifoqi BT yetakchisi tashabbusi bilan "Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" mavzusida debat tashkil etildi.

Debat davomida mazkur jumla O‘zbekistonning kelajagi va har bir fuqaroning rivojlanishidagi o‘rni haqida muhim bir fikrni ifodalashi, har bir inson o‘z vatanining kelajagiga ta'sir ko‘rsatishi, faol ishtirok etishi va ijtimoiy hayotda o‘z hissasini qo‘shishi zarur ekanligi ta'kidlab o'tildi.

𝘽𝙞𝙯𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙣𝙯𝙞𝙡:
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

20 Nov, 07:49


#Yoshlar_Ittifoqi

💥💥💥Zakovat Final💥💥💥

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Zakovat intellektual oʻyinining kuzgi mavsum final turi boʻlib oʻtdi.

🎗Kuzgi mavsumning gʻoliblari:
🥇Skyfall
🥈Intiho
🥉Google

📌 Kuzgi mavsumning gʻoliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin 700 ming soʻm
2-oʻrin 500 ming soʻm
3-oʻrin 300 ming soʻm

📍Zakovat intelektual oʻyinining kuzgi mavsum final turi har doimgidan qiziq va esdaqolarli boʻldi. Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!

𝘽𝙞𝙯𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙣𝙯𝙞𝙡:
https://t.me/namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

20 Nov, 07:39


"INKLYUZIV HAYOT" LOYIHASI

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi "Yoshlar qanoti", "Yosh turizm elchilari" Namangan viloyat Kengashi hamda "Inklyuziv klub" tashabbusi bilan "INKLYUZIV HAYOT" loyihasi doirasida Oliy ta'lim muassasalarida tashkil etilgan Yoshlar daftari va metsenatlik yo'nalishi koordinatorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Bosh mutaxassisi Jahongir Maxsutaliyev va "Yosh turizm elchilari" Kengashi menejeri, "Yoshlar qanoti" faoli Murodjon Rahmonovlar so'zga chiqib, Oliy ta'lim muassalarida ta'lim olayotgan ijtimoiy reester ro'yxatiga kiritilgan talabalar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ular uchun mo'ljallangan shart-sharoitlar to'grisida so'z yuritdilar.

Uchrashuvda NamDU, NamDPI, NamMTI, NamTSI, NamDCHTI va NamMQIdan koordinatorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv so'nggida koordinatorlarning keyingi faoliyatlariga omad tilab, partiyaning esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

03 Nov, 10:56


#koordinatorlar_faoliyati

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti Til va tarjima fakulteti yoshlar ittifoqi BT koordinatorlari tomonidan talaba-yoshlarning dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Talabalar turar joyida "Talabalik yillarim" nomi ostida tadbir tashkil etildi.

📊Koordinatorlar tomonidan tashkil etilgan "NAMSIFL FAMILY" loyihasi, mantiqiy savol-javob va qiziqarli o'yinlar talaba-yoshlarga manzur bo'ldi

🇺🇿Namangan davlat chet tillari instituti yoshlar ittifoqi BT axborot xizmati
@namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

03 Nov, 09:55


#challenge
#Xalqaro_asal_festivali

Men, Yosh turizm elchilari Namangan viloyat Kengashi aʼzosi Muhammadjonova Qurbonoy, bugun "Asal festivali"da volontyor-tarjimon sifatida ishtirok etdim, Sizchi?


Challenge"da ishtirok etish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:@Rakhmatillayevna_m

Yosh turizm elchilari Namangan viloyat Kengashi | Axborot xizmati

Telegram| Instagram|

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

03 Nov, 05:52


📣 Diqqat, diqqat!

⚡️Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maʼnaviyat va marifat markazi, Iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash markazi hamkorlikda “Madaniyat toʼlqinlari”tanlovini boshlaydi.

Mazkur tanlov xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida milliy gʼurur, Vatanga sadoqat, turli sohalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish, oilaviy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalar kabi umuminsoniy ezgulik gʼoyalarini keng targʼib qilishga qaratilgan media material mualliflari oʼrtasida oʼtkaziladi.

Tanlovda professional va havaskor jurnalistlar, bloger, yutuber, podkaster va boshqalar ishtirok etishlari mumkin.

Media materiallar joriy yilning 1-dekabr kuniga qadar @iqtidorli_yoshlar_markaz manzili orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Gʼolib deb topilgan 50 nafar ishtirokchilarning har biri
50 million soʼm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Taqdirlash marosimi joriy yilning 23-dekabr kuni Аlisher Navoiy nomidagi kino saroyida boʼlib oʼtadi.

Qoʼshimcha maʼlumot olish uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash markaziga yoki +998 99 093-99-91 telefon raqamiga murojaat etishlari mumkin.

Tanlovda siz ham ishtirok eting!

🚀 Telegram / 📷 Instagram

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

03 Nov, 05:35


⚡️⚡️⚡️𝙕𝘼𝙆𝙊𝙑𝘼𝙏⚡️⚡️⚡️

🏛 Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Zakovat klubi tomonidan 2-bosqich talabalari oʻrtasida 𝙕𝙖𝙠𝙤𝙫𝙖𝙩 intellektual oʻyinining kuzgi mavsum 1-tur oʻyini boʻlib oʻtdi.

🎗 Intellektual oʻyin talablarimizning aqlini charxlashda, fikirlash tarizini oshirishda katta rol oʻynamoqda.

🔰 Talabalarimizga keyingi oʻyinlarda omad tilab qolamiz!

Oʻyin natijalari bilan ushbu kanal orqali ham tanishib borishingiz mumkin:
@NamDCHTI_Zakovat


🌐Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

30 Oct, 10:43


#yoshlar_ittifoqi

Filologiya fakulteti oʻtkazilgan "Talabalar oqshomi" DAN videolavha.

Video by: K.ENG-AU-23 guruh talabasi Javoxir Xamidjonov

🌐Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

29 Oct, 17:38


#koordinator_faoliyati
#Talabalar_oqshomi
#olov_atrofida
#gitara_shousi

Talaba-yoshlarni bir davraga jamlagan gulxan!

🔥Filologiya fakultetida kechki vaqtni mazmunli tashkil etish va talabalar o’rtasida talabalik davrini qadr-qimmatini namoyishlash, o’zaro birlikni rivojlantirish maqsadida kechki gulxan yoqildi.

🔥Bugungi gulxan davrasi sokin musiqa va gitara ohangi talabalarga o’zgacha muhit ulashdi. Jo‘rlikda kuylangan kuy-qo‘shiqlarni zavqi qalblarga bir umrga muxrlandi.

🌐Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

NamSIFl//YOSHLAR ITTIFOQI BT

29 Oct, 17:36


#koordinator_faoliyati
#Talabalar_oqshomi
#Team_building

Filologiya fakultetida "Talabalar oqshomi" doirasida #team_building bo'lib o'tdi.

🎗Qiziqarli team_building o'yinlarini tashkil etishdan asosiy maqsad: jamoadagi ahillik va birgalikda ishlash muhitini yaratishdan iborat. Birgalikda guruh bo'lib ishlash jarayonida guruhlar bir-birlari bilan yanada inoqlashib ketdilar. Bu esa biz erishmoqchi bo'lgan maqsadimizga yetganimizdan dalolatdir!

🌐Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT