Namangan viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi hamda Faxriylar kengashi raisi ishtirokida Chust tumani IIBda xizmat va ijrochilik intizomi, qonunchilikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman IIB shaxiy tarkibi ishtirok etdi.
Datslab, xodimlarning faoliyati muhokama qilindi, shuningdek, xizmatni o‘tash davomida buyruq hamda qonunlarga qatʼiy amal qilishlari ta'kidlandi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-son Qarori qabul qilinganligi va unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini tuman hududida bajarilishida faxriylar ko‘magi muhim ekanligi e'tirof etilib, ustoz-shogird an'analarini davom ettirish taklifi bildirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube