أحدث المنشورات من Namangan IIB | Rasmiy kanal (@namanganiibuz) على Telegram

منشورات Namangan IIB | Rasmiy kanal على Telegram

Namangan IIB | Rasmiy kanal
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/@namanganiibuz
8,282 مشترك
35,677 صورة
5,948 فيديو
آخر تحديث 08.03.2025 20:43

قنوات مشابهة

Mingbuloq.uz
21,339 مشترك
OlympicUz
9,664 مشترك

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة Namangan IIB | Rasmiy kanal على Telegram

Namangan IIB | Rasmiy kanal

05 Mar, 13:02

2,164

To‘raqo‘rg‘on tumanida Namangan viloyati IIB tomonidan 2000 tupdan iborat yashil makon tashkil etildi
©️Namangan TRK "Mobil xabarlari" informatsion dasturi


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

05 Mar, 11:59

2,119

Sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan eʼtibor, ularning orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish, yoshlar bandligini taʼminlash, mavjud muammolarga ijobiy yechim berish sohaga aloqador rahbarlar oldidagi asosiy vazifalardan biridir.

Bugun, Kosonsoy tumanidagi 54-sonli umumtaʼlim maktabida sektor rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari ham tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini taʼminlash va hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashlariga ko‘mak berish maqsadida zaruriy choralar belgilab olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

05 Mar, 10:59

2,049

Raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil qilindi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

05 Mar, 10:00

2,132

Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslar ijtimoiy hayotga moslashmoqda

Norin tuman Maʼnaviyat va yoshlar markazining majlislar zalida muqaddam jinoyat sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilgan va hozirgi kunda tuman IIB probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari va tuman IIb probatsiya bo‘limi boshlig‘i ishtirok etib,

Muloqot davomida probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslarning ijtimoiy-huquqiy muammolari ham o‘rganildi. Ularga kelgusida jinoyat ko‘chasiga kirib qolmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda nazorat ostidagi shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

02 Mar, 13:01

895

TO'XTANG! FAYLNI OCHA KO'RMANG

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

02 Mar, 10:02

1,320

To‘raqo‘rg‘on tumanida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida To‘raqo‘rg‘on tumanida idoralararo muvofiqlashtirish shtabi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga tuman prokurori, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va shtab rahbari boshchilik qildi. Unda mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va bu borada ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tuman shtabi aʼzolarining zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi, ayrim toifadagi shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar ham tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida qaror ijrosini taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan masʼullarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanilishi haqida qatʼiy ogohlantirish berildi. Shuningdek, shtab aʼzolariga o‘z faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

02 Mar, 07:01

1,454

22-sonli umumta'lim maktabida muhokama yig'ilishi o'tkazildi
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

02 Mar, 05:04

1,885

Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Chortoq tumanida PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan hududlarda huquq-tartibot maskanlari, "Namunaviy xavfsiz ko‘cha" va "Namunaviy xavfsiz yo‘lak"lar tashkil etilmoqda.

Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev ana shunday mahallalardan biri —Chortoq tumanidagi “Namangan” mahallasida bo‘lib, qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Shuningdek, masʼul xodim va mutaxassislar tomonidan yangi qurilayotgan "Huquq-tartibot maskani"ning loyihasi bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, "Namunaviy xavfsiz ko‘cha" va "Namunaviy xavfsiz yo‘lak"larni shakllantirishdagi zaruriy chora-tadbirlar va zamonaviy texnika-vositalar namoyish etildi.

O‘rganishlar davomida qaror ijrosini toʻlaqonli taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, huquq-tartibot maskani faoliyatini belgilangan muddatda yoʻlga qo'yish va boshqa masalalar yuzasidan sektor rahbarlari hamda boshqa masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

02 Mar, 04:01

1,509

Namangan tumanida “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ish olib borilmoqda

Namangan tumani, 3-sektor hududidagi “Kaykovus” mahallasi “qizil” toifaga kiritilgan bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish va xavfsiz muhit yaratish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Unga muvofiq, mahalla hududidagi Tinchlik va Namuna ko‘chalari “Xavfsiz ko‘cha”ga aylantirilmoqda.

Mahallada xavfsizlikni taʼminlash maqsadida 12 ta zamonaviy videokuzatuv kamerasi o‘rnatilib, barcha hudud qamrab olindi. 4 ta “Tashvish tugmasi” o‘rnatildi.

Shuningdek, xonadonlar va savdo nuqtalarini texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash hamda ularni maxsus qo‘riqlash markazlariga ulash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Sektor rahbari mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, kelgusida xavfsiz muhitni yana-da mustahkamlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

01 Mar, 16:03

1,922

Jinoyatchilikka qarshi kurashda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga eʼtibor qaratildi

To‘raqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i tomonidan hududda jinoyatlarni oldini olish va jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tumandagi “Toshkent” mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, mahalla faollari, oqsoqollar va yoshlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mahallada sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati muhokama qilinib, uni keltirib chiqargan sabablar tahlil qilindi. Ishtirokchilar jinoyatchilikka olib keluvchi omillar, ularning oldini olish choralari haqida fikr almashdilar.

Muhokama yakunida fuqarolarga jinoyatlardan himoyalanish yo‘llari borasida tushuntirishlar berildi.

Xususan, mulkiy daxlsizlikni taʼminlash, fuqarolar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikga oid tavsiyalar aytib o‘tildi.

Shuningdek, bugungi kunda keng tarqalayotgan Kiber jinoyatlar haqida ham maʼlumotlar berilib, bank plastik kartalarining himoya maʼlumotlarini begona shaxslarga bermaslik, shubhali havolalarni ochmaslik kabi ehtiyot choralariga rioya qilish zarurligi taʼkidlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube