Latest Posts from Мирали Хамраев (@miralikhamrayev) on Telegram

Мирали Хамраев Telegram Posts

Мирали Хамраев
Мирали Муҳаммаджонович Ҳамроевнинг телеграмм каналига хуш келибсиз
3,162 Subscribers
1,402 Photos
244 Videos
Last Updated 01.03.2025 04:23

Similar Channels

Bukhara TV | Бухоро
23,138 Subscribers
OTFIV | Buxoro
6,198 Subscribers

The latest content shared by Мирали Хамраев on Telegram


​​👷🏻👷🏼‍♀️ Buxoro shahridagi "Artel" kompaniyasi ishlab chiqarish korxonasiga quyidagi bo'sh o'rinlariga ishga taklif qiladi

👉 Yuk tashuvchi
👉 Tayyorlovchi
👉 Yig'uvchi
👉 Qadoqlovchi
👉 Payvandlovchi
👉 Stanok operatori
👉 Sifat nazoratchisi

Kompaniyaga ishga kirgan fuqarolar uchun quyidagi imtiyoz va imkoniyatlar mavjud:

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga joylashuv;
Ilmiy va ijodiy faoliyatingizda karyerangiz o'sib borishi uchun katta imkoniyat;
Munosib ish sharoiti va ahil jamoa;
Ish uchun maxsus kiyim;
Tushlik hamda kechki tushlik (poldnik);
Ijtimoiy ta'minot (har oyda ish haqidan tashqari taqdim etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari);
Eng yaxshi xodimni rag'batlantirish.

Suhbatga tashrif buyuring va o'zingiz uchun mos bo'lgan ish o'rinlarini egallab eng yirik maishiy ishlab chiqaruvchi kompaniya jamoa a'zosi bo'ling!

Suhbat joriy yil 24-fevral kuni, soat 10.00 da bo'lib o'tadi.

📍 Manzil: Buxoro shahri S.Ayniy MFY binosi yon tomoni (Eski XBK zavodi õrni).

📞 Murojaat uchun: +998885602717;  +998997032717

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

🔍“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan video lavha

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K

🎁 Бугун, бир қатор ёшлар устози, иқтисодиёт фанлари доктори, Хамидов Обиджон Хафизович ўз таваллуд кунини нишонламоқда.

Мураббий 49 ёшни қарши олмоқда. Фурсатдан фойдаланиб, Обиджон Хафизовични бугунги туғилган куни билан чин юракдан муборакбод этиб, устозга узоқ умр, сиҳат-саломатлик тилаб, янада янги марраларни забт этишларини тилаб қоламиз!

Қадрли ватандошлар, азиз бухороликлар!

Бугун Бухоро вилояти ҳокимнинг ўринбосари лавозимидаги фаолиятимни расман якунладим. 2020 йил апрел ойидан шу кунга қадар вилоят ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари лавозимида соҳа фидойилари билан кўплаб эзгу ишларни амалга оширишга эришдик. Президентимиз ва ҳукуматимиз қўллови, ташаббуси билан юзлаб ижтимоий соҳа обеъктлари қайта қуриб фойдаланишга топширилди. Соғлиқни сақлаш муассасалари таъмирланди. Янги олий ўқув юртлари қиёфа очди. Нуфузли халқаро спорт ва фан олимпиадаларида ёшларимиз муносиб ўринларни эгаллаб, юртимиз байроғини баландларга кўтарди. Буларнинг барчасига албатта, халқимизнинг қўллови, устозларнинг самарали меҳнати ва давлатимизнинг ижтимоий соҳага бўлган эътибори сабабли эришмоқдамиз.
Биз қайси лавозимда бўлмайлик албатта шу юрт манфаати учун меҳнат қилишни ўзимизга фахр деб биламиз.

Лавозимга янги келган раҳбар, ёш ва тажрибали Адилов Бахтиёр Алишеровичнинг келгуси ишларида омад ва зафарлар тилайман.

Ҳурмат ва эҳтиром билан

Мирали Ҳамроев

Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятида қўшимча имкониятларни юзага чиқариш, инвестиция ва иш ўринларини кўпайтириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное выявлению дополнительных возможностей, увеличению инвестиций и рабочих мест в Бухарской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Buxoro #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#kuz_qishga_tayyorgarlik

Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Mirali Xamrayev hududlarda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qishga tayyorgarlik holati, "Yashil makon" loyihasining ijrosi, obodonlashtirish hamda ta’lim jarayonlarining borishi bilan tanishish maqsadida Gʻijduvon tumanida o'rganish olib bordi.

Dastlab ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonlarining borishini ko‘zdan kechirdi. O'rganish jarayonida Mirali Xamrayev "Yashil makon" loyihasi hamda obodonlashtirish ishlarning borishiga tanqidiy baho berib, ishlarni jadallashtirish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal qilsh yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#ishqibozlarga_tuhfa

Bunyodkorlik shiddati: 10 yildan ortiq vaqt mobaynida qarovsiz holda yotgan sobiq "To'qimachi" stadioni rekonstruksiya qilinib, zamonaviy futbol o'yingohiga aylantirildi

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#stadion_ochilish

Xabar berganimizdek, ayni paytda Buxoro mintaqaviy futbol akademiyasiga qarashli o‘yingohning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilmoqda. Marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Xamrayev Buxoro viloyat hokimi, viloyat futbol assosiatsiyasi vitse-prezidenti Botir Zaripovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

#DIQQAT
#TARQATING

👉Buxoro shahridagi “To‘qimachi” o‘yingohi Proliga uchrashuvlariga tayyor holga keltirilganligidan xabaringiz bor.

🗓Shuni inobatga olib, Proliga 27-turidan o‘rin olgan "Buxoro" — "Aral" uchrashuvi 22-noyabr kuni mazkur o’yingohda o‘tkaziladi. Ushbu bellashuv “Buxoro” klubining joriy mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvi hisoblanadi. O‘yin 14.45da boshlanadi.

🎉Shu kuni soat 13.00dan boshlab o‘yingohni foydalanishga topshirish marosimi munosabati bilan katta konsert uyushtirilmoqda.

❗️Konsert dasturi va futbol uchrashuvidan bahramand bo‘lish uchun o‘yingohga kirish BEPUL.

🏟O'yingoh lokatsiyasi ushbu havolada.

Ma'lumot uchun:
5-noyabr kuni "Buxoro" safarda "Mash'al" jamoasini mag'lub etib, Superliga yo‘llanmasini naqd qilgandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube