みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1 @minnano_nihongo1 Channel on Telegram

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

@minnano_nihongo1


🇺🇿🖇️🇯🇵
Bu orolga mening prizmam bilan qarab koʻramiz!

@Tantousha_san / @neto_business / @neto_designers / @Basic_Kanji1/

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1 (Japanese)

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1チャンネルへようこそ!このチャンネルは日本語を学ぶ皆さんのための素晴らしいコミュニティです。もし日本語に興味がある方、日本語を学びたい方、または日本文化に興味がある方々におすすめです。こちらでは、@Tantousha_san、@neto_business、@neto_designers、@Basic_Kanji1からの情報をシェアしています。日本語の勉強方法や文化、ビジネスに関する情報など、幅広いトピックをカバーしています。みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1チャンネルで、楽しく学びながら日本語力を向上させましょう!

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

11 Jan, 05:51


Yapon tilida 寂しいーsabishi degan soʻz bor, oʻzimizning tilga "xafa, xomush" sifatlariga toʻgʻri keladi.

Yapon tilida yana bir soʻz bor, 寂しげなーsabishigena, oʻzimizning tilga "xafagina, xomushgina" soʻziga toʻgʻri keladi.

sabishi=xafa
sabishigena=xafagina
☠️

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

11 Jan, 00:22


Bugunning eng katta voqeasi haqida, bitta yapon bilan suhbatimiz:)

Birinchi oʻzbek Angliya premyer ligasida oʻynaydi, yana Manchester Sityda 🤯🚀

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

09 Jan, 08:30


#newwords

年功序列 (nenkō joretsu) — bu Yaponiya kompaniyalarida keng tarqalgan an'anaviy tizim bo'lib, unda xodimlarning maoshi va lavozimi ularning ish stajiga qarab oshiriladi. Ushbu tizimda xodimning yoshligi va kompaniyada qancha vaqt ishlagani muhim ahamiyat kasb etadi, va ko'pincha tajribasi ko'proq bo'lgan xodimlar yuqori lavozimlarga ko'tariladi hamda ko'proq maosh olishadi. Bu tizim uzoq muddatli sodiqlikni va tajribaning qiymatini qadrlaydi, lekin zamonaviy davrda ba'zi tanqidlarga ham uchraydi, chunki u meritokratiyaga asoslangan mukofotlash tizimlari bilan raqobatlashishda qiyinchiliklarga duch keladi.

* yoshi kattalashsagina maoshi ko'tarilish sistemasida xullas. )))

👉 JAPANSTORE |

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

31 Dec, 19:15


2025!!!

忘れられない 1年でした、
忘れらたくない 1年でもあります。

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

31 Dec, 03:22


👪🏡🎄🎂🥂🍩🍰🥗📸🎶

2025!

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

31 Dec, 02:57


Hammani kirib kelayotgan, yangi 2025-yil bilaman tabriklayman. Zoʻr yil oʻtkazdim. Kelgusi yil ham hammamiz uchun qiziqarli rejalarga boy boʻlsin!

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

29 Dec, 12:43


Yaponiya bilan bir xil "цикл"!

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

29 Dec, 12:43


Germaniyadagi o’zbeklar suhbatidan.

@lazizhamidov

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

25 Dec, 12:37


“Ўзбекистондаги носвойлардан 10 хил заҳарли модда аниқладик” — Япониядаги ўзбек олими янги тадқиқоти ҳақида

Фарғона, Тошкент, Жиззах, Самарқанд, Қашқадарё вилояти ва Тошкент шаҳридаги носвойлардан намуна олиб, Япониянинг Киото университетида текширилди. “Одамлар носни нисбатан зарарсиз деб истеъмол қилади, лекин бир қанча заҳарли модда тупроқ орқали носга қўшилиб қолишидан бехабар. Бизни ҳам натижалар ҳайрон қолдирди, яқинда тадқиқотни тўлиқ чоп қиламиз”, – дейди олим Жасур Жўраев Кun.uz мухбири билан суҳбатда.

👉 https://kun.uz/kr/63112253

Kun.uz расмий канали

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

23 Dec, 06:14


1870-yilda tashkil topgan, koʻplab Nobel laureatlarini chiqargan, Tokyo daigaku (東京大学) Tokyo universitetiga keldim, xasharga. Juda koʻp talabalar bor. Komaba korpusida ish qilayapman. Qayta taʼmirlanayapti ekan.

Qachondir yoʻlingiz tushsa, shu shu yerda ham bir ウズベク人(oʻzbek) ishlagan deb eslab qoʻying.
Shunday katta dargohlarining ilmi yuqsin bizga ham 🤲🏼


@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

20 Dec, 06:23


2024-yil uchun, "Visual Capitalst" nashri, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlariga tayanib, GDP( Gross domestic product ) YIM va xarid qobiliyatilarini hisoblab, oʻrinlab chiqishibdi. G7 da 2-oʻrinda, dunyoda 5-oʻrindagi iqtisodiyot ekan, koʻzi qisiqlar mamlakati:)

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

19 Dec, 09:57


## 🌟 Yaponiya Universiteti: Bakalavr va Magistratura uchun tayyorlov kursi 🎓

### 📍 Asosiy Ma'lumotlar

#### 🏫 Universitet Joylashuvi
- Hudud: Gifu
- O'qish muddati: 1 - 1.5 yil

### 📋 Asosiy Talablar

#### 🔑 Kirish Sertifikatlari
- JLPT N5
- NATT N5

#### 📚 Ta'lim Sharti
- Umumiy ta'lim yili : 12 yil(kamida)

### 📅 Muhim Sanalalar
- Ariza topshirish: 2025-yil 1-mart
- O'qish boshlanishi: 2025-yil sentabr

### 💰 Moliyaviy Ma'lumotlar

#### 🏦 To'lov Tarkibi
- Imtixon to'lovi: $130

#### 📊 Kontrakt Narxlari
2 semestrlik kurs:
- 1-semestr: $2,140
- 2-semestr: $1,460
- Jami: $3,600

3 semestrlik kurs:
- 1-semestr: $2,140
- 2-semestr: $1,460
- 3-semestr: $1,500
- Jami: $5,100

### 🏠 Yotoqxona Sharoiti
- Oylik to'lov: $200
- Oldindan to'lov (3 oylik): $600
- Barcha qulayliklar mavjud

### 💸 Stipendiya
- Miqdori: $320 (6 oy davomida)
!!!! Faqat yuqori baholarga ega bo'lganlar ariza topshira oladi.

### 🌈 Qo'shimcha Eslatma
🚀 Yaponiyada o'qish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! 🇯🇵

Aloqa uchun :@Ahmad_Ozturk

https://t.me/JLPT_N1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

14 Dec, 09:29


Chiba viloyati taraflarda Yotsugi degan bekat bor. Kanjida 四ツ木 deb yoziladi. Toʻgʻridan togʻri maʼnosi "Toʻrt daraxt" degani. Samarqandda "Chortut" yana "Toʻrttol" degan joylar bor. Bir biriga juda oʻxshash. Lekin, misol uchun Alabama, Texas, Berlin, Peterburg degan nomlarni oʻzbek tiliga tarjima qilib boʻladi deb oʻylamayman. Yaponlar bilan oʻxshashlik taraflarimiz nisbatan koʻproqdek tuyuladi har doim:)
Misol uchun 疑問ーgimon, oʻzbekchada "gumon" kabi soʻzlar ham borligi uchun.

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

13 Dec, 09:18


Yaponiyaning Shikoku Banki xodimlari ishga kirishdan oldin juda qat’iy shartnomani imzolashlari shart ekan. Shartnoma quyidagi bandni o‘z ichiga oladi: "Agar xodim bankdan pul o‘g‘irlasa yoki mijozga pul o‘g‘irlashda yordam bersa, o‘z joniga qasd qilishi kerak."

@lazizhamidov

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

03 Dec, 06:13


#doortodoor
#No7

Orient Mako 40

(Made in Japan)

by Orient design

手巻き+自動巻き
(Manual winding + automatic winding)

Tokio→Samarkand

@neto_business

Telegram | Instagram | Youtube

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

01 Dec, 03:01


Kelishimga Vivaldi simfoniyasi bilan kutib olishdi, shunaqa joy qilib qoʻyishibdi)

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

01 Dec, 02:55


Shunaqa vayb menda

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

01 Dec, 02:15


#jlptexam
#hasbi

Har imtihonning 読解(oʻqib tushunish) qismiga kelganda meni miyam 🧠👁️

😆

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

29 Nov, 12:10


N1/N2 gacha kelgan va kela olgan romantik yaponshunoslarni shunaqa tasavvur qilaman)

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

28 Nov, 14:48


#jlpt2024

Koʻpchilik soʻraydi, imtihonga qanday tayyorlanib kirsam boʻladi, nimalar olib kiray deb.
Meni retseptim, barcha ingredientlar mujassam 😆

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

28 Nov, 13:53


#japanbrand

Pov: Odamlarni oʻqishga qanday odatlantiramiz?
- Koʻproq kitob berish kerak.
- Yoʻq hamma narsaga, arzimagan deb oʻylangan narsalarga ham nimadir yozamiz!
-Go!!!

🕶️安全メガネ着用の上使用ください。

🕶️ Xavfsizlik koʻzoynagini taqqan holda foydalaning.

Made in Japan

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

20 Nov, 16:46


Futbol boʻyicha jahon chempionatiga saralash oʻyinlari boʻlib oʻtayapti.
Oʻtkan hafta Yaponlar Indoneziyaga qarshi oʻynadi. Kichikkina qahvaxonada koʻrdim oʻyinni. 4:0.
Kecha oʻzimizning milliy jamoamiz oʻynadi. 1:0 ga yutdik.
Abbos Fayzullayev gol urdi.

Yapon nashrlari Abbos va oʻzbek futboli haqida yozishibdi. Bu yerda oʻqishingiz mumkun.
Maqolaning umumiy mazmuni, Oʻzbekistonda yoshlar terma jamoalari yaxshi rivojlanayotgani, legioner futbolchilar zoʻr natijalar koʻrsatayotgani haqida ekan.

Rasmda, boshimda tasma.
Bu 鉢巻きーhachimaki deyiladi. Yapon maktablarida oʻquvchilar bellashsa shuni oʻrab, bellashuv qilishar ekan.
Ishda ham ishlatamiz, shu soʻzni. Goʻyoki "hech qachon yutqizmaslik va ruhiy kuch keladi" deb oʻylashar ekan.

Bu narsa oʻzimizda ham bor, oʻylab qarasak.
Nimadir ish boshlashda, "belni mahkam bogʻlab" degan ibora koʻp ishlatiladi. Ikkalasi ham bir xil ruhiyatiga ega atamalar menimcha.
Tilimizning noyobliklari koʻp, bilib-bilib ishlatish kerak xolos.

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

20 Nov, 08:19


Davlat qarzimiz koʻpayib ketibdi)

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

20 Nov, 08:18


O‘zbekistonning davlat qarzi 2025-yilga kelib 45,1 milliard dollarga yoki yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 36,7 foiziga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu ko‘rsatkich global o‘rtacha darajadan past bo‘lishiga qaramasdan, iqtisodiy barqarorlik uchun qarzning boshqaruvchanligi va samarali boshqaruvi katta ahamiyatga ega. To'g'ri boshqaruv amalga oshirilmasa jiddiy oqibatlar yuzaga keladi.

Yuqoridagi suratda dunyoning boshqa davlatlarining davlat qarzi YaIMga nisbatan qanday ko'rsatkichda ekanligini ko‘rishingiz mumkin.

@lazizhamidov

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

18 Nov, 08:05


Dunyoning boshqa bir burchagida uyqu uchun pul to‘lashmoqda)

Kuzatuv qurilmasi ishlab chiqaruvchi Whoop kompaniyasi xodimlariga yaxshi uxlaganliklari uchun oylik 100 dollar va qo‘shimcha bonuslar to‘lamoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu sarmoya o‘zini to‘liq oqlamoqda. Yaxshi dam olgan xodimlar yuqori unumdorlik ko‘rsatib, keltirgan foyda o‘n barobar ortiq bo'lib qaytmoqda ekan.

@lazizhamidov

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

13 Nov, 10:52


Ўзбекистон инглиз тили саводхонлиги рейтингида 98-ўринга тушди

2024 йилги EF English Proficiency индексига кўра, Ўзбекистон – аҳолиси орасида инглиз тилини билиш даражаси энг паст мамлакатлар қаторида қолмоқда. Айниқса, 18-20 ёшлилар гуруҳидаги натижаларнинг пастлиги эътиборга молик. 21-25 ёшли талабалар ўртасида эса инглиз тили саводхонлиги сезиларли яхшиланган. Ҳудудлар миқёсида энг яхши кўрсаткич Андижон шаҳрида қайд этилган.

👉 https://kun.uz/kr/34273421

Kun.uz расмий канали

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

03 Nov, 06:39


#isyonkorruh
#反抗心

Har zamonda ijtimoiy tarmoqlarda chiqib qoladi, "Yaponiya allaqachon 2050da" , "Bu faqat Yaponiyada" degan "shok" videolar. Ha rostdan ham baʼzi narsalar, ishlar, holatlar judayam oshirilib yuboriladi. Hayratlanarli!

Lekin degan joyi bor. Videoda xuddiki maqtab tasnif qilingandek. Izohlarda ham hamma olqishlagan. Lekin shaxsan men bunaqa fikrda emasman. Oʻzbekistonda boʻlsak, shu yoʻlni 2 soatga yopib, qatnovni toʻxtatib, ishni bitirib olgan boʻlardim. Bunaqa dahmaza qilmasdan.

Balki shu oddiy narsalar butun boshli Yapon iqtisodiga ham taʼsir qilayotgandir. Chunki Germaniya quvib oʻtdi, iqtisodiy oʻsish boʻyicha. Toʻgʻrida bu "puxtagaranglar" shunaqa qilib baʼzi ishlarni immilab, choʻzib bajargandan keyin, taʼsiri boʻlmay qolmaydi.

Xullas shu oʻtni bir hafta oʻrgan boʻlsa kerak. Menga 3/4万yena (taxminan 2.5/3mln soʻm) bersa bir kunda tinchitardim bitta sherik bilan.
Oʻtiraveringlar shunaqa:(


@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

30 Oct, 08:19


Har xil kanallarda chatgptdan oʻzi haqida soʻraganlarni koʻrdim. Shunga oʻzimni tekshirib koʻrgan edim🤯😶‍🌫️

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

30 Oct, 08:14


🤯 Chatgpt men haqimda bilar ekan...

Noway🤯

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

23 Oct, 12:19


Tarix davomida turli davrlarda ijtimoiy ehtiyojlar, texnologik taraqqiyot va iqtisodiy sharoitlarga qarab, insondagi ma'lum bir turdagi ko'nikma va mahoratlar juda qadrli va qimmatli sanalgan.

Bundan bir necha yuz yillar avval, ov qila olishlik ko'nikmasi inson hayotida yashab qolishi uchun juda ahamiyatli ko'nikmalardan biri bo'lgan bo'lsa, 20-asr oxirlariga kelib dasturlash, kompyuter savodxonligi va internetdan foydalana olish ko'nikmasi biron bir sohada natijaga erishish uchun juda qadrli ko'nikmalardan hisoblangan.

Hozirgi vaqtga kelib esa sun'iy intellekt, kiberxavfsizlik, bio va nanotexnologiyalar atrofidagi bilim-ko'nikmalar boshqa ko'nikmalarga nisbatan qadrli bo'lib bormoqda.

Bilasizmi, yaqin kelajakda qanday turdagi ko'nikmalar juda qadrli bo'lib qoladi? Bu - Diqqatni Jamlash (Deep Focus) qobiliyati.

Biron bir sohada natijaga erishishlik hozirgi vaqtchalik hech qachon bunchalik oson bo'lmagan. Sun'iy intellekt orqali istalgan ma'lumotni bir necha soniyada topib o'rganishingiz mumkin. Shu bilan birga biron bir sohani o'rganishda insoniyat hech qachon hozirchalik boshqa narsalarga chalg'ib ketmagan.

Telegram, Instagram, Youtube, Facebook va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlar odamlarda "Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi" (ADHD - Attention deficit hyperactivity disorder) kassaligini ko'paytirib yubordi. Aksariyat odamlar biron nima o'rganishda yoki ishlashda juda ko'p keraksiz narsalarga chalg'ib, diqqatni jamlay olmay qoldilar.

Natijaga erishish uchun sizga ko'proq vaqt kerak emas. Ko'proq bilim kerak emas. Ko'proq energiya ham kerak emas. Sizga ko'proq diqqat kerak. Fokus kerak.

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

21 Oct, 09:18


АҚШ элчиси бозор қилмоқда.

“Нега қиммат? Доллар ошдими? Ками борми?”

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

11 Oct, 03:13


Yaponshunos professor Sherzod aka yozayapti

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

10 Oct, 13:23


Ikki karra yutqazyapsiz

Yaponiyadagi talabalik hayotini men bir tuzog'ga o'xshataman.

Til maktablaridan boshlab, kasbga yo'naltirilgan kollejlar va universitetlargacha bo'lgan yo'l ko'pchilik uchun standart marshrut. Bu yo'lda katta orzular bilan yo'lga chiqiladi - Yaponiya kabi rivojlangan davlatda o'qib, biror sohaning mutaxassisi bo'lish istagi.

Ammo, universitetga kirgach ko'pchilik "diplom olsam bo'ldi" degan fikrga tushib qoladi. Vaqt faqat o'qish uchun kontrakt to'lash va minimal talablarga javob berish bilangina o'tib ketadi. Bu orada, uyga oz-moz pul jo'natib, o'zlarini aldaydilar - go'yoki katta muvaffaqiyatga erishayotgandek.

Universitetga ishonmang, kurslarga ishonmang, odamlarga ham ishonmang. Sizni mutaxassis qiladigan yagona odam – o'zingiz.

Universitetga millionlab pul to'lab qo'yishingiz sizni mutaxassis qilib qo'ymaydi. Minglab soatlar shug'ullanish qiladi. Agar u universitet uchun pulni topaman deb, o'qish uchun vaqt topa olmayotgan bo'lsangiz, ikki karra yutqazyapsiz.

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

08 Oct, 14:01


Takeshi Kitanoー北野武

Yaponlarda judayam mashhur, bir marta Toshkentga ham borgan edi. Laqabi "Beat Takeshi"(ビートたけし) " "Urushqoq Takeshi"
Baʼzi gaplarini yodlab olganman. Kinolarini ham qisman koʻrdim. Juda qiziq. Oʻzimizning Zulfiqor Musoqovni ham kumeri shu aktyor

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

08 Oct, 13:48


Yapon tilida ustozim shu😎😆

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

03 Oct, 09:05


#mativatsa


Tepadagi matnlarini, shu qoʻshiqni qoʻyib, oʻqinglar😆

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

03 Oct, 08:59


Odamlar orasida, musofir, migrantlar, chetda ishlaydi, degan koʻp va turli fikrlar yuradi.

Meni Rossiyada ishlaydigan oddiy ishchi bilan nima farqim bor? Deb, savol beraman oʻzimga.
Xoʻsh qanday farqim bor?
Bittagina kichik farq, darsga qatnashaman. Online yapon tili. Shu kichik farq menga motivatsiya beradi. Ham pul tarafdan, ham bilim koʻnikma orttirish tarafdan farq qilayotganim, hayotimni jozibadorroq qilib turibdi.
Chetga chiqib, albatta vaqt boʻladi, oʻqish kerak, deb oʻylab qolaman...

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

03 Oct, 08:43


Ishlab, pul topib, oʻqinglar. Hayot jozibadorroq koʻrinadi shu jarayonda.

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

03 Oct, 08:42


“Xudo bir insonni boshqa insondan ustun yoki quyi qilib yaratmagan” deb ishoniladi. Boshqacha qilib aytganda, xudo insoniyatni yaratganda barcha insonlar bir xil huquqqa ega bo’lib yaratilgan, hech kim tug’ma yuqori va quyi tabaqaga bo’linmagan. Xudo, butun mavjudotlarning gultojisi bo’lgan insonga o’z tanasi va qalbni ato etdi. Xudo insonga bu olamdagi turli xil ne’matlardan foydalanib o’zining oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpanaga bo’lgan ehtiyojlarini qondirib, o’zi istaganidek erkin, boshqalarga xalaqit qilmasdan, farovon yashay oladigan hayotni taqdim etgan. Lekin, insoniyat dunyosiga nazar tashlaydigan bo’lsak, aqlli va nodon, kambag’al va boy, yuqori va past mavqega ega insonlarga duch kelamiz. Insonlar orasida bu kabi osmon bilan yerchalik farq qanday qilib yuzaga kelishi mumkin?! Aslida buning sababi kundek ravshan. Jitsugo-kyo kitobida “Inson o’rganmasa, johilligicha qolib ketadi. Johil inson esa nodondir” deb yozib qo’yilgan. Boshqacha qilib aytganda, dono va nodon odamning farqi ular qay darajada ilm o’rganganligiga qarab belgilanadi.

Yukichi Fukuzawa "Ilmga chaqiriq"(1876-yil) kitobidan (tez orada chop etiladi. )

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

01 Oct, 06:15


Ustozlarimni bayram bilan tabriklayman!


"Ustoz"dek yetildi, yigitu-qizlar,
Kuyunganing osmon, joʻmard nolalar,
Bizmasmi tufroqda oʻzligin izlab,
Sen sabab, falakka yetgan bolalar...


@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

15 Sep, 08:09


#javob

Yilpigʻich. 手扇子ーてせんすーtesensu


Viktorinani yorvordimmi😆

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

15 Sep, 07:46



みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

15 Sep, 07:45


#savol

Tassavur qiling Zakovat shousidasiz, muhtaram boshlovchi savolni oʻqiy boshladi:

Yaponiyaning "Lawson" tarmoqli doʻkonlarida, yoz oylarida mana shunday reklama qogʻozlari osib qoʻyiladi va ular bepul. Kimgadir zarur boʻlsa olib ishlatishi mumkin. Bu qogʻozlarning yana bir muhim funksiyasi bor. Xozir bir daqiqa ichida siz, bu qogʻozlar yana qanday maqsadda ishlatilishini topishingiz kerak, vaqt ketti!

@minnano_nihobgo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

15 Sep, 02:57


#bushido
#侍

Har davrning oʻz samurailari bor. Va ular oʻzlariga munosib ustoz topishlari kerak, mashgʻulotlarni oʻrganishlari kerak.
Yoʻl oxirigacha bora olmagan(chalgʻigan) samurai faqat taassurot qoldirishga va oʻz manfaati haqida oʻylashga harakat qiladi, samurai ruhini yoʻqotadi.
Bunday xato, jarayonni yuzaki oʻrganishdan kelib chiqadi.
Yoʻl oxirigacha bora olgan samurai soddaligiga qaytib, hech qachon sarosimaga tushmaydi.

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

09 Sep, 01:03


Yaponiya qurilish maydonlariga oʻzbek tilida yozuvlar paydo boʻla boshladi 🫡

Men juda vatanparvar odamman 😁

みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1

09 Sep, 00:49


Shunaqamiz!

2,035

subscribers

577

photos

110

videos