MIGRATIONuzkr @migrationuzkr Channel on Telegram

MIGRATIONuzkr

@migrationuzkr


Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi
facebook.com/migrationuzkr1
https://www.instagram.com/migration.uz.kr/

Murojaat uchun telefon:
070-4252-2772

Migrationuzkr Telegram Channel (English)

Are you looking to migrate to South Korea for work or study purposes? Look no further than the Migrationuzkr Telegram channel! This channel serves as the official representation of the external labor migration agency's office in the Republic of Korea. Here, you will find valuable information, updates, and resources related to the migration process to South Korea. From visa application procedures to job opportunities and cultural insights, Migrationuzkr has got you covered. Connect with like-minded individuals, ask questions, and stay informed about the latest developments in the migration field. For more details and personalized assistance, you can also reach out to the agency via their Facebook page at facebook.com/migrationuzkr1 or follow them on Instagram at https://www.instagram.com/migration.uz.kr/. Don't miss out on this opportunity to make your migration journey smooth and successful. Join the Migrationuzkr Telegram channel today!

MIGRATIONuzkr

06 Nov, 01:18


Channel photo updated

MIGRATIONuzkr

06 Nov, 01:17


Channel photo removed

MIGRATIONuzkr

05 Nov, 07:01


✔️ KIIP Testi uchun Ro'yxatdan O'ting!

KIIP (Korea Immigration and Integration Program) — bu Koreya Immigratsiya va Integratsiya Dasturi bo'lib, chet elliklarni Koreya jamiyatiga moslashishiga yordam berish uchun tashkil etilgan. Dastur doirasida ishtirokchilar koreys tilini va Koreya madaniyatini o'rganishadi. KIIP'ni muvaffaqiyatli yakunlaganlar, turli vizalar olish va rezidentlik huquqini qo'lga kiritishda qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lishlari mumkin. O'zbekistondan Koreyaga kelgan va kelmoqchi bo'lgan barchaga ushbu dasturda o'qishlarini tavsiya qilamiz.

Ushbu dastur hozircha faqat Koreyada mavjud.


📆 Noyabr oyidagi KIIP testlari uchun ro'yxatdan o'tish kunlari:

💻 사전평가 Oldindan sinov tariqasida Kompyuterda test topshirish uchun ro'yxatdan o'tish:
6-noyabrdan
boshlanadi.

📝 사전평가 Oldindan sinov tariqasida Qog'ozda test topshirish uchun ro'yxatdan o'tish:
12-noyabr kuni o'tkaziladi.

⚠️ KIIP testlarida 41 balldan yuqori natija olsangiz, E-9 vizasidan E-7 vizasiga o‘tishda qo‘shimcha yordam beradi.

📌Ro'yxatdan o'tishni unutmang va imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzatib boring🔂
✈️https://t.me/koreya24soat
✍️ https://t.me/koreya24soat_bot

MIGRATIONuzkr

04 Nov, 06:21


🇰🇷 Koreyada 100,000 nafardan ortiq o'zbekistonlik yashamoqda!

➡️ Koreya immigratsiyasidan olingan rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, hozirda 92,000 nafar o'zbekistonlik fuqarolar qonuniy, 9,000 nafari esa noqonuniy tarzda Koreyada istiqomat qilmoqda. Noqonuniy faoliyat olib borayotgan fuqarolar umumiy o'zbekistonliklar sonining 9,78 % foizini tashkil etadi.

⚠️ Koreya Adliya vazirligining xabar berishicha, agar bir davlat fuqarolarining 10 % foizidan ortiq qismi Koreyada noqonuniy faoliyat olib borsa, o'sha davlat fuqarolari uchun viza cheklovlari joriy etilishi mumkin.

⚠️Fuqarolardan Koreya qonunlariga qat'iy amal qilishlarini va noqonuniy faoliyatga chiqmasliklarini so'raymiz.

NOQONUNIY faoliyat
Koreya Respublikasidan deportatsiyaga hamda jarimaga tortilishi mumkinligini eslatib o'tamiz!

Bizni kuzatib boring
📱 https://t.me/koreya24soat

MIGRATIONuzkr

11 Oct, 02:54


🇰🇷 E-9 vizasidan E-7 vizasiga o'tkazmoqchi bo'lgan fuqarolar uchun e'lon.

✍️Xizmatlar barchasi bepul amalga oshiriladi✔️


Murojaat uchun: 📞02-2285-1341
🤖@koreya24soat_bot

Bizni kuzatib boring✅️
✈️@koreya24soat

MIGRATIONuzkr

26 Sep, 03:23


🇰🇷 Hurmatli Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan opa-singillar!

Joriy yil 📆28-sentabr kuni soat 14:00 da Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo'limi vakillarining tashriflari kutilmoqda.

Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad:🏹
1. Qiyin vaziyatga tushib qolgan ayollarga yordam ko’rsatish.
2. O'zbekistonga qaytgan ayollarga qanday imkoniyatlar yaratilganligi hamda ayollarni qo'llab-quvatlash yuzasidan Prezident tomonidan imzolangan bir qator qonunlar to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishlari.
3. Oilada muammolari bor ayollarga qonunda belgilangan tartibda yordam ko'rsatish.
4. Qiyin vaziyatda qolgan biroq qaytib ketish uchun imkoni yo'q yoki biron to'sqinliklarga uchragan bo'lgan taqdirda, O'zbekistonga qaytarishda amaliy yordam.
5. O'zbekiston Respublikasida hozirda ayollar uchun yaratilayotgan yangi qonunlar hamda ular haqida ma'lumotlarga ega bo'lish.

Shuningdek Koreya Respublikasida ish hamda o'qish faoliyatlarini yakunlab O’zbekiston Respublikasiga qaytib borgan taqdirlarida ishga qayta joylashishlarida qonunda bir qator qulayliklar joriy etilgan bo’lib, ular qanday qulayliklar? Kim tomonidan yordam ko’rsatiladi? shu kabi ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.

📍Manzil: Seul, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213 10-qavat, 1003.
(Donghun binosi) Dongdemun tarix va madaniyat bog'i metro bekati 5-chiqish


🇰🇷주소: 서울, 중구, 장충단로 213
(동훈 빌딩) : 동대문역사문화공원역 5 번 출구

📱 Google mapsda manzil

🗺 Kakao mapda manzil

📞02-2285-1341, 02-2285-1342

Bizni kuzatib boring☑️
✈️@koreya24soat

MIGRATIONuzkr

24 Sep, 02:15


🇰🇷 Bugungi kunda Koreyada foydali ma'lumotlar ulashib borayotgan telegram kanallarni tavsiya qilamiz. Bu reklama emas, fuqarolarga Koreyadagi ish faoliyatlarida foydali bo'ladi degan umiddamiz.

1. "Ra'no opa" kanali.

2. "Salom Koreya" kanali.

3. Koreys tilini o'rganish uchun kanal.

4. Sog'lik sug'urtasida ishlaydigan hodima kanali.

5. "WAYU Koreya" kanali.

6. E-7-8-9 ishchi viza va Koreya hayoti kanali.

Bizni kuzatib boring✅️
✈️ @koreya24soat

MIGRATIONuzkr

10 Sep, 10:12


‼️Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz diqqatiga

Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi yurtdoshlarimizga qulay bo'lishi uchun Kvangju shahridan Seul shahriga ko'chirildi.

📍Yangi manzil: Seul, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213 10-qavat, 1003.

☎️ 02-2285-1341, 02-2285-1342

(Donghun binosi) Dongdemun tarix va madaniyat bog'i metro bekati 5-chiqish

New address: Seul, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213

(Donghun building) Dongdaemun History & Culture Park 5th exit

🇰🇷주소: 서울, 중구, 장충단로 213
(동훈 빌딩) : 동대문역사문화공원역 5 번 출구

👉Google mapsdan manzilni ko'rish
👉Kakao mapdan manzilni ko'rish

@mehnatvazirligi

MIGRATIONuzkr

09 Aug, 07:01


🇰🇷Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan fuqarolar uchun joriy yil 18-25-iyul kunlari Malaka imtihoni (Skill test) bo'lib o'tgan edi.

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ishlab chiqarish sohasi bo’yicha malaka imtihonidan jami 6774 nafar nomzod muvaffaqiyatli o'tgan.

👉Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar

Nomzodlardan anketa maʼlumotlarini yashash hududidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining filiallariga 13-avgustdan boshlab taqdim etish so‘raladi.

👉Anketani yuklab olish

👉Hududiy filiallar manzillari

🔻 Bizni kuzatib boring👇
😎 https://t.me/koreya24soat

MIGRATIONuzkr

09 Aug, 06:39


🇰🇷E'lon

Kecha habar berganimizdek oxirgi skill test natijalari bugun 12:00 da e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ro'yxatda chiqmagan, yoki turli xil savollar yuzaga kelgan taqdirda 👉@koreya24soat_bot orqali bizga habar yo'llashingiz yoki 71-202-33-55 raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Fuqarolarga imkon qadar qulaylik yaratishga harakat qilamiz.

Rasmiy va aniq ma'lumotlar faqat Koreya 24 soat kanali orqali beriladi.✔️

Bizni kuzatib boring👇
✈️ https://t.me/koreya24soat

MIGRATIONuzkr

05 Aug, 12:54


#Sōragan_edingiz

Koreya Respublikasida ishlash uchun mehnat shartnomasi berilgan, CCVI viza keldi, ko'niktirish o'qishini tamomladim. Lekin hali ham Koreyaga ketolmayapman. Bunga nima sabab bo'lmoqda?

🔻 Bizni kuzatib boring👇
📱 https://t.me/koreya24soat

MIGRATIONuzkr

05 Aug, 02:35


🇰🇷Bugun, 5-avgust kuni 72 nafar yurtdoshlarimiz Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida ishlash maqsadida ushbu davlatga yetib keldi.

Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Elchixona, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

🔻 Bizni kuzatib boring
https://t.me/koreya24soat

MIGRATIONuzkr

01 Aug, 07:50


#Savol_javob

SPAS bazada ikki oydan buyon tasdiqlanmayapman. Tasdiqlanish jarayoni kimga bog'liq va qanday muammolar bo'lishi mumkin?

Bizni kuzatib boring🔽

😎https://t.me/koreya24soat

MIGRATIONuzkr

29 Jul, 07:13


🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida E-9 vizasi bilan ikkinchi marotaba mehnat shartnomasi (VIP) asosida mehnat qilayotgan fuqarolarimiz diqqatiga!!!

Siz vizangizni E-9 vizasidan E-7-4 malakali ishchi vizasiga o'zgartirishingiz mumkin. Viza maqomini o'zgatirishning amaldagi tartibga ko'ra quyidagi talablar asosiy hisoblanadi

- 4 yildan ortiq E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirgan bo'lishi;
- yillik daromad 26 000 000 vondan yuqori bo'lishi;
- koreys tilini bilish darajasi TOPIK 2 yoki KIIP 2-daraja yoki undan yuqori bo'lishi kerak;


Keyinchalik E-7-4 vizasidan F-2 vizasiga, soʼngra F-5 vizasiga
ham almashtirish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.

Agar siz yuqoridagi talablarga mos kelib, viza maqomini o'zgartirish istagida bo'lsangiz TMMAning Koreyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi
.

📞070-4252-2772
📞062-962-02-01

📬Elektron manzil: [email protected]

Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

MIGRATIONuzkr

18 Jul, 02:40


✈️ Avgust oyida rejalashtirilayotgan reys kunlari haqida ma'lumot.

(VIP vizadagi fuqarolar uchun qo'shimcha reys qo'yilishi rejalashtirilmoqda)

📱 https://t.me/koreya24soat