Mehnat huquqi @mehnathuquqi Telegram Kanalı

Mehnat huquqi

Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@MehnathuquqimurojaatBot
31,322 Abone
987 Fotoğraf
276 Video
Son Güncelleme 28.02.2025 10:20

Mehnat Huquqi: O'zbekistonning Mehnat Qonunchiligi va Huquqlari

O'zbekistonda mehnat huquqi, shuningdek, mehnat qonunchiligi va pensiya tizimi, jamiyatda har bir fuqaroning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi mehnat munosabatlarini tartibga solish uchun belgilangan asosiy hujjat bo'lib, bu qonun mehnat shartnomalari, ish haqlari, ishchi va ish beruvchilar o'rtasidagi munosabatlar, shuningdek, pensiya tizimining asosiy prinsiplari haqida batafsil ma'lumot beradi. Shuningdek, davlat tomonidan mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan dastur va tashabbuslarni amalga oshirishga alohida e'tibor beriladi. Ushbu maqola, mehnat huquqi va pensiya tizimining muhim jihatlari bilan birga, mavjud savollarga javob berishga, shuningdek, olimlarning ilmiy ishlarini kuzatib borishga yordam beradi.

O'zbekistonda mehnat huquqlari qanday himoya qilinadi?

O'zbekistonda mehnat huquqlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat Kodeksi orqali himoya qilinadi. Ushbu hujjatlar mehnat munosabatlarini tartibga solish, ishchilar va ish beruvchilar o'rtasidagi huquqlar va majburiyatlarni belgilashda muhimdir. Boshqa muhim jihatlar ichida, mehnat shartnomalari, ish haqi va ijtimoiy kafolatlar haqida ma'lumotlar hamda ishchilarni himoya qilish uchun o'rnatilgan mexanizmlar kiritilgan.

Shuningdek, O'zbekistonda mehnat huquqlarini himoya qilish uchun davlat organlari va boshqaruv tizimi mavjud. Ular ishchilar va ish beruvchilar o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda aralashish va muammolarni hal qilishda yordam berishadi. Davlat, mehnat va ijtimoiy himoya bo'yicha tartib-qoidalarni nazorat qiladi va mehnat qonunlariga amal qilishini ta'minlaydi.

Pensiya tizimi O'zbekistonda qanday ishlaydi?

O'zbekistonda pensiya tizimi, asosan, davlat tomonidan boshqariladi va har bir fuqaro uchun ijtimoiy himoyani ta'minlashga qaratilgan. Pensiya tizimi O'zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya qonunchiligi asosida tashkil etilgan bo'lib, ishchilar pensiya huquqi uchun kerakli ish staji va to'lovlarni amalga oshirishlari shart. Ish beruvchilar, o'z navbatida, ishchilar uchun pensiya hisobiga naqdot to'lovlarni amalga oshirishlari shart.

Pensiya huquqi, shuningdek, turli ijtimoiy guruhlar uchun, masalan, nogironlar, harbiy xizmatchilar va onalar uchun kengaytirilgan. O'zbekistonda pensiya olish uchun talablar va jarayonlar o'zgarishi mumkin, shuning uchun fuqarolar pensiya tizimini va mavjud qonunlarni diqqat bilan o'rganishlari muhimdir.

Mehnat shartnomasini qanday tuzish kerak?

Mehnat shartnomasini tuzish bir nechta muhim jihatlarni o'z ichiga oladi. Avvalo, shartnoma yozma shaklda bo'lishi kerak va unda ish beruvchining va ishchining ma'lumotlari, ish joyi va lavozimi, ish haqi va boshqa shartlar ko'rsatilishi lozim. Har ikki tomon ham shartnomani imzolaganidan so'ng, shartnoma kuchga kiradi va tomonlar o'z majburiyatlarini bajarishga tayyor bo'lishlari kerak.

Mehnat shartnomasida ishning davomiyligi, ish vaqti, dam olish va boshqa ijtimoiy kafolatlar haqidagi malumotlar ham o'z ifodasini topishi kerak. Agar biron-bir ikki tomon shartlarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelsa, ishchi yoki ish beruvchi o'z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish imkoniyatiga ega.

Mehnat qonunchiligida yangi o'zgarishlar qanday kutilmoqda?

O'zbekistonda mehnat qonunchiligida yangiliklar doimiy ravishda yaratilmoqda, chunki davlat iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga intilmoqda. O'tgan yillarda qabul qilingan mehnat qonunlarini yangilash va zamon talablari asosida o'zgartirishlar yahshi yangiliklar sifatida qabul qilinmoqda. Masalan, ish haqi tizimi va ishchilar uchun ijtimoiy xavfsizlik kafolatlari bo'yicha yangi standartlarning joriy etilishi kutilmoqda.

Shuningdek, mehnat qonunchiligida gender tengligini oshirish va ish joyidagi diskriminatsiyaga qarshi kurashish maqsadida o'zgarishlar kiritish ham planda bor. Davlat, mehnat qonunlarini muvofiq ravishda yangilab borishni, hamda ishchilarning huquqlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan choralar ko'rishni rejalashtirmoqda.

Yuridik maslahatlarni qanday olish mumkin?

O'zbekistonda yuridik maslahatlar olish uchun bir necha usullar mavjud. Fuqarolar o'z huquqlari va majburiyatlarini tushunishlari uchun professional advokat yoki yuridik firmaga murojaat qilishlari mumkin. Yuridik xizmatlar ko'rsatadigan tashkilotlar, odatda, shartnomalar, mehnat huquqlari va boshqa yuridik masalalar bo'yicha maslahatlar beradi va murojaat qiluvchilarning savollariga javob beradi.

Bundan tashqari, davlat tomonidan yaratilgan yuridik yordam tashkilotlari ham fuqarolarga bepul yoki arzon narxlarda yuridik maslahatlar taqdim etishi mumkin. Ushbu xizmatlar mehnat qonunchiligi, ijtimoiy himoya va boshqa yuridik sohalar bo'yicha maslahatlarni o'z ichiga oladi.

Mehnat huquqi Telegram Kanalı

🌐 "Mehnat huquqi" kanali orqali mehnat, pensiya va boshqa sohalarda yangiliklar, savollar va olimlarning ilmiy ishlarini kuzatib borishingiz mumkin. Kanalda siz xabarlar, fikrlar va foydali maqolalar topishingiz mumkin. Savollaringizga javob olish uchun esa kanalda foydali kontentlar mavjud. Bu kanal sizga muhim axborotlar va fikrlar taqdim etadi. Agar siz ham mehnatga oid yangiliklardan va qiziqarli faktlardan xabar alishni istasangiz, shunchaki "Mehnat huquqi" kanaliga obuna bo'ling. Kanalda sizni kutib turadigan yangiliklar, ilmiy maqolalar va aniq javoblar sizi kutmoqda. Murojaatlar va reklama uchun esa @MehnathuquqimurojaatBot yoki @MuhammadaminKarimjonov bilan bog'laning. Sizni "Mehnat huquqi" kanalida ko'rishni kutib qolamiz!

Mehnat huquqi Son Gönderileri

Post image

#savolimbor? Intizomiy jazosi bor xodimga 8-mart bayrami uchun mukofot bersa bo'ladimi? Agar mumkin bo’lmasa, qandaydir yo’li bormi berishni?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

👉 MK 299-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

👉 MK 315-moddasi 1-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

👉 MK 252-moddasi 3-qismiga ko’ra, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi. Shuning uchun ham, intizomiy jazo amal qilayotgan xodimga bayram mukofoti berilmaydi.

Agar xodimga bayram mukofoti bermoqchi bo'lsangiz, u holda intizomiy jazoni olib tashlang❗️MK 315-moddasi 3-qismiga ko'ra, ish beruvchi intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Ha, yana bir gap👉 Intizomiy jazoni olib tashlash uchun, xodim qandaydir jasorat yoki karomat ko'rsatishi shart emas. Ish beruvchi intizomiy jazosi bor istalgan xodimning jazosini bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega.

Batafsil👉 https://t.me/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov



️Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

28 Feb, 06:38
2,429
Post image

Rahbar xodimga “bolnichniy” ochtirma deyishga haqlimi?

#savolimbor Ассалому алайкум мен сизга бир мурожат билан чикяпман мени мурожатим бизи ташкилотимиз 3 нафар фарзанти бор оналарга балнишний 100 % толик тушади шунинг учун Директоримиз менга 1 йил давомида коп балнишнийга чикишсанг болмайди 3 фарзантим бор деб балнишний килишма деб айтди огохлантиряпман деб шу конунга тогрими

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

MK 281-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart:

… qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash hamda to‘lash tartibini belgilaydi.

Nizomning 22-bandiga ko’ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi:
baynalminal jangchilarga;
qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan xodimlarga;
pandemiya, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda, ushbu favqulodda vaziyatlarga sababchi bo‘lgan infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan va 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar).

Direktorning “bolnichniy”ga chiqma degan gaplari asossiz. Agar qonunchilikda belgilangan asoslar bo’lsa, xodim “bolnichniy” ochtirishga haqli. Quyidagilar “bolnichniy” ochtirishga asos hiosblanadi: xodimning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga ko‘ra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibini belgilaydi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

28 Feb, 03:56
3,069
Post image

🌙 РАМАЗОН ТАҚВИМИ – 2025

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

#ramazon #taqvim #2025
🌐 MUSLIM.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

27 Feb, 17:11
5,650
Post image

#Эксперт_шарҳи

Мурожаат: Мен аттестациядан ўтолмадим. Менга қандай кафолатли тўловлар бор?

Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси, ҳамкоримиз Муҳаммадамин Каримжонов ушбу мурожаатга батафсил жавоб беради.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat

27 Feb, 12:08
4,814