Kimdir sizga hasad qilayotganini qanday bilsa bo‘ladi?
🔻 Agar kimdir sizga ich-ichidan hasad qilayotganini bilmoqchi bo‘lsangiz, e'tibor berish kerak bo‘lgan ikki asosiy belgi bor:
🔜 Birinchi belgi: U sizning yutuqlaringizdan xursand bo‘lishni xohlamaydi. Sizni quvontiradigan har qanday narsa u uchun arzimas yoki hatto salbiy his-tuyg‘ularni uyg‘otadi.
🔜 Ikkinchi belgi: U sizning xatolaringizni doim tanqid qiladi va har bir kichik muvaffaqiyatsizlikda aybdorlikni sezdiradi. Bu esa sizning yutuqlarga erishishingizga halaqit beradi.
🔻 Agar shu belgilarni sezsangiz, bilingki, bu kishi sizga nisbatan chin dildan samimiy emas va hasadni yashirishga urinmoqda.
Shunday belgilarni tanishlaringizda sezganmisiz? 🔥— SEZILGAN ❤️— BILMASAM
Obuna bo'lishni unutmang: ⚡️
Manipulyatsiya San'ati
25 Oct, 09:50
5,438
Tana pozasiga moslashish: Ishonch uyg‘otish
🔻 Agar suhbatdoshingiz bilan ishonchli muloqot o‘rnatishni xohlasangiz, eng samarali usullardan biri uning tana holatiga moslashishdir.
🔜 Birinchi qadam: Suhbat davomida tabiiy va oson tarzda uning pozasini takrorlang. Buni shunday amalga oshiringki, suhbatdoshingiz sizning qasddan uni taqlid qilayotganingizni sezmasin.
🔜 Ikkinchisi: Har safar suhbatdoshingiz o‘z tanasining holatini o‘zgartirganida, siz ham ozgina kechikish bilan uning harakatlarini takrorlang. Bu yo‘l bilan o‘zaro yaqinlik va ishonch tuyg‘usi o‘rnatiladi.
🔻 Bu usul orqali suhbatdoshingiz o‘zini yanada qulay his qiladi va sizga nisbatan ochiqlik ko‘rsata boshlaydi.
Ishonchni qozonish bo'yicha yana ma'lumotlar olishni istaysizmi? 🔥 — YAXSHI BO'LAR EDI 👍 — SHART EMAS
Obuna bo'lishni unutmang ⚡️
Manipulyatsiya San'ati
17 Oct, 16:58
5,643
Do'stlarga har doim ham ishonib bo'lmaydi
🔻 Ulardan extiyot bo'ling. Chunki senga dushmanlaring xiyonat qilmaydi, aksincha, do'stlaring bu ishni qilishi mumkin. Yetmaganiga, umuman kutmagan paytingda.
🔻 Agar shunday bo'lib qolsa, eski dushmanlaringiz bilan aloqani tiklang. Ular xiyonatkor do'stdan ko'ra mard bo'lishadi. Qolaversa, sizning ishonchingizga kirish uchun qo'lidan kelganini qiladi.
🔻Bunday hislatlar, hamma do'stda ham topilavermaydi. Shuning uchun orqadan pichoq berishsa, ularni deb o'zingizni tamom qilmang. Bular unga loyiq emas. Chunki bu dunyoga bir o'zimiz kelamiz, ketganimizda ham o'zimiz bo'lamiz.
Qo'shilasizmi? — 🔥
Obuna bo'lishni unutmang: ⚡️
Manipulyatsiya San'ati
14 Oct, 05:11
6,269
Haqiqiy munosabatlar qurish mushkul bo‘lgan emotsional yetilmagan insonni qanday aniqlash mumkin?
🔻 Hamdardlikning yo‘qligi. Bunday insonlar boshqalarning his-tuyg‘ulariga qiziqmaydi va yetkazgan azob-uqubatlari uchun kamdan-kam hollarda kechirim so‘rashadi. Ular boshqalarning hislariga e'tiborsizlik qiladi.
🔻 O‘z hislarini nazorat qila olmaslik. “Men shunchaki o‘zimni shunday tutaman” yoki “Nima o‘ylasam, shuni aytaman” kabi gaplar past emotsional intellektdan darak beradi. Ular o‘z his-tuyg‘ularini aniq ifoda eta olmaganliklari sabab, boshqalarni ayblash orqali o‘zlarini himoya qilishga harakat qilishadi.
🔻Mas'uliyatni boshqalarga yuklash. Ular ko‘pincha o‘z his-tuyg‘ulari uchun boshqalarni ayblab, ularni aybdorlik hissiga botirishadi: “Hammasiga sen sababchisan.” Lekin har bir inson voqealarga qanday munosabat bildirishni o‘zi tanlaydi.
🔻 Shaxsiy chegaralarni buzish. “Men hazillashdim, nima bo‘pti?” yoki “Siz juda sezgir ekansiz, bu mening aybim emas” kabi gaplar bilan ular boshqalarning his-tuyg‘ularini qadrsizlantirishga urinishadi. Bunday odamlar sizning shaxsiy chegaralaringizni buzishni odat qilib olishlari mumkin.
Siz shunday insonlarni uchratganmisiz? ❤️ — ATROFIMDA BOR 👍 — YO'Q MENDA
Obuna bo'lishni unutmang: ⚡️
Manipulyatsiya San'ati
03 Oct, 09:17
6,164
Soxta uzrlarga qanday javob berish kerak?
Kimdir sizning his-tuyg'ularingizni haqorat qildi va so'ngra hazil dedimi? Bu soxta uzr!
🔻 Agar kimdir sizga: "Kechirasan, gaplarim senga bunchalik tegib ketishini bilmagandim, hazillashgandim" desa, bu sizni aybdor qilishning bir usuli.
🔻 Siz unga mana bunday javob qaytarishingiz mumkin: "Gaping menga tegdimi yo'qmi, ishing bo'lmasin. Undan ko'ra, gapirgan gaplaring uchun uyalsang bo'lardi. Hazil - bu hammaga kulguli bo'lsagina hazil hisoblanadi, faqat senga emas."
Siz ham bunday holat bilan duch kelganmisiz? ❤️ — HA KO'P BO'LGAN 😁 — AKSINCHA MEN KULAMAN
Obuna bo'lishni unutmang ⚡️
Manipulyatsiya San'ati
03 Oct, 05:42
4,659
Manipulyatorni qanday aniqlash mumkin?
Manipulyatorlarni fosh etish — bu o'z hayotingizni boshqarish va boshqalar sizni qanday boshqarishlariga qarshi kurashishning asosiy qadamlaridan biridir.
🔻 Ular o'z ayblarini rad etish va o'zlarini haq deb ko'rsatish uchun doimo bir xil sxemani ishlatishadi: avval bu hodisa bo'lmaganligini aytishadi, keyin u qadar yomon bo'lmaganligini ta'kidlashadi, oxir-oqibat esa, aybni sizga yuklaydilar. Bu usulni aniqlash orqali siz manipulyatorning qo'lida o'yinchoq bo'lmaslikni o'rganasiz.
✅ Bu hodisa bo'lmagan; ✅ Unchalik yomon emas edi; ✅ Agar yomon bo'lgan bo'lsa, bu mening aybim emas; ✅ Men buni ataylab qilmaganman; ✅ Ataylab qilgan bo'lsam ham, sen bunga loyiqsan.
Sizga mana shunday gaplarni aytishganmi? ❤️ — KO'P AYTISHADI 😁 — MEN AYTAMAN
Obuna bo'lishni unutmang ⚡️
Manipulyatsiya San'ati
08 Jul, 17:21
8,049
Har doim keragidan kamroq gapiring!
🔻 Gapni davom ettira olsangiz ham sukut saqlaganingiz ma'qul. Aytolmagan gapingizni sirligicha qoldiring. Natijada sizni hurmat qilishadi va sizdan ozgina qo'rqishadi. Bundan tashqari, agar siz ko'p gapirsangiz, keraksiz yoki kulgili narsalarni aytish ehtimoli ko'proq bo'ladi.
🔻Qolaversa, rejalaringiz haqida hammaga aytmang, buning o'rniga natijalarni ko'rsating. Siz hozir hech kimni so'z va orzularingiz bilan ajablantira olmaysiz. Ammo sizning yutuqlaringiz hatto hasadgo'ylarni ham shimini ho'llab qo'yadi. Kamroq gapir, ko'proq ishla! "🔥" qoldiring, agar gapim to'g'ri bo'lsa!
Obuna bo'lishni unutmang:)
Manipulyatsiya San'ati
31 May, 18:51
10,029
Hammasiga kulib qo'ying
Bir qarashda, o'ziga ishongan odam nohaq tanqidlarga ko'z yumib qo'yaveradi. Lekin ich-ichidan u allaqachon xulosa chiqargan bo'ladi va u odam bilan bahslashib, o'zining haq ekanligini isbotlashning foydasi yo'qligini tushunib yetadi.
🔻 Behuda bahslashuv o'rniga, bunday odamlar tanqidlarni shunchaki eshitib, o'zlarining kamchiliklarini belgilab olishadi, o'zini yanada yaxshilash haqida fikr yuritadi va o'zining ishini davom ettiradi.
🔻 Shuning uchun siz ham darhol o'zingizning haqligingizni isbotlashga urunib, ularning darajasiga tushib qolmang. O'ziga ishongan odamlar o'zlarini huddi men tariflagandek tutishadi. Ya'n shunchaki kulib qo'yishadi!
Maslahatim ma'qul kelgan bo'lsa "🔥" qo'yishni unutmang!
Obuna bo'lishni unutmang:)
Manipulyatsiya San'ati
22 May, 08:52
10,029
Psixologik himoya
Har kuni bizning miyamiz juda ko'p axlat bilan to'ladi, bu psixologik stressni keltirib chiqaradi. Buni zudlik bilan tuzatish kerak.
🔻 Duch kelgan yangiliklarni eshitishni va o'qishni bas qiling. Smartfonlarimizdagi va hatto televediniyadagi yangiliklarning 99% biz uchun mutlaqo foydasiz. Ular bizda faqat negativ hissiyotlarni va stresslarni keltirib chiqaradi. Boshqa hech narsa emas!
🔻 Dam olishingizni to'g'irlang. Miyangizni zo'riqtirmay dam oling. Serial yoki kino ko'rib emas, odam kamroq joylarda sayr qilib dam oling. O'zingiz bilan yolg'iz qoling. Shu tariqa miyangizga anchagina dam bergan bo'lasiz.
Shu gaplar hech hayolingizga kelganmi? 🔥 — HAR DOIM KELADI 👀 — O'YLASHGA VAQT YO'Q
Obuna bo'lishni unutmang:)
Manipulyatsiya San'ati
17 Apr, 17:17
10,061
Samarali tanishuv usulini o'rgataymi? Shaxsan men shu usul o'qish vaqtlarimda qo'llaganman
🔻Aytaylik, ko'chada ko'rib qolgan odamingiz sizga yoqib qoldi va siz u bilan tanishmoqchisiz! Hayajonlanmasdan, o'zingizni yengil tuting va shunday deng:
— "Sizni qayerdadir ko'rgandekman. Ismim [ismingzini aytasiz]". Ismingizni ayting va uning ismini [tahminiy ism aytib] so'rang Uyog'ini davom etib ketavering. Endi buyog'i sizning fantaziyangizga bog'liq.
🔻 Birinchidan, siz muloqotga ochiq ekanligingizni ko'rsatgan bo'lasiz. Ikkinchidan, ijtimoiy tabiatingizni tanishtirgan bo'lasiz.
Bu turdagi usullarni yanada ko'proq o'rganishni istasangiz "🔥" reaksiyasini qoldiring!