O'zimga qattiq ta'sir qilgan bu hikoyani ingliz tilidan tarjima qilganimga salkam 10 yil bo'libdi. Sizlarga ham ulashyapman 👇:
• • • • •
Hali juda yosh bola paytim edi. 👦 Dadam uyimizga telefon o‘rnattirdi. ☎️ Qo‘ni-qo‘shnilarimiz orasidagi eng birinchi telefonlardan biri edi u. Uyimiz devoriga mahkamlab qo‘yilgan, yuzasi silliq sayqallangan o‘sha apparat hali-hamon yodimda. Nafis ishlangan go‘shagi uning bir chetiga ilib qo‘yilardi. Bo‘yim hali juda kichik bo‘lganligidan bu ajib matohga qo‘lim yetmasdi, ammo har gal onam u bilan gaplashganda o‘zga bir entikish va hayrat bilan quloq solib turardim. 📞
Keyinroq esa, bu matoh ichida g‘aroyib mitti bir ayol yashashligini bilib oldim. Uning ismi Ma'lumot Markazi edi. U ayol bilmagan hech narsa yo‘q edi dunyoda. Aniq vaqtdan tortib, qo‘shnilarimizning telefon raqamlarigacha bilardi. 👩💻
Bir kuni onam qo‘shnimiznikiga chiqib ketib, uyda o‘zim yolg‘iz qolgan paytim birinchi marta o‘sha ayol – “chiroq ichidagi jin” bilan suhbatlashdim. Yerto‘lada, asbob – anjomlar saqlanadigan joyda o‘ynayotgandim. Tasodifan, qo‘limni bolg‘a bilan urib oldim. 🔨😰 Og‘riq kuchli edi, ammo yig‘lashning ham mavridi emasdi. Chunki yig‘lasam meni yupatadigan, ovutadigan hech kim yo‘q edi yonimda.
Lo‘qillab og‘riyotgan qo‘limni nafasim bilan kuf-kuflagancha uyning u yog‘idan bu yog‘iga yugura boshladim. 😰 Zina yoniga yetganimda esa ko‘zimga bir nima yarq etib tashlandi: telefon!❗️☎️ Xonadagi kursichani uning tagiga surdim va bir amallab go‘shakni ko‘tarib, qulog‘imga tutdim.
— Ma'lumot markazi, iltimos, — dedim go‘shakka qarata. 📞 Avvaliga bir oz shiqirlab ovoz, keyin esa tiniq va yoqimli ovoz keldi go‘shakdan:
— Ma'lumot markazi, eshitaman!
— Qo‘limni urib oldiim… — ana endi ho‘ngrab yig‘lay boshladim, chunki yig‘imni eshitadigan odam topilgandi. 😭
— Onajoning uydami?
— Mendan boshqa hech kim yo‘q uyda, — piqilladim men. 😢
— Qonayaptimi? — so‘radi ovoz.
— Yo‘q, — javob qaytardim men. — Barmog‘imni bolg‘a bilan urib oldim, qattiq og‘riyapti.
— Uyda muz solingan idish bormi? Uni ocha olasanmi?
— Ha.
— O‘sha idishdan bir oz muz olgin-da, barmog‘ingga bos, — maslahat berdi yoqimli ovoz. 👩💻
Shu voqeadan so‘ng Ma'lumot Markazi ismli ayolga har qanday muammoimni aytib qo‘ng‘iroq qilaveradigan bo‘ldim. Bir safar, geografiya fanidan yordam so‘rab qo‘ng‘iroq qilganimda, Filadelfiya qayerda joylashganini aytib bergan bo‘lsa, yana bir safar esa matematikadan uy vazifasini qilishimga yordam berdi. Boshqa safar esa bog‘da tutib olgan olasichqonimni 🐹 meva va yong‘oqlar berib boqishim kerakligini aytdi.
Bir kuni uyimizdagi kanareyka o‘lib qoldi. 🐥 Bundan qattiq qayg‘uga tushdim va noxush xabarni darhol Ma'lumot Markaziga yetkazdim. U esa kattalar yosh bolalarni yupatish uchun aytadigan odatiy gaplarni gapirdi. Bu meni ovuntirmadi va unga savol berdim:
— Nega shunchalik chiroyli sayraydigan, hamma oilalarga xursandchilik olib keladigan qush o‘lishi, qafasning bir chetidagi bir uyum patga aylanishi kerak? 😓
U mening qanchalik qayg‘uda ekanimni tushundi shekilli, ohista javob berdi:
— Yodingda tut, Pol, qushlar sayraydigan boshqa dunyolar ham bor. Qushing o‘sha dunyolarga ketgan. 🕊
Uning bu javobi menga bir oz taskin berdi. Qayg‘u hissi bir oz chekingandek bo‘ldi. Bir-ikki kundan so‘ng yana unga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ldim:
— Ma'lumot Markazi, “fix” so‘zi qanday yoziladi?
Bu voqealarning barchasi Amerikaning shimoli-g‘arbidagi kichik bir shaharchada bo‘lib o‘tgan edi. 🏙 9 yoshga kirganimda esa Bostonga ko‘chib o‘tdik. 🏠 Bolalarcha xayolimda Ma'lumot Markazi oldingi uyimizdagi o‘sha eski telefonda yashardi hamon. Shuning uchun yangi uyimizdagi zamonaviyroq telefonda u bilan gaplashishni xayolimga ham keltirmadim. Ulgaydim. Ana endi o‘smir yigitga aylanib, hayotga qarashlarim ham o‘zgarayotgan edi. 🚶♂⛹♂🏃♂ Ammo be‘g‘ubor bolaligimdagi o‘sha suhbatlar xotirasi hech ham meni tark etmasdi...
Telegram | Instagram | Facebook
@Lessons_by_Saidalikhanov
(Davomi keyingi postda👇👇👇:)