来自 KUAF (official)🇺🇿 (@kuaf_edu) 的最新 Telegram 贴文

KUAF (official)🇺🇿 Telegram 帖子

KUAF (official)🇺🇿
🏛 Qo‘qon Universiteti Andijon filialining rasmiy axborot kanali 📚

🏛 Официальный новостной канал Андижанского филиала Кокандского Университета 📚

🏛 Official informational channel of the Andijan branch of Kokand University 📚
10,306 订阅者
3,493 张照片
1,286 个视频
最后更新于 12.03.2025 06:30

相似频道

Nodavlat oliygohlar
7,587 订阅者
Info 𝟛.𝟙𝟜
2,231 订阅者

KUAF (official)🇺🇿 在 Telegram 上分享的最新内容

KUAF (official)🇺🇿

28 Feb, 05:52

2,962

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🇵🇱 Polsha olimi Qo‘qon universiteti Andijon filialida!

Adam Mickiewicz universiteti (Polsha) fan doktori Christopher Korten Qo‘qon universiteti Andijon filialiga tashrif buyurdi. U talabalarga qimmatli ma’lumotlar berib, professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy tajribalar almashmoqda.

Telegram 🌐Instagram
📹 YouTube Facebook
🔍Web-site
KUAF (official)🇺🇿

28 Feb, 04:28

3,151

#ilmiy_yutuq

🏫 Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo'nalishi 24_28 guruh talabasi Baxtiyorov Elbek o‘z ilmiy izlanishlari bilan katta yutuqlarga erishishda davom etmoqda!!!

📖 Baxtiyorov Elbekning yakka mualliflikda xalqaro "Modern Education and Development" jurnalida "Yurakning tuzilishi, biologik ahamiyati va vazaifalari" nomli ilmiy maqolasi nashr etildi va sertifikat berildi.

Maqola matni bilan batafsil tanishing: https://scientific-jl.com/mod/article/view/3295/3145

👨🏻‍🎓Talaba Baxtiyorov Elbekni ilm-fan yo‘lidagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabalari barcha sohalarda yetakchilik qilishda davom etmoqda!↗️

📱@kuaf_ilmiy_xalqaro

Telegram 🌐Instagram
📹 YouTube Facebook
🔍Web-site
KUAF (official)🇺🇿

20 Feb, 05:44

1,964

Qo‘qon universiteti Andijon filiali va OʻGRITI o‘rtasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi🤝

🏫Qo‘qon universiteti Andijon filiali hamda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti (OʻGRITI) olimlari o‘rtasida ilmiy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi.

📌Uchrashuv davomida tomonlar ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, dorivor o‘simliklarni in vitro usulda ko‘paytirish va ularning tijoratlashtirilishini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni ilmiy tadqiqotlarga maqsadli yo‘naltirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, yangi ilmiy maktab tashkil etish hamda amaliy tadqiqotlarni sanoat bilan bog‘lash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

🔬Ilmiy hamkorlik doirasida OʻGRITI mutaxassislari universitet professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar bilan tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishga ko‘maklashadilar. Bundan tashqari, laboratoriya sharoitida olib boriladigan tajribalar natijasida yuqori hosildor va ekologik jihatdan xavfsiz dorivor o‘simlik navlarini yaratish hamda ularni keng miqyosda amaliyotga joriy etish rejalashtirilmoqda.

✔️Mazkur hamkorlik natijasida Qo‘qon universiteti Andijon filiali ilmiy salohiyati yanada oshib, universitetda biologiya va biotexnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yangi bosqichga ko‘tarilishi kutilmoqda.

📊Ushbu tashabbus mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini yanada mustahkamlash, innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish hamda yosh olimlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi


Telegram 🌐Instagram
📹 YouTube Facebook
🔍Web-site
KUAF (official)🇺🇿

20 Feb, 04:16

1,953

#ilmiy_yutuq

🏫 Ijtimoiy-gumanitar va pedagogika fanlari fakulteti Boshlanğich ta'lim yo'nalishi 24_04- guruh talabasi Abduğaniyeva Masturaxon Tohirjon qizi o‘z ilmiy izlanishlari bilan katta yutuqlarga erishdi.

📖 Abduğaniyeva Masturaxon "TADQIQOTLAR" xalqaro ilmiy jurnalida ustoz-shogird an'anasiga muvofiq Jakbarova Oyazimxon Mutalipovna bilan hammualliflik asosida "Boshlanğich ta'limda raqamli texnologiyalarni qõllashda kognikiv kõnikmalarni rivojlantirish" mavzusida maqola chop ettirdi. Shu munosabat bilan ularga diplom va sertifikatlar topshirildi.

👩🏻‍🎓Talaba Abduğaniyeva Masturaxonga ilm-fan yo‘lidagi muvaffaqiyatli qadami bilan tabriklaymiz va kelgusidagi izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!👍👏

Maqola bilan batafsil tanishing: https://scientific-jl.org/

🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabalari barcha sohalarda yetakchilik qilishda davom etmoqda↗️

📱@kuaf_ilmiy_xalqaro

Telegram 🌐Instagram
📹 YouTube Facebook
🔍Web-site
KUAF (official)🇺🇿

20 Feb, 04:03

1,754

#eʼlon

⚡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok eting!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 25-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

@kuaf_ilmiy_xalqaro
KUAF (official)🇺🇿

19 Feb, 16:46

2,411

🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

🏫 Talabalar uchun video darslik

https://youtu.be/YuMg0u7xefc?si=7PiAiRm9JVyZt-Ya
KUAF (official)🇺🇿

19 Feb, 15:36

2,332

#ilmiy_yutuq

🏫 Tibbiyot fakulteti Stomatologiya yo'nalishi 24_12 guruh talabasi Qambarov Behruzbek o‘z ilmiy izlanishlari bilan katta yutuqlarga erishishda davom etmoqda!!!

📖 Qambarov Behruzbek ilmiy rahbari Xushnudbekov Abdulboqiy hammuallifligida Yevrosiyo tibbiy va tabiiy fanlar jurnalida ilmiy maqola nashr ettirdi va sertifikat topshirildi.

🧑‍🎓Talaba Qambarov Behruzbek ilm-fan yo‘lidagi muvaffaqiyatlari  bilan tabriklaymiz va kelgusidagi izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabalari barcha sohalarda yetakchilik qilishda davom etmoqda!↗️

📱@kuaf_ilmiy_xalqaro

Telegram 🌐Instagram
📹 YouTube Facebook
🔍Web-site
KUAF (official)🇺🇿

19 Feb, 15:10

2,828

🏫 "KUAF" talaba qizlari uchun SUPER IMKONIYAT! 👕

Tikuvchilik va zardo‘zlik san’atini o‘rganib, o‘z brendingizni kashf qiling!

Moda va milliy san’atga qiziqasizmi? Chiroyli kiyimlar tikib, nafis zardo‘zlik bezaklari bilan ularni bezashni xohlaysizmi? Biz sizga aynan shunday imkoniyat taklif etamiz!

💡 Imkoniyatlar
Eng zamonaviy tikuv va zardo‘zlik texnologiyalarini o‘rganasiz
Milliy va zamonaviy dizayn sirlaridan saboq olasiz
Tajribali ustozlardan mahorat darslari
O‘z uslubingizni yaratib, daromad qilishni boshlaysiz
Sertifikat va ish bilan ta’minlash imkoniyati

🔥 Barchasi BEPUL! Joylar chegaralangan – imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Ro‘yxatdan o‘ting:
📞 +998932550755
😎 @AKBARALIYEV_SH

San’at va biznesni birlashtiring – o‘z brendingizni yarating! 🚀

Telegram 🌐Instagram
📹 YouTube Facebook
🔍Web-site
KUAF (official)🇺🇿

19 Feb, 14:58

2,416

🏫"Psychologist" to‘garagi

20-fevral kuni soat 13:30 da
Qo'qon universiteti Andijon filiali A binosi, 207-xonada "Psychologist" to‘garagi bo‘lib o‘tadi.


Psixologiyaga qiziquvchi barcha talabalarni ushbu ilmiy va amaliy muhokamalar maydoniga taklif etamiz!

Keling, birgalikda bilim va tajribalarimizni boyitamiz!

Telegram 🌐Instagram
📹 YouTube Facebook
🔍Web-site
KUAF (official)🇺🇿

19 Feb, 14:26

2,237

# ilmiy_faoliyat

👏 Tabriklaymiz!

🏫 Qoʻqon universiteti Moliya departamenti boshlig‘i Yuldashev Jaxongir To‘raboyevich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻldi.

☄️ Ushbu ilmiy daraja O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 12-fevraldagi 367/1-sonli qaroriga muvofiq taqdim etildi.

Qoʻqon universiteti jamoasi nomidan Yuldashev Jaxongir To‘raboyevichni samimiy tabriklaymiz, keyingi faoliyatlarida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube