Последние посты QDPI rasmiy sahifasi (@kspi_rector) в Telegram

Посты канала QDPI rasmiy sahifasi

QDPI rasmiy sahifasi
Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali.

Matbuot kotibi bilan bog‘lanish:
Tel: +998900561283
Telegram: @liberalissimus1001
5,272 подписчиков
19,778 фото
2,095 видео
Последнее обновление 11.03.2025 07:50

Похожие каналы

Ta'lim nazorati
100,036 подписчиков
Global English School | Kokand
1,152 подписчиков

Последний контент, опубликованный в QDPI rasmiy sahifasi на Telegram

QDPI rasmiy sahifasi

25 Jan, 11:22

3,601

QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATBUOT XIZMATINING RADDIYASI

So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalarida Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasining vafot etganligi bilan bog‘liq asossiz ma’lumotlar tarqatilgani munosabati bilan, haqiqatni yetkazish maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2024-yil 12-dekabr kuni talabalar turar joyining 3-qavatidan o‘zini pastga tashlab, og‘ir tan jarohati olgan talaba qizga Qo‘qon shahar tez tibbiy yordam bo‘limida kerakli muolajalar ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, afsuski, hayotdan ko‘z yumgan.

Holat bo‘yicha prokuratura tomonidan tergovga qadar surishtiruv jarayoni va institut tomonidan olib borilgan ichki tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, mazkur noxush hodisa talaba-qizning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq muammolari tufayli sodir bo‘lgani aniqlangan.

Marhuma talaba qizning dafn marosimi barcha rasm-rusumlarga rioya qilingan holda yaqin qarindoshlari ishtirokida o‘tkazilgan. Institut rahbariyati og‘ir pallada marhuma oilasiga moddiy-ma’naviy yordam berib, ularga hamdard bo‘ldi.

Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar surishtiruv jarayonida ham yuqoridagi holatda jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli, ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan. Shu bilan birga, prokuratura taqdimotida shunga o‘xshash noxush holatlarning oldini olish maqsadida ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish, talabalar o‘rtasida ruhiy barqarorlikni mustahkamlash, suitsidga qarshi tushuntirish ishlarini kuchaytirish tavsiya etilgan.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti tomonidan o‘tkazilgan ichki tekshiruv natijasida bir nafar mas’ul xodim lavozimidan ozod qilingan va ikki nafar mas’ulga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda institut tasarrufidagi barcha talabalar turar joylarida tartib-intizom va talabalar xavfsizligi uchun maxsus qoidalar bilan mustahkamlangan tizim yaratildi. Kunlik nazorat, psixologik ko‘mak va boshqa profilaktik choralar ko‘rilib, talabalarimizning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga katta e’tibor qaratilyapti.

Ayrim manbalarda targ‘ib qilinayotgan yolg‘on ma’lumotlardan farqli ravishda, ushbu voqea bo‘yicha institut talabalari tomonidan biron-bir e’tiroz bildirilmagan, jamoatchilik faollari tomonidan ham rasmiy shikoyat yoki norozilik qayd etilmagan. Aksincha, talabalar va jamoatchilik faollari bunday og‘ir damda institutni qo‘llab-quvvatlaganini aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Voqeadan so‘ng talabalar bilan keng qamrovli uchrashuvlar tashkil etildi, munosabatlari o‘rganildi va ular bilan birgalikda chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti so‘z va fikr erkinligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va blogerlar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq, har qanday so‘z va fikr erkinligidan foydalanish ham qonun doirasida amalga oshirilishi lozim. Yolg‘on, haqiqatga mos kelmaydigan, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatish esa qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlaymizki, uydirmalar orqali institutimiz obro‘siga putur yetkazishga urinadiganlar asl holatni tahlil qilmasdan noto‘g‘ri xulosa berayotganliklari bilan nafaqat muassasamiz, balki jamoatchilik oldida ham o‘zlarining mas’uliyatsizligini namoyon etmoqda.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘z talabalari salomatligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi chora-tadbirlarni sidqidildan davom ettiradi. Barcha manfaatdor tomonlardan ma’lumotlarni aniqlashtirmay turib, asossiz xabar tarqatmaslikni soʻraymiz.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

25 Jan, 04:13

2,873

#jarayon #yakuniy_nazorat #talaba_fikri

Qo‘qon davlat pedagogika institutida yakuniy nazorat imtihonlari qizg‘in davom etmoqda.

➡️ Yakuniy nazorat boʻyicha talabalarga yaratilgan qulaylik haqida bu yerda oʻqing

➡️ Qanday sabab bilan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi?

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

25 Jan, 03:08

1,838

🔔🟦🟦🟦🟦

Haqiqat har doim kamtar va jim!
Faqat yolgʻonning ovozi baland boʻladi.

✍️Suqrot

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

24 Jan, 14:35

2,429

QDPIga biriktirilgan ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanmoqda

2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi.

Ayni Farmon bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab Qo‘qon davlat pedagogika institutiga biriktirilgan Dang‘ara ko‘p tarmoqli texnikumi Dang‘ara tuman 3-son politexnikumi sifatida tashkil etildi.

Qisqa muddatda institut tomonidan Dang‘ara tuman 3-son politexnikumiga metodik yordam ko‘rsatish orqali ta’lim sifatini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur jihozlar bilan ta’minlash choralari belgilab olindi.

Kuni kecha rektor Dilnoza Xodjayeva tashabbusi bilan institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kuz-qish mavsumida o‘quvchi-yoshlarga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 3 dona “Yormozor - 150kVt” kotyoli texnikum binosiga o‘rnatildi.

Bundan tashqari texnikum kutubxonasi uchun ellik mingdan ortiq elektron darslik va adabiyotlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha yuzdan ortiq zamonaviy o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yetkazib berildi.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

24 Jan, 07:45

2,145

#Taʻlim_krediti #Bilasizmi

Talabalarga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi

🔰Qonunchilikka koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi;

🔹taʼlim krediti:

▫️oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

▫️oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

✔️Bunda taʼlim krediti:

🔸OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʼrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

24 Jan, 04:26

3,426

#men_donorman

Talabalar "Men donorman" aksiyasida ishtirok etishdi

Aniq va tabiiy fanlar fakultetining koʻngilli talaba-yoshlari, dekan oʻrinbosari va tyutorlari Qoʻqon shahar qon quyish boʻlimida insonparvarlik va mehr-oqibat gʻoyalarini keng targʻib qilishga qaratilgan "Men donorman" aksiyasida ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida talabalarga qon topshirishning foydali xususiyatlari, turli kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati haqida tushuncha berildi.

Shundan soʻng, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi va insonparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish, muhtojlarga koʻmak berish, bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida oʻtkazilgan tadbir doirasida 50 nafarga yaqin talaba koʻngilli ravishda qon topshirdilar.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

22 Jan, 10:59

1,109

Bugun Xorijiy filologiya fakultetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Nurbek Joʻrayev raisligida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv kun tartibidan ilmiy ishlar sifatini yaxshilash, yangi ilmiy izlanishlar olib borish va fakultetning ilmiy salohiyatini mustahkamlashga oid kelgusi rejalar kabi asosiy masalalar oʻrin oldi.

Uchrashuv davomida fakultetda ilmiy salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususan, xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishi holati, iqtiboslik, monografiyalar koʻlami, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etilishi kabi muhim masalalar chuqur muhokama etildi.

Shuningdek, kelgusida xalqaro bazalarda indekslanadigan xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar nashr qilish, xalqaro konferensiyalarda maʼruzalar bilan ishtirok etishga masʼuliyat bilan yondashish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

22 Jan, 06:21

1,281

🟦🟦🟦🟦

🎓 Ilmiy ish qilayotgan xodimlarga oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy taʼtillar beriladi:

🔂falsafa doktori (Dochtor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertasiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar qoʻlyozmalarining mualliflariga – 3 oygacha;

🔂fan doktori (Dochtor of Schiyenche (DSch) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertasiyani yakunlash uchun – 6 oygacha.

❗️Ushbu taʼtillarning berilishi xodimlarning yillik taʼtilidan foydalanishiga toʻsqinlik qilmaydi.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

22 Jan, 05:04

1,594

🟦🟦🟦🟦

Qanday sabab bilan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi?


Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalar taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

22 Jan, 04:18

1,741

2️⃣2️⃣2️⃣

Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Umida Isomiddinova ishtirokida talaba-qizlar va ularning qaynonalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv o‘zgacha samimiy kayfiyatda o‘tdi. Qaynonalar o‘zlarining hayotidagi voqealarni esga olib, munosabatlar taqqoslanar ekan, oilani mustahkamligi ko‘p jihatdan ayolga bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.

A’lo baholar bilan o‘qiyotgan kelinlari, ularga sharoit yaratib, farzandining tarbiyasiga bosh bo‘layotgan qaynonalarga minnatdorlik bildirildi.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube