Kommers.uz | Rasmiy kanal @kommersuz Channel on Telegram

Kommers.uz | Rasmiy kanal

@kommersuz


Iqtisod, moliya, biznes, reklama, media va texnologiyalar haqida.

Сайт: https://kommers.uz/

Murojaat uchun:
+998 95 133 10 20
@lightmanpr

Kommers.uz | Rasmiy kanal (Uzbek)

Kommers.uz | Rasmiy kanal boshlig'i bilan tanishaylik! Bu kanalda iqtisod, moliya, biznes, reklama, media va texnologiyalar haqida muhim ma'lumotlar va so'nggi yangiliklar mavjud. Agar sizning biznesingizni rivojlantirish, yangi texnologiyalar haqida bilishni o'z ichiga olgan bo'lsangiz, shu kanal siz uchun! Kommers.uz - bu sizga yangi imkoniyatlarni ochadigan manbaban ma'lumotlar platformasi. Siz ushbu kanal orqali so'nggi iqtisodiy xabarlar va moliyaviy yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Agar sizda reklama yoki media sohasida yangiliklar bo'lsa, ham bu kanal siz uchun. Kommers.uz kanaliga a'zo bo'lib, so'nggi xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'lib qoling! Sizga muammo bor, izoh qoldiring yoki yaratilgan imkoniyatlardan foydalanganingizni bildiring.

Kommers.uz | Rasmiy kanal

10 Jan, 09:27


Shveysariya O‘zbekistonning raqamli savodxonligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida 149 655 AQSH dollari (taxminan 2 milliard so‘m) miqdorida grant ajratdi. Ushbu mablag‘lar IT-ta’lim sohasini rivojlantirish, aholining raqamli ko‘nikmalarini tahlil etish va talab yuqori bo‘lgan kasblarni aniqlashga yo‘naltiriladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

09 Jan, 08:50


Prezidentning «O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Dasturga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha AI-80 benzinini sotish va undan foydalanish cheklanishi mumkin.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

08 Jan, 08:58


Joriy yilning 6-yanvar kuni xalq deputatlari viloyat Kengashi issiq suv va isitish ta’minoti narxlarining oshirilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur qarorda yangi tariflar 1-fevraldan boshlab kuchga kirishi belgilangan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

08 Jan, 08:05


O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 2024-yil davomida 19,1 foizga ko‘payib, 34,56 milliard dollardan 41,18 milliard dollarga yetdi. Ushbu o‘sishning asosiy omili jahon bozorida oltin narxlarining keskin ko‘tarilishi va uning tarixdagi eng yuqori darajalarga chiqishi bo‘ldi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 11:56


Yangi qoidalarga ko‘ra, bir fuqaroga bitta bankda eng ko‘pi bilan 5 ta karta chiqarilishi mumkin, barcha banklar bo‘yicha esa umumiy cheklov 20 tadan oshmasligi kerak.Mazkur tartib joriy yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 10:44


O‘zbekiston pasporti 96 ta davlat orasida 68-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston fuqarolari vizasiz tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar soni 29 taga yetdi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

06 Jan, 11:07


2025-yil 5-yanvardan boshlab, Nyu-Yorkning eng gavjum hududi — Manxettenga kirish uchun avtomobil haydovchilari 9 dollar miqdorida to’lov qilishlari kerak. Ushbu yangi tizimning joriy etilishi, shaharning transport tizimidagi tirbandlikni kamaytirish va jamoat transporti tizimini rivojlantirish uchun moliyaviy manbalar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

06 Jan, 09:24


O‘zbekistonning ayrim tijorat banklarida AQSh dollarining sotuv kursi 13 000 so‘mdan oshdi, sotib olish kursi esa 12 940 so‘mgacha ko‘tarildi. Joriy yilda dollar kursi o‘rtacha 13 250 so‘m atrofida bo‘lishi prognoz qilingan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

06 Jan, 05:38


Joriy yilning 1-fevralidan boshlab «Afrosiyob» elektropoyezdlari chiptalarining narxlari 25 foizga, «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» poyezdlari chiptalarining narxlari esa 30 foizga oshiriladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

03 Jan, 11:38


Yangi yil sovg‘alaringiz uchun mikroqarz oling!

Zoomrad ilovasi orqali bankka bormasdan, tez va qulay kreditga ega bo‘ling. Orzularingiz yangi yilda chegarasiz bo‘lsin! Hoziroq ariza qoldiring va bayramgacha yaqinlaringizga sovgʻa olishga ulguring!

Reklama

Kommers.uz | Rasmiy kanal

25 Dec, 12:42


Toshkent shahridagi «Askiya» bozori hududi va uning binolari uchun o‘tkazilgan auksionda Xitoy kompaniyasi Sheng Ke-International 225,59 milliard so‘mlik taklif bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Auksion atigi 15 daqiqa davom etib, yagona stavka bilan yakunlandi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

24 Dec, 08:49


Yangi Qo‘yliq dehqon bozori — «Food city» savdo majmuasi va Eski Juva («Chorsu») dehqon bozori narxlari bo‘yicha 2024-yilning 25-noyabridan 24-dekabrigacha bo‘lgan davrda ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Ushbu davrda kartoshka, bodring, limon kabi mahsulotlarning narxi oshgan bo‘lsa, boshqalarining narxida pasayish qayd etilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

23 Dec, 11:21


Kaliforniya, AQShning eng boy va innovatsion shtatlaridan biri, 2035-yildan boshlab faqat elektromobillarni sotishga ruxsat berishga qaror qildi. Shu bilan birga, ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillar, jumladan gibridlar savdosi to‘xtatiladi. Ushbu qaror havoni tozalash va aholi salomatligini yaxshilash maqsadida qabul qilindi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

20 Dec, 13:29


Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida kelgusi yil uchun soliq imtiyozlarini davom ettirish, jahon miqyosidagi nufuzli mehmonxona brendlarini mamlakatga jalb qilish hamda yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga yetkazish rejalari muhokama qilindi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

19 Dec, 09:18


O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2026-yilgacha uzaytirildi. Afg‘onistonning «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) kompaniyasi bilan O‘zbekistonning «O‘zenergosotish» tashkiloti o‘rtasida kelishuv imzolandi. Mazkur shartnoma ikki mamlakat o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga hamda Afg‘onistonga elektr energiyasini barqaror tarzda yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

19 Dec, 09:14


O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori joriy yilning noyabr oyida ijobiy tendensiyalarni davom ettirdi. Bu oyda savdolar 21,9 ming shartnomani tashkil etib, oktyabr oyiga nisbatan 2,5 foizga ko‘paydi. Yillik faollik esa 0,8 foizga oshdi. Shu bilan birga, ikkilamchi uy-joy narxlari o‘tgan yilga nisbatan 6,2 foizga yuqorilagan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

17 Dec, 11:02


Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 13-dekabrda qabul qilgan qaroriga ko‘ra, Uzbekistan Airways va uning tarkibidagi Silk Avia kompaniyalari aviatashuvlar bozorida ustun mavqega ega deb topildi. Ularning mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish bozoridagi ulushi 40 foizdan yuqori ekani aniqlandi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

16 Dec, 13:54


Shavkat Mirziyoyev bank sektori ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat banklariga biznesni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar miqdorida kredit mablag‘larini jalb etish vazifasini yukladi. Bundan tashqari, oilaviy korxonalar tashkil etuvchilar uchun 300 million so‘mgacha garovsiz qarz olish imkoniyati yaratiladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

16 Dec, 08:24


«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida, Farg‘ona tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida 3,7 tonna benzin chakana sotilmasdan, ulgurji sotilganligi aniqlandi. Shuningdek, Andijon viloyatidagi 50 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalarida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida benzin yetkazib berish jarayoni o‘rganib chiqildi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

14 Dec, 07:29


2024-yil holatiga ko‘ra, o‘zbekistonlik yoshlar IELTS imtihonidan yuqori ball olishda sezilarli yutuqlarga erishdi. 2020-yilda 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 10 152 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 52 706 nafarga yetdi. C1 darajasidagi 7-8 ball olganlar soni esa 7,4 barobarga oshib, 13 424 nafarga yetgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

14 Dec, 07:09


2025-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun bojxona to‘lovlari va utilizatsiya yig‘imlari bekor qilinadi. Shuningdek, yangi traktorlar va kombaynlarga GPS tizimini o‘rnatish majburiy bo‘ladi. Bundan tashqari, 2025-yildan 2028-yilgacha qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

14 Dec, 04:56


Prezident Shavkat Mirziyoyev 3,7 milliard dollarlik 18 ta yangi energetika quvvatining ishga tushirilishi va 6 ta loyiha qurilishining boshlanishini tarixiy voqea sifatida ta’kidladi. Yangi loyihalar doirasida 2,3 ming megavattli quyosh va shamol elektr stansiyalari, 5 ta yuqori kuchlanishli podstansiya hamda 300 megavattli energiya saqlash tizimlari ishga tushirilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

13 Dec, 09:31


2025-yildan 118 ming yoshni to‘garaklarda o‘qitish va 3,5 ming nafarni oliy ta’limga grant asosida qabul qilish rejalashtirilmoqda. Kambag‘al oilalarning 460 ming a’zosiga tibbiy yordam ko‘rsatish va 6 ming oilaning uy-joy sharoitlarini yaxshilash ko’zda tutilgan. Jarrohlik amaliyoti uchun185 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

12 Dec, 11:09


Markaziy bank inflyatsiya pasayishi davom etayotganiga qaramay, asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Iqtisodiyotdagi yuqori talab va investitsion faollik narxlarning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Aholi va tadbirkorlarning inflyatsiyaga oid kutilmalari oshganligi sababli, pul-kredit siyosati qat’iy holatda qolmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

12 Dec, 09:00


Fuqarolar endi o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni taqiqlash huquqiga ega bo‘ladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 11-dekabr kuni qabul qilingan yangi qonun loyihasi asosida fuqarolar kredit shartnomalari tuzilishini to‘xtatish uchun ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

12 Dec, 08:01


Toshkentning Yunusobod tumanidagi dehqon bozori o‘rnida 3 qavatli ekobozor va savdo markazi quriladi. Loyihada ofislar, yer osti avtomobil to‘xtash joyi, tom qismida restoranlar va yashil maydonlar qurilishi ko‘zda tutilgan. Yangi majmua ishga tushirilishi natijasida 4000-5000 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

11 Dec, 10:32


Prezident Timur Ishmetovni O‘zbekiston Markaziy Bank boshqaruvi raisi etib tayinlashni Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi. Avvalroq Mamarizo Nurmuratov ushbu lavozimdan ozod etilgandi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

11 Dec, 09:18


Toshkent viloyatiga kelgusi yilda 5 milliard dollar miqdorida investitsiya jalb qilinishi kutilmoqda. Investitsiyalarning asosiy qismi kam rivojlangan hududlarga yo‘naltirilishi va yangi loyihalar orqali 700 ming ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

10 Dec, 13:47


Toshkent shahrida 2024-yil noyabr oyida uy-joy ijara narxlari pastlagan. O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga kamaygan. 1 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi 0,9 foizga, 2 xonali xonadonlar uchun 1,3 foizga, 4 xonali xonadonlar uchun esa 3,9 foizga pasaygan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

04 Dec, 12:57


Uber Hindistonda yangi suv taksisi xizmatini ishga tushirdi. Ushbu xizmat Kashmirdagi Dall koʻli bo‘ylab sayohat qilishni xohlaganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, mahalliy shikarа qayiqlari orqali amalga oshiriladi. Xizmat Uber ilovasi orqali bron qilinib, to‘lovlar bevosita qayiq egalariga beriladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

04 Dec, 11:10


Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar joriy etiladi. Prezidentning yangi qarori asosida, davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyatlar yaratish va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan mexanizmlar taqdim etiladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

04 Dec, 10:01


O‘zbekiston mehnat bozorida eng talabgir sohalar aniqlandi, jumladan onlayn savdo, qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga ehtiyoj ortmoqda, shuningdek, IT, marketing, buxgalteriya va farroshlik kasblariga ham talab yuqori. So‘rov natijalariga ko‘ra, respublika bo‘ylab 172 turdagi mutaxassislikka talab mavjud, ammo ba’zi hududlarda ayrim kasblarga talab yo’q.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 17:05


2025-yil 1-yanvargacha berilgan soliq imtiyozlari muddati 2030-yilning 1-yanvarigacha uzaytiriladi. Xususiy bolalar bog‘chasi va maktablar barcha soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi, shuningdek, xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislar daromad solig‘i hamda ijtimoiy soliqdan ozod etiladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 07:41


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov, o‘qituvchilar maoshiga ajratilgan 50 trillion so‘mning samaradorligini qayta baholash zarurligini ta’kidladi. Deputat, shuningdek, ta’lim tizimidagi islohotlar va budjet mablag‘larining samarali ishlatilishi bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi, xususan, maktab darsliklari uchun ijara to‘lovini qayta ko‘rib chiqish va o‘qituvchilar ish samaradorligini baholash…

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 06:21


2024-yil 3-dekabridan boshlab, Toshkent va Xojikent o‘rtasida yangi tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Yangi poyezdlar zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘lovchilarga qulaylik va tezlik taqdim etadi. Chipta narxi 20 000 so‘mni tashkil etib, bolalar uchun 11 500 so‘m etib belgilangan. Kelajakda yana 10 ta yangi elektropoyezd xarid qilish rejalashtirilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

02 Dec, 10:14


2024-yil 21-oktabrda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditlari ajratish tartibi tasdiqlandi. Endilikda, 1-dekabrdan boshlab, fuqarolar online-mahalla.uz platformasi orqali uy-joyni ta’mirlash yoki yaxshilash uchun kredit olishlari mumkin bo’ladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

02 Dec, 08:09


Xalqaro shartnoma tomonlar zarur davlat ichki tartib-taomillarini bajarganidan so‘ng kuchga kiradi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

01 Dec, 11:22


Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida joylashgan bir nonvoyxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Fuqaro X.K. tomonidan «Mehrjon» MFYda joylashgan ushbu nonvoyxona yerosti o‘tuvchi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, gazdan noqonuniy foydalangan. Natijada, gaz ta’minoti korxonasiga 660 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

30 Nov, 22:11


Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiya 25-28-noyabr kunlari Koreyada bo’lib, qishloq xo’jaligi texnikalari, IT-sohasi, mehnat migratsiyasi va ekologik tiklanish bo’yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim kelishuvlar imzoladi. Ushbu loyihalar doirasida Qoraqalpog’iston hududida $62 mlnlik issiqxonalar va $38 mlnlik ayollar o‘quv markazi tashkil etilishi ham o’rin olgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

30 Nov, 09:43


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi jamoat transportlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini muhokamaga kiritdi. Loyihaga ko’ra, avtobuslarga ajratilgan yo’laklarda harakatlanish qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima solish tartibi joriy etiladi. Birinchi marta qoida buzilgan taqdirda, jarima 1 million 125 ming so’m, takroran sodir etilsa, 1 million 875 ming so’mga oshadi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 18:57


O‘monning “Sohar International” banki O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqmoqda. 29-noyabr kuni Markaziy bank rahbariyati bilan bank vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, Sohar International bankining mamlakat moliya bozoriga kirish rejalari muhokama qilindi. Bank vakillari O‘zbekistonning bank tizimining yuqori investitsion salohiyatini ta’kidlab, bozorda o‘z o‘rnini egallash istagini bildirishdi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 18:16


O‘zbekiston Xitoy bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. 28-noyabr kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasida, Xitoy mamlakatni qo‘llab-quvvatlagan yigirma ikkinchi davlatga aylandi. O‘zbekiston 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lishni rejalashtirib, bu jarayonni tezlashtirish uchun huquqiy islohotlar o‘tkazmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 13:20


O‘zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasi (O‘zRVB) o‘zining moliya bozoridagi ma’lumotlarini endi Bloomberg terminalida taqdim etishni boshladi. Bu yangilik chet el investorlariga O‘zbekistonning valyuta, pul va davlat qimmatli qog‘ozlari bozorlari haqida real vaqt rejimida aniq ma’lumotlar olish imkonini beradi. O‘zRVB ma’lumotlari orqali bozordagi tendensiyalarni tahlil qilish, xatarlarni baholash va investitsiya qarorlarini yaxshilash imkoniyatlari yaratildi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 12:36


O‘zbekiston Markaziy banki fuqarolarga beriladigan bank kartalari sonini tartibga solishni rejalashtirmoqda. Yangi chora-tadbirlar orqali firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida kartalar sonining cheklanishi ko‘zda tutilgan. 1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 54,9 milliontani tashkil etgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 10:34


2024-yil 21-noyabrda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri bojxona to‘lovlarini to‘lashni ta’minlashning bosh kafolatini qo‘llash tartibini belgilovchi yangi nizomni tasdiqladi. Endilikda, bir shaxs bir nechta bojxona operatsiyalarini amalga oshirganida, to‘lovni ta’minlash uchun bank kafolati, sug‘urta polisi yoki tovarlarni garovga qo‘yish imkoniyati yaratiladi. Mazkur tartib 2025-yil 23-fevraldan kuchga kiradi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 19:14


O‘zbekistonda «Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» dasturlari orqali davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslar boshlanmoqda. Loyihalar korrupsiyaning oldini olish va idoralarda halollikni ta’minlashga yo’naltirilgan bo‘lib, dastlab Toshkent, Jizzax va Buxoroda sinovdan o‘tkaziladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 18:09


O‘zbekiston fuqarolari Janubiy Koreyaning «Hyundai» kompaniyasida ishlash uchun jalb qilinadi. Buning uchun o‘quv markazlari tashkil etilib, malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Yaxshi ko‘rsatkichlar bilan ishlagan ishchilar uchun viza turi o‘zgartirilishi va Koreyada uzoq muddat ishlash imkoniyati yaratilishi mumkin.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 11:22


«Adolat» partiyasi fraksiyasi deputati Muhammad Valiyev, so‘nggi oylarda propan gazining narxi keskin oshgani bilan bog‘liq ravishda davlat organlariga murojaat yo‘lladi. Deputat, narxlarning oshishiga sabab bo‘lgan omillarni, bozordagi narx barqarorligini ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilayotganini va narx shakllanishining shaffofligini nazorat qilish borasidagi savollarni o’rtaga qo’ygan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 10:05


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan ekspertlar guruhi, Turkiyadan jalb qilingan yettita mutaxassis bilan birgalikda, mamlakat tibbiyot tizimini transformatsiya qilish borasida ish olib bormoqda. Ushbu tashabbus, Prezident Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash tizimining jahon standartlari darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qo‘ygan vazifalari doirasida amalga oshirilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 07:59


Samarqand shahrida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida «Ph.l.» MChJda hisobchi lavozimida ishlagan B.M. tomonidan 6,4 milliard so‘m mablag‘ning noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirilgani aniqlanib, ushbu mablag‘ qimor o‘yinlarida yutqazilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

27 Nov, 14:26


Toshkentda jamoat transporti xizmati tun-u kun ishlash rejimiga oʻtkazilishi kutilmoqda. Bu qaror poytaxtdagi tungi transport xizmatlari yetishmasligini bartaraf etish va tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

27 Nov, 11:17


Yangi farmonga ko‘ra, mahallalardagi faol nuroniylarga har oy rag‘bat puli ajratiladi. 2025-yil uchun «Nuroniy» jamg‘armasiga 504 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

27 Nov, 09:33


O’zbekistonning Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi, yil boshidan buyon, onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o’yinlar bilan bog’liq reklama saytlari ustidan nazorat olib bormoqda.Joriy yil davomida, qo’mita 42 ta bukmekerlik saytini bloklash uchun tegishli takliflar kiritdi, va ulardan 30 ga yaqini belgilangan tartibda bloklandi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

27 Nov, 08:46


Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-noyabr kuni temiryo‘l va aviatsiya sohasidagi davlat kompaniyalarida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda O‘zbekiston havo yo‘llari (Uzbekistan Airways) va aeroportlar tizimining rivojlanishi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

27 Nov, 07:21


O’zbekistonda to’lov terminallari uchun yangi MCC-kodlari (Merchant Category Code) joriy etilishi haqida qaror qabul qilindi. Bu kodlar savdo nuqtalarining faoliyat turini tasniflash va to’lovlarni aniqlashda qo’llaniladi. Yangi tizim banklarga to’lov operatsiyalarini samarali boshqarish, mijozlarga esa yangi xizmatlar va bonuslar taqdim etishga imkon yaratadi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

22 Nov, 12:46


1-dekabrdan uy-joy ta’miri uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha onlayn arizalar qabul qilinadi. Fuqarolar 120 million so‘mgacha bo‘lgan kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lib, jarayon “Onlayn mahalla” platformasi orqali amalga oshiriladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

21 Nov, 11:02


2024 yil fevralida ko‘p qavatli uylarga investitsiya daromadliligi o‘rtacha 32,4%ni tashkil qilgan bo‘lsa, oktyabr oyiga kelib bu ko‘rsatkich 12,2%gacha tushdi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

21 Nov, 10:40


“U aniq Nobel oladi”

Iqtisodchi Behzod Hoshimov yaqin yillar ichida Nobel mukofoti laureati bo‘lishi mumkin bo‘lgan yosh iqtisodchi olimlar haqida gapirdi.

📹To‘liq intervyu

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

21 Nov, 08:18


Raqobat qo‘mitasi biologik faol qo‘shimchalar (BFQ)ning chalg‘ituvchi reklamasi sababli yuzaga kelayotgan muammolar haqida ma’lum qildi. Joriy yilda mazkur mahsulotlar bilan bog‘liq 1000 ga yaqin murojaat o‘rganilib, iste’molchilarga 118 mln so‘mlik moddiy zarar qoplab berilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

20 Nov, 10:34


Dunyoni bo‘lish shart emas — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Behzod Hoshimov qaysi hududda palov mazaliroq tayyorlanishi haqidagi savolga kutilmagan javob berdi.

📹To‘liq intervyu

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 11:07


Prezidentning Senatdagi nutqida kam ta’minlangan aholining ulushini qisqartirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan yirik dasturlar haqida so‘z bordi. Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar va yangi tizimlar orqali aholi turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy himoya choralarini kengaytirish rejalashtirilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 09:36


Suv havzalarida cho‘milib turishni yoqtiraman — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Kommers.uz bilan suhbatda shaxsiy qiziqishlari va hobbilari haqida aytib o‘tdi.

📹To‘liq intervyu

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 08:14


Yaxshi hamki men odamman — Behzod Hoshimov.

Nyu-York universiteti professori Behzod Hoshimov bilan intervyuning to‘liq variantini YouTube sahifamizda tomosha qiling.

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

08 Nov, 12:34


O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari oltin narxining o‘sishi (unsiyasi uchun 2780 dollargacha) tufayli ketma-ket to‘rtinchi oy rekordlarni yangilab, tarixiy maksimumga yetdi. Zaxiralar qoldig‘i 1-noyabr holatiga ko‘ra, 43,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

08 Nov, 08:28


Volkswagen hushdan ketgan haydovchilarni qutqaruvchi xavfsizlik tizimi yaratdi

Taqdim etilgan yangi funksiya sun'iy intellekt asosida ishlaydi. Tizim haydovchining tibbiy holatini kuzatib boradi va u hushidan ketsa yoki o‘zini yomon his qilsa, avvaliga keskin tormozlash orqali uni hushiga keltirishga harakat qiladi. Bu yordam bermasa, mashinani avtomatik ravishda yo‘l chetiga olib, to‘xtatadi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

07 Nov, 11:34


O‘zbekistonda 2025-yilning 1-fevralidan boshlab, davlat idoralari, savdo va biznes markazlari, koʻngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi avtoturargohlarga 32 mingdan ortiq elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 22 kilovattgacha quvvatga ega stansiyalar yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uy-joylarning avtoturargohlarida ham o‘rnatiladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

07 Nov, 07:07


7-noyabr uchun valyuta kurslari

⬆️ AQSh dollari — 12 786,98 so‘m (+12,00 so‘m)
⬇️ Yevro — 13 753,68 so‘m (-160,83 so‘m)
⬆️ Rossiya rubli — 130,27 so‘m (+0,13 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Poytaxt bank — 12 770 soʻm
SQB — 12 770 soʻm
Universal bank — 12 770 so‘m

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Poytaxt bank — 12 800 so‘m
Octobank — 12 800 so‘m
Agrobank — 12 800 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

07 Nov, 05:21


Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi narxi sentyabr oyida 2,8 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, oktyabrda narxlarning o‘sish sur’ati 1,3 foizgacha qisqargan. To‘liq ta’mirlangan uylar ijarasi narxi ham sentyabr oyidagi 1,4 foizlik o‘sishdan so‘ng oktyabrda 0,2 foizga oshgan. Ijara uylar uchun eng qimmat narxlar Mirobod tumanida, eng arzoni esa Sergelida taklif qilinmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

06 Nov, 10:41


O‘zbekistonda 2026-yil yakuniga qadar chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi 8 ta yangi korxona quriladi. Bu orqali yiliga 2,1 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda 152 million kub/metr tabiiy gazni tejash rejalashtirilgan. Shuningdek, loyihalar davomida 1200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

06 Nov, 09:54


O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasayib ketayotgani qanchalik xatarli?

Kommers.uz Nyu-York universiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan O‘zbekistonning ayni paytdagi demografik holati, inson kapitalining mamlakatlar rivojlanishidagi roli va boshqa bir qator mavzular xususida suhbatlashdi.

📹 To‘liq intervyuni tomosha qilish

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

06 Nov, 06:18


6-noyabr uchun valyuta kurslari

⬇️ AQSh dollari — 12 774,98 so‘m (-15,14 so‘m)
⬇️ Yevro — 13 914,51 so‘m (-21,60 so‘m)
⬆️ Rossiya rubli — 130,14 so‘m (+0,11 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Asia Alliance Bank — 12 760 soʻm
Aloqabank — 12 750 soʻm
NBU — 12 750 so‘m

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

SQB — 12 785 so‘m
Anorbank — 12 790 so‘m
Asakabank — 12 790 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

05 Nov, 07:16


5-noyabr uchun valyuta kurslari

⬇️ AQSh dollari — 12 790,12 so‘m (-4,90 so‘m)
⬆️ Yevro — 13 936,11 so‘m (+42,00 so‘m)
⬇️ Rossiya rubli — 130,03 so‘m (-1,59 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Poytaxt bank — 12 770 soʻm
Garant bank — 12 770 soʻm
SQB — 12 765 so‘m

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

SQB — 12 800 so‘m
Asakabank — 12 800 so‘m
NBU — 12 810 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

04 Nov, 12:02


Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov AQSh bilan JSTga a’zo bo’lish bo‘yicha 14 oy davom etgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qildi. AQSh O’zbekistonning tashkilotga qo’shilishini qo‘llab-quvvatlagan 21-davlat bo‘ldi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

04 Nov, 09:35


2024-yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari orasida Paynet, PayMe va Click olingan sof daromadi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Mazkur davrda PayMe Click’ni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo’lsa, sof foydasini 96 foizga ko‘paytirgan Paynet bozordagi peshqadamlikni mustahkamladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

04 Nov, 06:39


4-noyabr uchun valyuta kurslari

⬆️ AQSh dollari — 12 795,02 so‘m (+14,93 so‘m)
⬆️ Yevro — 13 894,11 so‘m (+4,71 so‘m)
⬇️ Rossiya rubli — 131,62 so‘m (-0,05 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

SQB — 12 770 so‘m
Kapitalbank — 12 765 soʻm
Hayot Bank — 12 760 soʻm

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Poytaxt bank — 12 800 so‘m
SQB — 12 805 so‘m
NBU — 12 810 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 10:15


Kelasi yildan elektromobillar akkumulyatorlari uchun utilizatsiya yig’imi joriy etish taklif etilmoqda. Yangi soliq elektromobillar egalariga yoki shaxsiy va yuridik shaxslar tomonidan tayyor holda olib kirilgan avtomobillarga taalluqli bo‘lmaydi. To‘lov miqdori yengil avtomobillar uchun 5 ming so‘mdan 10 ming so‘mgacha, elektr yuk avtomobillari uchun esa 370 ming so‘mgacha bo‘lishi kutilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

30 Oct, 12:21


2025–2027-yillardagi soliq siyosatining bir qator asosiy yoʻnalishlari belgilandi. Soliq stavkalarining o‘zgarishsiz qoldirilishi, sog‘lom turmush tarzini yaxshilash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda QQS “zanjiri”ni tiklashga qaratilgan choralar shular jumlasidan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

30 Oct, 11:58


Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ishga tushirgan “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi sababli profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilgan. Vaqtinchalik texnik uzilishlar bo‘lishi ijtimoiy tarmoqlarda “chiqindidan qarzi borlar elektr energiyasidan tо‘liq uzilishi” tarzida asossiz tarqatilgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

30 Oct, 11:55


Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2024-2025-yillarda 6 foizga hamda 2026–2027-yillarda tegishincha 6,1 foiz va 6,3 foizga oʻsishi prognoz qilingan. Shuningdek, inflyatsiya 2027-yilga borib 5 foizgacha pasayishi kutilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

30 Oct, 06:01


30-oktyabr uchun valyuta kurslari

⬇️ AQSh dollari — 12 784,97 so‘m (-9,95 so‘m)
⬇️ Yevro — 13 830,78 so‘m (-5,65 so‘m)
⬇️ Rossiya rubli — 131,45 so‘m (-0,31 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

SQB — 12 765 soʻm
NBU — 12 750 so‘m
Agrobank — 12 745 soʻm

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Hayot Bank — 12 790 so‘m
Asia Alliance Bank — 12 790 so‘m
Kapitalbank — 12 795 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

29 Oct, 07:18


29-oktyabr uchun valyuta kurslari

⬇️ AQSh dollari — 12 794,92 so‘m (-13,47 so‘m)
⬇️ Yevro — 13 836,43 so‘m (+26,09 so‘m)
⬇️ Rossiya rubli — 131,76 so‘m (-0,87 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

SQB — 12 785 soʻm
Universal bank — 12 760 soʻm
NBU — 12 760 so‘m

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Asia Alliance Bank — 12 800 so‘m
NBU — 12 810 so‘m
Asakabank — 12 810 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

28 Oct, 11:48


Mutaxassisning fikricha, tug‘ilish bilan kuzatilayotgan tendensiya ko‘proq tug‘ish yoshidagi insonlar sonining oldingi avlodga nisbatan kamligi bilan izohlanishi mumkin. Joriy yildagi pasayish chuqur demografik muammolar yuzaga kelayotganligini ko‘rsatmaydi, balki “mavsumiylikka” xos xususiyatga ega.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

28 Oct, 09:00


Ushbu chora ish beruvchilarning muhojirlar va Rossiya fuqarolari uchun xarajatlarini tenglashtirish imkonini berishi nazarda tutilmoqda. Patent narxi 1-yanvardan boshlab 8,9 ming rublga yetadi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

28 Oct, 07:38


SpaceX asoschisi Elon Mask ikki yilda Starship raketalari, to‘rt yildan keyin esa odamlar Marsga uchirilishi mumkinligini aytdi. Milliarderning ta’kidlashicha, bu kraterlar sonining oshish-oshmasligi hamda raketaning muvaffaqiyatli qo‘nishi bilan bog‘liq.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

28 Oct, 07:20


28-oktyabr uchun valyuta kurslari

⬇️ AQSh dollari — 12 808,39 so‘m (-11,79 so‘m)
⬆️ Yevro — 13 862,52 so‘m (+26,25 so‘m)
⬇️ Rossiya rubli — 132,63 so‘m (-0,23 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

MKBank — 12 780 soʻm
Universal bank — 12 780 soʻm
NBU — 12 770 so‘m

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Asia Alliance Bank — 12 810 so‘m
NBU — 12 820 so‘m
Asakabank — 12 820 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 10:38


2024-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi 3,2% ga qisqargan bo‘lib, jami 693 897 nafar yangi tug‘ilganlar ro‘yxatga olingan. Nikohlanishlar soni 179,4 minggacha qisqarib, 2016-yildan beri eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 09:38


Texnik stajyorlik dasturi asosida fuqarolar Yaponiyaga qurilish ishlariga taklif etiladi. Oylik maosh 220 ming yapon iyenasigacha (1,5 ming dollar) yetadi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 06:39


25-oktyabr uchun valyuta kurslari

⬇️ AQSh dollari — 12 816,11 so‘m (-11,79 so‘m)
⬆️ Yevro — 13 836,27 so‘m (+3,95 so‘m)
⬆️ Rossiya rubli — 132,86 so‘m (+0,01 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Universal bank — 12 790 soʻm
NBU — 12 780 so‘m
Garant bank — 12 780 soʻm

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Hayot Bank — 12 820 so‘m
Asia Alliance Bank — 12 820 so‘m
Kapitalbank — 12 820 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

24 Oct, 07:10


Loyiha qiymati 30 million dollarni tashkil etishi, birinchi bosqichda 200 kishi, to‘liq ishga tushirilgach 2 ming kishi ishlashi ko‘rib chiqilmoqda. Loyihani amalga oshirish masalasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish belgilangan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

24 Oct, 07:03


Markaziy bank yil boshidan sentyabrgacha muomaladagi naqd pul ulushi 23,9 dan 20,7 foizga pasayganini ma’lum qildi. Kartaga tushgan mablag‘lar tobora kamroq naqdlashtirilishi kuzatilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

24 Oct, 06:42


24-oktyabr uchun valyuta kurslari

⬆️ AQSh dollari — 12 827,90 so‘m (+10,05 so‘m)
⬇️ Yevro — 13 832,32 so‘m (-32,75 so‘m)
⬇️ Rossiya rubli — 132,85 so‘m (-0,10 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

NBU — 12 800 so‘m
Garant bank — 12 790 soʻm
Mikrokreditbank — 12 790 soʻm

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Tenge Bank — 12 820 so‘m
Asia Alliance Bank — 12 830 so‘m
Kapitalbank — 12 830 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

23 Oct, 06:35


2024-yilning iyul-sentyabr oylaridagi avtomobillar narxlari tahlil qilindi. Ommabop avtomobillar narxlari sezilarli darajada pasayishi kuzatilgan. Shuningdek, avtomobillarning kam, o‘rtacha hamda ko‘p foydalanganligi bo‘yicha narxlari ko‘rsatildi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

23 Oct, 06:31


23-oktyabr uchun valyuta kurslari

⬆️ AQSh dollari — 12 817,85 so‘m (+12,76 so‘m)
⬇️ Yevro — 13 865,07 so‘m (-24,61 so‘m)
⬇️ Rossiya rubli — 132,95 so‘m (-0,15 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Universal bank — 12 790 soʻm
NBU — 12 790 so‘m
Turon bank — 12 780 soʻm

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Kapitalbank — 12 820 so‘m
Asia Alliance Bank — 12 820 so‘m
SQB — 12 830 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

23 Oct, 05:11


Samarqandda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida O‘zbekiston-Qozog‘iston to‘rtinchi hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda so‘nggi 7-yil ichida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro savdo aylanmasi deyarli 2,5 barobar o‘sib, o‘tgan yili 4,4 milliard dollarni tashkil qilgani qayd etildi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

22 Oct, 07:49


2024-yilning to‘qqiz oyi davomida 190,1 million nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 73,4 million nafarga ko‘p hisoblanadi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

22 Oct, 05:49


O‘zbek haydovchilaridan mamlakat hududida undiriladigan yig‘imlar 99 dollarga (6,5 ming afg‘oni) kamaytirildi. Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun avval undiriladigan 182 dollar (12 ming afg‘oni) yig‘im endilikda 106 dollar (7 ming afg‘oni) etib belgiladi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

22 Oct, 05:38


22-oktyabr uchun valyuta kurslari

⬇️ AQSh dollari — 12 805,09 so‘m (-10,04 so‘m)
⬇️ Yevro — 13 889,68 so‘m (-8,33 so‘m)
⬇️ Rossiya rubli — 133,10 so‘m (-0,10 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Universal bank — 12 780 soʻm
NBU — 12 770 so‘m
Turon bank — 12 770 soʻm

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Kapitalbank — 12 810 so‘m
Asia Alliance Bank — 12 810 so‘m
Hayot Bank — 12 815 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

22 Oct, 05:29


Kompaniya ham yerda, ham havoda harakatlanuvchi prototip 80 km sinov masofasini muvaffaqiyatli bosib o‘tgani haqida xabar berdi. Uchar avtomobillar orqali shaharlardagi tirbandliklarni kamaytirishga erishish mumkinligi bildirilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

21 Oct, 12:07


Toshkentda pulli  “parkovka” narxlari tasdiqlandi.Unga ko‘ra, 1 soat uchun tarif 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha qilib belgilandi

1⃣ - tarif zonasi — 12 ming so‘m;
2⃣ - tarif zonasi — 10 ming so‘m;
3⃣ - tarif zonasi — 8 ming so‘m;
4⃣ - tarif zonasi — 6 ming so‘m;
5⃣ - tarif zonasi — 5 ming so‘m;

📍Bundan tashqari, parkingda, shu jumladan, savdo, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, sport, madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yonidan besh foiz joy (lekin 1 donadan kam bo‘lmagan) imtiyozli ruxsatnomaga ega shaxslar uchun ajratiladi.

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

21 Oct, 11:21


Yil davomida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari asosida statistik ma’lumotlar e’lon qilindi. Avvalroq 2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 2,6 million mobil telefon olib kelingani ma‘lum qilingandi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

21 Oct, 10:50


Energetika vazirligi buning natijasida 1,2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilgani hamda atmosferaga 1 mln 680 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinganini bildirdi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

21 Oct, 05:56


Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarni avtolizing va ijara asosida avtomobillarni sotuvchi korxonalar bilan shartnoma tuzish va ularga pul to‘lashdan avval shartnoma shartlari bilan to‘liq tanishishni so‘radi. Ayrim koroxnalar iste’molchilardan olingan pullarni qaytarish muddatini kechiktirishi hamda shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarilmaslik holatlari uchramoqda.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

21 Oct, 05:43


21-oktyabr uchun valyuta kurslari

⬆️ AQSh dollari — 12 815,13 so‘m (+12,07 so‘m)
⬇️ Yevro — 13 898,01 so‘m (-4,83 so‘m)
⬆️ Rossiya rubli — 133,20 so‘m (+1,36 so‘m).

🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

NBU — 12 780 so‘m
Universal bank — 12 780 soʻm
Turon bank — 12 780 soʻm

🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Asakabank — 12 820 so‘m
Asia Alliance Bank — 12 820 so‘m
SQB — 12 830 soʻm

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

21 Oct, 05:19


Global ochlik indeksida O‘zbekiston ochlik xavfi past bo‘lgan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 22 davlatdan biri sifatida qayd etildi. Indeks bolalar o‘limi, ularning to‘yib ovqatlanishi va sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishini hisobga olgan.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook

Kommers.uz | Rasmiy kanal

18 Oct, 12:55


Namangandagi olis qishloqlardan birida ilk bor ichimlik suvi chiqarildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Aholi turmush tarzini rivojlantirishga ko‘maklashish Respublika “Taraqqiyot” markazi hamkorligida, Yaponiyaning “Global WASH Initiative” JTI SA jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobidan Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Soycha” MFYda ichimlik suvi chiqarildi. Mahallaning 5000 dan ortiq aholisi ilk bor ichimlik suvi bilan ta'minlandi. Kommers.uz ushbu loyiha haqida batafsil ma'lumot beradi.

👉 Batafsil

Telegram • Instagram • Facebook