Últimas Postagens de Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal (@jizzaxedu) no Telegram

Postagens do Canal Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal
Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

-Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz
-Telegram: https://t.me/Jizzaxedu
-Instagram: instagram.com/xtbjizzax/
-Facebook:
-Jizzax viloyati MMTBga murojaat: @JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
2,365 Inscritos
16,589 Fotos
2,001 Vídeos
Última Atualização 12.03.2025 07:24

O conteúdo mais recente compartilhado por Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal no Telegram

Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

29 Dec, 04:21

325

⚡️Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i E.Muxtorov bugun Balandchaqir mahallasidagi 1-umumta'lim maktabi hamda 2-sonli maktabgacha ta'lim ta'lim tashkilotlarida qish mavsumini betalofat o'tkazish va yangi yilni ko'tarinki kayfiyatda kutib olish maqsadida o'rganish o'tkazdi.
O'rganish davomida ta'lim tashkilotlarida o'quvchilar va tarbiyalanuvchilar ta'lim olishlari uchun qulay sharoit yaratishga alohida e'tibor qaratish, issiqlik tizimlarini barqaror ishlashini ta'minlash muhim ekanligi yuzasidan mas'ullarga ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek bino va uning atroflari tozaligini ta'minlash, yo'laklarini muz, qordan tozalash choralarini ko'rish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O'rganish davomida yangidan qurilayotgan 2-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida qurilish-ta'mirlash ishlarining borishi ham ko'zdan kechirilib, ushbu inshoot barcha me'yoriy talablarga mos tarzda qurilishi muhimligi ta'kidlandi.

👉https://t.me/yangiobodtumanxtb
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

24 Dec, 10:07

130

"Mõjizakor Yangi yil"

Jizzax viloyati Zomin tumani MMTB tasarrufidagi 14-DMTT da "Yangi yilim, yaxshi yilim" bayram tadbiri bõlib õtdi. Bayram tadbiriga barcha ertak qahramonlari tashrif buyurdilar.Sahnalashtirilgan shou bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.




Zomin tumani 14-DMTT axborot xizmati.
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

24 Dec, 09:23

257

30-sonli maktabning "Vatan tayanchi"otryadi a'zolariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 150-sonli qarorining mazmun va mohiyati bo'yicha tushunchalar berildi.
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

24 Dec, 03:59

434

QONUN USTUVORLIGI TAʼMINLANMOQDA.

✍️Joriy yilning 21-dekabr kuni Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi Bolalar bilan ishlash boʻyicha inspektor-psixologi tamonidan,Jizzax shahar MvaMTBga qarashli 25-sonli umum taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi 2007-yilda tugʻilgan Ch.J tamonidan oʻziga tegishli boʻlmagan avtotransport vositasini hech qandey hujjatlarsiz Jizzax shahar Olmozor hududida haydab yurganligi aniqlandi.
✍️Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YXH boshqarmasi xodimlari chaqirtirilib avtotransport vositasi jarima maydonchasiga qoʻyildi.
✍️Shuningdek, voyaga yetmagan farzandiga transport vositasini boshqarishiga ruxsat berganligi sababli turli xildagi yoʻl-transport hodisalari yuzaga kelayotganligini inobatga olib, 2007-yilda tugʻilgan Ch.Jning ota-onasi MJtKning 47-moddasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirildi.
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

02 Dec, 08:29

292

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Jizzax viloyati Baxmal tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 50-son maktabining elektron kundaligi va dars taqsimoti borasidagi xabar yuzasidan Baxmal tuman MMTB va tuman prokuraturasining ishchi guruhi tomonidan o'rganishlar olib borilmoqda. Ushbu holat yuzasidan Baxmal tuman MMTB va tuman prokuraturasi ishchi guruhining xulosasi yuzasidan qo'shimcha ma'lumot beriladi.

✍️Jizzax viloyati Baxmal tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

01 Dec, 13:17

623

🌎 JIZZAXDA ILK BOR

📌 Bugun Jizzax shahridagi 22-maktabda “2 – Respublika Koreys tili olimpiadasi” ning hududiy bosqichi o’tkazildi.
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

01 Dec, 11:15

527

🌎 JIZZAXDA ILK BOR

📌 Joriy yilning 1-dekabr kuni Jizzax shahridagi 22-maktabda “2 – Respublika Koreys tili olimpiadasi” ning hududiy bosqichiga start berildi.

📌 Ushbu olimpiadada viloyatimizdagi 9-10-11-sinflardan jami 87 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.

📌 Olimpiadadan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarimiz orasida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ommalashtirishdan iborat.
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

29 Nov, 14:10

596

Joriy yilning 29-noyabr sanansida Paxtakor tuman Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi AKT ni joriy etish va raqamlashtirish metodisti D.Ro'ziqulov boshchiligida Singapur loyixasi asosida tashkil etilgan Cerebry platformasiga ma'lumotlarni kiritish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va 7-10-sinf o'quvchilarining cerebry platformasida ishlashi yuzasidan metodik ko'mak yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda 19 ta umumta'lim maktab Direktorlari, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda informatika AK fani o'qituvchilari qatnashdi .
Oʻquv seminar treningdan foto lavhalar.
Yangiliklarni biz bilan ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!https://t.me/maktabgachatalimpaxtakor
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

29 Nov, 12:33

1,256

Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun "Zo‘ravonlikka yo‘q deymiz" mavzusidagi videorolik
Video lavhalar va audioda
Forish tumani 15-umumiy oʻrta maktabning 4-"b" sinf oʻquvchilari ishtirok etgan
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

29 Nov, 06:58

798

Jizzax viloyatining turizm imkoniyatlari
Davlatimiz rahbarining 2023 yil 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi doirasida viloyatda turizm xizmatlari, sayyohlar oqimi, infratuzilma yuksalib bormoqda.
Joriy yilda viloyatda turizm xizmatlari eksportini 50 million АQSh dollaridan oshirish maqsad qilingan. 2021 yilda 170 ta 4 ming 959 oʼrinli mehmonxona, oilaviy mehmon uylari mavjud boʼlgan boʼlsa, bugungi kunda ularning soni 258 taga, oʼrinlar soni 6 ming 614 taga yetgan.
Shu bugungi kunda, viloyatda 12 ta turkompaniya faoliyati yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, 30 ga yaqin yangi marshrut ishlab chiqilgan. Turizm salohiyati yuqori boʼlgan hududlarda hamda boshqa ekoturizm manzillari boʼylab 3-5 kunlik turizm marshrutlari mavjud.
Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari D.Q.Hamraqulov