"Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida adliya organlari xodimlari tomonidan Zarbdor tumanida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda xotin-qizlar faollarining sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, ularning asosiy vazifa va funksiyalari tushuntirilib, mahallalarda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi keng ko'lamli islohotlar mazmun-mohiyati yetkazildi.
Tadbir davomida ularning qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, faoliyat sohasiga oid hujjat namunalari va 25 turdagi metodik qo'llanmalar tarqatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈