Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti @j_bakiyev Channel on Telegram

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

@j_bakiyev


Attestatsiya, BBA savollari va M/S (Milliy sertifikat) testlariga oid ma'lumotlar, BEPUL KANAL
Muhokama uchun guruh: https://t.me/jasurbekbakiyevguruh
Milliy sertifikat natijalari https://t.me/milliysefruz
Murojaat uchun @j_bakiyev_bot

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti (Uzbek)

O'zbek tilini va adabiyotini o'rganishga qiziqishingiz bormi? Agar Ha degan bo'lsangiz, sizning uchun Jasurbek Bakiyevning Telegram kanali juda foydali va qiziqarli bo'ladi. Bu kanalda attestatsiyalar, BBA savollari va M/S (Milliy sertifikat) testlariga oid ma'lumotlar mavjud. Bu ma'lumotlar sizning o'zingizni mustahkamlashda va yangi bilimlarni o'rgangan holda sinovdan o'tishingizda juda yordam beradi. Jasurbek Bakiyev kanaliga obuna bo'lib, O'zbek tilini o'rganishda yanada yuqori darajaga erishingiz mumkin. Jasurbek Bakiyev guruhiga qo'shilish orqali, boshqa o'quvchilar bilan tahsil olish va savollar ustida muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi. Milliy sertifikat natijalari ham shu yerda o'z joyini topgan. Agar sizga muhim savollar bo'lsa yoki ma'lumotlarni olishni istasangiz, Jasurbek Bakiyevning Telegram kanaliga qo'shilib, @j_bakiyev_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin. Siz ham Jasurbek Bakiyev kanaliga obuna bo'ling va o'zbek tili va adabiyotini o'rganishda qadam qo'ying!

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

04 Jan, 13:06


#Ovozli_chat
Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat

📆
2025-yil 6-yanvar kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

03 Jan, 13:18


📣🔴🔴🔴💙💙💙

🔝Ona tili va adabiyot fanidan 🔤🔤🔤 guruhi ochildi.
➡️🟦🟦🟦8️⃣🔤🔤🔤🔤🔤🔤ga qadar.
🩵🩵🩵🚩🚩🚩🚩🚩🚩
👨‍💻 😍😘 2 ta repititor (🅰️va 🅰️) tomonidan olib boriladi.
✏️ @j_bakiyev_bot murojaat qiling.

https://t.me/j_bakiyev
📍Manzil: Farg’ona viloyati Buvayda tumani Yangiqo’rg’on shaharchasi

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

03 Jan, 07:03


Assalomu alaykum. Ertaga onlayn ona tili va adabiyot fanidan M/S guruhga qabul e’lon qilamiz.

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

30 Dec, 10:14


🕯"AFSONA" xususiy maktabi rahbatiyati o'z xodimlarini kirib kelayotgan yangi 2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣- yil bilan qutlaydi!

👍🔥⭐️

https://t.me/afsona_maktabi

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

27 Dec, 11:38


🎁Afsona maktabi Yangi yil bayrami🎉🎉🎉

Murojaat uchun tel:
+998994693535
+998954853535

Manzil: Buvayda Yangiqo’rg’on yo’nalishi, Nayman qishlog’i

Telegram // 📷Instagram //
📍Lokatsiya

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

26 Dec, 13:06


⚡️Talabgorlar diqqatiga!

❇️ Ma’lumki, 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.

❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali spetsifikatsiya, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari bilan tanishishlari mumkin:

👉 kimyo fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari;

👉 biologiya fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari;

👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;

👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

24 Dec, 17:44


⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2024-yil 23-dekabrdan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️30-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

22 Dec, 11:30


Imtihon topshirib bo‘lganlar uchun 👍😂

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

21 Dec, 11:41


Test natijasi qanday chiqishi haqida javoblarimiz🫠🫠🫠

https://t.me/j_bakiyev

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

21 Dec, 09:03


✈️Kun manzarasi

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

21 Dec, 08:43


▶️M/S imtihoni haqida fikrlarimiz
➡️Siz qanday fikrdasiz?

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

20 Dec, 08:26


Ertadan M/S test imtihonlari boshlanadi. ❄️Barcha talabgorlarga omad tilaymiz

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

20 Dec, 02:02


Murojaat!

Hurmatli BBA mutasaddi xodimlari!


Milliy sertifikat imtihonlari bilim va malakalarni haqqoniy baholaydi deb hisoblar edik. Shu vaqtgacha oʻtkazilgan milliy sertifikat imtihonlarining oʻtkazilish jarayonidagi shaffoflik, test savollarining saviyasidan mamnun edik. Biroq noyabr imtihonida tushgan baʼzi savollarning oldinroq ʼʼqoʻltiqqa solinganiʼʼ butun xalqda ishonchsizlik va norozilik kayfiyatini uygʻotdi. Eng achinarlisi, BBA ning bu boʻyicha rasmiy bayonatida ham ushbu vaziyatga aniq munosabat bildirilmadi.

Dekabr va undan keyingi imtihonlarda yuqoridagi kabi holat takrorlanmasligini, oldin tushgan yoki xalq ichida ʼʼX variantʼʼ shaklida tarqalgan fayllardan savollar shakllantirilmasligini qatʼiy talab qilamiz! Sababi davlat tashkiloti shaffoflik va adolatni taʼminlashga masʼuldir! Maxfiylikdagi ehtiyotsizlik bartaraf etilishi uchun jiddiy choralar koʻriladi degan umiddamiz.

Agar shu holat yana takrorlansa, bu yosh avlodning ta'lim tizimimizga bo'lgan ishonchini yo'qotishga sabab bo'ladi. O'quvchining maqsadi bilim olish emas, "X" yodlash bo'lib qoladi, chunki tayyor javoblar turganda kim ham qiynalib ta'lim olishni xohlardi?!

Zero, xalq manfaati barcha narsadan ustun boʻlishi lozim! Agarda tarqalgan materiallardan, avvalgi imtihon testlaridan savollar tushsa, bu xalqqa nisbatan adolatsizlik boʻladi va bu holat BBA ning mavjud obroʻsiga ham putur yetkazmay qolmaydi.

Ona tili ustozlar kengashi

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

18 Dec, 18:02


Bugungi shov-shuvli fayllar

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

17 Dec, 14:02


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

🔰 Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorining ikkinchi va uchinchi ilovalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar test sinovi topshirishi belgilangan.

📆 Shu maqsadda 2024-yil 17-dekabr kuni Bilimni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.

🎓 Test sinovida oliy ta’lim muassasalarining doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan 68 nafar talabgorning 64 nafari ishtirok etdi.

Unda talabgorlarning chet tillari, axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi.

📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

17 Dec, 14:02


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 21–22-dekabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

11 Dec, 12:24


⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

11 Dec, 07:39


⚡️ TALABGORLARGA ESLATMA

❇️ Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilgan.

Hozirda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi asosida 9 ta – ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur imtihonlarda belgilangan talabni bajargan talabgorlarga
A+, A, B+, B, C+, C darajadagi sertifikat taqdim etiladi. Bunda:

💯 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C, darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💯 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

👉 Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari tasdiqlangan bo‘lib, ushbu fanlar majmuasi ikki qismdan: birinchi qism barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus), matematika, O‘zbekiston tarixi fanlari, ikkinchi qism bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan iborat bo‘ladi. Shu o‘rinda majburiy fanlar blokidagi ona tili fani bo‘yicha test topshiriqlari ta’lim tiliga mos ravishda uch tilda – o‘zbek tili, qoraqalpoq tili va rus tili bo‘yicha shakllantirilishini ma’lumot sifatida keltirib o‘tish joiz.

❗️Milliy sertifikat imtihonlarida ham o‘zbek tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot, rus tili va adabiyot fanlaridan test topshiriqlari alohida-alohida shakllantiriladi va har bir fan bo‘yicha sertifikat beriladi. Ushbu fanlardan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda ta’lim tiliga mos ravishda majburiy fandan maksimal ball, mutaxassislik fanidan maksimal ball yoki maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

05 Dec, 10:31


Bugundan dars boshlaymiz. Kimgadir yopiq guruh linkini yubormagan bo’lsak, bot.ga murojaat qiling

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

02 Dec, 10:59


Mumtoz lug'at

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

02 Dec, 08:12


⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2024-yil 2-dekabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 8-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️9-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

01 Dec, 15:47


Kurs faqat dekabr uchun. C+ va undan yuqori darajalariga ega pedagog va abituriyentlarga mo’ljallangan

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

01 Dec, 15:36


🟢"Mazza qilsa, Xalq mazza qilsin!"-deb o‘yladik, Onlayn darslarimizni boshladik! ⭐️

Ona tili va adabiyot fanlaridan
💯% natija bilan 🅰️darajali milliy sertifikat sohibi Jasurbek  Boqiyev onlayn darslariga start berilayotganini ma'lum qilamiz!
🔠🔠🔠 guruh
🔥Yutuqlari:

Yuzlab o‘quvchilarining oliy o‘quv yurtlariga GRANT asosida qabul qilinishi;

Ko‘p yillik tajriba va sifatli ta’lim;

Har bir o‘quvchining imkoniyatini maksimal darajada ochib berish;

🐈Haftada 6 kun: Dushanba/Seshanba/Chorshanba /Payshanba/Juma/Shanba kunlari 19:00 dan 20:30 gacha

🕐To‘g‘risini ayting: Siz ham xuddi shunday sertifikat egasi bo‘lgingiz kelib ketdi-aaa! 🧑

Unday bo‘lsa,  8600 0423 8683 5408 raqamli plastik🪪 kartaga atigi 💡150.000 so‘m to‘lov qiling va ro‘yxatdan o‘ting!
🏦To‘lov chekini @j_bakiyev_bot ga yuboring!

📋Ro‘yxatdan o‘tish: 📆 2-4 dekabr kunlari
1-dars:📅 2024-yil 5-dekabr payshanba kuni 19:00 da boshlanadi

Jasurbek Boqiyev onlayn darslari orqali Sizni muvaffaqiyat sari yetaklashga tayyor!

📞Telefon: 91.397-27-29

Natijaga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li bu muvaffaqiyatli o‘qituvchi bilan ishlashdir!

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

01 Dec, 15:27


Bizni Oltiariqliklar ham havas bilan tinglashmoqda ekan. Alhamdulillah.

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

01 Dec, 15:26


⭐️ONA TILI VA ADABIYOT FANLARIDAN MAKSIMAL 💯% LIK SUPER NATIJA SOHIBI ⭐️

🎉 Xabaringiz bor Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yilning 2-noyabr kuni milliy sertifikat imtihoni boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi mazkur sinov imtihonida ishtirok etgan Buvaydaning ardoqli farzandi, yosh, bilimli, masʼuliyatli, kamtar, mehnatsevar, halol, adolatli, jonkuyar, oʻz fanining yuksak bilim sohibi sifatida hamkasblari safida shuhrat qozongan, bir necha yillardan buyon xalqimiz farzandlarini Respublikamizdagi eng nufuzli oliygohlarga eng yuqori ball bilan talabalik baxtiga musharraf boʻlishlariga muntazam erishib kelayotgan, ota-onalar, xalqimiz ishonchini oqlab piru komil otaxonlarimiz, kayvoni onaxonlarimiz duolarini olib kelayotgan, oʻz mutaxasislik fani boʻyicha hamkasb shogirdlaridan juda koʻplarini milliy sertifikatni qoʻlga kiritishiga sababchi, fidoyi muallim Jasurbek Boqiyev BMBA tomonidan oʻtkazilgan sinov imtihonida 💯%lik natija bilan 🔠 darajali sertifikat sohibi boʻldi va Fargʻona viloyati boʻyicha ona tili va adabiyot fanidan eng yuqori ball bilan milliy sertifikat sohibi sifatida oʻziga xos rekord natija sohibiga aylandi.

🥳 Ustoz Jasurbek Boqiyevni hamma har qancha havas qilishga arziydigan yuksak natijasi bilan tabriklaymiz! Bundan keyingi pedagogik faoliyatlarida bundanda ulkan yutuq va muvaffaqiyatlarga erishishiga tilakdoshmiz!

👏 Ofarin, qoyil Sizga ustoz Jasurbek Boqiyev! Ona tili va adabiyot fanlaridan yoshlarimizga hamda milliy sertifikatga daʼvogar pedagoglarga kuchli bilim berishdan aslo charchamang! Shogirdlaringizning faxrlanarli natijalari ham muborak boʻlsin!

🌐Kanalimizga obuna boʻling ⬇️⬇️⬇️
https://t.me/OLTIARIQ_24TK

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

30 Nov, 12:39


🧑Biz haqimizdagi fikrlar. O’zim ham boshida nima ekan deb o’ylabman🕐

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

30 Nov, 12:38


⭐️ОНА ВА АДАБИЁТ ФАНЛАРИДАН МАКСИМАЛ  💯% ЛИК СУПЕР НАТИЖА СОҲИБИ ⭐️

:🎉 Хабарингиз бор Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги томонидан жорий йилнинг 2-ноябрь куни миллий сертификат имтиҳони бўлиб ўтган эди. Қувонарлиси мазкур синов имтиҳонида иштирок этган Бувайданинг ардоқли фарзанди, ёш, билимли, масъулиятли, камтар, меҳнатсевар, ҳалол, адолатли, жонуяр, ўз фанининг юксак билим соҳиби сифатида ҳамкасблари сафида шуҳрат қозонган, бир неча йиллардан буён халқимиз  фарзандларини Республикамиздаги энг нуфузли олийгоҳларга энг юқори балл билан талабалик бахтига мушарраф бўлишига мунтазам эришиб келаётган, ота-оналар, халқимиз ишончини оқлаб пиру комил отахонларимиз, кайвони онахонларимиз дуоларини олиб келаётган, ўз мутахасислик фани бўйича ҳамкасб шогирдларидан жуда кўпларини миллий сертификатни қўлга киритишига сабабчи, фидойи муаллим Жасурбек Боқиев БМБА томонидан ўтказилган синов имтиҳонида 💯%лик натижа билан А+ даражали сертификат соҳиби бўлди ва Фарғона вилояти бўйича она тили ва адабиёт фанидан энг юқори балл билан миллий сертификат соҳиби сифатида ўзига хос рекорд натижа соҳибига айланди.

🥳 Устоз Жасурбек Боқиевни ҳамма ҳар қанча ҳавас қилишга арзийдиган юксак натижаси билан табриклаймиз! Бундан кейинги педагогик фаолиятларида бунданда улкан ютуқ ва муваффақиятларга эришишига тилакдошмиз!

👏 Офарин, қойил Сизга устоз Жасурбек Боқиев! Она тили ва адабиёт фанларидан ёшларимизга ва миллий сертификатга даъвогар педагогларга кучли билим беришдан асло чарчаманг! Шогирдларингизнинг фахрланарли натижалари ҳам муборак бўлсин!

👉Buvayda.info

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

30 Nov, 04:48


BUVAYDALIKLAR BORMI? 🗣

Avvallari tumaningizdagi yangiliklar haqida tez va sifatli ma'lumot topolmay qiynalganmisiz

Endi siz @Buvaydaliklar_hayoti kanalida eng so'ngi yangiliklarni muntazam kuzatib borishingiz mumkin.😀

👉 Buvaydaliklar hayoti

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

29 Nov, 17:19


🩵🩵🩵💙💙💙🔊🔊🔊

🅰️
1️⃣0️⃣0️⃣🔣
Milliy sertifikat

🔠fsona xususiy maktabi direktori Jasurbek Bakiyev va shogirdlari
Ona tili va adabiyoti fanidan
1️⃣0️⃣0️⃣🔣li settifikatlarni qõlga kiritdilar!

🔥Jasurbek Bakiyev õquvchilarining natijalari bilan tanishing💁: https://t.me/natijalarimiz1

To'g'ri tanlov - mukammal natija!

Progress repititorlik markazi:
https://t.me/j_bakiyev

Afsona xususiy maktabi:
https://t.me/afsona_maktabi

📞Murojaat uchun tel:
+998913972729
+998994693535

📍Farg’ona viloyati Buvayda tumani Yangiqo’rg’on shaharchasi

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

21 Nov, 07:13


📣Afsona maktabiga 1-11-sinf o’quvchilari uchun qabul davom etmoqda🔊

📞Murojaat uchun tel:
+998994693535
+998954853535

🏢Manzil: Buvayda Yangiqo’rg’on yo’nalishi, Nayman qishlog’i

✈️Telegram // Instagram //
📍Lokatsiya

✏️Xo’sh, 133 rus tilida nima deyiladi⁉️

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

20 Nov, 09:59


Do’stim
omadizi bersin

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

15 Nov, 07:00


5-синф она тили дарслиги аввалги янги дарсликларга қараганда анча яхши чиқибди.

Яхши дарслик учун яхшигина лике ва реакциялар босиб қўямиз
❤️ Яхши
👏Зўр
💯Ажоиб

nuriddin📥uktamov

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

14 Nov, 09:36


https://t.me/j_bakiyev

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

09 Nov, 03:43


Бахт йўқлигида кўринади холос. Уй бахт билан тўла пайти эса уни ҳеч ким кўрмайди.

Ўзбекистон халқ шоири Усмон Азимдан “Бахт ҳақида шеър”

https://t.me/j_bakiyev

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

08 Nov, 09:12


🚓Dekabrda Ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat imtihoni topshiradigan pedagoglar uchun ✖️maxsus 😊👍😜😉.

👉Faqat 🔤🔤🔤🔤🔤🔤
📶O’qituvchi: @j_bakiyev_bot

91 3972729
📍Farg’ona viloyati Buvayda tumani Yangiqo’rg’on shaharchasi

https://t.me/j_bakiyev

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

07 Nov, 16:40


В эссе часто используются вводные слова и союзы для структурирования текста и создания логических связей между предложениями. Например:

⚠️Вводные слова:

💕 Во-первых, во-вторых, в-третьих — для перечисления.

💕Таким образом — для подведения итогов.

💕 Тем не менее — для выражения контраста.

💕 С другой стороны — для представления альтернативного мнения.

💕 Например — для иллюстрации.

💕Следовательно — для вывода.

💕 К сожалению — для выражения сожаления.

💕Согласно мнению — для ссылки на источник.

⚠️Союзы:

💕 И — для соединения однородных членов.

💕 Но — для противопоставления.

💕Поскольку — для объяснения причины.

💕 Хотя — для выражения контраста.

💕 Если — для условия.

💕Чтобы — для выражения цели.

💕Когда — для указания времени.

✔️Примеры использования:

Во-первых, необходимо рассмотреть основные причины проблемы.

Тем не менее, существуют и альтернативные точки зрения.

Например, исследования показывают, что...

Таким образом, можно сделать вывод о...

✅️ https://t.me/ruskiy_yazikmaterial

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

07 Nov, 16:32


https://t.me/j_bakiyev

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

05 Nov, 17:33


Davomi bor...

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

05 Nov, 17:33


2021. 5.11 Attestatsiya savollari
1. Beiz, hadsiz
Qóshimcha bilan asos bir xil
2. Hosil bólish usuliga kóra bir xil undoshli sózlar bir guruhga mansub sózlar
k n l r d r l k - portlovchi
3. Fonetik hodisa nechta
Yurak+ im yuragim 1 ta
4. "Manyosyu" Yapon she'riyatining dastlabki namunalari
5. Tóĝri javobni toping.
Murabba tórtlik, dzyuzdo kurash
6. Sinekdoxa
Tuz totmay
Avtobus derazasi
Yólida chaqirtikanak
Suv labida
7. Ibora va ma'nosi tóĝri kórsatilgan qator.
Oĝziga qaratdi- nutqiga mahkiyo qildi
Oĝzida qatiq uvitdi- gapirmadi
8. Pilla (ot) ipak qurti
Pilla -shakldosh
Palla- paronimi
Antonimi - ĝumbak
Sinonimi - shoyi atlas🤷‍♀
9. Lutf etsang tosh ham jonona bólĝay,
Óshal dam shevasi mastona bólĝay.
Zulfingning zanjiri bólsa gar zohir,
Luqmoni Hakim devona bólĝay.
J: J.Rumiy X Davron tarjimasi talmeh
10.2155- yil 15- may Mari....
J: qoĝoz kitobni ilk marotaba kórgan

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

05 Nov, 17:33


11. Nabirasi, bidillab, sóroqqa, yarmi, óroq qóshimchalar haqida sóragan🤷‍♀
12. Atamoq, sevgi, toychoq, suvoqchi, kechik, quvonchli nechta otdan yasalgan?
3 tasi
Atamoq, toychoq, quvonchli
13. 🤷‍♀
14. Xamoqat - axmiqlik
Pórtaxol- apelsin
Taxayyul - xayol
15." Urushning sónggi qurboni"
16. Sen, men, Eshqobil
Savol: nechta shaxs oti mavjud?
J: shaxs oti yóq
17. Fe'l haqida edi sizday bajargandim tóĝri bajaribman 1 haftada yaxshi bilim oldim, rahmat!

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

04 Nov, 02:42


📚Бувайдалик ёш олима аёл - Муҳайёхон Эргашева тарих фанлари бўйича фалсафа доктори бўлди.

Жорий йилнинг 29-октабр куни Фарғона давлат университетида Эргашева Муҳайё Ғанижоновна “ХХ асрнинг 20-30-йилларида Ўзбекистон халқ таълими тизимида хотин-қизларнинг иштироки” мавзусида ёзган диссертация ишини муваффақиятли ҳимоя қилди.

Кенгаш аъзоларининг берган овозлар натижасига кўра, диссертация иши 100% маъқулланди ва Муҳайё Ғанижоновна Ўзбекистон тарихи (тарих фанлари) ихтисослиги бўйича тарих фанлари фалсафа доктори (ПҳД) илмий даражаси учун лойиқ деб топилди.🎉

Муҳайёхон айни дамда Андижон давлат педагогика институти талабаларига сабоқ бериш билан бирга Бувайда тумани 1-мактабнинг тарих фани ўқитувчиси ҳам эди.
Унинг бу ютуғи, илм йўлидаги саъй-ҳаракатлари кўплаб ўқувчи қизларга намуна бўлади. Илоҳим, издошлари кўпайсин! 🤲

Муҳайё Ғанижоновнани эришган ютуғи билан қутлаб, мустаҳкам соғлик, илм йўлида муваффақиятлар тилаймиз!💐💐💐

https://t.me/BUVAYDA_GAZETA

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

26 Oct, 05:41


⚡️A harfi bilan boshlanuvchi so‘zlardagi ‘‘H va ‘‘X‘‘ ni eslab qoling. Eng ko‘p keladiganlari tanlandi.

Aholi
Ahmoq
ahl
ahli
ahyon
ahdnoma
ahd
ahvol
ahamiyat
aha
Ahad
Axloq
axlat
axir
Axborot
Aslaha
arxiv
arvoh
anhor
alhazar
alhamduliloh
Alloh
Alayh
Ajdarho
ablah

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

24 Oct, 16:02


Darslarimizga o‘quvchilarimiz o'zgacha ishtiyoq, o'zgacha kayfiyat bilan kelishadi👍👍👍

Siz ham safimizga qo'shiling...

https://t.me/afsona_maktabi

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

23 Oct, 09:57


Nur borki, soya bor...

Asar voqealari Sherzodning nashriyotda majlisda ancha savalangani, keyin Toshkent restoranda ichgani va shifoxonaga tushgani bilan boshlandi.

1. Bosh qahramon Sherzod Samandarov.

2. Shoira. Hamshira qiz.

3. Doktor opa. Hamma uni shunday ataydi. U Leningraddan kelgan bolani asrab oladi. Nevarasi Alisher.

4. Sayfi Soqiyevich. 50 yoshlarda. Sherzodning xonadoshi. Univermagda ishlaydi. Direktor.

5. Sherzodning odati: kimdir ovqatlanganda qaramas edi.

6. Rauf Abdullayevich. Professor. U Sherzodning "Operatsiya" hikoyasini o'qigan.

7. Sherzod hind kinolari yomon koʻradi.

8. Radioda Muhammad Rafiq qo'shiq kuylayotgan edi do'st haqida.

9. Sirojiddin. Sayfi Soqiyevichning o'g'li. Tarixchi.

10. Sayfi Soqiyevich Umar Xayyomning she'rini aytib Navoiy yozgan deydi. U Mevazor degan joyda yashaydi.

11. Abduvohid. Sherzodning do'sti.

12. Sherzod felyeton yozishni yomon koʻradi.

13. Farida. Sherzodning sevgani. Dadasi harbiy vrach. Samarqanddan Toshkentga kelgan.

14. Zuhra Rustamova. Sirojiddinning sevgani. Aktirisa.

15. Sirojiddin doimo otasiga domlam aytyapti desa rozi bo'ladi. Sirojiddinning 2 ta bolasi bor.

16. Sirojiddin dastlab kimyo o'qituvchisiga pora beradi.

17. Elmira. Sirojiddinning xotini. Otasi tramvay haydaydi.

18. Qilich Valiyev. Yangi kafedra mudiri.

19. Qora chigirtka. Sirojiddin imtihon olgan abituriyentni shunday ataydi.

20. Sherzod asli Fargʻonadan. Otasi urushda qatnashgan. 5 yil oldin vafot etgan.

21. Faridaning eri injener edi.

22. Masha xola. Shifoxonadagi oshpaz ayol.

23. Xolposh. Sherzodning singlisi.

24. Azimjon Ergashev. Sherzodning maktabdagi ustozi. Ko'zi urushda jarohatlangan. Redaksiyaga shu kishidan xabar keldi.

25. Sherzod bolaligida uchuvchi boʻlishni istaydi.

26. Sayfi Soqiyevichning do'sti Fabrikant unga ot sovgʻa qilgan. Ot Oqtosh edi.

27. Eldar. Elmiraning ukasi. Tilla qoshiqlarni olganlikda ayblaydi.

28. Sherzod Tiniqsoydan edi

29. Abduvohidning 3 ta qizi bor. Muhayyo. Zulayho. Surayyo.

30. Abduvohidning otasi yoshligida tashlab ketgan. Onasi kashtachilik fabrikasida 30 yil ishlagan.

31. Zuhraning onasi 14-aprelda tugʻilgan. 4 yil oldin vafot etgan. Bo'lsa 53 yoshda bo'lardi. Otasi Sulaymon Rustamovich.

32. Zuhraning akasi Hasan. Onasi rak edi.

33. Shoiraning onasi boshqa kishi yuradi . O'sha bola Shoiraning nomusiga tegdi.

34. Keyin Shoira internatda katta boʻlgan qurilishda ishlaydigan bolaga tegdi. 1 ta qizi bor edi.

35. Valixonov. Injener. Tuproq devor ostiga qolgan.

36. Teshaboyev Juma. Valixonovning do'sti.

37. Jo'ravoy. Faridaning eri.

38. Oqilxon. Bozorda sotuvchilik qiladi. Sherzod uni uradi.

39. Fabrikant qamaladi.

40. Sirojiddin mashinasida Abduvohidni urib ketdi.

41. Abduvohid shifoxonada o'ziga keldi

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

23 Oct, 01:02


Navoiy qit'alari tahlili
6, 7, 8- sinf adabiyot darsligidagi mavzuga xos...

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

23 Oct, 01:00


"Qisasi Rabg'uziy" asariga oid test savollari

Bu savollar asarning mazmuni, undagi qahramonlar va mavzusi bilan bog‘liq bo‘lib, Rabg‘uziyning islomiy rivoyat va qissalar asosida yaratgan hikoyalari bo‘yicha

1. "Qisasi Rabg'uziy" asarining muallifi kim?

A) Rabg'uziy
B) Navoiy
C) Firdavsiy
D) Xorazmiy

2. "Qisasi Rabg'uziy" asari qaysi tillarda yozilgan?

A) Arabcha va forscha
B) O‘zbekcha va arabcha
C) Eski turkcha
D) Eski forscha

3. Asarda qaysi diniy kitoblardan kelib chiqqan rivoyatlar mavjud?

A) Qur’on va Injil
B) Veda va Tripitaka
C) Avesta va Zardo‘sht
D) Injil va Tavrot

4. "Qisasi Rabg'uziy" asarida qancha hikoya jamlangan?

A) 20
B) 40
C) 70
D) 100

5. Asarning asosiy mavzusi nima?

A) Qahramonlik hikoyalari
B) Payg‘ambarlar hayoti va qissalari
C) Shohlar va olimlar hayoti
D) Sehr-jodu va afsonalar

6. "Qisasi Rabg'uziy" asari qaysi payg‘ambar qissalari bilan boshlanadi?

A) Ibrohim (a.s)
B) Odam Ato (a.s)
C) Iso (a.s)
D) Nuh (a.s)

7. Rabg'uziy asarning qaysi jihati bilan mashhur?

A) U sof she’riy uslubda yozilgan
B) Asar diniy va axloqiy ma’nolarga boyligi bilan
C) U falsafiy masalalarni yoritadi
D) Asarda tarixiy voqealar ko‘proq aks etgan

8. Rabg‘uziyning "Qisasi Rabg'uziy" asarida Nuh (a.s) payg‘ambar haqida qanday qissa keltirilgan?

A) Dunyoning yaratilishi
B) Tufon va kemaning qutqarilishi
C) Adovatchilik va janglar
D) Shohlar o‘rtasidagi nizolar

9. Rabg'uziy qissalarini qanday uslubda taqdim qiladi?

A) Lirik she’rlar
B) Masnaviy shaklidagi hikoyalar
C) Nasr uslubida
D) Alfavit tartibida

10. "Qisasi Rabg'uziy"da qaysi payg‘ambar qush tilini bilgan deb hikoya qilinadi?

A) Muso (a.s)
B) Sulaymon (a.s)
C) Yusuf (a.s)
D) Iso (a.s)

11. "Qisasi Rabg'uziy"da aytilganidek, Ibrohim (a.s) payg‘ambarning o‘g‘li kim?

A) Muso (a.s)
B) Ishoq (a.s)
C) Yusuf (a.s)
D) Iso (a.s)

12. Asarda Yusuf (a.s) qissasi qanday syujetga ega?

A) U o‘z aka-ukalari tomonidan quduqqa tashlanadi va sotiladi
B) U shohning kengashida ishtirok etadi
C) U jangda g‘alaba qozonadi
D) U payg‘ambarlikka da’vat etiladi

13. Qaysi qissa asarda odamning yaratilishidan so‘ng kelgan ilk qissa sifatida ko‘rsatiladi?

A) Iso (a.s)
B) Muso (a.s)
C) Shis (a.s)
D) Yuhanno (a.s)

14. "Qisasi Rabg'uziy"ning axloqiy maqsadi nimada?

A) Xalqqa axloq-odobni o‘rgatish
B) Shohlar uchun qo‘llanma bo‘lish
C) Falsafiy masalalarni yoritish
D) Ilmiy bilimlarni oshirish

15. Asar qanday yakunlanadi?

A) Payg‘ambarlarning kelajakdagi g‘alabalari bilan
B) Qiyomat haqidagi tasvirlar bilan
C) Shohlar va ulamolar haqida qissalar bilan
D) Payg‘ambarlarning hayoti haqida qisqacha xulosalar bilan

Bu test savollari orqali "Qisasi Rabg'uziy" asarini chuqurroq o‘rganish va uning mazmunini tushunish mumkin.

11- sinf adabiyot darsligi
Bugungi mavzu🙋‍♀

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

23 Oct, 00:38


👆10- sinf adabiyot darsligi 2022- nashri 58-61 - betlardan test

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

23 Oct, 00:36


Quyida "Oddisseya" dostoni 21-qoʻshigʻidan test savollari tuzdim. Bu qismda asosan Odissiy uyiga qaytib kelganidan keyingi voqealar, uylanish uchun bellashuv, kamon o‘qi va Penelopa ishtiroki tasvirlanadi.

Test savollari (21-qo‘shiqdan):

1. Odissiyning uyiga qaytgach, u kim sifatida o‘zini ko‘rsatadi?

A) Savdogar

B) Kambag‘al darvesh

C) Xudo

D) Shoh



2. Penelopa o‘ziga munosib kuyov tanlash uchun qanday musobaqa o‘tkazadi?

A) Kamon bilan nishonga o‘q otish

B) So‘z bo‘yicha bilim bellashuvi

C) Ot poygasi

D) Shaxmat turniri



3. Qahramonlar kimning kamonini ishlatishga harakat qilishadi?

A) Telemakning

B) Zevsning

C) Odissiyning

D) Ahillning



4. Nega sovchilar kamonni tortishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi?

A) Kamon singan edi

B) Kamon juda eski bo‘lgani uchun ishlamadi

C) Ular juda kuchsiz edilar

D) Kamon faqat Odissiyga mos edi



5. Odissiy qanday qilib kamonni tortib, sovchilardan ajralib turadi?

A) O‘zining kuchini va mahoratini ko‘rsatadi

B) Sehr-jodu orqali

C) Penelopa yordam beradi

D) Telemak unga yordam beradi



6. Odissiy kamonni tortgach, kimni birinchi bo‘lib o‘ldiradi?

A) Antinoyni

B) Telemakni

C) Evmeoni

D) Penelopaning dugonasini



7. 21-qo‘shiqda Penelopa qanday rol o‘ynaydi?

A) Bellashuvda ishtirok etadi

B) Sovchilarni rag‘batlantiradi

C) Musobaqani tashkil qiladi, lekin o‘zini chetga oladi

D) Odissiy bilan musobaqa qiladi



8. Odissiy sovchilarning kimligini qanday biladi?

A) Kamon tortishda muvaffaqiyatsiz bo‘lganliklaridan

B) Ularni Telemak unga tanishtiradi

C) Penelopa ularni fosh qiladi

D) Sovchilar o‘zlarini oshkor qiladilar



9. Telemak qanday rol o‘ynaydi 21-qo‘shiqda?

A) Musobaqada ishtirok etadi va Odissiyga yordam beradi

B) Bellashuvni kuzatadi, lekin hech qanday rol o‘ynamaydi

C) Sovchilarni chetga chiqarib yuboradi

D) Odissiyni tanib, unga yordam bermaslikka qaror qiladi



10. Sovchilar nimaga ishonib, Penelopa bilan uylanish uchun musobaqada qatnashadi?

A) Ular Odissiy halok bo‘lgan deb o‘ylashadi

B) Ular Odissiy qaytishini kutmagan edilar

C) Ular Penelopani aldab uylanishni rejalashtirishgan edi

D) Ular Odissiyning yo‘qligidan foydalanishdi




Javoblar:

1. B


2. A


3. C


4. D


5. A


6. A


7. C


8. A


9. A


10. A



Bu test savollari 21-qoʻshiqdagi voqealarni chuqurroq tushunishga va Odissiyning qahramon sifatida qanday namoyon bo‘lishini anglashga yordam beradi.

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

23 Oct, 00:24


1."Oddisseya" dostonini kim ózbek tiliga tarjima qilgan?
2. Oddisseya qaysi orolda tutqunlikda edi?
3. "Oddisseya" dostonida asosan nima tasvirlangan?
4. Oddissey uyiga qancha muddatdan buyon qaytolmayotgan edi?
5. Dengiz ma'budi kim?
6. Kuyovlarni aldash maqsadida Penelopa nima qiladi?
7. Penelopaning sharti?
8. Oddisseyning sodiq xizmatkori kim?
9. Itaka shohi kim?
🙋‍♀

Javoblarizni kutaman😘

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

23 Oct, 00:19


"Oddisseya" va "Alpomish"

Test ikkala dostonning mazmuni, qahramonlari, badiiy vositalari va mavzusi bilan bog‘liq savollardan iborat.

Test savollari:

1. "Oddisseya" dostoni qaysi xalqning adabiy merosiga kiradi?

A) Turk

B) Yunon

C) Arab

D) Fors



2. "Alpomish" dostoni qaysi xalqning adabiy yodgorligi hisoblanadi?

A) O‘zbek

B) Yunon

C) Hind

D) Eron



3. "Oddisseya" dostoni qanday syujet asosida yaratilgan?

A) Sevgi va sadoqat

B) Sayohat va qaytish

C) Jang va qahramonlik

D) Xiyonat va qasos



4. "Alpomish" dostoni qanday syujetga asoslangan?

A) Erkinlik va mustaqillik

B) Yurtni himoya qilish va vatanparvarlik

C) Do‘stlik va sadoqat

D) Oila va sevgini saqlash



5. "Oddisseya" dostonining bosh qahramoni kim?

A) Hektor

B) Odissiy

C) Gilgamesh

D) Ahill



6. "Alpomish" dostonining bosh qahramoni kim?

A) Rustam

B) Alpomish

C) Korug‘li

D) G‘ayrat



7. "Oddisseya" dostonida qahramon qanday qiyinchiliklarga duch keladi?

A) Yovvoyi hayvonlar bilan jang

B) Dengizda uzoq yillik sayohat va xudolarning qarshiligi

C) Vatanini bosqinchilardan himoya qilish

D) Sehrli kuchlar bilan jang



8. "Alpomish" dostonida qahramon qanday muammolarni yengib o‘tadi?

A) O‘z sevgilisi uchun jang qiladi va uni ozod qiladi

B) Xudolar bilan jang qiladi

C) Sehrgarlar va maxluqlar bilan kurashadi

D) Dengizda uzoq sayohat qiladi



9. "Oddisseya" dostoni qanday badiiy uslubda yozilgan?

A) Qahramonlik eposi

B) Lirik poema

C) Tarixiy hikoya

D) Xalq qo‘shig‘i



10. "Alpomish" dostoni qanday badiiy uslubga ega?

A) Qahramonlik eposi

B) Lirik drama

C) Nasr asari

D) Ko‘ngilochar qo‘shiq



11. Ikkala dostonning qahramonlari orasidagi asosiy o‘xshashlik nimada?

A) Har ikkala qahramon sevgilisi uchun jang qiladi

B) Har ikkala qahramon uzoq safarda bo‘lgan

C) Har ikkala qahramon xudolarning qo‘l ostida bo‘lgan

D) Har ikkala qahramonning qasos olishi asarning asosiy mavzusi



12. "Oddisseya" va "Alpomish" dostonlaridagi asosiy farq nimada?

A) "Oddisseya" fantastik elementlarga boy, "Alpomish" esa real hayotga yaqin

B) "Oddisseya" xudolar bilan bog‘liq, "Alpomish" esa milliy qahramon haqida

C) "Oddisseya"da sayohat markaziy o‘rinni egallaydi, "Alpomish"da esa janglar

D) "Oddisseya" yunoncha yozilgan, "Alpomish" esa fors tilida



13. "Oddisseya" dostonida Odissiy qaysi shaharni zabt etish uchun jang qiladi?

A) Troya

B) Sparta

C) Rim

D) Afina



14. "Alpomish" dostoni qanday yakun topadi?

A) Qahramon vataniga qaytadi va g‘alaba qozonadi

B) Qahramon halok bo‘ladi

C) Qahramon surgunga jo‘natiladi

D) Qahramon xudolar tomonidan jazolanadi



15. "Oddisseya" dostoni bilan "Alpomish" dostonidagi qahramonlarning asosiy motivlari qanday?

A) Birining motivi sayohat qilish, ikkinchisiniki esa sevgisini himoya qilish

B) Har ikkala qahramonning motivi sadoqat va vatanparvarlik

C) Har ikkala qahramonning motivi xiyonat va qasos olish

D) Birining motivi xudo tomonidan taqdirlanganlik, ikkinchisiniki o‘z qobiliyatlari tufayli




Javoblar:

1. B
2. A
3. B
4. D
5. B
6. B
7. B
8. A
9. A
10. A
11. B
12. B
13. A
14. A
15. A
Testlar sizga yoqdimi?
Bugungi 10- sinfga dars mavzusi shunday edi, sizlarga ilindim😘

Reaksiya bildiring!

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

21 Oct, 08:20


https://t.me/afsona_maktabi

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

21 Oct, 01:51


https://t.me/afsona_maktabi

Jasurbek Bakiyev | O'zbek tili va adabiyoti

20 Oct, 06:18


21- oktyabr kuni darsni boshlashdan oldin mana bu videorolik bilan boshlasangiz judayam a'lo bólar ekan (quruq dars ótish yaxshimas)...