Istanbul Boshkonsulxonasi @istanbul2020boshkonsulxona Channel on Telegram

Istanbul Boshkonsulxonasi

@istanbul2020boshkonsulxona


O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot

Istanbul Boshkonsulxonasi (Uzbek)

Istanbul Boshkonsulxonasi adabiyotda O'zbek tilida yozilgan va diplomatik tilni o'rganishda katta ahamiyatga ega bo'lgan birinchi maktablaridan biri sanalgan. Bu maqola orqali, sizga Istanbul Boshkonsulxonasi telegram kanalini tanitamiz.

Istanbul Boshkonsulxonasi kanali, O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanalidir. Bu kanal orqali, O'zbekiston bo'ylab barcha so'nggi yangiliklar, hujjatlar va ma'lumotlar o'z o'rnini topadi. Istanbul Boshkonsulxonasi kanali, O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi diplomatik aloqalarni kuzatib borish uchun muhim manba sifatida faol ishlaydi.

Istanbul Boshkonsulxonasi kanalida, O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ham ko'rsatilgan. Bu sahifalarda Istanbul Boshkonsulxonasi tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar, faoliyatlar va yangiliklar haqida to'liqroq ma'lumotlar topish mumkin.

Istanbul Boshkonsulxonasi kanali orqali, siz Telegramdagi bot orqali ham ma'lumotlar olishingiz mumkin. Istanbul BoshkonsulxonasiBot orqali, kerakli hujjatlarni olishingiz, so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz va ko'proq ma'lumotlar olishingiz mumkin.

Istanbul Boshkonsulxonasi kanaliga obuna bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining faoliyatiga doir yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Istanbul Boshkonsulxonasi kanali orqali, diplomatik aloqalardan xabardor bo'lib, O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi munosabatlarni o'rganib chiqing!

Istanbul Boshkonsulxonasi

02 Dec, 03:37


🇹🇷Хабар берганимиздек, Туркиянинг “Kalyon Insaat Sanayi Ve Ticaret A.Ş.” компанияси Миграция агентлиги билан даслабки босқичда 60 нафар, келгуси йил январь ойидан 1350 нафар ўзбекистонлик қурилиш соҳаси мутахассисларини Туркияда иш билан таъминлаш бўйича келишувга эришган эди.

Бугун, 20 нафар ҳамюртимиз Тошкентдан Истанбулга учиб кетди. 3 декабр куни яна 40 нафари Самарқанддан жўнаб кетади.

@uzmigration

Istanbul Boshkonsulxonasi

01 Dec, 14:37


O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan birgalikda fuqarolarimizga ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi Bitimni imzoladi.
***
Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov together with the Member of the Political Bureau of the Central Committee of the Communist Party of China, Foreign Minister of China Wang Yi signed an Agreement that allows our citizens to travel to the two countries without a visa for 30 days.

Facebook | YouTube | Instagram | X

Istanbul Boshkonsulxonasi

30 Nov, 12:44


Joriy yilning 4 dekabr kuni Bag’jilar tumani hokimiyati (belediyesi) konsert saroyida Qoraqalpoq filarmonik orkestri hamda O’zbekiston xalq artisti Zulayho Boyhonova ishtirokida galakonsert tashkil etilmoqda.

Kirish bepul.

Boshlanish vaqti: 15:00

Manzil: Güneşli, Mahmutbey Cd. No:97, 34200 Bağcılar/İstanbul

Istanbul Boshkonsulxonasi

29 Nov, 09:56


Shu kunlarda Turkiya fuqarosi Ummuxan O‘zden tomonidan o‘zbek ayollari shaʼniga aytilgan nomaqbul so‘zlarga javoban ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarimiz tomonidan Istanbul Sudi binosi atrofida yig‘ilish o‘tkazishga chorlovlar keng tarqatilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Turkiya Respublikasining vakolatli idoralari bilan U.O‘zdenning mazkur xatti-harakatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuni taʼkidlash joizki, Turkiyada mitinglar, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish tartibi “Yig‘ilishlar va namoyishlar to‘g‘risida” 2911-sonli Qonuni asosida tartibga solinadi. Mazkur qonunga muvofiq, Turkiyada yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish uchun quyidagi talablar belgilangan:

1. Turkiya hokimiyat organlariga xabar berish. Tashkilotchilar tadbir o‘tkazilishi haqida mahalliy hokimiyat organlarini 48 soat oldin xabardor qilishlari shart.

2. Tashkilotchilarning majburiyatlari. Tashkilotchilar tadbirning tinch o‘tishini taʼminlash va jamoat tartibini buzishning oldini olishlari shart.

Belgilangan tartiblarga rioya etilmagan holatda, yaʼni xabar berilmagan yoki belgilangan qoidalarni buzgan holda o‘tkazilgan tadbirlar uchun tashkilotchilar va ishtirokchilarga nisbatan maʼmuriy yoki jinoiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.


Har bir shaxs yoki guruh sudga murojaat qilishlari mumkindir.

Istanbul Sud binosining kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanadigan obyekt ekanligini inobatga olgan holda, fuqarolarimizni turli yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazishdan hamda ularga targ‘ib qilishdan tiyilishga chaqiramiz.

Istanbul Boshkonsulxonasi

29 Nov, 07:32


XALQARO TANLOV!!!

👍 "Vatandoshlar" jamoat fondi xorijdagi yosh vatandoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston – yosh rassomlar nigohida” xalqaro onlayn ijodiy ishlar tanlovini e'lon qiladi.

👩🏻‍🎨
Tanlov quyidagi uch yosh toifalari bo‘yicha alohida-alohida tartibda o‘tkaziladi:

6 yoshdan 12 yoshgacha;
13 yoshdan 20 yoshgacha;
21 yoshdan 30 yoshgacha.

🎨
Tanlovga quyidagi mavzularda yaratilgan ijodiy ishlar taqdim qilinadi:

🖌 “Yangi O‘zbekiston mening tasavvurimda”;
🖌“O‘zbekiston tarixi, boy madaniy va ma’naviy merosi”;
🖌“Vatan ufqidan chizgilar”;
🖌 “Yurtdan olisda yurakda yaqin”;
🖌 “Bobomning sog‘inchi”;
🖌 “Mening o‘zbekona oilam”;
🖌“Vatanimda fasllar tafti”;
🖌“Bayrog‘imiz - g‘urur va faxrimiz timsoli”.


📨 Ijodiy ishlar 21-noyabrdan 5-dekabrga qadar Fondning quyidagi telegram bot manzilida qabul qilinadi: @vatandosh_tanlov_bot

📃
Tanlov Nizomi bilan tanishish hamda arizani to‘ldirish uchun havolani bosing

Istanbul Boshkonsulxonasi

28 Nov, 09:26


#Тезкор_хабар

Ўзбекистон Республикаси ва Туркия Ички ишлар вазирлиги ҳамкорлигида ўтказилган навбатдаги тезкор тадбир давомида одам савдоси жиноятини содир этганликда айбланиб, 8 йилдан буён Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги томонидан қидирувда бўлган, 1980 й.т., ТУРСУНТОШ ҚОДИРОВА Тошкент шаҳрига депортация қилинди. Ушбу шахснинг хатти-ҳаракатларидан жабр кўрган фуқаролардан Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонасига ёки Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ёхуд ички ишлар органларининг қуйи ҳудудий бўлинмаларига мурожаат қилиш сўралади.

Жиноят учун жазонинг муқаррарлигини таъминлаш мақсадида

Туркия ҳудудида ҳамкорликдаги тадбирлар тизимли равишда давом эттирилмоқда.

Istanbul Boshkonsulxonasi

26 Nov, 06:53


#TEZKOR_ХABAR

Туркия ва Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирликлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбир давомида қўлга олинган, бир қанча ФИРИБГАРЛИК жиноятларини содир этиб, фуқароларга жуда кўп миқдорда зарар етказганликда айбланиб, Ўзбекистон Республикаси
Ички ишлар вазирлиги томонидан 2021 йилдан буён қидирувда бўлган, 1986 й.т. БАБАЯНЦ РОБЕРТ ВЛАДИМИРОВИЧ Тошкент шаҳрига депортация қилинди. Ушбу шахснинг хатти-ҳаракатларидан жабр кўрган фуқаролардан Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонасига ёки Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ёхуд ички ишлар органларининг қуйи ҳудудий бўлинмаларига мурожаат қилиш сўралади.

Жиноят учун жазонинг муқаррарлигини таъминлаш мақсадида

Туркия ҳудудида ҳамкорликдаги тадбирлар тизимли равишда давом эттирилмоқда.

Istanbul Boshkonsulxonasi

25 Nov, 17:07


2024 yil 27 noyabr kuni soat 14:00da Istanbul shahrining Kadikoy tumanida joylashgan "Mesleki ve Teknik Anadolu Lisesi Salonu"da O‘zbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va “TÜRKSOY” tashkiloti hamkorligida “Turon” maktab teatri tomonidan "Ruhlar isyoni" spektakli (Erkin Vohidovning jaholat to‘g‘risidagi asari asosida) namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, Istanbul shahrida vaqtincha va doimiy yashab kelayotgan barcha vatandoshlarimizni mazkur spektaklga taklif etib qolamiz.
Kirish bepul.

Istanbul Boshkonsulxonasi

25 Nov, 14:43


Огоҳлантириш: Туркияда сохта 50 ва 100 долларлик купюралар тарқалмоқда!

Ҳурматли ватандошлар!
Сўнгги пайтларда Туркияда сохта 50 долларлик купюралар, баъзан эса 100 долларлик купюралар тарқалиши ҳақида хабарлар келиб тушмоқда. Шу муносабат билан сизларни қуйидаги масалаларда огоҳ бўлишга чақирамиз:

Сотиб олишда ва қабул қилишда диққатли бўлинг

- Долларни фақат расмий банклар ёки лицензияли валюта айирбошлаш нуқталарида қабул қилинг.
- Текширув ускуналаридан фойдаланинг, айниқса, катта миқдордаги долларни қабул қилганингизда.
- Қўлма-қўл пул айирбошлашдан сақланинг.

Қонунчилик ва ҳуқуқий маслаҳатлар

- Сохта купюраларни қабул қилиш ёки тарқатиш қасддан амалга оширилса, Туркия қонунчилигида оғир жазо белгиланган.
- Агар шубҳали купюраларга дуч келсангиз, зудлик билан маҳаллий полиция ёки консулхонага мурожаат қилинг.

Сохта пул тарқалиши билан боғлиқ вазиятларда эҳтиёт бўлинг ва шубҳали вазиятларда доимо текширувга мурожаат қилинг. Сизнинг хавфсизлигингиз биз учун муҳим!

Istanbul Boshkonsulxonasi

25 Nov, 12:44


O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Boshkonsulxonasida
Vaqtinchalik konsullik ro'yxatidan
o'tish haqida


Vaqtinchalik konsullik ro'yxati o'zi nima?
Xorijga xizmat safariga, oqishga, uzoq vaqt davolanishga, ishga va oz oilasi bilan birlashishga olti oydan ortiq muddatga chiqib ketib xorijiy davlatda qonuniy yashab kelayotgan va Ozbekistonda doimiy royxatda turgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bolmagan shaxslar Ozbekistonning xorijdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonalarida vaqtincha konsullik royxatiga olinadilar.

Kimlar konsullik ro'yxatiga olinadi?
- Xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qiyotgan;
- Oila birligi uchun Turkiyaga kelgan
(Xorijlik fuqaro bilan rasmiy nikohi bo'lsa);
- Xorijda rasmiy ishlab kelayotgan
("Çalışma izni" asosida);

Konsullik ro'yxatiga olingan fuqarolar:
- pasportlarining amal qilish muddati tugaganida;
- pasportlari yaroqsiz holatga kelib qolganda;
- pasportlari yo'qolib qolganda;
diplomatik vakolatxonadan pasport olish huquqiga ega bo'ladilar.

Bundan tashqari, turli xil favqulotda vaziyatlarda konsullik ro'yxatida bo'lgan fuqarolarning yashash va ish/o'qish joyi manzillari hamda aloqa ma'lumotlari diplomatik vakolatxonada bo'lgani sabab ularga amaliy yordam ko'rsatish jarayoni osonlashadi.

Istanbul shahridagi Boshkonsulxona Turkiyada qonuniy yashab kelayotgan fuqarolarimizni konsullik ro'yxatidan o'tishga chaqiradi.

Ro'yxatdan o'tish haqida batafsil:
www.consulate.mfa.uz

Istanbul Boshkonsulxonasi

24 Nov, 11:32


ЖИНОЯТ ЖАЗОСИЗ ҚОЛМАЙДИ!

Сўнгги йиллар давомида Ўзбекистонда тергов ва суддан яширинган айрим шахсларнинг Туркия ҳудудида яширинишга уриниш билан боғлиқ кўплаб ҳолатлар кузатилмоқда.

Шу билан бирга, Туркия ва Ўзбекистон Ички ишлар вазирликлари ўртасидаги ўзаро ҳуқуқий ёрдам тадбирлари доирасида бу каби шахсларга нисбатан жиноий таъқибни амалга ошириш янада самарали кўринишга эга бўлмоқда.

Жумладан, биргина 2024 йилнинг 10 ойида жавобгарликдан қутулиш мақсадида йиллар давомида қардош давлат ҳудудида яшириниб юрган 37 нафар айбланувчилар қўлга олиниб, одил судлов ҳукмига ҳавола этилди.

Бундан буён қидирувдаги шахсларни қўлга олиш тадбирлари янада кучайтирилади, жиноятчиликка қарши муросасиз кураш жадал давом эттирилади, жиноят учун жавобгарлик принципи қатъий таъминланади.

Қидирувдаги шахслар учун ягона ва энг тўғри йўл - Ўзбекистоннинг
хорижий давлатлардаги дипломатик ваколатхоналарига ёки республика ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идораларига мурожаат қилиш, тергов ва суд процессида қонуний ҳимоя ҳуқуқидан фойдаланиш.

Istanbul Boshkonsulxonasi

22 Nov, 19:31


Ҳурматли ватандошлар!

❗️Истанбулда кутилаётган кучли бўрон туфайли Turkish Airlines (THY) авиакомпанияси 23 ноябрь куни режалаштирилган 38 та парвозни бекор қилди.

Бекор қилинган рейслар орасида:
- 10 та ички рейслар,
- 28 та халқаро рейслар мавжуд.

Аэропортнинг ўтказувчанлик қобилиятини 10% га чеклаш ҳақида қарор Фавқулодда ҳолатлар бўйича Метеорология қўмитаси (MADKOM) тавсиясига асосан қабул қилинди.

Истанбул халқаро аэропорти масъуллари эртанги рейсларда яна ўзгаришлар бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ўз парвозингиз ҳолатини олдиндан текширишни ва тегишли чоралар кўришни тавсия этамиз.

Istanbul Boshkonsulxonasi

22 Nov, 08:28


#ogohlantirish

So‘nggi vaqtlarda belgilangan miqdorlardan ortiq tamaki mahsulotlarini Turkiyaga olib kirishga uringan yurtdoshlarimizga nisbatan “kontrabanda” (kaçakçılık) aybi qo‘yish holatlari ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Bunday holatlar fuqarolarimiz uchun jiddiy huquqiy oqibatlarga sabab bo‘lmoqda.


Xususan, hozirgi kunda Turkiya jazoni ijro etish muassasalarida 20 dan ortiq fuqarolarimiz belgilangan miqdordan ortiq tamaki mahsulotlarini olib kirganligi sababli qamoqda saqlanmoqda.

Hurmatli vatandoshlar!

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaga safar qilishni rejalashtirayotgan yurtdoshlarimizga quyidagi muhim ma’lumotlarni eslatadi.

Tamaki mahsulotlari uchun cheklovlar:

18 yoshdan katta yo‘lovchilar shaxsiy foydalanish uchun quyidagi miqdorda tamaki mahsulotlarini olib kirishlari mumkin:
• 600 dona sigareta (30 pachka yoki 3 blok);
• 50 dona sigara.

Elektron sigaretalar uchun cheklovlar:

Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, har bir yo‘lovchi shaxsiy foydalanish uchun quyidagi miqdorda elektron sigaretalarni olib kirishi mumkin:
• 10 dona bir martalik elektron sigareta;
• 1 dona ko‘p martalik elektron sigareta qurilmasi;
• 200 dona almashtiriladigan stiker yoki 30 ml suyuqlik.

Tijorat maqsadlarida tamaki mahsulotlarini olib kirish man etiladi.

Muhim ogohlantirish:

Tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirganligi sababli Turkiya sud idoralari tomonidan belgilangan jarimalarni to‘langandan so‘ng sizga nisbatan qo‘llangan jarima yechilganligini qayta tekshiring va ishonch hosil qiling.

Izoh: Jarimani to‘lagan ammo turk idoralari qaydlarida jarima yechilmaganligi yurtdoshlarimizni chegarada qo‘lga olinishi sabab bo‘lmoqda.

Tavsiyalar:

• Safaringizdan oldin Turkiyaning bojxona qoidalari bilan tanishib chiqing.
• Belgilangan me’yorlardan ortiqcha mahsulotlarni olib kirishga urinmang.


Qonunchilikka rioya qilish orqali safaringizni xavfsiz va muvaffaqiyatli o‘tkazing.

Istanbul Boshkonsulxonasi

21 Nov, 08:41


Сўнгги кунларда Туркия фуқароси Уммухан Ўзден томонидан ўзбек аёллари шаънига айтилган номақбул сўзлар кенг жамоатчилик орасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Таъкидлаш жоизки, У.Ўзден томонидан билдирилган салбий фикрлар унинг шахсий қарашлари бўлиб, бу қардош турк халқининг миллатимизга нисбатан муносабатини англатмайди.

Шу сабабдан ушбу ҳолат икки биродар халқлар ўртасидаги олий даражадаги дўстлик ҳамда мустаҳкам ҳамкорлик алоқаларига таъсир ўтказмаслигига ишонамиз.

Қолаверса, ҳар бир давлат ўз халқининг шаъни ва қадр-қимматини ҳимоя қилиш ҳуқуқига эга эканлигидан фойдаланиб, Туркия Республикаси ваколатли идоралари билан У.Ўзденнинг ушбу хатти-ҳаракатига ҳуқуқий баҳо бериш юзасидан тегишли ишлар амалга оширилаётганини маълум қиламиз.

Istanbul Boshkonsulxonasi

20 Nov, 11:06


Bugun Boshnkonsulxona diplomatlari turli jinoyat qilganlikda ayblanib ozodlikdan cheklash jazosini olgan fuqarolarimiz holidan habar olish va muassasa hodimlari bilan muzokara o’tkazish maqsadida Istanbuldagi jazoni ijro etish koloniyalariga tashrif buyurdilar.

Istanbul Boshkonsulxonasi

19 Nov, 17:19


Осиё ва Европани боғловчи “15 июль шаҳидлар” ва “Фотих Султон Меҳмет” кўприклари 18 ноябр соат 18:00 дан 19 ноябрь 06:00 га қадар миллий байроғимиз ранглари билан ёритилди.

Фатих Султон Меҳмет кўприги (ФСМ) 1988 йилда фойдаланишга топширилган бўлиб, Усмонли султони Фатих Султон Меҳмет шарафига номланган. Кўприк Европанинг Ҳисарюсту ва Осиёнинг Каваклидере туманларини боғлайди. Унинг умумий узунлиги 1 510 метрни ташкил этади.
15 июль шаҳидлари кўприги - илгари Босфор кўприги деб аталган. 1973 йилда қуриб битказилган. 2016 йилдаги давлат тўнтаришига уринишдан сўнг, мамлакат мустақиллигини ҳимоя қилган фуқаролар хотирасига кўприкнинг номи 15 июль шаҳидлари кўприги деб ўзгартирилди. Кўприк Европанинг Ортакёй ва Осиёнинг Бейлербейи туманларини боғлайди.

Istanbul Boshkonsulxonasi

19 Nov, 17:17


Туркия Республикаси маданият ва туризм вазирлиги ёрдамида Галата минораси кеча 18 ноябр соат 18:00 дан 23:59 га қадар миллий байроғимиз ранглари билан ёритилди.

Галата минораси (туркча: Galata Kulesi) Истанбулнинг энг машҳур тарихий ёдгорликларидан бири бўлиб, шаҳарнинг Европа қисмида, Бейўғлу туманида жойлашган. Минора 1348-1349 йилларда генуяликлар томонидан қурилган бўлиб, аввал “Исо Масиҳнинг минораси” деб аталган ва денгизчилар ҳамда савдогарлар учун муҳим белги бўлиб хизмат қилган. Миноранинг баландлиги 67 метр бўлиб, диаметр 9 метрни ташкил этади. Галата минораси ўзининг бой тарихи ва меъморий аҳамияти билан сайёҳлар ва маҳаллий аҳоли ўртасида машҳурдир.

Istanbul Boshkonsulxonasi

18 Nov, 19:41


Turkiyalik qardoshlardan bayram tabriklari

Istanbul Boshkonsulxonasi

18 Nov, 18:52


O’zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati asoschilaridan Temur Toshkentdan vatandoshlarimizga bayram tabrigi

Istanbul Boshkonsulxonasi

18 Nov, 13:45


Bugun 18 noyabr kuni milliy bayrog’imizning qabul qilinganiga 33 yil to’lishi munosabati bilan Istanbulning markazidagi - Osiyo va Yevropani bog’lab turuvchi “15 Temmuz” va “FSM” ko’priklari hamda tarihiy Galata minorasi bayrog’imiz ramzlarini aks ettiruvchi ranglar bilan porlaydi.

Bayroq - bu bizning G’URURIMIZDIR!

Istanbul Boshkonsulxonasi

18 Nov, 12:06


Turkistonliklar, madaniyat va birdamlik jamiyati raisi Akbar Yassadan bayram tabrigi

Istanbul Boshkonsulxonasi

18 Nov, 11:23


O’zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati raisi Chokay Kochardan vatandoshlarimizga bayram tabrigi

Istanbul Boshkonsulxonasi

18 Nov, 08:42


Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

🇺🇿 Bugun yurtimiz tarixida muhim va unutilmas kunlardan biri – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligini nishonlamoqdamiz. Bu kun milliy gʻururimiz, davlatimiz mustaqilligi va yagonaligining yorqin timsoli sifatida har birimizning qalbimizda alohida oʻrin egallaydi.

🇺🇿 Bayrogʻimiz har qanday vaziyatda ham xalqimizning gʻururini baland tutib, dunyo sahnida yuksak darajada namoyon boʻlmoqda. Har safar xalqaro musobaqalar, forumlar yoki tadbirlarda bayrogʻimiz baland koʻtarilganda, bu nafaqat sportchilarimiz yoki vakillarimiz, balki butun bir millatning yutugʻi, faxri boʻladi.

Qadrli yurtdoshlar!

🇺🇿 Yana bir bor barchamizga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi muborak boʻlsin.
Yurtimiz tinch, bayrogʻimiz baland, xalqimiz esa doimo obod va farovon boʻlsin!

Istanbul Boshkonsulxonasi

16 Nov, 10:26


Turkiyaga o‘z xolasining qizi tomonidan aldov yo‘li bilan olib kelingan odam savdosi qurboni O‘zbekistonga qaytarildi

2024-yil 10-noyabr kuni Bosh konsulxonaga 2004-yilda tug’ilgan O‘zbekiston fuqarosi “F.H.” murojaat qilib, xolasining qizi “A.M.” tomonidan Turkiyaning Mug‘la viloyati “The Pera Hotel Marmaris” mehmonxonasida pul evaziga fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida zo‘rlik bilan ushlab turilganini ma’lum qildi va ozod qilinishida yordam so‘radi.

“O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik” hamda “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish” jamiyatlari bilan hamkorlikda “F.H.”ning mehmonxonadan ozod etilishi, Istanbulga olib kelinishi va xavfsiz joyga joylashtirilishi tashkillashtirildi.

Mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holatga aloqador bo‘lgan va Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

2024-yil 15-noyabr kuni yuqorida zikr etilgan jamiyatlar bilan hamkorlikda vatandoshimiz O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi.

Istanbul Boshkonsulxonasi

15 Nov, 06:34


2024 йил 15 ноябрь куни Истанбул шаҳрида ўз ишини бошлаган 10-Турк тиб дунёси қурултойида Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги делегацияси ва консулхона ходимлари ҳам иштирок этмоқда.

Istanbul Boshkonsulxonasi

15 Nov, 06:27


Кеча «очиқ эшиклар” куни консулхона дипломатлари ва “ADS Hukuk” адвокатлари ватандошларимиз билан учрашиб керакли консуллик ҳуқуқий ёрдам кўрсатишди.
Консулхонага кела олмаган фуқаролар телефон орқали ўз саволларига жавоб олдилар

Istanbul Boshkonsulxonasi

12 Nov, 13:33


Hurmatli vatandoshlar!

2024-yil 14-noyabr - Payshanba kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida “ochiq eshiklar” kuni o’tkaziladi.

Bu kunda siz o’z savollaringizga javob olish bilan birga taklif va e’tirozlaringizni ham bildirishingiz mumkin.

Qolaversa, mahalliy qonunchilik yuzasidan “ADS hukuk” firmasi advokatlaridan bepul yuridik maslahat olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Bu kun konsulxonaga kelish imkoniyatingiz bo’lmasa joriy etilgan +90 553 541 17 17 raqami orqali diplomatlar bilan aloqa bog’lashingiz ham mumkin.

Istanbul Boshkonsulxonasi

09 Nov, 10:21


Sayid Ali Baklanga faxriy professor
unvoni topshirildi

Efir: 09.11.2024 | 12:00
#Toshkent
Muxbir: Arslon Umarov

🚀 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
🔵  FACEBOOK | 🎬 YOUTUBE

Istanbul Boshkonsulxonasi

06 Nov, 07:24


#e’lon

Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada yashayotgan, ishlayotgan va ta’lim olayotgan fuqarolar uchun qulay va tezkor aloqani taʼminlash maqsadida quyidagi aloqa vositalarini joriy etmoqda:

📞 Telefon va Telegram/WhatsApp:
+90 553 541 17 17


Mazkur raqam orqali siz o’zingiz uchun zarur maʼlumotlarni olishingiz, shuningdek, qiyin vaziyatlarda konsulxona xodimlari bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Muhim: Oʻzingiz va boshqalarning vaqtini tejash uchun savollaringizni qisqa va loʻnda tarzda berishingizni soʻraymiz.

Istanbul Boshkonsulxonasi

29 Oct, 10:35


🇺🇿Barcha turk xalqini 29 oktabr - Respublika Kunining 101 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

🇹🇷Tüm Türk halkını 29 Ekim Cumhuriyet Bayramının 101. yıldönümü dolayısıyla içtenlikle kutluyoruz.

Istanbul Boshkonsulxonasi

28 Oct, 16:12


Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги
Бош консулхонаси қардош турк халқини Республика куни билан самимий муборакбод этади.

Туркия Республикасининг бардовом ривожланиши ва тараққий этишини тилаб қоламиз.

29 октябрь куни байрам сабабли Туркия давлат идоралари ва банклари ишламаслиги муносабати билан мурожаатчиларнинг қабули
31 октябрь (Пайшанба) кунидан бошлаб, одатдаги тартибда амалга оширилишини маълум қилади.

Istanbul Boshkonsulxonasi

28 Oct, 13:41


O’zbekiston parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Turk davlatlari tashkiloti missiyasining hisoboti ingliz va o’zbek tillarida e’lon qilindi

Istanbul Boshkonsulxonasi

28 Oct, 13:41


Axborot 24 | Markaziy saylov komissiyasida Turkiy davlatlar tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi brifingi

📱 Saylov2024

Istanbul Boshkonsulxonasi

28 Oct, 08:49


Qardosh Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan mamlakatimizda bo’lib o’tgan saylovning muvaffaqiyatli o’tkazilganligi bilan rasmiy e’tirofi

Istanbul Boshkonsulxonasi

28 Oct, 06:57


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari.

📱 Saylov2024

Istanbul Boshkonsulxonasi

27 Oct, 14:46


Saylov 2024 | 45-saylov uchastkasi
#27oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Istanbul Boshkonsulxonasi

27 Oct, 14:31


Uzbekistan Airwaysning Toshkent-Istanbul va Buhoro-Istanbul ekipajlari ham o’z saylov huquqlaridan Istanbuldagi diplomatik vakolatxonada foydalandilar

Istanbul Boshkonsulxonasi

27 Oct, 14:20


Istanbuldagi Konsulxonada saylov davom etmoqda.