✨ Jek Kueid va Karl Urban "Yigitlar" serialining 5-faslini suratga olish jarayonida.
Ular sizga yakuniy faslning tasvirga olish maydonchalaridan alangali salom yo‘llayaptilar.
@insusambil
Susambil – Nodir Nishonov
24 Feb, 11:52
1,328
✨Tom Xiddlston va Xeyli Etvell Londonda "Hech narsadan ko‘p shovqin" spektaklining yopiq namoyishida ishtirok etib, tomoshabinlar va teatr tanqidchilarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Aktyorlar Shekspirning mashhur komediyasining yangi talqinida rol ijro etmoqda: Xiddlston Benedikt, Etvell esa Beatris rolini o‘ynamoqda. Spektakl rejissori klassik pyesalarning innovatsion talqinlari bilan tanilgan Jeymi Lloyd hisoblanadi. Premyera afsonaviy Theatre Royal Drury Lane sahnasida bo‘lib o‘tdi. Xiddlston va Etvell bir-birlari bilan ishlashdan mamnunliklarini ta’kidlab o‘tishdi. Muxlislar o‘z navbatida aktyorlar juftligi sahnada ajoyib uyg‘unlik namoyish etayotganini qayd etmoqda. Spektakl mavsumning eng yorqin teatr asarlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Tanqidchilar allaqachon sahna asarini yangicha va his-tuyg‘ularga boy deb baholadilar. Namoyishlar 2025-yil 10-fevraldan 5-aprelgacha davom etadi.
@insusambil
Susambil – Nodir Nishonov
24 Feb, 11:25
834
✨Entoni va Jo Russo Gollivuddagi “Xitoy TCL” teatrida qo‘l va oyoq izlarini qoldirish kabi sharafga sazovor bo‘ldilar.
Marosimda aka-ukalarning kinematografiya va televideniye rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi. Rejissorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun marosimga Kris Pratt va Elison Bri ham tashrif buyurdilar.
@insusambil
Susambil – Nodir Nishonov
17 Feb, 16:26
746
🤩 Kristofer Nolan suratga olayotgan "Odisseya" filmining birinchi promo-kadri. Unda biz janob Mett Deymonni Odissey rolida ko‘rishim mumkin. Muhtasham emasmi?)
Filmning yulduzlar jamoasiga Tom Xolland, Zendeya, Sharliz Teron, Enn Xeteuey, Robert Pattinson, Lupita Niongo va Jon Berntal ham kiritilgan.
"Odisseya" xorijiy kinoteatrlarda 2026-yil 17-iyuldan namoyish etilishi rejalashtirilgan.
@insusambil
Susambil – Nodir Nishonov
17 Feb, 10:29
1,337
✨ Brendlar Duo'ning vafotiga munosabat bildirmoqda.
Kimdir ularni to‘xtatsin💀
@insusambil
Susambil – Nodir Nishonov
17 Feb, 10:05
854
✨MyTimeToShineHello taxallusli insayderning ma’lum qilishicha, Marvel Studios MCU’da qahramon Apokalipsis rolini Duayn Qoya Jonsonga topshirishni reja qilayotgan ekan.
✨ Rejissor Federiko Alvares "Begona: Romul" filmining davomini shu yili suratga olishni boshlashga umid bildirib, film premyerasi katta ehtimol bilan, 2027-yilda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi.
✨"Fantastik to‘rtlik: Ilk qadamlar" filmining YOPIQ sinov namoyishlariga ko‘ra, loyiha 2025-yildagi Marvel filmlari orasida eng yaxshisi deb topildi. Shuningdek, yopiq namoyishlar natijasida “Fantastik to‘rtlik” guruhi umumiy Marvel kino olamiga qo‘shilmasligi ham ma’lum bo‘ldi.
✨ Robert Pattinson ishtirokidagi "Mikki 17" filmi haqida ilk taqrizlar paydo bo‘ldi. Pon Jun-ho va uning jamoasi bu natijalardan juda xursand. Filmning o‘rtacha bahosi 8,1/10 teng. Chakki emas.
@insusambil
Susambil – Nodir Nishonov
15 Feb, 14:36
1,232
YouTube’ning izohlar bo‘limida fantastik fikrlaringizni kutaman. Bu loyihamiz rivoji uchun juda muhim unsur 🗣️
Susambil – Nodir Nishonov
15 Feb, 14:32
838
👉https://youtu.be/BlbDKJ6LA7I
🙌 Pika-pika Susambil ahli. Bugun sizlar bilan Pokemonlar olami, xususan, Pikachu haqida gaplashamiz. Ushbu olamning taqdiri, ham anime, ham kino ixlosmandlari uchun qiziq. Chunki 2023-yilda asl anime o‘z nihoyasiga yetdi. Rasman “Detektiv Pikachu” filmining davomi e’lon qilingan bo‘lsa ham, hali suratga olish ishlaridan darak yo‘q. To‘g‘ri, ushbu olam bizning yurtimizda uncha mashhurlikka erishmagan. Ammo dunyo bo‘ylab bu olamning muxlislari yetarlicha. Demak, bu bizning oramizda ham muxlislar borligini anglatadi. Keling, ham tarix, ham ushbu olam, ham kelajakdagi loyihalar bilan tanishishga harakat qilib ko‘ramiz. Shunday ekan “Pokebol” laringizni hozirlang, biz Kanto mintaqasiga yo‘l olyapmiz.
@insusambil
Susambil – Nodir Nishonov
15 Feb, 09:27
945
✨Lyuk Besson "Beshinchi element" filmining spin-offini yaratishi mumkin.
Bu haqda Mila Yovovich ma’lum qildi. U, chamasi, Lilu rolini yana ijro etishga tayyor. Loyiha animatsion shaklda bo‘lishi ehtimoli bor.
@insusambil
Susambil – Nodir Nishonov
15 Feb, 09:24
828
✨Wow! Ana syurpriz-u mana syurpriz) Netflix "Zindonlar va ajdarholar"ni serialga aylantirmoqda.
Loyiha yaqinda ekranlarga chiqqan film bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu mashhur franshiza asosida yaratilayotgan yana bir mustaqil loyihadir. Shouga "Unutilgan qirolliklar" nomini oladi va unga Shon Levi ("Dedpul 3", "Juda g‘alati ishlar") mas’ul etib tayinlangan.
Dastlab, serial "Zindonlar va ajdarholar" filmining spin-offi sifatida rejalashtirilgan edi.