Imtihon markazi @imtihonmarkazi Channel on Telegram

Imtihon markazi

@imtihonmarkazi


🔎 Abituriyentlar imtihon markazi

*️⃣ Kirish imtihonlariga tayyorlanyapsizmi?
*️⃣ O'z bilimingizni sinamoqchimisiz?
*️⃣ Yangi testlar izlayapsizmi?

😎 Unda siz to'g'ri kanaldasiz, ishonavering!

Testlar: @imtihonmarkazibot
Reklama: @testolog_murojaatbot

Imtihon markazi (Uzbek)

🔎 Abituriyentlar imtihon markazinn*️⃣ Kirish imtihonlariga tayyorlanyapsizmi?
*️⃣ O'z bilimingizni sinamoqchimisiz?
*️⃣ Yangi testlar izlayapsizmi?
n😎 Unda siz to'g'ri kanaldasiz, ishonavering!
Imtihon markazi kanali abituriyentlarga imtihonlarga tayyorlash, o'z bilimlarini sinash, yangi testlar bilan tanishish imkoniyatini beradi. Bu kanalda siz imtihonlar uchun yaxshi tayyorgarlikni olishingiz, bilimingizni sinashingiz va yangi testlar bilan tanishishingiz mumkin. Siz barcha ma'lumotlardan to'laq qiziqishingiz va o'z bilimlarini oshirishingiz mumkin. Sizning imtihon tayyorgarliklarizni bizning kanal orqali oshirishingiz va sinashingiz mumkin

Kanalda testlar uchun @imtihonmarkazibot mavjud. Agar reklama berish uchun @testolog_murojaatbot kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.

Imtihon markazi

26 Dec, 06:43


⚡️Javoblar varaqasi

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi.

@imtihonmarkazi

Imtihon markazi

25 Dec, 12:30


Abituriyentlar uchun ilm olish sirlari

1⃣. Qibla tomonga qarab dars qiling. Qibla tomonga qarab dars qilsangiz, olgan bilimingiz ziyoda va barakali bo'ladi.

2⃣. Maqsad qo'ying. Dars qilishga yoki kitob o'qishga o'tirganingizda o'z oldingizga maqsad qo'ying. Uni yakunlamaguncha o'rningizdan turmang.

3⃣. Chalg'ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg'itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o'chirib qo'ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating.

4⃣. O'tirgan xolda dars qiling. Hech qachon yotgan holatingizda kitob o'qimang, dars qilmang. Chunki uxlab qolish extimolingiz juda yuqori.

⚡️Barcha abituriyentlarga tarqating!

@imtihonmarkazi

Imtihon markazi

25 Dec, 10:28


🚀Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida yangi magistrlik dasturi: MA in Education with TESOL 🌍

📌Nima uchun ushbu dasturni tanlashingiz kerak?

• Dastur orqali keng qamrovli TESOL ta'limi bo'yicha mutaxassislik bilimlariga ega bo'ling
• MDIS (Singapur) va Teesside University (Buyuk Britaniya) tomonidan tasdiqlangan tajribali o'qituvchilardan o'rganing
• Buyuk Britaniyaning Teesside universitetidan xalqaro miqyosda tan olingan diplomni qo'lga kiriting
• Raqobatbardosh o'qish narxi – 54 000 000 so‘m. Bu narx raqobatchilarga nisbatan ancha maqbul bo‘lib, yuqori sifat bilan uyg‘unlashgan mukammal taklifdir.

📚Siz qanday bilim va ko'nikmalarga ega bo'lasiz:

1-semestr:
• Kasbiy va akademik amaliyotni birlashtirish (30 kredit)
• O'quv tadqiqotlarini axborotlashtirishda zamonaviy adabiyotlardan foydalanish (30 kredit)

2-semestr:
• Ingliz tilini o'qitishdagi yondashuvlar (30 kredit)
• Ta'lim sohasidagi tadqiqotlar: amaliyot va rejalashtirish (30 kredit)

3-semestr:
• Magistrlik dissertatsiyasi (60 kredit)

📆Dastur davomiyligi:
12 oy (kunduzgi ta'lim)

⭐️Kimlar murojaat qilishi mumkin?

• Bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar
• Ta'lim sohasida tajribaga ega bo'lgan shaxslar (o'qituvchilik yoki boshqa ta'lim sohasi)
• O'qituvchilik malakasining ustunligi (shart emas)

📜Ingliz tili talablari:

• IELTS: 6,5 (har bir elementda kamida 5,5 ball) yoki
• IELTS: 6.0 (har bir elementda kamida 5.5 ball) + taʼlim sohasida 2 yillik tajriba yoki
• Ingliz tilidan TSMRI ning ichki imtihoni 6.5 (EET)

💡Sizning afzalliklaringiz:

• Dastur TESOL va ta'lim sohasida o'z kasbiy faoliyatini rivojlantirishga intilayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan
• Turli ta'lim sohalaridagi hamkasblar bilan hamkorlik
• Xalqaro miqyosda tan olingan dastur

📆Ariza topshirishning so'ngi muddati: 2025-yil 24-yanvar

➡️Hoziroq ro'yxatdan o'ting: https://admission.mdis.uz/degree

TSMRI va Teesside universiteti bilan ta'lim kelajagini yarating! 🌏 #Education #TESOL #MasterYourFuture

Imtihon markazi

14 Dec, 16:22


7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

@imtihonmarkazi

Imtihon markazi

14 Dec, 13:53


Hurmatli abituriyentlar!

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 2024-25 o'quv yili uchun qishki qabul boshlanganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi!

‼️ Ushbu taklif faqat birinchi kursga kirishni istagan to'liq o'rta ma'lumotli abituriyentlar uchun mavjud

📆 Onlayn ro'yxatdan o'tish muddati:
2024-yil 11-noyabrdan - 2024-yil 25-dekabrgacha


📋 Onlayn ro'yxatdan o'tish uchun abituriyentlar quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalarini yuklashlari talab etiladi:

• Pasport / ID karta (pasportda doimiy ro'yxatdan o'tgan sahifasi ham);
• Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS) 5.5 va undan yuqori / CEFR B2 yoki MDIS English test 5.5 va undan yuqori
• Jpeg formatida 3,5x4,5 o'lchamdagi fotosurat;
• Tegishli malaka bo'yicha diplom va ilova (ingliz tiliga tarjima qilingan holda), o'rta maktab (11 yillik majburiy ta'lim) yoki akademik litsey / kasb-hunar kolleji diplomi (12 yillik majburiy ta'lim);

Qabul haqida ma'lumot olish uchun aloqalar:
📞 +998712717702 (Axborot markazi)
📨 Elektron pochta: [email protected]
📱 Telegram: +998888307006

🔗 Iltimos, onlayn ariza yuborish uchun havola ustiga bosing:
https://admission.mdis.uz

Imtihon markazi

06 Dec, 10:37


🙊 Sessiyadan o'tish sirlari

Yaqinlarga yuborib qo'ying!

✅️ @imtihonmarkazi

Imtihon markazi

05 Nov, 04:02


⚡️Keyingi yil qaysi badiiy kitoblardan abituriyentlarga test tushadi?

◾️Bu ro'yxat — Bilimlarni baholash agentligi tomonidan yaqinda e'lon qilindi.

2025-yilda imtihon topshiradigan abituriyentlar to'liq o'qib chiqishlari zarur.

✉️ Abituriyent tanishlaringizga yuboring.

✅️ @imtihonmarkazi

Imtihon markazi

05 Nov, 03:37


🔥 NIU'ga qo‘shiling va orzungizdagi karyerani qurishni boshlang

Innovatsion dasturlar, yetakchi o‘qituvchilar va yorqin talabalik hayoti sizni kutmoqda!

Navoiy innovatsiyalar universitetida bilim cho‘qqilari sari o'z yo‘lingizni boshlang!

📞 Bog‘lanish uchun telefon: +998(55)500-00-43

📲 havola: https://niuedu.uz/uz/cv/2

📄 Litsenziya (№432755)

✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Web-sayt

Imtihon markazi

27 Sep, 07:31


⚡️2024-yildagi milliy sertifikat imtihonida tushgan badiiy kitoblar

📚 Ro'yxatda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

✅️ @imtihonmarkazi

Imtihon markazi

26 Sep, 13:05


⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

23-sentabrdan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-sentabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️30-sentabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 12–13-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✅️ @imtihonmarkazi

Imtihon markazi

23 Sep, 06:15


🔝Leksiyalardan foydali ma'lumotlarni olishning eng yaxshi 5 usuli

1️⃣ Ma'ruzada qatnashing va diqqatni o'qituvchiga qarating. Diqqat bilan tinglang, telefoningiz yoki boshqa narsalarga chalg'itmang.

2️⃣ O'qituvchi foydalanadigan asosiy tushuncha va kalit so'zlarga diqqat qiling, ularni yozib oling. Bu mavzuni yaxshiroq tushunishga va muhim ma'lumotlarni eslab qolishga yordam beradi.

3️⃣ Ma'ruzada qatnashing, biror narsa aniq bo'lmasa, savollar bering. Bu ma'lumotni aniqlashtirishga va mavzuni ko'proq tushunishga yordam beradi.

4️⃣ O'z bilim va tushunchangizni chuqurlashtirish uchun o'qituvchi taqdim etishi mumkin bo'lgan qo'shimcha materiallardan, masalan, taqdimotlar yoki maqolalardan foydalaning.

5️⃣ Ma'ruzadan keyin olingan bilimlarni mustahkamlash va muhim fikrlarni eslab qolish uchun materialni takrorlashni unutmang.

✅️ @imtihonmarkazi

Imtihon markazi

20 Sep, 05:31


Milliard kattami yoki trillion ?

Yuqorida rasmda raqamlar tizimi keltirilgan, Siz uchun foydali va qiziqarli ma'lumot boʻladi.

Saqlab qoʻying!

✅️ @imtihonmarkazi

Imtihon markazi

16 Sep, 08:34


#Foydali Saqlab qoʻying!

Avtomobillar davlat raqamlaridagi harflarni bilasizmi?

1. PAAOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari

2. PSSOʻzbekiston Prezidentining xavfsizlik xizmati

3. PPPOliy Majlis deputatlari va senatorlari

4. UZBdavlat hokimiyatining markaziy idoralari rahbarlari

5. APCvazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari)

6. VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSVichki ishlar idoralari davlat raqami

7. TSS, TSTdavlat xavfsizlik idoralari davlat raqami

8. ZDFOʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari

9. DXAOʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari

10. FVVOʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari

11. TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTGtaksilar 🚕

12. Ddiplomatlar (yashil rangli)

13. CMDelchilar, vakillar (yashil rangli)

14. Ttexnik personal (yashil rangli)

15. Mxorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar (yashil rangli)

16. Xkonsulliklar, savdo vakolatxonalari (yashil rangli)

17. UN — BMT va tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi raqami (koʻk rangli)

18. H - Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (sariq rangli)

19. PSF, PSP, PSV - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari

✅️ @imtihonmarkazi

Imtihon markazi

11 Sep, 06:42


Xususiy universitet: o'qishga arziydimi yoki yo'q?

Davlat OTMlariga kirish imtihonlari javoblari chiqishni boshlagach xususiy universitetlar reklamalari ham, ularga nafrat bilan munosabat bildiruvchi abituriyentlar ham anchagina ko'payib qoldi. Xususiy universitetlar reklamasi urchishi-ku tabiiy, lekin abituriyentlar nimadan alamzada? Ular nega davlat oliygohi va xususiy OTM orasida bu qadar katta farq ko'rishadi? Keling, shu haqida biroz o'ylab ko'ramiz.

💰 Ta'lim eng katta bozordan biriga aylangani hech kimga sir emas. Talab bor — taklif hamisha tayyor. Bir zamonlar yigitlar armiyada xizmat qilmasa, uyat sanalganidek, bugun oliy ma'lumotli bo'lmaslik uyatli hisoblanadi. Hozir yigitlar armiyaga borgan-bormagani bilan kimdir qiziqadimi? Deyarli yo'q! Vaqti kelib "oliy ma'lumotli" degan nishon ham hech kimni qiziqtirmay qo'yadi. Unda faqat mehnat, qobiliyat va natija qadrlanadi. Lekin u davrgacha hali bor. Shu sababdan keling, biz hozir siz bilan xususiy universitetlar faoliyati haqida gaplashamiz.

Xo'sh, nega ularni hamma yomon ko'radi?
Siz, xususiy universitetlar haqida yomon fikrda bo'lgan abituriyent, nega ularni yomon ko'rasiz? Topshirgan OTMingiz bilan ularning qanday farqi bor? Axir butun dunyoda ta'lim amaliyoti shunday, eplagan qaddini ursin!


Xorijda ayni biror universitetga topshirishdan maqsad o'sha universitetdagi qaysidir professor yoki dasturga qiziqish, ishtiyoq bo'ladi. Masalan, siz nega O'zMUga topshirdingiz-u, unga kirolmaganingizdan xafasiz? Undagi biror professorni taniysizmi, dars sistemasi bilan tanishsizmi? Nega???

✔️ Xususiy OTMlarning paydo bo'lishi va ko'payishi ta'limda ham raqobatni yuzaga keltiradi va bu faqat yaxshilikka ishlaydi. O'zbekistonda OTMga kirish jarayoni oson (ha, u chindan ham oson)ligini inobatga olsak qachondir shunday bo'lishi kerak edi. Ya'ni oliy ma'lumotlilar ko'payadi, lekin ularning orasidan faqat chin bilimlilari o'z sohasida davom eta oladi. Va shu zaylda oliy ma'lumotli bo'lish degan trend to'lqini biroz pasayadi.

Xo'sh, xususiy universitetda o'qishning qayday yomon tomoni bor? Diplomi "o'tmaydimi?" Hozir shunday zamon kelyaptiki, hatto davlat OTMlarining diplomi ham hech qayerda "o'tmayapti". Kuchlilar qolyapti, sohasiga adashib kelib qolganlar, diplom olsam bo'ldi deb o'qishga kirganlar o'sha diplomini quchoqlab yuribdi. Haqiqat shunday.

Siz davlat OTMiga kirolmasangiz va xususiy OTMni ham rad qilsangiz, qimmatli bir yilingizni yoqishingizni tushunyapsizmi? Xususiy universitetdan davlat OTMiga "perevod" qilish mumkinligini inobatga olsak, why not? Nega o'qimaysiz xususiy universitetda?

Bugun ko'pgina xususiy OTMlar chet tilida dars berish amaliyotini yo'lga qo'ygan. Shuningdek, bir qancha OTMlar nomi tarkibidagi "Xalqaro" so'zi qachondir sizning foydangizga ishlashi ham mumkin. Shuningdek, davlat OTMida o'qigan kishi sifatida ayta olamanki, xususiy universitet sizning erkinligingizni bo'g'maydi. Shunda ham agar o'qish yoqmasa, davlat OTMga o'qishni ko'chiraverasiz. Muhimi – bir yil yo'qotmaysiz.

❗️ Xulosa: bu xususiy OTMlar reklamasi emas, shunchaki mulohaza. Xususiy OTMdan qo'rqmang yoki hech bo'lmasa nafratlanmang. Agar ichingizda olov bo'lmasa, bilimingiz bo'lmasa, xususiy OTMda o'qiysizmi yo davlatnikida, baribir hayot sizni bir chekkaga uloqtirib yuboradi. Hamma gap sizning ichingizda, o'zingizda, oliygohda emas! Oqimga qarshi suzish har doim ham qo'rqinchi va xavfli emas. Omon bo'ling!

✅️ @imtihonmarkazi

Imtihon markazi

06 Sep, 06:57


🗺 Toshkent metro xaritasi.

Saqlab oling, albatta foydasi tegadi.

@imtihonmarkazi

Imtihon markazi

04 Sep, 11:06


⚡️Professional ta’lim muassasalarining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi!

🧑‍💻Ya’ni kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha mandat chiqdi. Natijalarni hoziroq uydan chiqmagan holda my.gov.uz portalidagi “Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati orqali bilib olishingiz mumkin.

@imtihonmarkazi

Imtihon markazi

04 Sep, 07:15


“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06
balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06
balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06
balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

@imtihonmarkazi

Imtihon markazi

29 Aug, 15:35


Rasman: Super kontrakt tasdiqlandi!

2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

@imtihonmarkazi

Imtihon markazi

27 Aug, 06:19


🎓 Minimal 56,7 balldan ham kam to‘plab "super" qildirsa bo‘ladimi?

Agar abituriyent minimal ballni ham to‘play olmagan bo‘lsa, unda unga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori kontrakt miqdorining 2 baravarini to‘lab talaba bo‘lish huquqi beriladi.

Masalan, 2022-yilda yurisprudensiya yo‘nalishiga super-kontrakt miqdori 220,7 mln so‘m etib belgilangan bo‘lsa, minimal balldan kam to‘plaganlar shuning ikki baravarini to‘lab o‘qish imkonidan foydalanishi mumkin.

❗️ Eslatma: hali bu yil uchun kontrakt miqdori, tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorlari e’lon qilinmagan.

@imtihonmarkazi

Imtihon markazi

25 Aug, 07:42


Kontraktni qachon to‘lash kerak?

1️⃣ Kontraktning kamida 25 foizini 1-kurslar 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha);

2- va undan keyingi kurslar 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

2️⃣ Kontraktning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha) to‘lanishi kerak.

Xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha to‘lab bo‘lishi kerak.

Eslatma: yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdori hali tasdiqlanmadi. Yaqin orada chiqishi kutilyapti.

@imtihonmarkazi

Imtihon markazi

25 Aug, 07:06


Super-kontraktga arizani qachon va qayerga borib yozishim kerak?

Belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma (super-kontrakt) asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali o‘quv jarayonlari boshlangandan so‘ng onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

Imtihondan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z hohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

@imtihonmarkazi

Imtihon markazi

23 Aug, 10:25


📈 Joriy yilda 186 mingdan ortiq abituriyent talaba bo'ldi. Qolganlarni xususiy oliygohlar yoki texnikumlar kutib turibdi!

Talaba bo'lgan 186 871 ming nafar abituriyentdan 41 ming nafari davlat granti, 145 ming nafari esa, to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan.

Imtihonlarda davlat granti asosida o'rtacha o'tish balli 121,7 ball
To'lov-kontrakt asosida o'rtacha o'tish balli 94,7 ballni tashkil qilgan.

Norozilar 18-avgustdan 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn apellatsiya arizalari berishi mumkin

@imtihonmarkazi