Ijtimoiy xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Mirobod tumanida ijtimoiy xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
💻 Uchrashuvda ijtimoiy xodimlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, adaptiv sport turlariga yo‘naltirish va ijtimoiy xizmatlar sonini ko‘paytirish masalalarida o‘z takliflarini bildirdi.
↗️ Shuningdek, Mirobod tumanida 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy xizmatlar bilan tanishtirildi. Taqtimotdan kelib chiqib, Agentlik direktori tomonidan hududdagi ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish uchun yangi chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan ko'rsatma berildi.
✅ Bildirilgan takliflarni amalga oshirish maqsadida mas’ul rahbarlarga topshiriq hamda vazifalar berildi.
🏃 Yig‘ilish yakunida, 2024-yilda yuqori natijalarga erishgan ijtimoiy xodimlarga agentlikning maxsus esdalik sovg'alari topshirildi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Publicaciones de Telegram de IHMA_Toshkent shahri

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasining rasmiy sahifasi
🏢 Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy.
☎️ (99895)-507-47-07
📥 [email protected]
🏢 Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy.
☎️ (99895)-507-47-07
📥 [email protected]
1,234 Suscriptores
1,441 Fotos
242 Videos
Última Actualización 25.02.2025 00:09
Canales Similares

22,101 Suscriptores

21,030 Suscriptores

10,540 Suscriptores
El contenido más reciente compartido por IHMA_Toshkent shahri en Telegram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Mirobod tumanida oilalarga ko‘mak ko‘rsatish borasidagi holatlarni o‘rgandi
🧠 So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy himoyaning ahamiyati oshib, ijtimoiy samaradorlikni oshirish yo‘lida katta sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. 21-fevral kuni, Agentlik direktori Mirobod tumanidagi "Baynalmilal" va "Inoqobod" mahallalarda oilalarga ochilgan og‘ir keyslarning muhokamasi va tahlilini olib bordi.
🤝 Shuningdek, og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oilalarga kerakli ko‘maklarni taqdim etish, ularning huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
↗️ Xalqaro standartlar va mahalliy holatlarni hisobga olgan holda, ijtimoiy xizmatlar tizimini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
✅ Maqsad, har bir oilaga yordam ko‘rsatish va ularning ijtimoiy sharoitini yaxshilashdir.
↗️ Bunday amaliy ishlar, aynan og'ir vaziyatdagi oilalarga ko‘mak berish orqali, ijtimoiy jihatdan qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
16:00 15.02.2025
KAMBAG‘AL OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH KUCHAYTIRILADI
#Toshkent
muxbir: Naima Xurramova
https://t.me/zamon_lavhalar
KAMBAG‘AL OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH KUCHAYTIRILADI
#Toshkent
muxbir: Naima Xurramova
https://t.me/zamon_lavhalar
#Diqqat_elon!
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi autsorsing shartlari asosida xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini hamkorlikka chorlaydi!
🖋 "Kambag'al oilalar reyestri" va "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning o'zgalar parvarishiga muhtoj a'zolari uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati yo'lga qo'yilmoqda.
✅ Xizmatni ko'rsatish davomida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
➖ shaxsga qarab turish (yiqilish va jarohatlanishlarning oldini olish);
➖ shaxsni parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish);
➖ shaxs bilan muloqot qilish;
➖ shaxsni o'z-o'ziga xizmat qilishga o'rgatish.
⚠️ Xizmat ko'rsatuvchi tomonidan xizmat ko'rsatish jarayoniga xizmatdan foydalanuvchi bilan kelishuviga muvofiq boshqa xizmatlarni ham ko'rsatishi mumkin.
☺️ Xizmatdan foydalanish istagida bo'lgan shaxslar yoki uning vakillari "Inson" markaziga o'zi kelgan holda yoki o'zi yashaydigan hududda faoliyat yurituvchi mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilishlari mumkin.
🧮 Aloqa uchun:
📞 : +998906550065
🖋 Ochiq tanlovda ishtirok etish istagidagi tadbirkorlar ushbu https://etender.uzex.uz/lot/413960 havolaga o'tishlari mumkin.
#tanlov
📢 “Eng faol ijtimoiy xodim” tanlovi uchun arizalar qabul qilinmoqda!
🖋 Joriy yilning 11-fevraldan boshlab, tanlovga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Agar siz ijtimoiy himoya sohasida faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, o‘z tajribangiz va yutuqlaringiz bilan ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
👮♂️ Kimlar qatnashishi mumkin?
1️⃣ Agentlik tizimidagi ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy xodim assistentlari
2️⃣ Nodavlat notijorat tashkilotlari tarkibidagi ijtimoiy xodimlar
📅 Arizalar 28-fevralgacha qabul qilinadi!
✅ Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
😮 https://asw.ihma.uz/
Faoliyatini chin dildan bajarayotgan eng munosib ijtimoiy xodimlarni birgalikda aniqlaymiz!
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
📢 “Eng faol ijtimoiy xodim” tanlovi uchun arizalar qabul qilinmoqda!
Faoliyatini chin dildan bajarayotgan eng munosib ijtimoiy xodimlarni birgalikda aniqlaymiz!
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni adaptiv sport turlariga keng jalb qilish uchun yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda
🖋 Bugun, Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy faolligini oshirish va ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida yangi tashabbuslar ishlab chiqildi. Bunda Ommaviy sport tadbirlari tashkil etish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning sportga qiziqishini oshirish va ularni jamiyat hayotiga kengroq jalb qilish nazarda tutilgan.
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ullari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarining ishtirokida poytaxt tajribasi asosida har bir tumanning o‘ziga xos xususiyatlari va mavjud sharoitlarini inobatga olgan holda samarali yondashuvlar ishlab chiqish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
💻 Seminar davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport turlariga jalb qilishning muhimligi va uni amalga oshirish yo‘llari muhokama qilindi.
✅ Endilikda dam olish kunlari madaniyat va istirohat bog‘larida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ommaviy sport tadbirlari va badan tarbiya mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirildi. Bu tadbirlar orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari va ijtimoiy integratsiyasini kuchaytirish maqsadida ham muhimdir.
Bektemir tumanida nogironligi bo‘lgan tadbirkorlar uchun savdo yarmarkasi tashkil etildi
Toshkent shahrining barcha tumanlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdosi uchun yarmarkalar tashkil etilmoqda.
Yarmarkaning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashdir. Bektemir tumani hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda tashkil etilgan yarmarkada nogironligi bo‘lgan tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini taqdim etdilar.
Mazkur tadbir nogironligi bo‘lgan shaxslarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va ularni jamiyatda faol ishtirok etishga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Ахборот 24 | Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией, посвященной повышению адресности социальной помощи и внедрению новой системы ухода за лицами с инвалидностью
#28jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
#28jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllari
Ijtimoiy himoya milliy agentligi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning eng ustuvor manfaatlarini ta’minlash maqsadida ularni muqobil joylashtirish shakllarini tartibga soluvchi mexanizmlarni amalga oshirmoqda. Ushbu jarayon bolalarning huquqlarini himoya qilish va ularning barqaror tarbiyasi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Mazkur masala yuzasidan Agentlik mas’ul xodimi Xusanova Dilnoza G‘afurovna batafsil ma’lumot berdi.
Videoni tomosha qiling va ko‘proq ma’lumotga ega bo'ling!

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni vasiylikka, homiylikka va patronatga olish tartib-qoidalari qanday?
Bu savollarga javob berish uchun Agentlik mas’ul xodimi Xusanova Dilnoza G‘afurovna sizga kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.
Videoni tomosha qiling va bu mavzuda batafsil ma’lumotga ega bo‘ling!