来自 English faculty (@iflenglish) 的最新 Telegram 贴文

English faculty Telegram 帖子

English faculty
Official channel of English Faculty

University life is about challenging, questioning, enjoying good people and good friends, and pushing yourself to the limit.

Connect with us:
@Mirsaidbaxtiyorovich
1,416 订阅者
18,742 张照片
1,335 个视频
最后更新于 06.03.2025 13:22

English faculty 在 Telegram 上分享的最新内容

English faculty

06 Mar, 11:14

99

#OAVda_chiqishlar

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Bahodir Xoliqovning "Yangi O'zbekiston" gazetasida "Tajriba, salohiyat, imkoniyatlar ortmoqda" mavzusidagi maqolasi chop etildi

👉 Maqola 5-sahifada

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
English faculty

06 Mar, 09:58

187

#tyutorlar_faoliyatidan

Sport- sogʻlik garovi!

S
amarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakultetida talabalarning sogʻlom boʻlishligi va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun sportning stol tennisi turi bo'yicha musobaqa tashkil qilindi. Tyutor Sh.Hakimovaning guruhlari talabalari o'rtasida tashkil qilingan bunday doʻstlik uchrashuvlarida talabalar oʻzlarini kuch va gʻayratlarini sinab koʻrishdi.

@IFLEnglish🎓
English faculty

06 Mar, 09:55

165

#ma’rifat_soatlari
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti tyutori Sh.Hakimova o'ziga biriktirilgan talabalarga maʼrifat darslarini "Ma'rifatli ayol- jamiyat tarbiyachisi" mavzusi ostida tashkil qildi. Talabalar o'zlariga kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
@IFLEnglish🎓
English faculty

06 Mar, 07:52

232

#OAVda_chiqishlar
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti ingliz tili nazariy aspektlar kafedrasi professor-o’qituvchisi Qahramon Akramovich Hakimov Samarqand telekanali “Assalom Samarqand” dasturi mehmoni bo’ldi.
@IFLEnglish🎓
English faculty

06 Mar, 07:39

230

#Kafedra_mudirlari_ijarada

Talabalarning ijara xonadonlaridagi shart-sharoitlar o'rganildi


Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti kafedra mudirlari Sh.Shomurodova, N.Amriddinova, G.Obruyeva hamda Innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodika kafedrasi professor-o'qituvchisi M.Ismatovalar birgalikda TTJda va ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olishib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishishdi.

Jarayon davomida xonadonlardagi yong'in xavfsizligi ko'zdan kechirilib, gaz jihozlari, isitish qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha talabalarga kerakli ko‘rsatmalar berildi. Xonadon egalari bilan muloqot qilindi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

@IFLEnglish🎓
English faculty

30 Jan, 13:49

110

Tyutorlar faoliyati muhokama qilindi

Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilish tyutorlar faoliyatidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etgan tadbirni institut rektori B. Xoliqov olib bordi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda ishga mas’uliyat bilan yondashmaydigan, vazifasini sidqidildan bajarmaydigan ayrim tyutorlarning xato va kamchiliklari tanqid qilindi.


👉 Batafsil...

© SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
English faculty

30 Jan, 12:56

177

#tyutorlar_faoliyati

Samarqand Davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti tyutorlari I.Isomiddinov, H.Boqiyev, Y.Jumanova, Sh.Turg'unboyevalar talabalarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari maqsadida Stol tennisi musobaqasi tashkil qildi.
@IFLEnglish🎓
English faculty

30 Jan, 11:54

163

DIQQAT, DIQQAT❗️❗️❗️

📍BIZ MAQOLA YOZISHNI O'RGANISHNI BOSHLAYMIZ

"Science and innovation" klubining navbatdagi soni onlayn tarzda telegram guruhda bo'lib o'tadi


🔋Tashkil qilinayotgan chatimizda biz ilmiy maqola yozish jarayonlari bilam tanishamiz:

💡Ilmiy rahbar tanlash
💡Ilmiy yo'nalish tanlash
💡Ilmiy maqolaga mavzu tanlash
kabi savollarga javob olamiz!

🕰Ovozli chatimiz 01.02.2025 soat 20:00da https://t.me/science_and_innovation_club guruhida bo'lib o'tadi

📝🔐Ilmiy ishga qiziquvchi barcha talabalarimizni taklif qilamiz

📞☎️Qo'shimcha ma'lumot uchun @shirin_iskanderova

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook
English faculty

30 Jan, 10:07

145

Kuzatuv Kengashining yig‘ilishi bo’lib o’tdi

29-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shoxrux Daliyev raisligida Samarqand davlat chet tillar instituti Kuzatuv kengashining 2025-yildagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab institutning moliyaviy masalalari bilan bog‘liq bir qator hujjatlar, oliy ta‘lim muassasasi boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq bir qator masalalar tasdiqlandi.

Tadbirda o‘quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar natijadorligiga erishish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.


👉 Batafsil...

© SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
English faculty

11 Jan, 16:23

113

#Bilasizmi

🔹Po'latov Behzod Yakubovich
,
Ingliz tili fakulteti dekani

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi