Fuqaro Zarnegul Mamutoʻva Prezident Administratsiyasiga nisbatan ishga tiklanish talabi bilan Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritdi.
Tarixiy jarayon
Prezident Administratsiyasiga qarshi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilish juda kam uchraydigan hodisa boʻlib, bu voqea sud tizimining ochiqligi va fuqarolik huquqlari himoyasining yangi bosqichga koʻtarilayotganini koʻrsatadi. Sud jarayoni ertaga oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Huquqshunos Saidali Muxtoraliyev ushbu voqeani sud tizimiga boʻlgan ishonchning ortib borayotganidan dalolat sifatida baholadi:
"Fuqarolarning sudga murojaat qilish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Prezident Administratsiyasini sudga berish kabi misollar tizimning ochiqligi va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish yoʻlidagi muhim qadamdir."
Mazkur ish, nafaqat yuridik jihatdan, balki jamiyatda huquqiy ongning rivojlanishi uchun ham katta ahamiyatga ega boʻlishi kutilmoqda.
🗣@Gapiramiz_uz