Neueste Beiträge von G’ofurjon Abdurahmonov (@g_abdurahmonov) auf Telegram

G’ofurjon Abdurahmonov Telegram-Beiträge

G’ofurjon Abdurahmonov
Andijon shahar hokimi
Governor of Andijan city
5,176 Abonnenten
4,592 Fotos
196 Videos
Zuletzt aktualisiert 10.03.2025 19:23

Der neueste Inhalt, der von G’ofurjon Abdurahmonov auf Telegram geteilt wurde.

G’ofurjon Abdurahmonov

29 Jan, 17:38

446

Shahrimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 3-yanvar kuni “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ 1-son qarori ijrosini taʼminlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov boshchiligida shahrimizda faoliyat olib borayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari uchun zoom platformasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida yuqoridagi qaror ijrosini taʼminlash, hududlarda qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

29 Jan, 16:24

383

Sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Xalq davlat idoralariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Bugun bu fikr shunchaki balandparvoz gap emas, davlat organlari oldiga qo‘yilgan eng asosiy talablardan biri, xalq bilan muloqot qilishning bosh g‘oyasiga aylandi. 

Andijon shahar O‘zbekiston mahallasida navbatdagi qabul o‘tkazildi. Qabul davomida 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi.

Xususan, 3 nafar fuqaroga kambag‘allikdan chiqarish maqsadida tikuv mashinalari topshirildi.

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

29 Jan, 14:52

373

O‘tkazilgan uchrashuvdan videolavha

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

29 Jan, 14:47

396

Andijon shahar hokimligi tashabbusi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 29 yanvar kuni Andijon olimpiya va paralimpiya zaxiralari markazida binosida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazilgan bo‘lib, unda shahar hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirok etdi.

“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida ishsiz va ish bilan band bo‘lmagan aholini, oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar professional taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini, chet davlatlarda uzoq muddat ishlab qaytib kelgan, mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida Andijon shahar hududida faoliyat yuritib kelayotgan 66 ta ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarida mavjud bo‘lgan 1250 ta bo‘sh ish o‘rinlari hamda ishlab chiqaruvchi korxona tashkilotlar ko‘rgazmali vositalari bilan ishtirok etdilar.

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

18 Jan, 17:35

211

Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov shahrimizdagi 43-umumtaʼlim maktabi faollar zalida mahalladagi hokim yordamchilari bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda shahrimiz hokimi 94ta MFY hokim yordamchilari tomonidan yaratilgan mikro loyihalar bilan tanishib, ushbu mikro loyihalar ortidan qancha ishsizlar yangi ish o‘rinlariga joylashgani to‘g‘risida hisobotlari tinglandi.

📱Telegram I 📱Instagram I 📱
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

18 Jan, 12:18

316

Tomorqadan yiliga 250 million so‘mgacha daromad.

Andijon shahrining O‘zbekiston 20 yilligi MFY asosan gulchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan. Hududda 45 foiz aholini 3,2 gektar tomorqa maydonlari mavjud.

🪴 Shaxnoza Abdunabiyeva 2 sotixli issiqxonasida 10 turdan ortiq gullar ko‘chatlarini yetishtirmoqda. 

Tadbirkor ayol 1 yilda issiqxonadan 2 marta hosil olib 1 mavsumda 150 million so‘m yil yakuniga qadar 250 million so‘m daromad olmoqda.

🌱Shuningdek, ushbu hududda yashovchi tomorqa egasi Maʼrufjon Nematjonov 2,5 sotixli issiqxonasini innovatsion usulda isitib 3 million tup gul ko‘chatlarini yetishtirmoqda.

📱Telegram I 📱Instagram I 📱
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

17 Jan, 17:31

437

Xar kuni bir nafar ishsizni bandligini taʼminlash, bir nafar kambag‘al oilani kambag‘allikdan chiqarish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov amalga oshirilgan ishlarni nazorati hamda hududidagi bo‘sh turgan yerlardan foydalanib,  investitsiya hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

📱Telegram I 📱Instagram I 📱
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

08 Jan, 05:14

259

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!

🇺🇿Sizlarni 8-yanvar - prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

📱Telegram I 📱Instagram I 📱
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

06 Jan, 13:11

488

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 6-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi

📱Telegram I 📱Instagram I 📱
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

31 Dec, 16:19

1,104

Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonovning Yangi yil tabrigi.

📱Telegram I 📱Instagram I 📱
Facebook