Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim @fargona_uzluksiz_kasbiy_talim Channel on Telegram

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

@fargona_uzluksiz_kasbiy_talim


Farg'ona viloyati pedagogik mahorat markazida tashkillangan 30, 36 soat offline malaka oshirgan tinglovchilarning ma'lumotnoma raqamlari

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim (Uzbek)

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim kanalimiz sizga yuqori malaka darajasiga ega bo'lishingiz uchun yana bir imkoniyat beradi. Kanalimizda 30, 36 soat offline malaka oshirgan tinglovchilarning ma'lumotnoma raqamlari haqida ma'lumotlar mavjud. Ushbu ma'lumotnoma raqamlari sizga amaliy, kasbiy ta'lim berishga yordam beradi. Agar siz tinglovchi bo'lish, o'z malakangizni oshirish va rivojlanish uchun yangi noyob metodlardan foydalanishni xohlaysiz, Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim kanaliga a'zo bo'ling! Bu kanal orqali siz o'zingizni rivojlantirishga imkoniyat yaratib, yangi bilim va ko'nikmalar olishingiz mumkin. Sizga maqsadga muvofiq, samarali uchun xizmat ko'rsatish uchun Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim kanaliga a'zo bo'ling va o'zingizni muvaffaqiyatga yetkazing!

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

14 Feb, 12:12


Assalomu alaykum ustozlar! Yanvar oyida malaka oshirishda o'qiganlar sertifikatni onlinedu.uz “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan yuklab olishlaring mumkun.

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

13 Feb, 07:40


https://onlinedu.uz/

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

07 Feb, 08:02


https://onlinedu.uzedu.uz/

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

07 Feb, 05:38


📢DIQQAT! RESPUBLIKA KONFERENSIYASI!

📝 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASIDA ISHTIROK ETING!

📖Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi yillik rejasiga asosan 2025-yil 21-fevral kuni “Alisher Navoiy merosining ilmiy, ma’naviy ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

📚 Alisher Navoiy adabiy merosining jahon tamaddunida tutgan o’rni;

📚 Alisher Navoiy asarlarining xorijiy tillarga tarjimasi va chet ellarda o’rganilishi;

📚 Ta'lim tizimida Navoiy asarlarini o’qitish muammolari;

📚 Alisher Navoiyning tilshunoslikka doir qarashlari va buyuk shoir asarlarining tili. Navoiy poetikasi;

📚 Alisher Navoiyning ma’rifiy-madaniy, pedagogik-psixologik qarashlari;

📥📨Konferensiya uchun maqolalar 2025-yil 15-fevralga qadar (shu kuni ham)+998(99) 113 52 62 telegram manzili orqali qabul qilinadi.

🔹аxborot xati
🔹информационное письмо
🔹information letter

📌Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 👇👇👇
+998(99) 113 52 62

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

05 Feb, 09:36


📣📣📣Respublika miqyosida hamkorlikda o'tkaziladigan vebinar!

📚 Hurmatli ustozlar!

Sizlarni navbatdagi vebinarimizga taklif etamiz.

🤝Tashkilotchilar:
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Navoiy, Samarqand hamda Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazlari hamkorlikda.

🗒 O‘tkazish sanasi: 5.02.2025

O‘tkazish vaqti: 14:10

💻📱Dasturi: zoom

Indefikator konferensiya: 863 0722 0748
Kod: 123.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈
Telegram 🌍Veb-sayt
📱
Instagram 💻YouTobe

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

05 Feb, 04:45


https://onlinedu.uzedu.uz/

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

31 Jan, 09:16


Farg'ona Pedagogik mahorat markaziga o'qishga kelishdan oldin onlinedu.uzedu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tib kelishlaring shart.

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

31 Jan, 06:28


onlinedu.uzedu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video yo‘riqnomasi

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

29 Jan, 12:46


Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazining telegram kanali borligini bilasizmi? Markazdagi yangiliklar va voqea-hodisalardan xabardor bo’lmoqchimisiz? Unda kanalimizga obuna bo’ling!

👉👉👉 @fargona_vpmm

Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi axborot xizmati.

🚀Telegram|🔵Facebook|💬Website|🎬Youtube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

24 Jan, 08:28


📲 MOBIL qurilma (telefon) orqali "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasidan foydalanish bo'yicha bosqichma- bosqich video qo'llanma

1️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasini izlab topish va unga kirish bo'yicha videoyo'riqnoma;

2️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim platformasi"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha batafsil video yo'riqnoma;

3️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida yaratilgan yangi akkaunt (profil) ga shaxsiy ma'lumotlarini kiritish bo'yicha batafsil video yo'riqnoma;

4️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida diagnostika testidan o'tish va profil bilan tanishish bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

5️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidagi parolni tiklash bo'yicha batafsil yo'riqnoma (Parolni unutdim, nima qilsam bo'ladi?);

6️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida MALAKA OSHIRISHNI boshlash: Kerakli kursni tanlash bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

7️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida kurs o'qishni boshlash va uni yakunlash bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

8️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida belgilangan kreditlarni to'plash va MALAKA OSHIRISH SERTIFIKATINI OLISH bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

9️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida keyingi yil malaka oshirish turini belgilash (Reyestr) haqida batafsil videoyo'riqnoma;

🔟 "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasi orqali olingan sertifikatni haqiyqiy ekqnligini tekshirish bo'yicha videoyo'riqnoma.


1️⃣1️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasiga kiritilgan raqamni va parolni yangilash bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma

🔂 Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz👇🏻
Telegram | Facebook | Website | YouTube |

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

11 Jan, 08:50


https://avloniy.uz/ru/menu/platforma-nepreryvnoe-professionalnoe-obrazovanie

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

10 Jan, 03:38


Inklyuziv ta’lim o‘qituvchilarini sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi ishlab chiqildi.

Davlat dasturida nazarda tutilishicha, alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar bilan ishlaydigan o‘qituvchilarni sertifikatlash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1040

Telegram I Facebook I YouTube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

08 Jan, 06:17


Maktablarga elektromobil beriladi: Buning uchun “Bir million dasturchi”da eng yuqori natija talab etiladi

Shuningdek, loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan qatnashchilarga 700 ta noutbuk, chet elga sayohat va pul mukofotlari berilishi ma’lum qilingan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1037

Telegram I Facebook I YouTube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

07 Jan, 08:49


BUGUNGI KUNDA FAOL BO'LGAN ONLAYN KURSLAR

➡️ Informatika va axborot texnologiyalari (Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari uchun);

➡️ Tabiiy fanlar (Science) (Biologiya, Geografiya va Fizika fanlari oʻqituvchilari uchun);

➡️ Singapur ta'lim tashkiloti bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan kurslar (Kimyo, biologiya, geografiya, fizika va matematika fanlari oʻqituvchilari uchun);

➡️ "O'zbek imo-ishora tili"ni o'rgatish (Kar, zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlari pedagog kadrlari uchun);
“Tabiiy fan (Science)” va "Informatika va axborot texnologiyalari" bo'yicha sertifikatlar tegishli sinflarda shu fandan dars o'tish huquqini beradi.

Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

06 Jan, 06:15


2025-yilda onlayn malaka oshirish kurslari tashkil etiladimi? Agar tashkil etilsa, kimlar o'qishi mumkin?

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024 yildagi 867-son qarori (Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida) bilan tasdiqlangan Nizomning 27-bandiga muvofiq:

✔️ Uch yoshga to'lmagan yosh bolasi bo'lgan ayollar, pensiya yoshidagi hamda nogironligi bo'lgan pedagog va mutaxassis xodimlar maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari pedagog kengashlarining qarori hamda o'z arizasiga muvofiq elektron platforma orqali mustaqil malaka oshirishi mumkin.

Bunda:
1️⃣ kasbiy rivojlantirish ta'lim tashkiloti maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari pedagog kengashlarining qarori hamda pedagog va mutaxassis xodimlarning arizasi asosida tinglovchining mustaqil malaka oshirishi bo'yicha tegishli buyruqni rasmiylashtiradi;

2️⃣ mustaqil malaka oshirishi belgilangan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasi Kasbiy rivojlantirish ta'lim tashkilotida tuzilgan komissiya tomonidan bevosita tashkil etiladi.

3️⃣ mustaqil ta'lim shaklidagi malaka oshirish kursi dasturini to'liq o'zlashtirgan va yakuniy attestatsiyada ijobiy baholangan tinglovchilarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

06 Jan, 03:43


MALAKA OSHIRISH TIZIMIDAGI O'ZGARISHLAR

🇺🇿 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi 231-son qarori bilan malaka oshirish tizimida o'zgarishlar amalga oshirildi.

🔰Qaror asosida malaka oshirish tizimiga quyidagi o'zgarishlar kiritildi:

2025-yil yanvardan har besh yilda bir marotaba (100 soatli o'quv dasturi, 1 oy davomida) ishdan ajralgan holda (offlayn) o'tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi;

malaka oshirish kurslarida ta'lim olayotgan tinglovchilar bilimini baholash jarayonlarining pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va ularni kasbiy sertifikatlash tizimlari bilan uzviyligi ta'minlanadi;

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

06 Jan, 03:43


MALAKA OSHIRISH TIZIMIDAGI O'ZGARISHLAR

fan o'qituvchilari uchun "metod kun"lari (72 soatli o'quv dasturi) “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari tashkil etiladi;

Tadbirlarda Mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilariga maktab direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi;

Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib tabaqalashgan ta’lim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi yo’lga qo’yiladi;

malaka oshirish kurslarining ta'lim mazmuniga xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) bo'yicha modullar kiritiladi;

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

05 Jan, 08:21


Endi "Kasbiy rivojlanish kuni" belgilangan joyga bormagan o‘qituvchilar ishga kelmagan deb hisoblanadi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” sifatida tashkil etiladigan kunlar belgilangan.

Avvalroq metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida qayta joriy qilingani haqida xabar bergandik.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/792

Telegram I Facebook I YouTube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

04 Jan, 05:14


2024-yil boshlagan va hali oxiriga yetmagan onlayn kurslarni 2025-yilda davom ettirsa bo'ladimi?

♻️ Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi 4963-son qarori bilan har yili kamida 36 soatlik malaka oshirish kursidan o'tish tartibi joriy etilgan edi.

Bunda Siz, malaka oshirish kurslarida yanvar-dekabr oylarida o'qigan va sertifikat olgan bo'lishingiz lozim edi.

🟢 Yangi tartib bo'yicha, 2025-yil yanvar oyidan 5 yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish joriy etildi.

⌛️Agar Siz, 2024-yilda onlayn kursni tugatmagan va sertifikat olmagan bo'lsangiz, amaldagi tartib bo'yicha kursni 2025-yilda davom ettirolmaysiz.

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

25 Dec, 08:21


⚡️Endi pedagog xodimlar uchun 5 yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari tashkil etiladi

Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024 yildagi "Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 867-son qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, 2025-yil yanvardan boshlab malaka oshirish kurslari ishdan ajralgan holda tashkil etiladi.

👆Nizomga muvofiq, uch yoshga to'lmagan yosh bolasi bo'lgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi bo'lgan pedagog va mutaxassis xodimlar maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari pedagogik kengashlarining qarori hamda o'z arizasiga muvofiq elektron platforma orqali mustaqil malaka oshirishi mumkin.

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

25 Dec, 08:21


Davomi...

Bunda:
🔖 kasbiy rivojlantirish ta'lim tashkiloti maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari pedagogik kengashlarining qarori hamda pedagog va mutaxassis xodimlarning arizasi asosida tinglovchining mustaqil malaka oshirishi bo'yicha tegishli buyruqni rasmiylashtiradi;

mustaqil malaka oshirishi belgilangan tinglovchilarning Yakuniy attestatsiyasi Kasbiy rivojlantirish ta'lim tashkilotida tuzilgan komissiya tomonidan bevosita tashkil etiladi. Ularning oraliq nazoratlari elektron platforma orqali tashkil etiladi;

mustaqil ta'lim shaklida malaka oshirish kursi dasturini to'liq o'zlashtirgan va Yakuniy attestatsiyada ijobiy baholangan tinglovchilarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

25 Dec, 04:45


⚡️2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga 50% ustama berish tartibi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonida 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

Mazkur vazifaning to‘liq, sifatli so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ul etib Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova belgilangan. Ya’ni, vazirlik hech qanday vajlarsiz mazkur topshiriq ijrosini 1-yanvardan boshlab bajarishi shart qilib qo‘yilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF- 134-son Farmoniga muvofiq milliy sertifikatga ega bo‘lgan ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga to‘lanadigan ustama miqdori 20 foizni tashkil etadi.

2025 yildan boshlab esa ushbu ustamalar miqdori 50 foizga oshirilishi belgilangan.

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

23 Dec, 05:39


VA'DAGA VAFO...

O'qituvchilarimizga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida onlayn kurslardagi mavzular orasidagi vaqt 3 soatgacha kamaytirildi.

📌 Malaka oshirish|CPD_official kanalini kuzatib boring va hamkasblaringizga tavsiya eting!

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

23 Dec, 03:06


2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi

Mazkur vazifaning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova shaxsan javobgar etib belgilangan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1012

Telegram I Facebook I YouTube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

18 Dec, 14:07


📢BARCHA O‘QITUVCHILAR UCHUN ONLAYN KURSLAR FAOLLASHTIRILDI! 

✔️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat instituti tomonidan ishga yangi qabul qilingan, diagnostik test jarayonlariga qatnashmagan hamda Pedagogik mahorat markazlarida malaka oshirish rejasining bajarilganligi sababli, qabul qilinmagan o‘qituvchilar uchun onlayn kurslar faollashtirildi.

🔹Yaʼni, barcha o‘qituvchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, ularning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarida ishtirokini to‘liq ta‘minlash maqsadida institutning “Uzluksiz kasbiy ta‘lim” maxsus elektron platformasi (onlinedu.uz) orqali onlayn malaka oshirish kurslariga ruxsat berildi.

🔹Pedagogik mahorat markazlarida malaka oshirish kurslariga qabul qilinmagan o‘qituvchilarimiz endilikda “Uzluksiz kasbiy ta‘lim” maxsus elektron platformasida onlayn tarzda o‘qishlari va belgilangan tartibda sertifikatni olishlari mumkin.

Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

14 Dec, 06:44


#XUSHXABAR

ONLAYN MALAKA OSHIRISHDA YANA BIR IMKONIYAT


👆Xabaringiz bor, onlayn malaka oshirish kurslarida o‘qiyotganingizda mavzular oralig‘ida 8 soatli vaqt reglamenti mavjud edi.

O‘qituvchilarimizga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish,ularning onlayn kurslarda ishtirok etish hamda kurs mazmunini tezroq o‘zlashtirishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida mavzular oralig’idagi amaldagi 8 soatlik vaqt 4 soatgacha kamaytirildi.

🔖 Endilikda siz ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, onlayn kurslarni qisqa muddatda o‘zlashtirishingiz hamda sertifikatni qo‘lga kiritishingiz mumkin.

♻️ Barcha o'qituvchilari bilan xabarni ulashing.

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

13 Dec, 03:59


2025-yilda 81 mln nusxada darslik va mashq daftarlari chop etiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘lishi haqida rasmiy bayonot berdi.

Bundan avval Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham xalqtaliminfo.uz so‘roviga javoban, darsliklar bepul bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/994

Telegram I Facebook I YouTube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

11 Dec, 05:10


PLATFORMA ORQALI BARCHA O'QITUVCHILAR UCHUN ONLAYN KURSLAR FAOLLASHTIRILDI!

Bugungi kunda, ishga yangi qabul qilingan, diagnostik test jarayonlariga qatnashmagan hamda Pedagogik mahorat markazlarida malaka oshirish rejasining bajarilganligi bois tashkil etilmagan yo‘nalishlar bo‘yicha maktablarda faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarga qo'shimcha imkoniyatlar yaratish, o'qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarida ishtirokini to‘liq ta’minlash maqsadida “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi (onlinedu.uz) orqali onlayn malaka oshirish kurslariga ruxsat berildi.

Endilikda siz platforma orqali onlayn kurslarni o'qib sertifikat olishingiz mumkin.

🔗 Barcha o'qituvchilari bilan xabarni ulashing.

Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

11 Dec, 04:39


👩🏻‍💻Siz Mentor-trenerlikka tayyormisiz?

🇺🇿UZ
Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari 2025-yil yanvar oyidan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ingliz tili o‘qituvchilari uchun tashkil etilmoqda.

📢Hurmatli ustozlar!

O‘qituvchilarining malakasini yangi tizimda joriy qilishga qaratilgan mazkur tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida, kreativ, faol, tajribali Mentor-trenerlarni hamkorlikka taklif qilamiz.

Ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirishda, zamonaviy metodlarni qo‘llashda mahoratli mentorlik qilish va hamkasblaringizni qo‘llab-quvvatlash qobiliyatiga ega bo‘lsangiz, safiimizda bo‘ling.

📝Arizalar joriy yilning 16-dekabr sanasiga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/geVe9EhDGNpPVmhp8

❗️Maʼlumot uchun: Tanlangan mentor-trenerlarga 20% ustama qo‘shilishi belgilangan!

— — — — —
🇺🇸EN

👩🏻‍💻 Are you redy to become a mentor – trainer?

The Ministry of Preschool and School Education and the National Institute of Pedagogical Skills named after A.Avloniy are organizing the "Professional Development Day" and "Professional Development Hour" events for English teachers at public secondary schools from January 2025.

📢 Dear educators!

To effectively organize these events aimed at implementing a new qualification system for teachers, we invite creative, active, and experienced Mentor Trainers to collaborate.

If you have the ability to provide skilled mentoring in enhancing the quality of English language teaching and applying modern methodologies while supporting your colleagues, join us.

📝 Applications are accepted through the following link by December 16, 2024: https://forms.gle/geVe9EhDGNpPVmhp8

❗️Note: Selected mentor trainers will receive a 20% salary increase!

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  🌐Instagram

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

10 Dec, 08:59


Xalq ta'lim Info: Haftaning muhim yangiliklari

Qirg‘iziston maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanishi mumkin
➡️BATAFSIL

Toshkentdagi ikkita maktabda virusli gepatit aniqlandi
➡️BATAFSIL

O‘quvchilar bilimini o‘lchaydigan tarozimiz buzuqmi yoki soz?
➡️BATAFSIL

O‘zbekistonlik o‘quvchilar TIMSS tadqiqotida ham past natija ko‘rsatdimi?
➡️BATAFSIL

Endi o‘quvchiga qo‘l ko‘targan pedagoglar maktabda ishlolmasligi mumkin
➡️BATAFSIL

Kasalligi sababli CHSB va BSB sinovlarida qatnashmagan o'quvchilar tuzalganidan so'ng imtihon topshirishi mumkin
➡️BATAFSIL

"eMaktab" tizimi bo'yicha savollaringiz bormi?
➡️BATAFSIL

Maktabda fan o‘qituvchisi yetarli bo‘lganda darslarni bo‘lib o‘qitishga ruxsat berildi
➡️BATAFSIL

Yangi baholash tizimi bir kun kelib barcha maktablarda joriy qilinishi mumkin
➡️BATAFSIL

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
➡️BATAFSIL

Maktab darsliklari bu yil ham tekin bo‘ladi
➡️BATAFSIL

Uchta o‘quvchida virusli kasallik aniqlansa, maktab karantinga yopiladi
➡️BATAFSIL

Endi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmaydi — Avstraliya
➡️BATAFSIL

Telegram I Facebook I YouTube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

10 Dec, 08:54


TABIIY FANLAR (SCIENCE) OʻQITUVCHILARI UCHUN MUHIM!

Ko'pchilik o'qituvchilar tomonidan berilayotgan savolga javob berish maqsadida quyidagilarni ma'lum qilamiz:

🔺 3-sinf Tabiiy fan (Science) bo'yicha kurs uzlms.uz platformasida (Malaka oshirish menyusida);

🔺 5-sinf Tabiiy fan (Science) bo'yicha kurs onlinedu.uz platformasida (Maqsadli kurslar menyusida);

🔺 6-sinf Tabiiy fan (Science) bo'yicha kurs uzlms.uz platformasida (Malaka oshirish menyusida) joylashgan.

Ma'lumot uchun, “Tabiiy fan (Science)”ning mazmun-mohiyati boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari sertifikatlari tegishli sinflarda shu fandan dars o'tish huquqini beradi.

Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

29 Nov, 05:03


#KONFERENSIYA

🎓
NAVOIY VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

UMUMTA’LIM MAKTABLARI TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT- KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Manzil: Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi
Konferensiya rasmiy tili: 🇺🇿o‘zbek

O'tkazilish kuni va vaqti: 2024-yil 29-noyabr, 10:00

💻
Zoom. 👈

Konferensiya identifikatori: 597 054 1884
kod: 2024

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
👇

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

25 Nov, 07:50


мў

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

19 Nov, 08:26


Farg'ona radiosi 90.8 da Farg’ona viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Odilxo'jayeva Maftuna Xaknazarovna bilan jonli efir boshlandi.

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

15 Nov, 05:21


#Live
#90_yillik
#Xalqaro_konferensiya

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligiga bag‘ishlab “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshlandi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

07 Nov, 05:46


#Muqobil_shakl

DIQQAT, SIZ UCHUN FOYDALI MA'LUMOT


Joriy yil ham yakunlanishiga oz muddat qoldi. Lekin, siz hali malaka oshirish kursidan o'tmagansiz.

📌 Siz uchun foydali ma'lumot.

Endilikda siz kasbiy faoliyatingiz davomida erishgan yutuqlaringiz orqali malaka oshirishingiz va tegishli sertifikatni qoʻlga kiritishingiz mumkin.

❗️Masalan, Siz yaqinda o'tgan bayram munosabati bilan "Xalq taʼlimi aʼlochisi" yoki "Xalq taʼlimi fidoyisi" mukofotini olgan boʻlsangiz sizga "Uzluksiz kasbiy taʼlim" elektron platformasi orqali 18 kredit ball beriladi va malaka oshirganligingiz toʻgʻrisida sertifikat taqdim etiladi.

Buning uchun qo'lga kiritgan yutuqlaringizni tasdiqlovchi xujjatlarni “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidagi Elektron portfolio menyusiga joylashtirishingizning oʻzi kifoya.

Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

17 Oct, 07:59


Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin

Hozirgi kunda qo'shimcha haq olish maqsadida soxta sertifikatlar taqdim etayotgan pedagoglar ham uchrab turibdi.

Shuni unutmaslik kerakki, sertifikatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalangan pedagoglarga ham javobgarlik bor. Bunda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi, hatto o'qituvchiga 37 mln so'mgacha jarima solinishi mumkin.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/903

Telegram I Facebook I YouTube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

14 Oct, 09:03


#Sõragan_edingiz

Endi o’qituvchilar har 5 yilda malaka oshiradimi?


Endi o'qituvchilar offlayn yoki onlayn ravishda bir yilda bir marotaba emas, faqat 5 yilda bir marotaba malaka oshiradimi? Yangi tartib qanday bo'ladi?

Bu savlovga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida javob berilgandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/799

Telegram I Facebook I YouTube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

11 Oct, 09:12


"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasiga kiritilgan raqamni va parolni yangilash bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

07 Oct, 05:43


#Sõragan_edingiz

"Kasbiy rivojlanish kuni" maktabdagi barcha pedagoglar
belgilangan joyga borishi shartmi?

Ma’lumki, avvallari belgilab qo'yilgan metodik kunlarda maktabdagi fan o‘qituvchilarining barchasi seminarlarga borishi majburiy edi.

Yangi tartibda bu qanday tashkil qilinadi? Masalan, maktabda 5 ta matematika o‘qituvchisi bo‘lsa, ularning barchasi "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbiriga borishi kerakmi?

Bu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mas’ullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida batafsil javob berilgan.

Mavzuga oid videoxabarlar:

➡️ "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlarida pedagoglar davomati yuritiladimi?

➡️ Mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan o‘qituvchilariga 20 foizlik ustama qanday to'lanadi?

➡️ Endi o’qituvchilar har 5 yilda malaka oshiradimi?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/799

Telegram I Facebook I YouTube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

25 Sep, 09:40


#DIQQAT

Endilikda @onlinedu_uz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Bilasizki, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining platformasiga oid savollar, murojaatlarga Onlinedu.uz|Rasmiy 24/7 chati orqali javob berilar edi.

Chat orqali berilgan javoblarda foydalanuvchilarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning (login va parollar) ochiq internet tarmog‘iga sizdirilishi ,ulardan keyinchalik axborot tizimlari va resurslariga qaratilgan noqonuniy hatti-harakailarda foydalanishini oldini olish maqsadida endilikda @onlinedu_uz_bot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu bot orqali ”Uzluksiz kasbiy ta'lim” maxsus elektron platformasi bo'yicha yoki boshqa murojaatlaringizni yuborishingiz mumkin.

Qisqa vaqt ichida murojaatingiz mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilib, javob beriladi. Bot orqali ko‘rilgan murojaatlar javobi faqat murojaatchiga ko‘rinadi va bu bilan axborot almashish xavfsizligi ta'minlanadi.

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

20 Sep, 05:36


Hurmatli ustozlar!

📌 Ushbu kanal maktablarda faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlar uchun yaratilgan bo'lib, quyidagi yo'nalishlarda o'z faoliyatini olib boradi:

👉 o'qituvchilarning malaka oshirish faoliyatini metodik qo'llab-quvvatlash;

👉 “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga tegishli metodik materiallarni o'qituvchilarga yetkazib berish hamda jarayonlarni keng yoritib borish;

👉 ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlarni o'qituvchilarga tezkor yetkazish;

👉 ta'lim tizimida qabul qilinayotgan me'yoriy xujjatlar sharhini berib borish.

Ushbu kanal orqali barcha o'qituvchilarni bir joyga jamlash va ularning malaka oshirish (uzluksiz kasbiy rivojlanish), KRK va KRS o'quv jarayonlarini qo'llab-quvvatlashni maqsad qilingan.

📌 Malaka oshirish|CPD_official kanalini kuzatib boring va hamkasblaringizga tavsiya eting!

BIZ BIR JAMOAMIZ!!!

Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

14 Sep, 03:48


Ta'lim muassasalarida shtatlar qisqarishi mavzusida o‘tkazilgan ovozli chat audiosi

Xabaringiz bor, kecha @xalqtaliminfo kanalida shtatlar qisqarishi mavzusida @mehnathuquqi bo'yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov ishtirokida ovozli chat o'tkazildi. Kanal foydalanuvchilariga ovozli chatning to'liq audiosi taqdim etilmoqda.

Ko‘pchilikka qulay bo‘lishi uchun barcha ma'lumotlar birma-bir yozib chiqildi.

O‘zingizni qiziqtirgan savol bo'lsa, belgilab qo'yilgan vaqt ko'rsatgichi ustiga bosing va darhol javobni bilib oling:

01:23 — Qaysi lavozimlar qisqartirildi? Qaysilari tugatildi?

04:07 — Qisqarishga tushgan xodimlar ishdan bo‘shash haqida ariza yozishi noto‘g‘ri

06:13 — Qisqartirishga tushgan xodimlarning qanday huquq va imtiyozlari bor?

17:09 — Ogohlantirish muddatini pulli kompensatsiyaga almashtirish uchun xodimning arizasi shartmi?

18:33 — Qisqarish kelganda kimlar o‘z ish joyida qoladi?

24:38 — Homilador va 3 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor ayollarni umuman ishdan bo‘shatib bo‘lmaydimi?

35:00 — Qisqarishga tushgan xodimga dekret puli to‘lab beriladimi?

38:07 — Erkak xodimlarga ham kafolatlar bormi?

39:21 — O‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarga ham imtiyoz va kafolatlar beriladimi?

41:58 — Ko‘proq dekret ta’tilida bo‘lgan xodim emas, uning sherigi qisqarishga tushadimi?

47:13 — Qisqarishga tushib, ishdan bo‘shagan xodim maktabda vakant lavozim bo‘lib qolsa, qayta ishga olinadimi?

50:00 — Qisqarish kelganda ish beruvchilar qanday harakat qilishi kerak?

57:15 — Pensioner xodimlar ham qisqarishga tushadimi?

58:34 — Pensiyaga chiqishiga oz muddat qolgan xodimlarga qanday kafolatlar bor?

01:01:14 — Laborant, kutubxonachi lavozimida ishlayotgan talabalarga qanday kafolatlar bor?

01:03:04 — Dekretga chiqib ketgan xodimning o‘rnida ishlayotganlar bilan qanday qilib mehnat shartnomasi bekor qilinadi?

01:08:54 — Homilador xodimni qisqarishga tushganligi uchun stavkasini kamaytirib qo‘yish to‘g‘rimi?

01:12:20 — Fizika va kimyo fani o‘qituvchilari orasida kabinet mudirligi to‘lovlari qay tartibda amalga oshiriladi?

01:13:25 — Ayol xodimlar dekretda bo‘lsa, ularning sherigi bo‘lgan erkak xodim ishdan bo‘shaydimi?

01:16:48 — Ikkita xodimning samaradorlik ko‘rsatgichi teng bo‘lsa, qaysi biri qisqarishga tushadi?

01:21:00 — Fizika va kimyo fani o‘qituvchilariga kabinet mudirligi qaysi ko‘rsatgichlarga ko‘ra beriladi?

Telegram I Facebook I YouTube

Fargona Uzluksiz kasbiy ta’lim

13 Sep, 07:58


#DIQQAT

Endilikda @onlinedu_uz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Bilasizki, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining platformasiga oid savollar, murojaatlarga Onlinedu.uz|Rasmiy 24/7 chati orqali javob berilar edi.

Chat orqali berilgan javoblarda foydalanuvchilarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning (login va parollar) ochiq internet tarmog‘iga sizdirilishi ,ulardan keyinchalik axborot tizimlari va resurslariga qaratilgan noqonuniy hatti-harakailarda foydalanishini oldini olish maqsadida endilikda @onlinedu_uz_bot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu bot orqali ”Uzluksiz kasbiy ta'lim” maxsus elektron platformasi bo'yicha yoki boshqa murojaatlaringizni yuborishingiz mumkin.

Qisqa vaqt ichida murojaatingiz mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilib, javob beriladi. Bot orqali ko‘rilgan murojaatlar javobi faqat murojaatchiga ko‘rinadi va bu bilan axborot almashish xavfsizligi ta'minlanadi.