YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

@erpmaktabuz


Telegram: https://t.me/erpmaktabuz

YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

30 Sep, 19:11


Ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin Aziz ustozlar!

YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

30 Sep, 19:09


1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni! 🎉

Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin hurmatli ustozlar! 👩🏻‍🏫👨🏻‍🏫

YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

01 Oct, 05:45


“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bulan, aziz va qadrli ustozlarimiz uchun xalq tanigan insonlar video-tabrik tizeri

YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

08 Sep, 16:39


#YaET #XTV #OQUVCHI

📣Hozirgi kunda «Yagona elektron tizim - erp.maktab.uz» dasturiy majmuasida tizimdagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar integratsiya orqali Adliya vazirligining tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bazasi ma’lumotlari asosida shakllantirildi.

Shuningdek, dasturiy majmuada o‘tgan o‘quv yili maktab bitiruvchilari, ularni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganligi yoki kasbga jalb qilinganlik ma’lumotlari, yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar hamda o‘quvchilarning bir maktabdan boshqa maktabga o‘tkazish jarayonlari raqamlashtirildi.

📊Dasturiy majmua o‘quvchilar soni to‘g‘risida aniq statistik ma’lumotlarga ega bo‘lish, real vaqt rejimida o‘quvchilar harakatini onlayn kuzatish, ularning davomad va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, aniq ma’lumotlar asosida turli prognozlashtirish hisoblarini yuritish imkonini yaratadi.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

07 Sep, 17:51


#YaET #XTV #INTEGRATSIYA

 📣Xalq ta’limining «Yagona elektron tizimi - erp.maktab.uz» dasturiy majmuasi bir qator boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalari bilan ma’lumot almashinuvi (integratsiya) yo‘lga qo‘yilgan.

 🔁erp.maktab.uz dasturiy majmuasida ma’lumotlar integratsiya orqali boshqa axborot tizimlaridagi ma’lumotlar asosida elektron shakllantiriladi, shuningdek tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda yuboradi. Bu inson omili sabab yuzaga keladigan xatoliklarni oldini olish hamda ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt sarflanishlarni qisqartirishga imkon beradi.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

05 Sep, 17:42


#XTV #YaET #ERP
📣 Xalq ta’limi tizimidagi barcha umumta’lim maktablari, hududiy boshqarma va bo‘linmalari hamda respublika tashkilotlarida ma’lumotlar almashinuvini elektronlashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan «Yagona elektron tizim - erp.maktab.uz» dasturiy majmuasi ishga tushirildi.
❗️❗️❗️ Xalq ta’limi tizimining yagona elektron tizimi - ERP axborot tizimi o’zi nima?
ERP, aslida - “Enterprise Resource Planning” ya’ni tashkilot yoki muassasaning mavjud bo’lgan resurslari hamda jarayonlarni rejalashtirish va boshqarish deganidir. Xalq ta’limi tizimini boshqarishning yagona dasturiy majmuasining asosiy maqsadi ham umumta’lim muassasalaridagi bor jarayonlarni avtomatlashtirishdan iborat.
   Dasturiy majmuaning qulay tarafi, undagi barcha yuqori turuvchi va quyi tashkilotlar bir tizimda o’zaro elektron tarzda ma’lumot almashadi, raqamlashtirilgan jarayonlarni uzviy bog'laydi.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

11 Aug, 18:15


#КУН_НАФАСИ
🖥АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ
📣"Ягона электрон тизими -
erp.maktab.uz" дастурий мажмуаси билан ишлаш бўйича Штаб ташкил этилди.

⚡️Бугун Халқ таълими вазирлиги томонидан жорий қилинган "Ягона электрон тизими - erp.maktab.uz" дастурий мажмуаси билан ишлаш ва мавжуд муаммоларни бартараф этиш, жумладан ўқувчилар сони, синф комплектларини ҳамда ходимлар сонини тўғри ҳолатда янги ўқув йилига ўтказиш мақсадида Чиноз туманида Халқ таълими вазирлигининг Инновация, технология ва стратегия маркази мутахассислари ҳамда Тошкент вилояти халқ таълими бошқармасининг масъул ходимларидан иборат Штаб ташкил этилди. https://t.me/toshkentvxtb/31831

⚡️Штаб аъзолари тумандаги мактаб масъулларига юқоридаги масалалар юзасидан тушунтириш ишларини амалий тарзда ташкил этмоқда.

Шунингдек, ташкил эилган Штаб томонидан ЕRР базасида
✳️ Ягона электрон тизим (erp.maktab.uz) орқали 2021-2022 ўқув йилини тугатиш;
✳️ 2022-2023 ўқув йилида 1-синфга қабул қилинган ўқувчиларни синфларга бириктириш;
✳️ ҳар бир мактабнинг синфлар комплектини кўриб чиқиб, тизим орқали тасдиқлаш;
✳️ ўқувчилар ҳаракатини амалга ошириш вазифалари белгиланган.

🖊Тошкент вилояти Халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати
Каналга уланиш 👉
@toshkentvxtb

YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

04 Aug, 15:02


📣📣 ВАЗИР ЎРИНБОСАРИ АНДИЖОНДАГИ МАКТАБЛАРДА ВЕБИНАР ЎТКАЗДИ

🔸Жорий йилнинг 4 август куни Андижон вилояти халқ таълими бошқармасида Халқ таълими вазирининг ўринбосари Рустам Каримжонов раислигида Халқ таълими вазирлигининг "Ягона электрон тизими - erp.maktab.uz" дастурий мажмуаси билан ишлаш ва мавжуд муаммоларни бартараф этишга бағишланган онлайн вебинар ўтказилди.

🔸Вебинарда вазир ўринбосари томонидан ЯЭТ дастурий мажмуаси ўқитувчи ва ўқувчилар билан ишлашда янада қулайлик яратиш ва юзага келиши мумкин бўлган муаммоларни олдини олишда юқори самара бериши алоҳида таъкидланиб, платформага ўз вақтида маълумотларни жойлаш бўйича тегишли кўрсатмалар бериб ўтилди.

👨🏻‍💻Вебинар давомида қуйидаги лойиҳалар тақдимоти бўлиб ўтди:

🔹 MILLIY TA'LIM RESURSLARI (YouTube)
🔹 MAKTAB.UZ
🔹 KITOB.UZ - Apple Store | Play Market
🔹 SMARTLAND - Apple Store | Play Market | Veb-versiya
🔹 VR SAYOHAT
🔹 EDU KIDS
🔹 ARTSHOP
🔹 EDUCARE

YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

02 Jun, 11:50


Халқ таълими вазирлигининг “Ягона электрон тизими - erp.maktab.uz” дастурий мажмуасини худудларда амалиётга жорий этиш ҳолати таҳлил қилинди.

Халқ таълими вазири ўринбосари Рустам Каримжонов раислигида жорий йилнинг 2 июнь куни вазирликнинг масъул ходимлари, ҳудудий халқ таълими бошқарма ва бўлинма раҳбарлари ҳамда мутасаддилари иштирокида вазирликнинг 01-159-сонли чора-тадбирлар режасида белгиланган вазифаларни бажарилиш ҳолати юзасидан видеоконференция кўринишида муҳокама ўтказилди.

Муҳокамада чора-тадбирлар режасида белгиланган вазифалар ҳудудий бошқарма ва бўлинмалар томонидан бажарилиш ҳолати танқидий кўриб чиқилиб, режадаги ҳар бир амалга оширилиши лозим бўлган вазифаларни вилоят ва туман(шаҳар)лар кесимидаги масъуллари аниқ белгилаб берилди.
Белгиланган муддатларда ишларни юқори савияда ташкил этиш ва бажариш бўйича кўрсатмалар берилди.

YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal

07 May, 17:49


#Bugun

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi "Yagona elektron tizim" dasturiy majmuasini boshqarish va joriy qilish boshqarmasining bosh mutaxassisi Shohruh Xayrullayev tomonidan viloyat Xalq ta'limi boshqarmasida "Yagona elektron tizim"dan foydalanish bo'yicha o'quv seminari otkazildi.
Unda tuman (shahar) Xalq ta'limi bo'limlarining YaETiga mas'ullari ishtirok etdi. Oquv-seminarda barcha mas'ul xodimlarga tizimdan foydalanish bo'yicha tushunchalar berildi.

@samarqandvxtb