Xo'sh bu vazifani qanday amalga oshirdim?
Посты канала Elbekning C# Darslari

Kanal muallifi Microsoft Eng Qadrli Mutaxassisi va .NET Texnologiyalari Eksperti hisoblanadi.
1,738 подписчиков
262 фото
19 видео
Последнее обновление 09.03.2025 05:21
Похожие каналы

8,718 подписчиков

8,004 подписчиков

1,939 подписчиков
Последний контент, опубликованный в Elbekning C# Darslari на Telegram
Portal? Telegram kanalni ham qo'lga oldim!
👋 Assalomu aleykum. mening ismim Shohjahon.
✅ Kanalda "vizov" e'lon qilinganiga 24 soat o'tmasidan nafaqat portalni, balki telegram kanalni ham qo'lga olishga muvaffaq bo'ldim!
Xo'sh bu vazifani qanday amalga oshirdim?
🥷 DDoS (Distributed denial of service) hujum turi menga yordam berdi. Bu hujum turi orqali portal.tarteeb.uz vebsaytiga bir soniyada 6000 dan oshiq so'rov jo'natishim natijasida vebsayt bunga dosh bera olmadi.
👩💻 Bu hujumni amalga oshirish uchun Python dasturlash tilidan foydalandim.
❓ Yana web saytlarga hujum qilish bo'yicha postlar bo'lishini xoxlaysizmi?
📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Xo'sh bu vazifani qanday amalga oshirdim?
tavsiya.com sahifasi MVP (loyihaning eng sodda ko'rinishi) holatida ommaga taqdim qilindi. Hacker do'stlarimiz esa vaziyatdan foydalanib, muammoli joylarini dasturchiga "zarar" yetkazish orqali bildirishga qaror qilishibti.
MVP loyihaga zarar yetkazishni to'g'ri ish deb bilmayman. Biz @tarteebuz loyihasini esa bir necha yillardan buyon yaratib kelmoqdamiz. Admin panelimiz xavsiz va tez ishlaydi. Ko'plab kiber hujumlarga qarshi tura oladigan loyiha qilib yaratdik. Bizning loyihada hackerlik "hunaringizni" ko'rsatishingizni so'rayman!
Ha, aytgancha! Hacker do'stingizga ulashib qoying!
P.S. Landing pageni buzishga harakat qilmang - portal.tarteeb.uz admin panelimizni buzib kiring va ishdan chiqaring. Kutamiz
2 ta Middle/Senior va 4 ta Junior .NET dasturchi izlashayotgan ekan.
Biz tarteeb.uz da o'quvchilar ota-onasiga 10dan ortiq SMS xabarlar yo'llashni yo'lga qoyganmiz. Buning uchun eskiz.uz xizmatidan foydalanamiz. Integratsiya qilish qiyn emas lekin kalitlarni olish jarayoni yaxshi deb ayta olmayman.
Shu paytgacha 13 000 dan ortiq sms xabar jo'natibmiz
Yo'q. Har qanday dasturlashni o'rganayotgan kishi SQL tilini o'rganishi va sifatli querylar yozishni bilishi kerak. Hozirgi kunda millionlab dasturlar SQL ishlatadigan bazalarda yozilgan, aksariyati ushbu tildan foydalanib baza bilan ma'lumotlar almashinuvini amalga oshiradi.
Bilasizmi, hozirgi kunda buxgalterlarga ham SQL tilini bilish karyeralarida ijobiy o'sishga sabab bo'ladi. Sodda tushuntirilgan SQLga kirish darslarini izlayotgan bo'lsangiz ushbu pleylistni tavsiya qilaman.
"Aqlli dasturchi Sun'iy Intellektdan (SI) foydalanishni biladi, aqllirog'i esa uning kuchli va kuchsiz tomonlarini biladi" - Mabrouk M. "Null ga Kulib Qoyish" kitobida keltiradi.
Kecha SI haqida yana bir qiziq fikr o'qib qoldim Linkedinda. Aytishadiki, "SI steroidga (gainer, protein, va hk)ga o'xshaydi, ularni ichishingiz o'zi sizni 'kachok'💪 qilib qoymaydi. Baribir zalga chiqib shug'ullanishga majbursiz!".
📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Kecha SI haqida yana bir qiziq fikr o'qib qoldim Linkedinda. Aytishadiki, "SI steroidga (gainer, protein, va hk)ga o'xshaydi, ularni ichishingiz o'zi sizni 'kachok'
Do'stlarim, .NET yonalishida bir necha yildan buyon tinimsiz mehnat qilib kelmoqdamiz. Shuningdek, jamoamiz ham tobora kengayib, yangi darslarni sizlarga taqdim qilish arafasida turibmiz. Qilayotgan mehnatimizni Microsoft kompaniyasi 2 yildan buyon MVP unvoni bilan taqdirlab, ham moddiy ham ma'naviy qo'llab kelmoqda.
Endilikda esa, sizning yordamingizda Yoshlar Ishlari Agentligi e'tiborini qozonib, hamkorlik qilish uchun harakat qilishimiz kerak. Prezidentimiz 100 million so'mgacha grant va'da qilayotgan ekanlar. Agar YouTube kanalimiz va learn.net.uz portali shunday grantni qo'lga kirita olsa - ta'lim sohasida yana ham sifatli bilim ulashish uchun mehnat qilishda davom etaveramiz.
Yoshlar Ishlari Agentligi e'tiboriga tushishimiz uchun ushbu post izohlarida YouTube kanalimiz, learn.net.uz yoki onlayn darslar orqali qilayotgan mehnatimiz haqida fikringizni qoldiring.
Startup Garage o'zining navbatdagi filialini bugun Jizzax viloyatida ochmoqda va, aynan, u yerda biz @LexicoAIBot ni 'launch' qilyapmiz. Soat 10:00 da tadbir boshlanadi va Nodirxon birinchi martta loyihani ommaga taqdim qiladilar.
Nodirxonga omad tilaymiz va kanallarida tadbir haqida fikrlari va rasmlar kutib qolamiz. Agar Jizzaxda bo'lsangiz, albatta tadbirga tashrif buyuring va bizni qo'llab-quvvatlang!
Ilon Musk 😎 : OpenAIni 97.4 mlrd $ sotib olishni taklif qilaman
Sam Altman🤪 : Yo'q, Xni 9.74 mlrd $ sotsangchi?!
Sam Altman nima uchun bunday narx aytganini tushunmadim. 2022-yilda Musk Xni 44 mlrd $ ga sotib olgan edi. Qisqa Google qidirishidan bildimki 2024 August oyida Fidelity Investments kompaniyasi 9.4 mlrd $ deb baholagan ekan. Bu esa Musk to'lagan qiymatning 79% foiz arzonlashgan degani📉
Gigant IT kompaniyalarda ham keskin qiymat pasayishi mumkin ekan. Yaqin orada bunaqa bo'lganini eslay olmayman. X nima sababdan arzonlashdi deb o'ylaysiz?💬
📱 @LexicoAIBot | 📱 Telegram
Sam Altman
Sam Altman nima uchun bunday narx aytganini tushunmadim. 2022-yilda Musk Xni 44 mlrd $ ga sotib olgan edi. Qisqa Google qidirishidan bildimki 2024 August oyida Fidelity Investments kompaniyasi 9.4 mlrd $ deb baholagan ekan. Bu esa Musk to'lagan qiymatning 79% foiz arzonlashgan degani
Gigant IT kompaniyalarda ham keskin qiymat pasayishi mumkin ekan. Yaqin orada bunaqa bo'lganini eslay olmayman. X nima sababdan arzonlashdi deb o'ylaysiz?
Kompaniya tarixida birinchi martta Jody Bailey (CPO va CTO) va Philippe Beaudette (Hamjamiyat Vitse Prezidenti) bilan birgalikda dasturchilar orasida savol-javob sessiyasi bo'lib o'tar ekan.