Últimas Postagens de Elbekning C# Darslari (@elbekningcsharpdarslari) no Telegram

Postagens do Canal Elbekning C# Darslari

Elbekning C# Darslari
Kanal muallifi Microsoft Eng Qadrli Mutaxassisi va .NET Texnologiyalari Eksperti hisoblanadi.
1,738 Inscritos
262 Fotos
19 Vídeos
Última Atualização 09.03.2025 05:21

O conteúdo mais recente compartilhado por Elbekning C# Darslari no Telegram

Elbekning C# Darslari

06 Mar, 07:17

550

🤔 Dependency Injection
Dependency Injection (DI) - ilovangizdagi bog'liqliklarni boshqarishga yordam beradigan dizayn pattern. Class ichida ob'ektlarni qo'lda yaratish o'rniga, DI ularni avtomatik ravishda inject qiladi (object namunasini yaratadi), bu sizning kodingizni yanada moslashuvchan, sinab ko'rish va texnik xizmat ko'rsatish imkonini beradi.

Xo'sh nima uchun kerak?
Classlar orasidagi qattiq bog'lanishni bartaraf qiladi
😭 Test yozishga oson - soxta bog'liqliklardan foydalanish mumkin
🏡 Qaramlikni boshqarishni soddalashtiradi - ASP.NET Core o'z bo'yniga oladi

Agar shu yergacha o'qib, hech nima tushunmagan bo'lsangiz "svejiy" chiqgan DI haqidagi darsimizni ko'ring ⬇️
📱 Dependency Injection Nima? ASP.NET ning Eng Kuchli Imoniyati(mi)?!
Muallif: Nodirxon Abdumurodov

#asp

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Elbekning C# Darslari

05 Mar, 15:03

669

⁉️ Nodirxon o‘rgatayotgan mavzulardan savol javob qilishga nima deysizlar?

Bahonada kimlar ko‘rayotganini ham bilib olardik. Keyin nimagadir izohlar ham juda kam, deyarli yo‘q, bu yaxshi emas! Har doim maqtash shart emas, yaxshi narsalarga ham tanqidiy yondashsa bo‘ladi.

O‘tgan darsda texnik nosozlik bo‘ldi sezdinglarmi? Shuning uchun darslarda yaxshi ovoz bo‘lishiga qanaqa mikrofon tavsiya qilasizlar?

Takliflarni shu yerda qoldirsanglar bo‘ladi🎙microfonga deb keyin bizda yulduzchali kayfiyat ham ochiq 😉


📱 @LexicoAIBot | 😎 C# Darslari
Elbekning C# Darslari

03 Mar, 07:36

822

✔️ Routing, Model Binding, Validation – Bilishingiz Shart Bo‘lgan 3 Tushuncha!

ASP.NET yordamida keyingi dasturingizni tuzmoqchi bo'lsangiz, yuqoridagi mavzularni mukammal bilishingiz shart. Shuning uchun ham YouTube kanalimizda ushbu mavzuda to'liq video dars chiqardik.

📱 Video dars
Muallif: Nodirxon Abdumurodov

#asp

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Elbekning C# Darslari

01 Mar, 06:35

1,105

👋 Salom qales?

- Anaqa bir minut voxtiz bomi? Bitta narsa so'ramoqchi edimde.
- Anaqa gap boshlash haqida gaplashim olsak degandim.

..... ..... .....
Aloo ??????

G'alati shunday emasmi?

Kimgadir xabar yozganda hech qachon xabaringizni chala, yoki o'ta yaqin o‘rtog‘ingizga yozgandek yozmang, ayniqsa begona odamga bo‘lsa. Uning ham, o‘zingizning ham vaqtingizni zoye qilmang. Xabaringizni o‘qigan inson nima maqsadda yozganingizni, siz so‘ragan savol uning qancha vaqtini olishini eng asosiysi sizning kim ekanligingizni va u insonning kontaktlarini qayerdan olganingizni bilsin, bu muhim.

Xabar yozish aniq bir shablonga ega, quyidagicha:

[Salomlashish......], kontaktni qayerdan yoki kimdan olganingiz
[Xabar.........], siz nima kutayotganingiz, javob qaytaruvchi sizga qanday yordam bera olishi.
[Xabar yakuni.......], oldindan rahmat aytish, agarda siz qaysidir muddatgachagina kutishingiz mumkin bo‘lsa o‘sha muddat haqida ham xabar berish.

Agar xabaringiz o‘qilib javob berilmasa, keyingi xabarni 24 soatdan keyin yozing.

Yangilik endi bizda : @tarteeb_community bor, kiringlar gaplashamiz.
Muallif: A'zam Amonov

P.S. O'zingizda bor, shunga o'xshash xabarlarni ulashishingiz mumkin 💬

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Elbekning C# Darslari

26 Feb, 19:47

1,365

ASP.NET – Bu Nima va Nega O‘rganish Muhim?

"Dasturlashni o'rganamiz" YouTube kanalimizda yangi darslarni kutib oling! Endilikda Nodirxon ASP.NET darslarini sizlarga taqdim qilib boradilar. C# va uning murakkab mavzularida O'zbek tilida darslar yetarlicha qoyib borildi. Endilikda esa buni keyingi pog'onaga olib chiqamiz 🔼

Nodirxon, Shohjahon, A'zamdek kuchli va mehnatsevar dasturchilar yordamida ushbu telegram va Youtube kanallarimizni freecodecampga o'xshagan bilim maydoni qilish ustida harakat qilamiz. Yuqoridagi darsni ko'ring, kanalimiz rivoji uchun takliflaringiz bo'lsa albatta izohlarda yozib qoldiring. YouTube da ham ko'pchilikka yetib borishi uchun izohlar yozing va Nodirxonni qo'llab quvvatlang!

📱 1-Dars ASP.NET Nima? Nega Dasturchilar Uni Tanlaydi?" 🤔🚀

#asp

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Elbekning C# Darslari

26 Feb, 16:11

1,102

💻 Majorana 1 - Kvantum Kompyuterlar Sari Dadil Qadam

Microsoft 19-Fevral kuni kvantum kompyuterlar yaratishda yangi kashfiyotini e'lon qildi. Tadqiqodchilar "Majorana 1" deb nomlanuvchi chip yaratishdi. Yuqoridagi rasmda ko'rishingiz mumkin.

Bu mavzudagi yangilikni jargon so'zlarga boy ekan. To'g'risini aytsam, aniq tushuna olmadim. Shuning uchun maqolaga link qoldiraman. O'qib ko'rib, xulosalaringizni izohlarda qoldirishingizni so'rayman.

🔗 Majorana 1 maqolasi

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Elbekning C# Darslari

25 Feb, 16:09

1,124

😋 Tabiatni Asraylik!|

Xabaringiz bor plastik tabiatga singib ketishi qiyin. Shuning uchun ba'zi tadbirkorlar qiziq yechimlar taklif qilishyapti. Birinchisi yeyish mumkin bo'lgan suv kontainerlari. Suv o'tlaridan Ooho degan kompaniya chiqarayotgan ekan.

Yana biri esa ovqatni yeb bo'lgandan keyin yeyish mumkin bo'lgan qoshiq va vilkalar. "Tabiatni asrash uchun kichik qadam yo'q" - deb o'ylayman. Bu yo'nalishdagi har qanday innovatsiya, yaxshi rivojlanishdir.

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Elbekning C# Darslari

24 Feb, 16:09

1,195

📌 DDoS Attack Nima?

DDoS (Distributed Denial of Service) hujumi – bu xakerlar tomonidan veb-sayt, server yoki tarmoqni ishdan chiqarish uchun amalga oshiriladigan hujumdir.

Bu hujumda minglab yoki millionlab soxta so‘rovlar yuborilib, server resurslari tugatiladi va u normal foydalanuvchilar uchun ishlamay qoladi.

DDoS qanday ishlaydi?

1️⃣ Xaker ko‘plab qurilmalardan (botnet yoki boshqa vositalar orqali) serverga ko‘plab so‘rovlar yuboradi.
2️⃣ Server juda ko‘p so‘rovni qayta ishlashga ulgurmaydi va sekinlashadi yoki butunlay ishdan chiqadi.
3️⃣ Oddiy foydalanuvchilar sayt yoki xizmatdan foydalana olmay qoladi.

🥷 DDoS Hujumi Turlari

1️⃣ HTTP Flood – Web-saytga ko‘p miqdorda so‘rov jo‘natish (odatda brauzer yoki botlar orqali).
2️⃣ SYN Flood – Server bilan ulanishlar ochiladi, lekin to‘liq yakunlanmaydi, natijada server o‘z resurslarini behuda sarflaydi.
3️⃣ UDP Flood – Ko‘p sonli UDP paketlari jo‘natiladi va serverni resurs yetishmovchiligi holatiga olib keladi.
4️⃣ Botnet DDoS – Xaker o‘z nazorati ostidagi minglab qurilmalar (botnetlar) orqali hujum uyushtiradi.

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Elbekning C# Darslari

23 Feb, 16:02

1,283

DDoS buzib kirishmi!?

Yo‘q, DDoS (Distributed Denial of Service) hujumi bu buzib kirish (hacking) emas. Bu hujum turi server yoki tizimni ishdan chiqarishga yoki sekinlashtirishga qaratilgan hisoblanadi.

🤔 Unda nima uchun 21-fevral kuni e'lon qilingan "vizov" ni uddasidan chiqdim deb aytdim

Buning sababi men uyushtirgan DDoS hujumning keltirib chiqargan holati tufayli mijozlarda shikoyat kelib tushishni boshlagan. Mijozlarning fikri esa biznes egalari uchun eng muhimi hisoblanadi.

👇 Pastdagi rasmda mijozlardan kelgan arizalarning bittasini ko'rishingiz mumkin
Elbekning C# Darslari

23 Feb, 12:11

1,879

💼 Sotuv Menejeri Vakansiyasi - @tarteebuz

Tarteeb jamoamizga sotuvchi izlayapmiz. Loyiha sun'iy intellekt yordamida ingliz tilini rivojlantirishga qaratilgan. Yagona vazifa - B2B yoʻnalishidagi savdoni koʻpaytirish.

Natijani imzolangan yangi shartnonalar bilan baholaymiz.

Oylik 1000$ dan boshlanadi va har bir savdodan ulush ham beriladi.

📱 Aloqaga chiqing