Latest Posts from Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar (@eduuz_dtmuzb_abituriyent_oliygoh) on Telegram

Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar Telegram Posts  

Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar
- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz
915,056 Subscribers
224 Photos
104 Videos
Last Updated 21.07.2025 22:39

Similar Channels

Muallim | Ta'limga oid
51,487 Subscribers
Jalol Murad
7,947 Subscribers

The latest content shared by Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar on Telegram

Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

05 Jun, 07:37

57,220

❗️Bugundan OTMlarga qabul boshlandi

Bugun, 5-iyun kuni, davlat oliygohlarida abituriyentlar qabul boshlandi.

Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha bo‘lib o‘tadi.

ℹ️ ESLATMA: hozircha faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi.

Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

31 May, 10:01

39,566

🔍 Samarqandda 100 balldan past to'plab qayerlarga o'qishga kirish mumkin?

◾️ Quyidagi ma'lumotda o'tgan yilgi o'tish ballariga ko'ra, Samarqandda 100 balldan pastroq to'plab, o'qishga kirish mumkin bo'lgan yo'nalishlar keltirilgan.

✔️ 56,7 ballik yo'nalishlar

💬 Sizga yana qayerning o'tish ma'lumotlari qiziq? Kommentlarda yozib yuboring.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

24 May, 06:08

44,227

🎓 Bitiruv kuniga Bellissimo Pizza'dan mazali taklif — −24% gacha chegirmalar

Sinfdoshlar uchrashuvimi yoki bitiruvni nishonlayapsizmi? Bellissimo Pizza ilovasida — istalgan shakldagi uchrashuvlar uchun tayyor uchta kombo:

🍕 Sinfdoshlar — 89 000 soʻmdan
Pitsa (25 cm), 8 ta sinnamon rollar, 5 ta tovuqli stripslar va 2 ta Coca-Cola. 2-4 kishili davralarga zoʻr ketadi.

🔔 Super qoʻngʻiroq — 155 000 soʻmdan
2 ta pitsa (25 cm) va tanlab olishga 4 ta bellisster. Kombo 5-7 kishili davralar uchun ayni muddao.

📚 Xayr, maktab! — 255 000 soʻmdan
4 ta pitsa (30 cm) va 2 ta Coca-Cola (1.5 l). 8-12 kishili davralar uchun a’lo tanlov.

📲 Bellissimo Pizza ilovasida buyurtma bering
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

24 May, 03:59

42,584

⚡️ Eslatma: 5 yil stajga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli 1-iyungacha

▪️ Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Talabgorlardan ariza olish boshlandi. 1-iyungacha ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni berish kerak:
✔️ Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.
✔️ Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma.
✔️ O‘rta-maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha diplom.

Kimlar tavsiyanoma ololadi?

o'rta ma'lumotli;
OTMda o'qimagan;
5 yil staji borlar.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

23 May, 11:55

35,189

🚀 Kiberxavfsizlik bo‘yicha bepul onlayn kurs
Leader Online va Raqamli texnologiyalar vazirligidan

📚Siz bilib olasiz:
— parollar va shaxsiy ma’lumotlarni qanday himoyalash mumkin
— firibgarlar va fishing hujumlarini qanday aniqlash mumkin
— kiberhujumlar qanday ishlaydi va ularga qanday qarshi turish mumkin?

📲 Kurs Google Play, App Store va kompyuterda mavjud
🎁 Ballar to‘plang va sovrinlar o‘yinida ishtirok eting
🎓 Yakunlangandan so‘ng - rasmiy sertifikat

🔗KURSNI O‘TISH🔗
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

23 May, 02:47

35,719

⚡️ Rasman: endi yuqori sinflarga yana bir xorij tili o'qitiladi

◾️Maktab ta'limi vazirligi buyrug'iga ko'ra, 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich maktablarda biznes va kasb-hunarga oʻqitish hamda xorijiy tillar (ikkinchi xorijiy til) yo‘nalishlari birlashtirilgan holda amaliyotga joriy etiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

21 May, 11:01

32,196

🎉 24–25 MAY kunlari Ashxobod sayilgohida barcha bitiruvchilar uchun katta bayram!

🎤 24 may — sahnada yorqin yulduz - Munisa Rizayeva!
🎶 25 may — sahnada jozibador - Shahlo Ahmedova!

🎁 Bitiruvchilar uchun eng katta sovg‘amiz70 ming so‘m evaziga soat 10:00 dan 23:00 gacha barcha attraksionlarda xohlagancha uchishingiz mumkin!

⚠️ Ogohlantirish: Attraksioning bo’yi va yoshi, attraksion operatori nazorati bilan kirgiziladi!

Bitiruv — bir kun, esda qoladigan lahzalarni Ashxobod bilan boshlang!

🚪 Kirish teppa-tekin!

Ashxobod sayilgohi - Quvonchingiz markazi

Telegram // Instagram //
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

20 May, 10:05

36,672

O‘zbekiston Milliy banki yosh mutaxassislarni “TalabaExpo-2025” yirik kasb yarmarkasida ishtirok etishga taklif etadi

21-23-may kunlari Toshkentdagi “Zakovat Arena”da (Toshkent, Olmazor tumani, Universitet Ko’chasi, 4) yirik kasb yarmarkasi bo‘libo‘tadi.

TalabaExpo-2025 — bu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan, NBU, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati ishtirokida tashkil etilgan keng qamrovli tashabbus bo‘lib, u oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yirik ish beruvchilar bilan yosh mutaxassislar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratishga qaratilgan.
 
“TalabaExpo-2025”da sizni quydagilar kutmoqda:
• Bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovkalar;
• Biznes g‘oyalarga imtiyozli kreditlar taqdim etiladi;
• HR bilan bevosita suhbat
• Bank sohasidagi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar;
• Maslahatlar va ochiq muloqotlar.
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

18 May, 03:21

36,482

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📅 23-may kuni 3 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 11:00 dan 12:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 12:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 3-smena uchun soat 15:00 dan 16:00 ga qadar amalga oshiriladi. (3-smenada soat 16:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


📅 24-25-may kuni 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 12:30 dan 14:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


👝 Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

16 May, 03:19

28,360

⚡️ O‘zbekistonda Garvardchilar maktabi ochiladi

◾️ Bu haqida prezident boshchiligidagi selektorda aytildi. Qayd etilishicha, “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolangan.

Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumta’lim maktablariga biriktiriladi.

Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy