Nazorat inspeksiyasi @departamentrasmiy Channel on Telegram

Nazorat inspeksiyasi

@departamentrasmiy


Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi rasmiy telegram kanali

Nazorat inspeksiyasi (Uzbek)

Nazorat inspeksiyasi Telegram kanali - bu texnik jihatdan tartibga solish sohasida faoliyat yurituvchi rasmiy kanaldir. Kanal departamentrasmiy tomonidan belgilangan va amaldagi nazorat inspeksiyasi faoliyatlarini ommaga xabar berish maqsadida yaratilgan. Nazorat inspeksiyasi kanali o'zmezunliklar, texnik standartlarni buzuvchi faoliyatlar va hokazolar, shuningdek, inspektorlar tomonidan amalga oshirilgan nazorat va tekshiruvlar haqida to'liq va obyektiv ma'lumotlar bilan mijozlarni ta'minlaydi. Kanalda eng so'nggi yangiliklar, qonun hujjatlari, xabarlar va tadbirlar haqida xabarnomalar va maqolalar ommaga taqdim etiladi. Nazorat inspeksiyasi kanalining a'zolari texnik sohalarda ishlash, standartlarga rioya qilish va tartibga solish sohasidagi yangiliklardan xabardor bo'lishlari mumkin. Shuningdek, kanal foydali maslahatlar, tavsiyalar va ko'rsatmalar orqali foydali bilimlarni olishlari va o'z faoliyatlarini yanada rivojlantirishlari uchun yordam olishlari mumkin. Bu rasmiy kanal texnik sohalarda faoliyat olib borayotgan barcha shaxslar uchun foydali ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Nazorat inspeksiyasi kanaliga obuna bo'lib, so'nggi yangiliklar va foydali ma'lumotlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi kanalida o'z bilim va tajriba orqali rivojlashingiz uchun hozirda obuna bo'ling!

Nazorat inspeksiyasi

22 Nov, 11:42


Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Farg'ona viloyati bo‘limi tomonidan (M.E.S. nomi o‘zgartirilgan) Elektr transformator mahsulotlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan davlat nazorati o‘tkazildi.

✍️O‘tkazilgan tekshirishda Elektr transformator mahsuloti ГОСТ Р 52719-2007 «Трансформаторы силовые. Общие технические условия» davlatlararo standartlarining 5.6, 6.8.2, 6.9.1.2, 9.2-bandlariga, ГОСТ 1516.3-96 davlatlararo standartlarining 5.4.1, 11.2.1-bandlariga, ГОСТ 14695-97 davlatlararo standartlarining 5.11, 5.11.2, 5.13.3, 7.2-bandlariga, ГОСТ 12969-67 davlatlararo standartlarining 2.3-bandiga talablarga nomuvofiqligi va muvofiqlik sertifikatisiz sotilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

📝Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonunining 28 va 42-moddasi va “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi talablari buzilgan.

📔Sodir etilgan qonun buzilishi holati yuzasidan jamiyatga jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi jarayonida.

📰Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi
Matbuot xizmati

Sahifamizga obuna bo‘ling👇
@departamentrasmiy

Nazorat inspeksiyasi

20 Nov, 11:44


Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Inspeksiyaning Toshkent shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan Yunusobod tumanida joylashgan elektrotexnika mahsulotlari importi bilan shug‘ullanuvchi "ODEK” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan)da davlat nazorati o‘tkazildi.

✍️Davlat nazorati jarayonida sinov va tashqi ko‘rik uchun tanlab olingan “Vklyuchatel” va “Rozetka” mahsulotlari laboratoriya sinov jarayonlariga ko‘ra nomuvofiqliklar aniqlandi.

📌Mazkur holat orqali GOST 30850.1-2002 p.21.1 va GOST IEC 60884-1-2020 p.25 me’yoriy hujjatlari talablari hamda O‘zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to‘g‘risida"gi Qonunining 22-moddasi talabiga rioya etilmagan.

🖇Yuqoridagi qonunbuzilish holati bo‘yicha korxona mansabdoriga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, korxonaga nisbatan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.

🗃Aniqlangan holat yuzasidan mas'uliyati cheklangan jamiyatga jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirildi va sudga kiritildi.

📰Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi
Matbuot xizmati

Sahifamizga obuna bo‘ling👇
@departamentrasmiy

Nazorat inspeksiyasi

20 Nov, 06:28


Isitish qozonlari va gorelka mahsulotlari o‘rganildi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyaning Buxoro viloyat bo‘limi tomonidan Bosh Prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Qorovulbozor tuman bo‘limi topshirig‘iga asosan "Qorovulbozor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi”ga yetkazib berilgan isitish qozonlari va gorelka mahsulotlari o‘rganildi.

✍️O‘rganishlar davomida “Nihol Eksport Biznes” MCHJ hamda “Uchtepa Titan Servis” OK tomonidan ishlab chiqarilgan ko‘mirga va tabiiy gazga ishlashga moslashgan isitish qozonlari UzTR.880-026:2017 texnik reglamentning “Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentning 4-bob Markalash va qadoqlash uchun talablar, §1, 41-bandining (uskunalar ishlab chiqarilgan sana (oy) ko‘rsatilmaganligi, ishlatiladigan gazning turi va nominal bosimi) talablari bo‘yicha nomuvofiqligi aniqlandi.

⛓️Shuningdek, Qorovulbozor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga yetkazib berilgan 5 qovurg‘ali gaz yondirgichlar “SAHIMASHHAD” Eron Islom Respublikasida ishlab chiqarilganligi hamda ushbu mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi aniqlandi.

🗣Mahsulot markirovkasida UzTR.880-026:2017 texnik reglamentning 4-bob Markalash va qadoqlash uchun talablar, §1, 41-bandining (ishlab chiqaruvchining nomi, kelib chiqqan mamlakatning nomi, seriya raqami) talablari bajarilmaganligi aniqlandi.

🗃Aniqlangan holat yuzasidan mas'uliyati cheklangan jamiyatga jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirildi va sudga kiritildi.

📰Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi
Matbuot xizmati

Sahifamizga obuna bo‘ling👇
@departamentrasmiy

Nazorat inspeksiyasi

19 Nov, 04:20


Nazorat tadbirlari davom etmoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat Inspeksiyasining Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan tayyor beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "PSB" MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) da davlat nazorati o‘tkazildi.

🟧Natijada ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan beton aralashmasi GOST 7473-2010 normativ hujjati 7-bandi talablariga nomuvofiqligi aniqlandi.

🌐Bu bilan, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 22-27-moddalari talablariga rioya qilinmagan.

🗃Aniqlangan holat yuzasidan mas'uliyati cheklangan jamiyatga jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirildi va sudga kiritildi.

📰Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi
Matbuot xizmati

Sahifamizga obuna bo‘ling👇
@departamentrasmiy

998

subscribers

4,180

photos

155

videos