منشورات MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal على Telegram
Respublika hamda Buxoro viloyati MG faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo`lgan voqea va hodisalar, shuningdek, huquqiy ma'lumotlar yoritib boriladi.
أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal على Telegram
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal
06 Mar, 12:39
742
Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi bilan hamkorlikda Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari ayol xodimalari o‘rtasida “8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi bilan hamkorlikda Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari ayol xodimalari o‘rtasida “8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi bilan hamkorlikda Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari ayol xodimalari o‘rtasida “8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Maktab oʻquvchilari ota-onalarining majburiyatiga nimalar kiradi?
🔰«Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
🔹 oʻz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
🔹bolalarining umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim yoki boshlangʻich professional taʼlim olishini taʼminlash;
🔹bolalarining oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishini taʼminlash va oʻzlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
🔹oʻz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
🔹taʼlim tashkilotining taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya etish;
🔹jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan sudda maxsus vakolatlarsiz oʻz bolalarining taʼlim sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
🔹taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish.
🔸Voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
❗️Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmasligi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan (375 000 soʻm) besh baravarigacha (1 875 000 soʻm) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
✅Ushbu modda boʻyicha Milliy gvardiya (inspektor-psixolog) va Ichki ishlar vazirligining (profilaktika inspektori)tegishli shaxsiy tarkibi tomonidan maʼmuriy bayonnomalar tuziladi va tegishli jarimalar belgilanadi.
Kanalga ulanish👉 @Buxoro_viloyati_MG
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal
01 Mar, 11:33
1,064
⚡️Maktablarda o‘tkazilayotgan "Tig‘ va Davomat" tadbirlari samara bermoqda
Xususan, Buxoro shahridagi maktablarda o‘quvchilar o‘zlari bilan birga sumkalarida o‘tkir tig‘li jismlar, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolar bor yoki yo‘qligini bilish maqsadida o‘tkazilgan "Tig‘" tadbiri davomida, o‘quvchilarning yonidan oshxona pichog‘i, badanga tan jarohati yetkazishga qodir bo‘lgan o‘yinchoq avtomat hamda tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan, voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
Shaxsiy tarkib orasida harbiy intizomni mustahkamlash, jinoyatchilik va qonunbuzarliklarga qarshi kurashish, shaxsiy tarkibni hayotini va sog'ligini asrashda qo'l ostidagi barcha kuch va vositalardan foydalanish, mansabdor shaxslarni hamda shaxsiy tarkibni mas'uliyatini oshirishga safarbar qilish, ularni ijtimoiy-huquqiy himoyasini ta'minlash maqsadida, huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni o'tkazildi. Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo`riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda, Buxoro viloyati YHX boshqarmasi mas‘ullari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalarining ayanchli oqibatlari bo‘yicha videorolik namoyish etildi.
Kanalga ulanish👉 @Buxoro_viloyati_MG
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal
28 Feb, 12:28
1,584
⚡️Vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda...
Yurtimiz kelajagi boʻlmish har bir oʻsib kelayotgan yoshlarning hayotda munosib oʻrin egallashi ayni vaqtda jamiyat va davlatning doimiy eʼtiboridagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Yoshlarni kasb tanlashga yoʻnaltirish, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi esa muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi va Buxoro harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda, Romitan tumani Gazli shaharchasida joylashgan 36-umumta‘lim maktabi o'quvchi qizlari o‘rtasida "Men vatanparvarman" shiori ostida ko'rik tanlov o‘tkazildi. Ushbu ko‘rik tanlovda g‘olib bo‘lgan jamoalar Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Buxoro harbiy prokuraturasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Kanalga ulanish👉 @Buxoro_viloyati_MG
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal
20 Feb, 15:43
602
Muddatli harbiy xizmatchilar bilan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatlarini oʻrganish va jamoada yanada sog‘lom muhit yaratish maqsadida, psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan psixologik trening mashg‘ulotlari davomida muddatli harbiy xizmatchilarga tegishli psixologik maslahatlar berilib ularning ruhiy zo‘riqishlari yengillashtirildi hamda xizmatga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshirildi.
🔎Bizni kuzatishda davom eting👇👇👇
https://t.me/Buxoro_viloyati_MG
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal
20 Feb, 14:20
654
#news «Oila – mahalla - maktab» tizimi asosidagi ishlar
Kanalga ulanish👉 @Buxoro_viloyati_MG
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal
20 Feb, 13:49
593
Rakurs 24| Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida (2-qism) - - - Ракурс 24| Миллий гвардия фаолиятига оид Қонун, қарор ва фармойишлар ҳақида (2 қисм)